3-laboratoriya ishi neft mahsulotlarini haydash usullari



Download 85,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana24.06.2022
Hajmi85,19 Kb.
#700443
  1   2
Bog'liq
4 (2)



3-LABORATORIYA ISHI
Neft mahsulotlarini haydash usullari
Neft mahsulotlarini haydash usullari neft mahsulotlarining sifatini
aniqlashda asosiy ko‘rsatgichlardan biri hisoblanadi. Neftni analiz
qilganda uning sifati to‘g‘risida birinchi ta’surotga ega bo‘lamiz. Yoqilg‘i
mahsulotlarini haydab, ular avtomashinalarning motorlarida qanday
ishlashlari haqida oldindan axborot olishimiz mumkin bo‘ladi.
Kimyoviy tarkibi bir xil bo‘lgan moddalar aniq bir temperaturada
haydaladi. Shu sabablarga ko‘ra ularga deyarlik mahsus talablar
qo‘yilmaydi. Neft mahsulotlari har xil uglevodorodlardan tashkil topgan
murakkab organik birikma bo‘lganligi sababli ularni mahsus tuzulishdagi
apparatlarda xaydab analiz qilinadi.
Ishdan maqsad
Suyuq yoqilg‘i, erituvchilar va boshqa yengil neft
mahsulotlarini fraksion tarkibini aniqlash. Buning uchun analiz
qilinadigan moddani 100 sm
3
o‘lchab olib, uni mahsus apparatda
haydaladi.
Ishlatiladigan apparat, priborlar va idishlar

Neft mahsulotlarini fraksion tarkibini aniqlash uchun rasmda
ko‘rsatilgan apparatdan foydalanamiz.
Rasm

Haydash uchun ishlatiladigan hajmi 125 sm
3
ga teng bo‘lgan
kolba rasmda keltirilgan.
Rasm

Bulardan tashqari hajmi 100 sm
3
ga teng har bir 1 sm
3
da
belgi qo‘yilgan o‘lchov silindr. Haydalayotgan moddani
sovutib turish uchun silindrni idishga joylanadi. Bu idishga
silindrni 100 sm
3
belgisi balandligigacha sovutuvchi modda
solinadi.

Shisha termometrlar kerak bo‘ladi.
Analizga tayyorlanish va uni bajarilishi
Analiz qilinadigan mahsulotda suv bo‘lishi tavsiya etilmaydi.
Agarda mahsulotda suv bo‘lsa uni mahsus usullar bilan suvdan tozalab
keyin analiz qilinadi.
Apparatning sovutgichini suvga ulaymiz. Agarda yengilroq neft
mahsulotini analiz qiladigan bo‘lsak, sovutgichni ichiga muz yoki shunga


o‘xshashni solamiz suvni to‘xtatib qo‘yamiz. Sovutgich trubkasi uchidagi
haydalgan mahsulotning qoldig‘ini yumshoq matoga shimirib olamiz.
Silindrda 100 sm
3
hajmda haydaladigan neft mahsulotini o‘lchab
olib, apparatni kolbasiga extiyotlik bilan quyamiz modda kolbaning
bug‘ ketadigan naychasining devorlariga tegmasligi shart.
Termometrga po‘kak probka kiyg‘izib og‘ziga o‘rnatamiz.
Termometr kolba og‘zini o‘rta qismiga joylashgan bo‘lishi shart.
Termometrning simob joylashgan qismi kolbaning bug‘ o‘tkazgich
naychasini to‘g‘risida bo‘lishiga etibor berish kerak. Kolbani po‘kak
probka vositasida sovutgichga biriktiramiz. Kolba vertikal ravishda
turishi kerak. Kolbaning bug‘ ketadigan naychasi sovutgichning
trubkasiga 25-30 mm kirib turishi kerak. Moddani o‘lchab olingan
silindrni yuvib quritmasdan, sovutgich trubkasini ikkinchi uchini ostiga
qo‘yamiz. Trubkaning uchi silindrning o‘rtasida 25 mm masofada tushib
turishi tavsiya etiladi. Agarda benzinni haydaydigan bo‘lsak silindrni
mahsus idish sovutgichga joylashtirib, sovutgichga suv yoki muz solamiz.
Muz yoki suv aralashmasining balandligi silindrning 100 sm
3
o‘lchov
belgisidan kam bo‘lmasligi kerak. Silindrning og‘zini qog‘oz bilan
berkitamiz.
Kolbadagi moddani isita boshlaymiz. Kolbadagi modda 5-10 min.
ichida qaynashni boshlasa yaxshi bo‘ladi. Sovutgich trubkasini uchidan
o‘lchov silindrga moddaning birinchi tomchisi tushishi, moddaning
qaynash temperaturasini boshlanishi deyiladi. Moddaning birinchi
tomchisi tushgandan keyin silindrni biroz surib, uning devorini sovutgich
trubkasining uchiga tekkizib qo‘yamiz, bunda haydalgan moddaning
keyingi tomchilari silindrning devoridan oqib tushadi. Isitish tezligini
shunday olib borish kerakki, analiz qilinayotgan moddaning 95 sm
3
xajmi
haydalib chiqquncha, har bir minutda 4-5 sm
3
modda haydalib tursin.
Moddaning 95 sm
3
xajmi haydalib bo‘lgandan keyin, to qaynash
temperaturasining oxirigacha 3-5 min. vaqt o‘tishi mumkin deb
hisoblanadi. Termometrning simob ustunini kuzatib turamiz. Modda
oxirigacha qaynab chiqkuniga qadar simob ustuni ko‘tarilib boradi. Keyin
pasayadi. Simob ustunining eng yuqori ko‘rsatkichi moddaning qaynash
temperaturasining oxiri, deb qabul qilinadi.
Kolbada haydalmay qolgan moddaning hajmini qoldiq deb
hisoblanadi.
Kolbani sovutgandan so‘ng kolbadagi qoldiqni silindrga quyamiz
va umumiy hajmini aniqlaymiz. 100 ml dan umumiy hajmini olib
tashlasak haydash vaqtida qancha modda yo‘qolganligini topamiz.

Download 85,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish