27 – mavzu. Xozirg’i zamon iqtisodiy ta’limotlarining’ asosiy yo’nalishlari Tayanch tushuncha va iboralar Institustionalizm; ijtimoiy-psixolog’ik, ijtimoiy-huquqiy, kon’yunktur-statistik oqimlar; T. Veblen; «Veblen effekti»



Download 20,78 Kb.
bet1/4
Sana14.04.2023
Hajmi20,78 Kb.
#928165
  1   2   3   4
Bog'liq
27-mavzu


27 – mavzu. Xozirg’i zamon iqtisodiy ta’limotlarining’ asosiy yo’nalishlari


Tayanch tushuncha va iboralar
Institustionalizm; ijtimoiy-psixolog’ik, ijtimoiy-huquqiy, kon’yunktur-statistik oqimlar; T.Veblen; «Veblen effekti»; R.Kommons; huquq institutlari; monopoliyag’a qarshi choralar; ma’muriy kapitalizm; U.Mitchell; stiklik rivojlanish; prog’noz.
Nomukammal raqobat; E.Chemberlin; monopoliya; mahsulot differenstiastiyasi; tovarning’ alohida, individual xususiyatlari; tovar sifati va reklama; baholanmaydig’an omillar; quvvatlar ortiqchalig’i fenomeni; J.Robinson; monopoliyag’a munosabat; monopsoniya, haridor monopoliyasi; «samaradorlik yoki adolat».
Neoliberalizm; davlat roli; «sport sud’yasi»; «Lippman kollokviumi»; ijtimoiy bozor xo’jalig’i; Rebke, Ryustov, Oyken, Edhard; ordoliberalizm; «rasmiylashg’an jamiyat»; iqtisodiy tizim tiplari; monetarizm; Fillips eg’ri chiziG’’i; Fridman; «ishsizlik tabiiy normasi»


Asosiy savollar

  1. Hozirg’i zamon iqtisodiy ta’limotlari shakllanishi va rivojlanishining’ asosiy xususiyatlari

  2. Institustionalizm yo’nalishi

  3. Nomukammal bozor ta’limotlari

  4. Monetarizm va neoliberalizm evolyustiyasi




  1. HOZIRG’I ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTLARI ShAKLLANIShI VA RIVOJLANIShINING’ ASOSIY XUSUSIYaTLARI

Birinchi navbatda «hozirg’i zamon» tushunchasig’a aniqlik kiritish kerak. Ba’zi iqtisodchilarning’ fikricha, XIX asr oxirlarida vujudg’a kelg’an iqtisodiy G’’oya, ta’limot va konstepstiyalar hozirg’i zamonniki deb tan olinadi.
Bu izohda mantiq bor, albatta, chunki o’sha davrda yuzag’a kelg’an iqtisodiy G’’oyalar keying’i iqtisodiy qarashlar uchun tayanch, asos rolini o’ynaydi. Ammo bu izohning’ cheklang’anlig’ini ham aytish kerak, neg’aki XX asrning’ o’rtalari, ayniqsa ikkinchi Jahon urushidan keyin iqtisodiy ta’limotlar bir qancha yang’i qarash, G’’oya, konstepstiya va nazariyalar bilan boyidi, ularni ham albatta «hozirg’i zamon» iqtisodiy G’’oyalarig’a kiritish tabiiydir, ammo ularning’ evolyustiyasi ro’y berg’an.
Shu erda shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, iqtisodiy ta’limotlarning’ paydo bo’lishi, shakllanishi va rivoji doimo tarixan dialektik ravishda ro’y bermoqda. Tarixning’ g’uvohlik berishicha, ma’lum davrda yuzag’a kelg’an u yoki bu ta’limot vaqt va sharoit taqozosi bilan doim evolyustiyada, rivojlanishda bo’ladi.
XX asrning’ 50-60- yillari, ayniqsa keying’i paytlarda jahondag’i bir qancha avvaldan rivojlang’an mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, G’FR, Franstiya, Italiya, Kanada va boshqa Evropa Ittifoqi davlatlari...) qatorig’a yang’i-yang’i davlatlar kelib qo’shilmoqda, ayniqsa Yaponiya, Turkiya va yang’i industrial mamlakatlar (YaIM) «to’rt ajdaho»: Koreya Respublikasi, Tayvan, Sing’apur va G’onkong’ (Syang’an) hamda shular rivojig’a yaqinlashayotg’an Malayziya, Filippin, Tailand kabi davlatlar soni ortib bormoqda.
Ilg’arilari dam-badam bo’lib turadig’an inqirozlar soni va ko’lami keskin kamaydi. Ammo yo’qolg’an emas, bu nisbiyyutuqlar bir tomondan ilmiy texnika inqilobi natijalaridan omilkorlik bilan foydalanilg’anlig’i va ikkinchidan aholi ijtimoiy talablarini to’laroq qondirish bilan boG’’liq bo’lg’an ta’limotlar qo’llanilayotg’anlig’idir, oqibatda ko’pchilik mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik hukm surmoqda. Ammo kapitalizm yo’lini tanlab olg’an, bozor iqtisodiyotidan foydalanayotg’an yuzlab qoloq davlatlar borlig’ini ham inkor etish mumkin emas. Demak, iqtisodiy rivojlanishning’ yana boshqa omillari ham bo’lsa kerakki (iqtisodiy konstepstiya, siyosat...), ulardan samarali foydalanayotg’an davlatlar (ularning’ soni 20-25 ta) jahon iqtisodiyotida yutuqlarg’a erishmoqdalar. Shu tajribani o’rg’anish va amaliyotda foydalanish hayotiy zaruriyatg’a aylandi.
Ko’rinib turibdiki, hozirg’i zamon iqtisodiy ta’limotlari tobora chuqurlashib, nazariy masalalar hayot bilan chambarchas boG’’liq bo’lib bormoqda.
Biz yuqorida keltirg’an iqtisodiy ta’limotlar doimo rivojlanishda bo’lib, ularning’ hech biri sof holda biror bir mamlakatda qo’llanilmaydi. Amaliyotda bu mavjud iqtisodiy ta’limotlar, ularning’ turli oqimlari, maktablarning’ qorishmalari qo’llaniladi.
Hozirg’i zamon iqtisodiy ta’limotlarining’ asosan uch yo’nalishini ajratish mumkin:
1. Neoklassik (yang’i klassik).
2. Ijtimoiy-institustional.
3. Keynschilik.
Klassik (mumtoz) maktab iqtisodchilari allaqachonlar (XVIII asrda) davlat xususiy tadbirkorlar kirisha olmaydig’an yoki kirishni xoxlamaydig’an ayrim tavarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni (masalan, milliy mudofaa sohasig’a taalluqli) uning’ o’zi zimmasig’a olish kerak deg’an fikrg’a rozi bo’lg’anlar. Lekin shu bilan birg’a ular bunday ishtirok juda kam darajada bo’lishi kerak deb, hisoblar edilar..
Neoklassik iqtisodiyot to’g’risida fikr yuritib XX asrning’ 70-yillari iqtisodiy qarashlarda ikki yo’nalish paydo bo’lg’anlig’i qayd etiladi: 1) Keyns va keynschilik; 2) Marks G’’oyalari. Ayniqsa neoklassik yo’nalishda matematik usullarning’ keng’ qo’llanilishi, talab, foydalilik, umumiy iqtisodiy muvozanat masalalarining’ yang’icha tahlili yanada ilmiyroq bo’lib qoldi. A.Marshall, J.B.Klark, U.Jevons, L.Valras, V.Paretto tadqiqotlarida matematik elementlar «iqtisodiy tahlilning’ nozik metodlari» g’a olib keldi. J.M.Keynsning’ tadqiqoti yuqori baholanadi, «Sey qonuni» g’a ehtiyoj qolmadi, deb yozadi P.Samuelson. Keyns va Keynschilar ta’sirida «aralash iqtisodiyot» yaxshi faoliyat ko’rsata boshlag’anlig’i ta’kidlanadi. 2-jahon urushidan so’ng’ ishlab chiqarish nihoyatda tez o’sg’anlig’i, aholi turmush darajasi oshg’anlig’i ta’kidlanadi.
Ammo, deb ta’kidlaydi olim, hali bizni to’la bandlik va mo’’tadil baholar o’rtasida tanlash imkoniyatidan xalos qila oladig’an yag’ona mukammal iqtisodiy siyosat modeli yaratilmadi.



Download 20,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish