3. Kon mashinalari elektr jixozlariga qo’yiladigan asosiy talabalar


- portlash xavfsizligini ta’minlovchi qobiq



Download 262,83 Kb.
bet3/6
Sana30.05.2022
Hajmi262,83 Kb.
#620796
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- ma’ruza umumiy ma‘lumotlar. Bir kovshli ekskavatorlar elektr

- portlash xavfsizligini ta’minlovchi qobiq. Bu qobik portlashga chidamli va portlashni o’tkazmaydigan xususiyatga ega;
- xavfsiz uchqun chiqaruvchi elektr zanjir. Bu zanjirlardan tok o’tish natijasida hosil bo’lgan issiqlik quvvati yoki zanjirlarning uzilishi natijasida hosil bo’lgan uchqunlar quvvati, portlashga moyil bo’lgan muxitga xavf keltirmaydi;
- "e" turidagi ximoya. Bu ximoyaning asosida - normal holatda uchqun chiqarmaydigan zanjirlarga ega bo’lgan elektr uskunalarda, tok o’tkazuvchan qismlarini xavfli qizishini yoki uchqun chiqish xavfini chegaralaydigan yordamchi vositalarni ko’llash yotadi;
- qobiqni kvars kumlar bilan to’ldirish;
- qobiqni moy bilan to’ldirish;
- avtomatlashtirilgan ximolviy o’chirish. Elektr uskunalarning ximoyaviy qobug’i shikastlangan hollarda, bu uskunalarning tok o’tkazuvchan qismlari manbadan avtomatik ravishda ajratiladi.
Ayrim hollarda yuqorida keltirilgan himoyaviy turlaridan tashqari maxsus portlashdan himoya vositalari qo’llanadi. Bu vositalarga qobiq ichini har xil dielektriklar bilan to’ldirish, portlovchi moddalarning konsentratsiyasini kamaytirish, plastinkali ximoyalar misol bo’ladi.
Kon elektr uskunalarida bir vaqtda bir necha portlashdan ximoya vositalari qo’llanishi mumkin. Shuni ham qayd qilish kerak-ki, hozirgi vaqtda, moy bilan to’ldirilgan kobiqlarni yer osti usulida ko’mir qazib olish korxonalarida qo’llash taqiqlangan.
4.Bir cho’michli ekskavatorlarni elektr jixozlari.
Ochiq kon korxonalarida (kar’erlarda) foydali qazilmalarni ochish, qazib olish, tashish va kon ag’darmalarini (otval) hosil qilish uchun turli ekskvatorlar, Burg’ulash mashinalari, otval-transport mashinalari, konveyerlar va boshqa mashinalardan foydalaniladi.
Yuqorida keltirilgan mashina va mexanizmlarda - elektryuritgichlar, generatorlar, kuch transformatorlari, tarqatish punktlari, boshqarish, ximoyalash, xabarlash, aloqa qilish va yoritgichlar kabi elektr uskunalarni uchratish mumkin.
Kar’YER mashina va mexanizmlarida bir vaqtda, bir mashinada ham o’zgaruvchan, ham o’zgarmas tok uskunalari, xar xil rejimda ishlaydigan elektryuritmalar uchraydi. Bu elektr yuritmalarning turlari, ishlash prinsipi, texnik ko’rsatkichlari, ishlatish chegaralari oldingi kurslarda ko’rib chiqilgan, quyida esa, ochiq kon korxonalarining mashina va mexanizmlarida, ishlatiladigan elektr uskunalar to’g’risida ma’lumotlar beriladi.
Respublikamizning ochiq kon korxonalarida foydali qazilmalarni ochish, qazib chiqarish, otval hosil qilish jarayonlarida turli ekskavatorlar ko’llaniladi. Kar’erlardagi ekskavatorlarning asosiy turlarini xajmi 0,25 dan 20 m3 gacha bo’lgan bir cho’michli (EKG), cho’michlarining xajmi 10 dan 100 m3 gacha bo’lgan rotorli ekskavatorlar (YER), cho’michini xajmi 4 dan 125 m3 gacha bo’lgan odimlovchi ekskavatorlar (ESH)- tashkil qiladi.
Bir cho’michli zkskavatorlarning elektr uskunalari bir-biridan sezilarli farq qiladi. 0,25 – 2 m3 xajmli cho’michga ega bo’lgan ekskavatorlarda bir yuritgichli qisqa tutashuv rotorli asinxron yuritmalar qo’llansa, 2 m3 dan katta xajmli ekskavatorlarda esa, xar xil kuchlanishli o’zgaruvchan va o’zgarmas tok elektr mashinalari, kuch transformatorlari turli o’zgartiruvchi agregatlar, ximoyalash, boshqarish, xabarlash va yoritgich qurilmalari o’rnatilgan. 1. rasmda EKG-4,6 ekskavatorning bir chiziqli elektr sxemasi keltirilgan. Yuqori kuchlanishli (6kV) o’zgaruvchan tok, kontakt xalqasi ko’rinishidagi tok qabul uskunasi DT, ajratgich QS va moyli uzgich QF orqali tarmoq yuritgich SD ga uzatiladi. Ekskavatorda ichki zanjirlarni ta’minlovchi transformator T1, yoritgich transformator T2, yordamchi mashinalar (ventilyator, kompressor, nasos) yuritgichlari M1-M6, o’zgarmas tok yuritgichlari M7-M11, generatorlar M12-M14 va boshqarish zanjirlarini ta’minlovchi transformator TZ va magnitli kuchaytirgich MK lar o’rnatilgan.
Ekskavatorning quvvatiga qarab, tarmoq yuritgichning quvvati 250 dan 2500 kVt gacha bo’lishi mumkin. Bu yuritgich o’zgarmas tok yuritgichlarni ta’minlash uchun generatolarni aylantiradi.
Ekskavatorlarning asosiy elektr uskunasi elektryuritmalar bo’lgani uchun, ularga umumiy talablardan (quvvatiga, kommutatsiya va zo’riqib ishlash xususiyatiga) tashqari quyidagi qo’shimcha talablar qo’yiladi:
- yuritmalarning mexanik tavsiflarini ko’rinishi, iloji boricha ekskavator tavsifiga yaqinlashishi;
- katta boshlang’ich momentlarga ega bo’lishi;
- o’zgaruvchan dinamik rejimlarda, yuritgichning statik va dinamik tavsiflarini bir-biriga yaqin bo’lishi;
- asosiy yuritmalarning soddaligi, ishonchli va yengil boshqarilish xususiyatiga ega bo’lishi;
- elektr tormozlashni qo’llash,
- yuritgichlarning tezligini keng doirada o’zgartirish va boshqarish;
- barcha tezliklarda energiyani isrofini kamaytirish;
- boshqarish jixozlari ishonchliligini ta’minlash;
- asosiy yuritmalarni avtomatik boshqarish va tartibga solish va x.k.
Ekskavatorlarda qo’llaniladigan yuritgichlar qisqa qayta-qayta ishlash rejimiga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak, 9.1 jadvalda bir cho‘michli ekskavatorlarda qo’llaniladigan elektr mashindlarning tavsiflari berilgan.
Kon korxonalarida ishlatiladigan ekskavatorlarda quyidagi elektryuritma tizimlari keng o’rin olgan: asinxron, uch cho’lg’amli generator - yuritgich (G-Yu), boshqariluvchi tiristorli to’g’irlagich (BT-Yu).
ESH-15/90/6, eng ko’p tarqalgan odimlovchi ekskavator (draglayn)lar qatoriga kiradi. Bu mashinada, uch cho’lg’amli generator-yuritgich tizimi qo’llanilgan. Boshqarish esa, yordamchi va asosiy magnitli kuchaytirgichlar yordamida bajariladi.
Ko’pincha bir cho’michli ekskavatorlarda tarmoq yuritgichi sifatida sinxron yuritgich ko’llaniladi. Bu yuritgichning ishga tushirish, asinxron ishga tushirish usuli, ya‘ni stator cho’lg’ami tarmoqqa to’g’ridan - to’g’ri ulash bilan bajariladi.

1. rasm. EKG-4,6 ekskavatorning bir chiziqli elektr sxemasi.



Download 262,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish