3 – Mavzu: Bilish nazariyasi. Reja



Download 48,45 Kb.
bet5/16
Sana29.11.2022
Hajmi48,45 Kb.
#874241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
3 – Mavzu Bilish nazariyasi.

Agnostitsizm - bu shunday ta’limotki, unga ko‘ra dunyo haqida haqiqiy, ishonchli bilimlarga erishib bo'lmaydi. Agnostitsizm bilishni faqal biluvchi aqlning faoliyati deb biladi.
Materialistlar Kantni u “o'zida narsalarni” e’tirof etgani holda ularni bilib bo‘lmaydi deb e’lon qiladi, deb tanqid qilsalar, idealistlar uni u subyektdan tashqarida va unga bog‘liq bo'lmagan holda allaqanday sirli “o‘zida narsala­rni” e’tirof etadi, deb tanqid qiladilar. Agar Kant nazdida “o‘zida narsa”ni mutlaqo bilib bo'lmasa, hozirgi zamon materialistlari uni hali bilib olinmagan narsadir, lekin bu uni mutlaqo bilib bo'lmaydi degan ma’noni bildirmaydi, deb biladilar.
Agnostitsizm g‘oyasi XIX-XX asr falsafasida ham rivojlandi. Masalan, nemis fizigi va fiziologi G.Gelmgolsning (1821-1894) “simvollar nazariyasi” yoki “ierogliflar nazariyasi” o‘z mohiyatiga ko‘ra agnostik xarakterda edi. Gelmgols qarashlarining mazmuniga ko‘ra, subyektning sezgilari real predrnetning obrazi emas, balki simvollar, shartli belgilar, ierogliflardir. U hissiy obrazning uni keltirib chiqargan timsol, “original”, real narsa bilan aloqasini, o'xshashligini inkor etgan.
XIX—XX asrlar chegarasida agnostitsizmning yana bir turi — konvensionalizm shakllandi. Konvensionalizm (lotincha konvensio - shartnoma, kelishuv, bitim) - bu falsafiy talimot bo‘lib, unga ko‘ra ilmiy nazariyalar va tushunchalar tashqi dunyoning, uning tomonlari va xossdlarining real tavsili emas, balki olimlar о‘rtasidagi kelishuv mahsulidir. Konvensionalizmning eng yirik vakili fransuz matematigi va faylasufi Anri Puankaredir (1854-1912).
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va informatsion sivilizatsiya davrida hozirgi zamon gnoseologiyasida shuni hisobga olmoq muhimki, bilish subyekti bilan obyekti orasida ko'pincha vositachi asbob, tadqiqot qurilmasi turadi. Bu o‘ziga xos gnoseologik vaziyatni vujudga keltiradi. Pribor obyektni adekvat, aynan aks ettirish jarayoniga muayyan uzluksiz va tasodifiy xatolar kiritishi sababli, tadqiqotchi ularga zarar korrelyatsiya qilmog‘i lozim. Biroq bu agnostitsizmning tantanasini bildirnaydi, balki bizning bilish usullarimiz, metodlarimiz, vosita va shakllarimiz doimiy takomillashtirilib turishga muhtoj ekanligini ko'rsatadi. Bizni qurshab turgan dunyoni bilish mumkin, bilish esa - subyektning haqiqatni anglash va uni o'z amaliy, yaraluvchilik, o‘zgartiruvchilik faoliyatida qo’llash maqsadida tashqi dunyoni ongli ravishda aks ettirishidir.
Bilishda sezgining roli. Har qanday narsani, har qanday predmet yoki hodisani bilish fikr hissiy idrokdan predmetning mohiyati tomon boradigan jarayondir. Hissiy biliw, jonh mushohada insonning qurshab turgan dunyo bilan bevosita aloqasi shaklidir. Hissiy anglash tashqi ta’sir energi- yasining ong faktiga aylanishidan boshqa narsa emas. Usiz biz borliqning hech qanday shakllari haqida hech nima bila olmaymiz. Biz jonli mushohada yordamida atrofdagi voqelikning turli xos-salari va tomonlarini bilib olamiz, lekin birgina hissiy obrazlar bilan ularning mohiyatini anglab ololmaymiz.
Bunga sabab, eng avvalo, inson sezgi a’zolarining tabiiy cheklanganligidir. Masalan, odamning ko‘zi elektromagnit to‘lqinlarning butun spektrini to'liq idrok eta olmaydi, u elektromagnit to'lqinlar spektrining infraqizil, ultrabinafsha va rentgen qismlarini sezmaydi. Bunday tabiiy cheklanganlik boshqa sezgi a’zolariga ham xosdir. Masalan, odamning qulog‘i tebranish chaslotasi 16 dan 20 ming Gts gacha bo‘lgan tovush to'lqinlarini qabul qila oladi, yuqori chastotali yoki past chastotali tovush to'lqinlarini eshitmaydi.
Tabiiy sezgi a’zolari bilan idrok etib bo'lmaydigan hodisalarni maxsus yaratilgan sun’iy organlar orqali, ya’ni mikroskop, radioteleskop, lokator, barometr, Geyger hisoblagichi va boshqa xil priborlar vositasida idrok etish mumkin. Bu priborlar hissiy bilish quvvatini ancha kengaytiradi va kuchaytiradi. Shu bilan birga hissiy bilish bizni yanglishtirib qo‘yishi mumkin - ko‘z chalg‘ishi, sarob, xomxayol, ko‘z gallyutsinatsiyasi, tovush effekti va hokazolar. Falsafa tarixida yangi zamon mutafakkirlari barcha bilimlarning hissiy kelib chiqishi muammosiga yuqori darajada ahamiyat berganlar. Masalan, Jon Lokk materialistik sensualizm (lotincha sensus — sezgi, sezish) prinsipla- rini asoslab berar ekan, avval sezgida bo‘lmagan narsa intellektda bo'lmaydi, shuning uchun kimki hech nimani sezmasa u hech nimani bilmaydi, deb yozgan edi.

Download 48,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish