26 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


partiyalar to‘g‘risida» (1996-y.), «O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/26
Sana06.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#432385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
R.R.Hakimov.OzbekistonRespublikasiOliymajlisiKonstitutsiyaviyhuquqdarslikMasulmuharrirSh.T.Ikramov.-ToshkentOzbekistonRespublikasiIIVAkademiyasi2014.-442-480b.


partiyalar to‘g‘risida» (1996-y.), «O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini 
tayyorlash to‘g‘risida», «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi 
(1997-y.) qonunlar va boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi.
Ushbu qonun hujjatlari parlamentarizmni yanada mustahkamlashga 
xizmat qildi. Parlament qo‘mitalari nafaqat qonunlarni dastlabki muhokama 
qilish, balki ularning ijro etilishi samaradorligini muntazam o‘rganish bilan 
ham shug‘ullandi.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor 
shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta’minlash maqsadida 
parlamentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari 
bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti tashkil qilindi va uning huzurida 
insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha 
komissiya tuzildi.
Ushbu bosqichda Oliy Majlisning xalqaro aloqalari sezilarli darajada 
kengaydi: parlament delegatsiyalari bilan almashish ko‘paydi, O‘zbekiston- 
ning oliy qonunchilik organida ko‘plab davlatlarning boshliqlari, parlament 
spikerlari, xalqaro tashkilotlar vakillari qabul qilindi. Oliy Majlis 
delegatsiyalari Parlamentlararo Ittifoq konferensiyalarida va YEXHT 
Parlament assambleyasining yillik sessiyalarida ishtirok etdilar.
Birinchi chaqiriq Oliy Majlisning faoliyati parlamentning demokratik 
asoslarini mustahkamlashga, parlament faoliyati shakl va uslublarining 
rivojlanishiga xizmat qildi va ko‘plab ijobiy natijalar berdi: bir tarafdan, 
qonunchilik takomillashtirildi, ikkinchi tarafdan, qonunlarning amalda 
samarali tatbiq etilishi ta’minlandi. Qonun loyihalarining umumxalq 
muhokamasi hamda ularning ekspertizadan o‘tkazilishi amaliyoti joriy etildi. 
Qonun ijodkorligi deputatlar faoliyatining asosiy yo‘nalishiga aylandi. Oliy 
Majlis tomonidan 10 ta kodeks, ikkita milliy Dastur, 138 ta qonun qabul 
qilindi.
Oliy Majlis faoliyati fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini
415


oshirishga xizmat qildi, shu bilan bir qatorda, hokimiyatlarning boshqa 
tarmoqlari faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Parlament ular bilan 
hamjihatlikda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy va ma’naviy hayotida 
yangilanish jarayonlarini, keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirdi, 
qonunchilik bazasini tashkil qildi va ustuvor vazifalarni amalga oshirishning 
izchilligini ta’minladi.
Oliy Majlis ikkinchi chaqirig‘iga saylovlar o‘tkazish va unga 
tayyorgarlik ko‘rish parlament islohotlari birinchi bosqichining mantiqiy 
yakuni bo‘ldi (1999-y). Davlat hokimiyati vakillik organlari bilan bir qatorda 
beshta siyosiy partiyalar ishtirok etgan mazkur saylovlar mamlakatda 
xalqaro standartlar talablariga javob beradigan saylov qonunchiligi 
shakllanganligini tasdiqladi.
Ikkinchi bosqichi 
(2001-yildan 
boshlab)da
faol 
demokratik 
yangilanishlar va mamlakatning oliy qonunchilik organini modernizatsiya 
qilish tizimli tartibda davom etdi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisda beshta 
siyosiy partiyalarning fraksiyalari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Ushbu davrda parlament faoliyatining ustuvor vazifasi qonun 
ijodkorligi va qabul qilingan huquqiy normalarning bajarilishini nazorat 
qilishdan iborat bo‘ldi. Parlament qo‘mitalari va komissiyalari jamiyatni 
rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarida qabul qilingan qonunlarning 
amalda tatbiq etilishini o‘rganishga alohida e’tibor qaratdilar.
Mamlakatning oliy qonunchilik organi faoliyatining samarali davom 
etishi uchun siyosiy partiyalar deputatlik fraksiyalari faolligining o‘sib 
borishi muhim ahamiyat kasb etdi. Ular parlamentning qonunchilik 
faoliyatiga sezilarli hissa qo‘shdilar. Deputatlik ishlarining samarasi va 
qonun loyihalarining sifati oshdi.
Ushbu bosqichda qonunchilik organining ikki palatali tizimga o‘tishi 
masalasi keng muhokama qilindi. Oliy Majlisning ijtimoiy-siyosiy 
hayotimizda tutgan o‘rni va rolini yuksaltirishda Prezidentimiz Islom 
Karimov tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xususan, Yurtboshimiz tomonidan Oliy Majlisning 2000-yil 25-26 mayda 
bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasida parlamentni doimiy, 
professional asosda ishlovchi ikki palatali tizimga o‘tkazish haqida 
bildirilgan g‘oya o‘zbek parlamentarizmi tarixida mutlaqo yangi bosqichni 
boshlab berdi. Bunda Prezident shunday degan edi: «Hayot o‘zgarishi bilan, 
odamlarimizning avvalgi siyosiy va ma’naviy ongi ulg‘ayishi bilan, bizning 
parlamentimizning tashkil etilishida ham, uning faoliyatida ham tegishli 
o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiydir»1.
2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendumda O‘zbekiston xalqi

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish