· kolontitullarni belgilash uchun «Vid» (Ko‘rinish) menyusidagi «Kolontituli» buyru ini tanlash lozim; «Razmetka» (Belgilash) holatida turib, kolontitullar matni ustiga kursorni olib kelib, sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosish kerak; so‘ng kolontitulning chap chetiga kursorni olib kelib, u o‘ngga yo’naltirilgan strelka shaklini qabul qilgandan so‘ng, sichqonchaning chap tugmachasini uch marta bosish kerak;
Amallarni bekor qilish.
Bekor qilinishi zarur bo‘lgan amallar ro‘yxatini chiqarish uchun «Otmenit» (Bekor qilish) tugmachasi oldidagi uchburchakli ko‘rsatkich bosiladi. Oxirgi amallarni bekor qilish uchun shuningdek “Ctrl+Z” tezkor tugmalaridan foydalanish qulay.
Belgilangan parchani ko‘chirish uchun «Virezat» (Kirqib olish, “Ctrl+X”) tugmachasini bosish lozim.
Belgilangan parchadan nusxa olish uchun «Kopirovat» (Nusxa olish, “Ctrl+C”) tugmachasini bosish lozim.
Agar matn yoki rasmdan boshqa hujjatga nusxa olish kerak bo‘lsa — shu hujjatga utiladi. Kursorni matn yoki rasm kiritiladigan joyga qo‘yiladi. «Vstavit» (Kiritish, “Ctrl+V”) tugmachasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |