3-ma’ruza (2 soat) 5-mavzu. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil qilish(1 soat)


Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi



Download 46,01 Kb.
bet7/24
Sana24.11.2022
Hajmi46,01 Kb.
#871553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
3-ma\'ruza

Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni korxona ma’muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki ko’p yillik rejalardan tashkil topadi. Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan yutuqlari hamda korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi. Ishning bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik yo‘llari bo‘yicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa korxona sexlari, bo‘limlari, bo’linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag’ni va moddiy ta’minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga kiritiladi. Jamoa shartnomasini har yili korxona rahbari ishchi-xizmatchilar nomidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan tuzadi. Jamoa shartnomasiga kiritilgan mehnat muhofazasiga doir tadbirlarning bajarilishiga ajratilgan mablag’lar ishlatib bo’linganligi haqida maxsus dalolatnoma tuzilib, unga korxona kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi va korxonaning bosh muhandisi imzo chekadilar.
Korxonalardagi uch bosqichli nazorat.
Mehnat muhofazasini boshqarish tizimidan uch pog’onali ma’muriy – jamoa nazorati korxona, tashkilot, muassasa ma’muriyati va kasaba uyushmasining asosiy nazorati shaklidir. Bunda mulkchilik shaklidan ham qat’iy nazar, ish o’rinlarida, ishlab chiqarish bo’limlarida, sexlarda mehnat sharoitlari va xavfsizligi nazorat qilinadi, barcha xizmatlar, lavozim egalari va ishlovchilar mehnat muhofazasi haqidagi qonunlarga, standartlarga, qoidalarga , me’yorlar, yo’riqnomalar va boshqa me’yoriy texnik hujjatlarga qanday rioya qilayotganlari tekshiriladi.
Uch pog’onali nazorat rahbarlar va muhandis-texnik xodimlarning lavozim vazifalarini ma’muriy nazorat etishni hamda jamoatchilik nazoratini yo’qqa chiqarmaydi.
Mehnat muhofazasini holatini uch pog’onali nazorati ishlab chiqarishning xususiyati, korxonani strukturasi va uning bo’linmalari masshtabiga bog’liq hamda, quyidagicha o’tkaziladi:

  • birinchi pog’ona: bo’limda smena davomida yoki brigadada (bundan buyon: bo’limda deyiladi);

  • ikkinchi pog’ona: sexda, ishlab chiqarishda yoki korxona bo’limida (bundan buyon: sexda);

  • uchinchi pog’ona: butun korxonada.

Ishlab chiqarish bo’limlarini uch pog’onaning qaysi biriga tenglashtirish masalasini korxona ma’muriyati kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birga hal qiladi.
Uch pog’onali nazoratga korxona rahbari va kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi rahbarlik qiladi.
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar buzilishida aybdor bo’lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Download 46,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish