O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
______________________________________________________
FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjeti xarajatlarining analitik va sintetik hisobi.
Bajardi: ______________________________________________
Qabul qildi: ___________________________________________
TOSHKENT -2022
Mavzu:Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjeti xarajatlarining analitik va sintetik hisobi.
Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qisim.
1.Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjeti
2.Tayyor mahsulot hisobvarag‘ida xo‘jalik muomalasini aks ettirish
3.Boshqa turdagi tovar-moddiy zaxiralar hisobi.
III.Xulosa.
Foydalanilgan adabiyoti.
Kirish
Milliy iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xo’jalik yurituvchi asosiy sub’ektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar keng miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industriya asosida qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnika vositalari bilan qayta ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyot va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida o’rin egallaydi. Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o’z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi zarurligi bilan bog’liqdir. Qurolli kuchlarning barcha turlari byudjet mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga oshirilishi, uning xo’jalik-tashkilotchilik funktsiyasi davlat byudjetidan boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlar ajratilishini taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura fuqarolarning o’zini-o’zi boshqaruv organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog’langandir. Bunday o’zaro bog’liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga o’zaro ta ‘sir ko’rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, byudjet xarajatlarining hajmi byudjet daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. O’z navbatida, byudjet daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu erda byudjet xarajatlarining shunday hajmini va milliy xo’jalikda pul fondlarini shakllantirishda byudjet mablag’laridan foydalanishning shunday muddatlarini o’rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash, boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning o’sishiga ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va milliy xo’jalikdagi proportsiyalarni optimallashtirish orqali davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari darajasining ortishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy xo’jalikning samaradorligi nuqtai nazaridan baholashni dolzarb muammoga aylantirib qo’yadi. Bunda milliy xo’jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli bo’lgan daromadlarning qo’shimcha ravishda o’sganligiga e’tibor berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bunda, bir vaqtning o’zida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |