3-Laboratoriya mashg’ulot. Zamonaviy interaktiv texnologiyalar (elektron doska) bilan ishlash



Download 491,5 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi491,5 Kb.
#363544
Bog'liq
3-tajriba mashguloti IOM 4-kurs Sirtqi




3-Laboratoriya mashg’ulot. Zamonaviy interaktiv texnologiyalar (elektron doska) bilan ishlash.


Ishning maqsadi: Talabalarda ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash, zamonaviy interaktiv texnologiyalar (elektron doska) bilan ishlash bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish.

Kutilayotgan natija:

  • Zamonaviy interaktiv texnologiyalar (elektron doska) bilan ishlash bo’yicha ma’lumot oladi.

  • Zamonaviy interaktiv texnologiyalar (elektron doska) bilan ishlash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladi.


Kerakli jihozlar: Kompyuter, proyektor, darslik, ko’rgazmali materiallar, tarqatma materiallari, topshiriqlar.

NAZARIY QISM

Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri-bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchining birgalikdagi faoliyati bo’lib, asosan o’quvchilarni fikrlaga undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o’zini tahlil qilishni va amaliyotda qo’llashni o’rgatadi. O’qituvchining asosiy vazifasi bu erda o’quvchilarga yo’l ko’rsatish, yo’nalish berish, eng to’g’ri xulosani aytishdan iborat.

Interaktiv usullar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o’qituvchi o’quvchining fikrini xech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to’g’ri xulosani aytib o’tib ketadi. Natijada o’quvchi xatosini o’zi tushunib oladi. Bu esa ularni tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi xolatlarning oldini oladi. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro hurmatga asoslanadi. O’qituvchi qanday bo’lmasin o’quvchining fikrini tinglaydi va hurmat bilan qarashini bildiradi, shu bilan birga o’quvchilarni bir-birlarini tinglashga o’rgatadi. e`tirozlar, qo’shimchalar ham “hurmatli”, “sizning fikringizga qo’shilgan holda”, “bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi” kabi so’zlar orqali bildiriladi. Bunday tarzda tashkil etilgan darsda o’quvchi o’zini hurmat qilinayotganligini sezadi va bunday sharoitda xech qanday tayziqsiz erkin fikrlay boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi. Ushbular bilan birgalikda u boshqalarni ham hurmat qilishga o’rganadi. Interaktiv metodlar o’quvchilarda doimiy faollikni ta`minlaydi. O’quvchilar dars davomida bo’sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror bir muammo bilan band bo’ladilar. Natijada esa zerikish holatini oldi olinadi. Interaktiv meiodlardan foydalanishda o’qituvchi, eng avvalo, darsning texnologik loyihasini tuzib olishi lozim. Darsni texnologik loyixalash uchun esa o’qituvchi interaktiv metod strategiyalari va usullari bilan tanish bo’lishi lozim. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida boy tajriba to’plagan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar o’ziga xos ahamiyatga egadir.

Elektron interaktiv doska – raqamli, dasturiy va Internet texnologiyalari sohasidagi oxirgi yutuqlar kombinatsiyasidir. Bu ta’lim sohasidagi keskin ‘zgarish hisoblanadi, chunki an’anaviy doska va bo‘rlar elektron ko‘rinishga o‘tadi.

Elektron interaktiv doska - personal kompyuter uchun periferiya qurilmasi hisoblanadi. Proektor qurilmasi bilan birgalikda videoroliklarni, rasmlarni va boshqa obyektlarni yaratish va namoyish etish, kompyuter xotirasiga saqlash yoki printer orqali bosmaga chiqarish mumkin.

Elektron doska ikki xil ko`rinishda o`rnatilishi mumkin.



  • Xarakatlantirishga qulay bo`lishi uchun maxsus oyoqli moslamalarga mahkamlanishi

  • Yoki qo`zg`almas bo`lishi uchun maxsus uskunalar yordamida devorga maxkamlanishi mumkin


Elektron interfaol doskalar proyektorning o’rnatilishiga qarab to’g’ri proyeksiyali va teskari proyeksiyali doskalarga ajratiladi. To’g’ri proyeksiyali Elektron interfaol doskada proyektor doskaning oldi tarafida bo’ladi, teskari poyeksiyali Elektron interfaol doskalarda esa - doskaning orqa tarafida bo’ladi. Aksariyat Elektron interfaol doskalar – to’g’ri proyeksiyali doskalardir. Dars jarayonida proyektor nurlari o’qituvchi va o’quvchilarga xalaqit bermasliklari uchun, bunday Elektron interfaol doskalar bilan ishlashda, maxsus mustaxkamlovchi vositalar yordamida bevosita doska oldiga (tepasiga) o’rnatiladigan ultraqisqafokusli proyektorlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ulanish usuliga qarab Elektron interfaol doskalar simli (faol) va simsiz (passiv) interfaol doskalarga ajratiladi. Faol interfaol doskalar kompyuter va ozuqa manbaalariga simlar orqali ulanadi. Passiv interfaol doskalarda esa xech qanday simlar bo’lmaydi va ularni ozuqa manbaalariga, kompyuterga va poroyektorga ulash talab etilmaydi.

Ishlash prinsipiga ko’ra Elektron interfaol doskalar «yumshoq» va «qattiq» elektron doskalarga ajratiladi:



  • «yumshoq» Elektron interfaol doskalarlarda maxsus stilus (marker) yoki qo’l barmoqlari yordamida ishlash mumkin;

  • «qattiq» Elektron interfaol doskalarlar esa faqatgina elektron stilus (marker)lar yordamida ishlaydi.

Ishlab chiqarish (tayyorlanish) texnolgiyalariga ko’ra elektron interfaol doskalar quyidagi turlarga ajratiladi: sensorli, ultratovushli, infraqizil, elektromagnitli, mikronuqtali.

Elektron doskadan foydalanish majmuasi uch elementdan tarkib topgan. Bular: personal kompyuter, videoproektor va interaktiv doska.

Bunda kompyuterga ham videoproektor qurilmasi ham elektron interaktiv doska ulanadi. Dastlab maxsus kabel yordamida interaktiv doska kompyuter USB portiga ulanadi. So`ngra videoproektor qurilmasi kompyuterga ulanib interaktiv doskaga moslanadi.

Bunda ma`lumotlarning siklik aylanishi hosil bo`ladi. Elektron doskadan boshqaruv komandalari kompyuterga kelib tushadi. Kompyuter o`z navbatida ko`rsatilgan amalni bajarib videoproektor qurilmasiga uzatadi. Videoproektor qurilmasi esa kompyuter xotirasidagi o`zgarishni elektron doskada tasvirlaydi.



Elektron interaktiv doska tarkibiga quyidagi elementlar kiradi:



  • Doskaga yozish uchun 3 dona elektron ruchka

  • Doskani kompyuterga ulash uchun 10 metrli USB-RS232 kabeli

  • Diskda elektron doska dasturiy ta`minoti

  • Doskadan foydalanish yo`riqnomasi

Nazorat savollari

  1. Zamonaviy dars berish metodlariga misol keltiring.

  2. Pedagogik texnologiyalarning hozirgi kunda eng ommashgan turi qaysi?

  3. Elektron interaktiv doska qanday afzalliklar va kamchiliklarga ega?

  4. Ishlab chiqarish (tayyorlanish) texnolgiyalariga ko’ra elektron interfaol doskalarlarni tavsiflang.

  5. Dars jarayonida interaktiv doskadan qanday foydalaniladi?


Foydalaniladigan adabiyotlar

1. U.K.Tolipov, M.Usmanboyeva. Pedagogik texnologiyalarninig tadbiqiy asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.: “Fan”, 2006 y.



2. Р.Ишмухамедов, А.Абдуқодиров, А.Пардаев. Таълимда инновацион технологиялар (таъ-лим муассасалари педагог ўқитувчилар учун амалий тавсиялар). Ўқув қўлланма. Тош-кент, “Истеъдод”, 2008 й.





Download 491,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish