26 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Webster’s Dictionary for everyday use. Ottenheimer Publishers, Inc. USA, 1997. -



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/26
Sana06.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#432385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
R.R.Hakimov.OzbekistonRespublikasiOliymajlisiKonstitutsiyaviyhuquqdarslikMasulmuharrirSh.T.Ikramov.-ToshkentOzbekistonRespublikasiIIVAkademiyasi2014.-442-480b.

1 Webster’s Dictionary for everyday use. Ottenheimer Publishers, Inc. USA, 1997. -
P. 269.
2 Qarang: 
Муҳамедов Ҳ.
Хорижий мамлакатлар давлати ва ҳуқуқи тарихи
(Қадимги дунё давлати ва хуқуқи тарихи): Дарслик / Масъул муҳаррир А.Х.Саидов.
Қ. 1. - Т.: «Адолат», 1999. - Б. 208-212, 264-270.
3 «Парламент» атамаси билан бир қаторда инглиз тилида сўзлашувчи ёки
илгари инглизларнинг мустамлакаси бўлган давлатларда қонун чиқарувчи вакиллик
органини ифодалаш учун «legislature» атамаси ҳам қўлланилади. Бу ҳақда Qarang:
Сравнительное конституционное право / Отв. ред. В.Е.Чиркин. - М., 2002. - С. 293.
412


barangligi maydonga chiqqan. Asrlar o‘tib parlament tobora umummanfaatni 
ifodalovchi idoraga aylangani sari bunday mezon o‘rnini hududlar manfaati, 
ularning vakilligi egallay boshlagan.
Hozirda jahon ommasi ilmiy va siyosiy doiralarida parlamentning bir 
yoki ikki palatali tuzilishining qaysi birining afzalligi bo‘yicha o‘ziga xos 
bahs-munozaralar mavjud ekanligini inkor etmagan holda, davlat tuzilishi 
shaklidan qat’i nazar, aksariyat davlatlar parlamentlari ikki palatadan 
iboratligini e’tirof etish joiz. Ikki palatali parlamentlar AQSh, Buyuk 
Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya 
kabi dunyoning aksariyat rivojlangan mamlakatlarida faoliyat yuritmoqda.
Demokratik jamiyat taraqqiyotida davlatning oliy vakillik va qonun 
chiqaruvchi organi bo‘lmish parlament muhim o‘rin tutadi. Parlament xalq 
vakillari minbari, demokratiyaning muhim va ajralmas belgisi sifatida 
fuqarolarning davlatni idora etishdagi real ishtirokini hamda qonun 
ijodkorligi jarayoniga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini ta’minlaydi. Shu 
ma’noda mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatimizda demokratiya 
talablariga to‘la mos bo‘lgan tom ma’nodagi parlamentni shakllantirish, 
davlat hokimiyati tizimida uning roli va ta’sirini kuchaytirish yo‘lida 
bosqichma-bosqich ravishda, izchillik bilan keng ko‘lamli islohotlar amalga 
oshirib kelinmoqda. Istiqlol tufayli Oliy Majlis mutlaqo yangi qonun 
chiqaruvchi oliy vakillik organi sifatida vujudga keldi, shakllandi va davlat 
hokimiyatining to‘laqonli mustaqil tarmog‘i sifatida rivojlanish uchun zarur 
bo‘lgan barcha vakolat va imkoniyatlarga ega bo‘ldi.
Mamlakatimizda tom ma’nodagi parlament institutining vujudga 
kelishi va rivojlanishi sohasidagi islohotlarni quyidagi ikki asosiy bosqichga 
ajratib o‘rganish mumkin.
Birinchi bosqichi (1991—2000-yillar)
da o‘tish davri va milliy 
parlamentarizm asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq birinchi galdagi 
vazifalarni hal etish bilan bog‘liq islohotlar amalga oshirildi.
Parlament tizimini isloh qilish Oliy Kengash faoliyat yuritayotgan bir 
sharoitda boshlandi. O‘zbekiston hali ko‘ppartiyaviylik va professional 
qonun chiqaruvchi organ borasida tarixiy tajribaga ega emas edi. Ushbu 
bosqichning avvalida 1990-yilda saylangan Oliy Kengashning vakolatlari 
Oliy Majlis shakllanguniga qadar saqlab qolindi. Oliy Kengash ish bosh- 
lagan vaqtda sobiq sovet tizimida qabul qilingan qonunlar amalda bo‘lib, 
mustaqillik qo‘lga kiritilgach, ushbu organ oldida yangi, demokratik 
sharoitlarga mos keladigan qonunchilikni yaratish vazifasi qo‘yildi. Oliy 
Kengash ushbu vazifani samarali uddaladi - qabul qilingan 200 ga yaqin 
yangi qonunlar, 4 ta kodeks va 500 dan ortiq qarorlar huquqiy davlatning 
poydevorini yaratdi. Oliy Kengash nihoyatda murakkab davrda faoliyat 
ko‘rsatib, davlat mustaqilligining siyosiy-huquqiy asoslarini, ma’naviy 
negizlarini tayyorladi va amalga oshirdi. Oliy Kengash mamlakatimiz
413


tarixida birinchi bor Prezidentni sayladi. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi 
haqidagi tarixiy qonunlarni va Asosiy qomusni qabul qildi.
Oliy Kengash va davlat hokimiyatining boshqa tarmoqlari o‘zaro 
ahillik bilan faoliyat ko‘rsatdi. O‘zbekiston jahon miqyosiga chiqdi, 
parlamentimiz bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. Jumladan, 
parlamentimiz 1992-yil sentabr oyida dunyodagi eng katta va obro‘li xalqaro 
tashkilotlardan biri - Parlamentlararo Ittifoqqa 119-a’zo bo‘lib kirdi, 
1993-yil yanvar oyida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 
Parlament Assambleyasiga a’zo bo‘ldi. Ushbu tashkilotlarga a’zo bo‘lish 
parlamentimizga dunyodagi yetakchi davlatlarning parlamentlari bilan 
hamkorlik qilish, qonunchilik borasida jahonda to‘plangan boy tajribalarni 
o‘rganish va o‘zlashtirish imkonini berdi.
1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan va xalqaro umume’tirof etilgan 
demokratik standartlarga to‘la muvofiq bo‘lgan O‘zbekiston Respub- 
likasining Konstitutsiyasi mamlakatimizda parlamentning shakllanishida hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Asosiy qonunimiz parlamentarizm 
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan huquqiy prinsip va qoidalarni 
mustahkamlab berdi. Bu prinsiplar qatoriga xalq hokimiyatchiligi, davlat 
hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga 
bo‘linishi, ijtimoiy hayotning siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning 
xilma-xilligi asosida rivojlanishi, demokratik saylov tizimi va boshqalar 
kiradi.
O‘zbekiston tarixida ilk marotaba 1994-yil dekabrda yangi parlament -
Oliy Majlisga ochiq-oshkora, demokratik saylovlar o‘tkazildi. Mazkur 
saylovlar sobiq Oliy Kengashga bo‘lgan saylovlardan quyidagi jihatlari bilan 
farq qildi:
birinchidan, deputatlar saylovi birinchi marta ko‘ppartiyaviylik asosida 
o‘tkazildi, har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod deputatlik uchun 
kurashdi. Saylovchilarga ana shu nomzodlardan tanlab olishning real huquqi 
berildi;
ikkinchidan, Oliy Majlisga saylovlarni tashkil qilishning dastlabki 
damlaridayoq sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etilgan 
edi. Ilgarigi paytlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar 
sinfi, kolxozchi dehqonlar, xalq ziyolilarining o‘rni va soni avvaldan 
belgilab qo‘yilar edi. Oliy Majlis deputatlari esa, turli partiya va 
harakatlarning vakillaridan iborat nomzodlar orasidan muqobillik asosida 
saylandi. Respublikamiz fuqarolari saylovlarda qatnashar ekan, eng avvalo, 
qo‘yilgan nomzodlarning ijtimoiy kelib chiqishiga emas, aksincha, ularning 
ishchanlik va axloqiy sifatlariga, eng muhimi, dasturlarining mazmun- 
mohiyatiga katta e’tibor berdilar.
2000-yilga qadar yangi saylangan Oliy Majlis oldida mamlakat 
kelajagini hal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nihoyatda mas’uliyatli vazifalar
414


turgan edi. O‘sha davrlarda 250 deputatdan iborat bo‘lgan bir palatali 
parlament o‘tish davrida bizning mamlakatimiz uchun eng maqbul tizim edi. 
Zero, tegishli huquqiy asoslarga bo‘lgan yuqori ehtiyoj sharoitida bir palatali 
parlament tizimi mamlakat rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan qonunlarni 
tezkorlik bilan qabul qilish imkoniyatini berar edi.
Oliy Majlis nafaqat milliy qonunchilik bazasiga, balki parlament 
faoliyatining rivojlanishiga ham sezilarli hissa qo‘shdi. Ushbu davrda 
parlament o‘z tuzilmalarining ish samaradorligini, parlamentdagi partiya 
fraksiyalarining roli va ta’sirini oshirish bo‘yicha muhim vazifalarni 
muvaffaqiyatli bajardi. Xususan, Oliy Majlis Reglamenti, Oliy Majlisning 
qo‘mita va komissiyalari to‘g‘risidagi Nizom (1995-y.), «O‘zbekiston 
Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida» (1995-y.), «Siyosiy 
Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish