3 I bob. Grafika- yozuv tizimining birinchi komponenti


partaga to`g`ri o`tirishni o`rgatish



Download 81,29 Kb.
bet5/12
Sana17.02.2023
Hajmi81,29 Kb.
#912267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Grafika- yozuv tizimining birinchi komponenti1


partaga to`g`ri o`tirishni o`rgatish;

  • barmoqlar mashqi;

  • yozuv qurollari- oddiy qalam, rangli qalamlar, ruchka, rasm daftar, husnixat daftari haqida ma`lumot berish;

  • qalamni to`g`ri ushlash;

  • to`g`ri, egri, changakli, yarim doira, doira shakli , zanjirli yozuv va shakllarni mashq qilish.

    Ko`rinadiki, o`quvchilarni chiroyli yozuvga o`rgatish ta`limi o`qituvchilardan samarali usullrdan oqilona foydalanish hamda ijodkorlikni talab qiladi.
    Muammoli vaziyat: Maktabga endigina oliygohni tamomlagan talaba boshlang’ich sinf o’qituvchisi sifatida ishga kirdi va 1-sinfning savodini chiqarishni o’z zimmasiga oldi. O’quvchilari bilan tanishgach, ularning orasida chapaqay o’quvchisi borligini bilib oldi. Bolalarga savod o’rgatish jarayonida ana shu o’quvchiga yozuvni o’rgatishda ancha qiynaldi. Boshqa o’quvchilardan yozishda ortda qolmasligi uchun u bilan qo’shimcha yozuv darslarini o’tdi. Ammo bu ham yordam bermadi. Bu o’quvchining ota-onasi bilan suhbatlashgach, bolaga yoshligida o’ng qo’l bilan narsa ushlashga, qalamni ham ham o’ng qo’lda tutishga majburlashgani ma’lum bo’ldi. Lekin shunga qaramay, bolakay o’ng qo’lda ham yozish jarayoniga qiynaldi. Agar siz bu o’qituvchinig o’rnida bo’lsangiz bu vaziyatda qanday yo’l tutar edingiz?
    Demak,husnixatga o`rgatish tamoyillari ustida ishlashda o`quvchilarni
    chiroyli yozuvga o`rgatish ta`limi o`qituvchilardan samarali usullrdan oqilona foydalanish hamda ijodkorlikni talab qiladi.
    Boshqa fanlar qatori chiroyli yozuvga o`rgatish ham o`zining tarixiy manbalariga ega bo`lgan holda o`sib, rivojlanib bormoqda.
    Quyida biz hozirgi kunda boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun zarur bo`lgan eng asosiy yozuv usullarini ko`rsatib o`tamiz.
    1.Namunaga qarab yozish usuli.
    Chiroyli yozuvga o`rgatishning eng asosiy usullaridan biri harflarning shaklini namuna qilib ko`rsatish va yozdirishdir. Har bir harf namunasi doskada barcha o`quvchilarning barcha o`quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki ayrim o`quvchilarga daftarda alohida-alohida ko`rsatib berilishi lozim. O`quvchining vazifasi esa doskada eslab qolgan shakllarni o`z daftarlarida to`g`ri aks ettirishdir.
    2.Namunaga qarab ko`chirib yozish usuli
    Bu juda eski usul bo`lib, hozirgi kunda ham o`z qimmatini yo`qotgani yo`q. o`quvchilar asosan, harflarning shaklini “Husnixat” kitobidagi namunaga qarab ko`chirib yozadilar. Namunaga qarab ko`chirib yozish, tayyor harflarning ustidan yozishga nisbatan ancha murakkab bo`lib, ularning har ikkalasini qaysi vaqtda qo`llashni o`qituvchi yaxshi bilishi kerak. Bu o`qituvchining vaqtini tejaydi hamda, unumli ishlash uchun imkoniyat yaratadi.
    3.Nusxa ko`chirish usuli
    Bu usulni harf shaklini to`g`ri tasavvur etolmagan, yozishda daftar chiziqlaridan pastga tushib yoki chiqib ketadigan o`quvchilar uchun qo`llash mumkin.
    Masalan, bir o`quvchi katta B harfini yozishda xatoga yo`l qo`ygan bo`lsa, o`qituvchi ularni nuqtalar bilan ifodalab, daftarga qalamda yozib ko`rsatadi, o`quvchi esa uning ustidan ruchka bilan yurgizib chiqadi. Bunday mashqlar faqat qo`l harakatini o`stirish uchun yordam beradi, xolos. Shuning uchun bu usuldan iloji boricha kamroq foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    4.Xatolar ustida ishlash usuli
    Bu usulni qo`llashdan maqsad har bir o`quvchi o`z xatosini mustaqil topa olishga va uni tuzatishga o`rgatishdir.
    O`quvchilarga o`z yozuvlaridagi harflarning to`g`ri yoki noto`g`riligini, qiyaligini, baland yoki pastligini tekshirib chiqish topshiriladi. O`quvchilar navbati bilan o`zlari yo`l qo`ygan kamchiliklarni aytib beradilar, ayrim o`quvchilarga o`qituvchi yordam beradi.
    Undan tashqari, o`quvchilar o`z kamchiliklarini yozuv daftarlarida yoki husnixat kitobida berilgan namunaga qarab taqqoslash orqali ham tuzatishlari mumkin.
    Ko`pchilik o`quvchilarda takrorlangan bir xildagi tipik xatolarni o`qituvchi doskada tahlil qilib,uni qanday tuzatish yo`llarini ko`rsatib beradi.
    Biz yuqorida chiroyli yozuv malakasini shakllantirish uchun zarur bo`lgan asosiy usullarni ko`rsatib o`tdik. Bulardan tashqari, har bir o`qituvchi o`zi mustaqil ravishda yozuv malakasini o`stirish uchun yordam beradigan usullarni topishi va uni amalda qo`llashi mumkin.
    O‘zbek xalqi qadimda turli Yozuvlardan foydalanib kelgan. Asosiy Yozuv tizimini fonografik, ya`ni tovush Yozuvi, harfiy Yozuv yoki alfavit tashkil etgan. O‘zbek xalqi oromiy, yunon, sug’d, xorazm, ko‘shon, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, urxun (runik), uyg’ur, arab, lotin, rus grafikasiga asoslangan Yozuvdan foydalangan.
    Eramizdan oldingi XI-IX -klinopis, mix Yozuv, oromiy Yozuvi.
    III-I yunon, karoshta.
    Eramizning I asridan sug’d
    II—III xorazm
    V-VIII urxun-runik (rus xizm.Remezov-XVIII, shved Iogann Stralenberg, XIX asr Grigor’yan Spasskiy,1891 akad. V. V. Radlov, daniyalik Vilgilm Tomsen, keyinchalik P.M.Melioranskiy, S. E. Malov).
    VI-VIII asrlar uyg’ur, VII-VIII arab, 1929 lotin, 1940 rus, 1993 02.09.lotin (26 harf, 3 harf birikmasi va 1 tutuq belgi).
    Rus grafikasi asosidagi o‘zbek alfavitida 33 ta harf va ikkita maxsus belgi bor. Ularning yutuq va kamchiliklari. Unlilar sistemasi. Singormanizm. YAngi alfavit. Uning siyosiy ahamiyati.
    Yozuvning xalqlar tili va madniyati taraqqiyotidagi ahamiyatini quyidagi faktdan ham bilsa bo‘ladi: Tillarning standart tillar, klassik tillar, mahalliy tillar tarzida tasniflanishi bevosita bu tillar Yozuvi mavqeiga asoslangan.
    1. Adabiy til me`yoriga ega bo‘lgan, jamiyatda davlat tili, adabiy til sifatida xizmat qiluvchi tillar standart tillar sanaladi. Masalan, o‘zbek, rus, tojik, turkman, ukrain kabi tillar.
    2. Yozuvga ega bo‘lib, o‘z davrida mukammal takomiliga etgan, buyuk asarlar yaratilgan tillar klassik tillar sanaladi. Klassik tillar o‘z davri uchungina emas, balki tillarning keyingi taraqqiyoti uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunday tillarning adabiy tillardan farqi shundaki, ular o‘lik tillardir. Masalan, lotin tili, sanskrit tili, sug’d tili, xorazmiy tili.
    3. Son jihatidan ko‘p bo‘lmagan kichik xalqlarga xizmat qiluvchi, o‘z Yozuviga ega bo‘lmagan tillar mahalliy tillar sanaladi. Masalan, Amerika mahalliy hindularining tili.
    Yozuv o‘zining taraqqiyotida turli bosqichni bosib o‘tgan. Dastlab buyumlardan mnemonika yoki «eslatuvchi» vositalar sifatida foydalanish zamonaviy Yozuvga olib keluvchi mashaqqatli uzoq yo‘ldagi birinchi qadam bo‘ldi. Ammo bu vositalar fikrni uzatmas, balki uni faqat eslatardi. Masalan, arqon, chilvir, ip, kanoplarni xilma-xil rangga bo‘yash, ularga turli tugunchalar qilish bilan ayrim voqeani, fikr-istaklarni o‘zlaridan uzoqda turuvchilarga nutqsiz etkazganlar. Biror narsani eslab qolish odati shundan qolgan. So‘ngra buyumlarga aniq ma`no berila boshlagan. Buyumga ma`no birkitib qo‘yishning bu usuli «buyumli Yozuv» deb atalgan.
    O‘tmishda, hozirgi zamon Yozuvlari bo‘lmagan davrlarda, odamlar ba`zi hodisalar va voqealarni uzoq masofaga etkazish niyatini yoki zamonda (vaqtda) abadiylashtirish maqsadlarini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga oshirganlar. Bunday Yozuv piktografik Yozuv deb nom olgan.
    Turli voqea, narsa-predmetlarning rasmlarini chizib, o‘zlarining fikr va istaklarini bildirishgan. Ana shunday turli narsa-predmet va voqealarni bildiradigan rasmlar piktografik (pictus – chizilgan, grafo – yozaman) Yozuv deb ataladi.
    Piktografik Yozuvda har bir rasm bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, besh qayiq, baliqchi qush, otliq kishi, toshbaqa, quyosh rasmi berilgan. Uning mazmuni quyidagicha: Qabila boshlig’i otda yo‘l boshlamoqda. Qayiqda 50 kishi va qabila boshlig’ining Baliqchi ismli safdoshi bor. Ko‘lda uch kun suzib, quruqlikka chiqqanlar.
    Piktografik Yozuv asta-sekin takomillashib, ideografik (idea – tushuncha, grafo - yozaman) Yozuv paydo bo‘ldi. Uni logografik (logos – so‘z) Yozuv deb ham yuritadilar. Bunda tildagi har bir so‘z o‘z simvoliga ega bo‘ladi. Masalan, qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali izohlashgan. Logografik Yozuvning bir ko‘rinishi mixxatdir. Bu Yozuv qadimgi Mesopotamiyada qo‘llanilgan.
    Logogrammaning piktogrammadan farqi shundaki, piktogramma bevosita predmetni aks ettiradi, logogramma so‘zning ma`nosini izohlaydi. Demak, logogramma bevosita predmet shakli bo‘lmay, u so‘z ma`nosini aks ettiruvchi shartli belgidir.

    Download 81,29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish