3 ma’ruza. Rahbarlik psixologiyasi reja


Biografik jihatlar qatoriga



Download 464,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana23.03.2022
Hajmi464,21 Kb.
#506690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
3-Mavzu

Biografik jihatlar qatoriga
shaxsning ijtimoiy-iktisodiy mavqei va uning 
ma'lumoti darajasini kiritish mumkin. Boshqaruv faoliyatini muvaffaqiyatli amalga 
oshirishda mavqe va ma'lumot ham muhim omil sanaladi. Biznes boshqaruvi 
sohasidagi olim R.Stogdill muallifligidagi «Boshqaruv qo'llanmasida» 
ta'kidlanishicha, muvaffaqiyatli boshqaruv va shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei 
o'rtasidagi bog'liqlik 94% ga teng hamda ma'lumoti o'rtasidagi bog'liqlik esa, 88% 
ga tengdir.
Yaponiyalik tadqiqotchi T. Kono ma'lumotiga ko'ra, oddiy yapon menejeri, 
albatta, muxandislik mutaxassisligi yoki ijtimoiy fanlar bo'yicha universitet 
diplomiga ega bo'lishi shart. Ko'p hollarda menejerlar ikki mutaxassislik diplomiga 
ega bo'lsa, bir qator yetakchi biznesmenlar va yirik rahbarlarning biografik tahlili 
ularning yuqori ma'lumotga ega ekanliklaridan dalolat beradi. Shaxsning ijtimoiy-
iqtisodiy mavqei rahbarlik faoliyatini bajarishida kuchli omil hisoblanadi. Buning 
ahamiyati ayniqsa, sharq madaniyati misolida yaqqol ko'zga tashlanadi. 
Hududimizdagi oddiy fuqaro rahbar shaxsida nufuzli, o'ziga to'q va to'la-to'kis 
insonni ko'rishni xohlaydi. Rahbar mayda iqtisodiy muammolarni bemalol hal qila 
olishi, katta ijtimoiy aloqalarga molik ekanligi bilan hamda o'z aqliy qobiliyati, 
tajribasi bo'yicha boshqa xodimlardan ustun turishi lozim. 
Rahbarning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei dastlabki paytlarda yetakchi rolini 
o'ynaydi. Keyinchalik esa u haqdagi bo'lgan jamoa tasavvuri rahbarning vazifalarni 
ado etish qobiliyatiga borib taqaladi. Ammo, shaxs shakllangan muhitning 
rahbarlikka, shuningdek, oilaviy an'analarning boshqaruv qobiliyati rivojlanishiga 
ta'sirini o'rganish ham o'ta ahamiyatlidir. Haqiqatan, rahbar oilasida tug'ilish,
ulg'ayish davomida ota tajribasini o'zlashtirish dominantlikka, ya'ni ustunlikka 


moyillikning shakllanishiga asos bo'lishi mumkin. Biznes boshqaruvi sohasidagi 
olim F.Fidler ta'rifi bo'yicha «kompaniya prezidenti bo'lishning eng ishonchli omili 
– kompaniyaga egalik qiladigan oilada tug'ilishdir». 
Lekin, Li Yakokka kabi buyuk menejerning biografiyasi tamoman yuqoridagi 
ta'rifni inkor etadi4. Binobarin, bu shaxs rahbarlikning past qatlamlaridan, uning eng 
yuqori cho'qqilariga ko'tarildi. Bir qator mashhur tadbirkorlar o'tmishini tahlil etish 
natijasida aniqlandiki, ularning ko'pchiligi oilada to'ng'ich farzand bo'lib o'sishgan. 
Darhaqiqat, oilada to'ng'ichlik o'z mavqeiga ko'ra ma'lum mas'uliyat ham demakdir. 
O'zbek oilalaridagi ko'pbolalik sharoiti to'ng'ich farzandga otaonaga madadkor 
bo'lish, kichiklarga rahnamolik qilish va nazoratni o'z bo'yniga olishini taqozo etadi. 
Bu esa shakllanayotgan shaxsning tashkilotchilik va nazoratga bo'lgan imkoniyatini 
yanada oshiradi, kelgusi faoliyatida o'z-o'zini idora eta olish qobiliyatini 
shakllantiradi.
Hayot tajribasi. Inson tajribasi va uning boshqaruv faoliyatida namoyon bo'lishi 
ikki asosiy masala orqali tahlil qilinadi. Birinchidan, yuqori bo'g'in rahbari uchun 
boshqaruv tajribasi zarur, shuningdek, ulardan hayotiy tajribaga ega bo'lish ham 
talab qilinadi. Ikkinchidan, o'rta bo'g'in rahbarida esa o'z sohasi bo'yicha kamida uch 
yillik tajriba bo'lishi lozim. Bu toifa rahbar tajribasini tahlil etar ekanmiz, asosiy 
e'tibor kasb sohasiga qaratiladi.
Qobiliyat. Odatda psixologiya fanida qobiliyatning umumiy va maxsus turlari 
ko'rsatiladi. Umumiy qobiliyatlar shaxsning har qanday faoliyatga kirishishida 
muvaffaqiyat uchun imkoniyat yaratsa, maxsus qobiliyat faqat ayrim yo'nalishdagi 
faoliyat turida muvaffaqiyatga erishish uchun asos bo'ladi. Mana shunday umumiy 
qobiliyat turkumiga inson aqlini, ya'ni intellektni kiritish mumkin. Rahbar intellekti 
qanchalik yuqori bo'lishi kerak, degan savol, albatta, bahsdan xoli emas. Ba'zi 
tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, o'ta yuqori intellekt yuksak rahbarlik malakalarini 
amalga oshirishga xalaqit berar ekan. Shunday deyishning asoslaridan biri - qaror 
qabul qilishda haddan tashqari aql ishlatish bu jarayonni yanada cho'zib yuborishi 
mumkin. Shuning uchun boshqa bir qator tadqiqotchilar, rahbarda nazariy aqldan 
ko'ra, amaliy aql rivojlangan bo'lishi kerak, degan to'xtamga kelishadi. Yaponiyalik 
olimlarning kuzatishlaricha, maktab va universitetda yuqori baholarda o'qigan 
talabalar keyinchalik xizmat davomida unchalik katta lavozimlarga erisholmaganlar. 
Tadqiqotchi T. Kono fikricha bunga sabab, a'lochi talabalarning Yaponiya 
kompaniyalariga xos bo'lgan guruh tabiatni o'zlashtira ololmaganliklaridadir. Aynan 
tashkilotchilik xislati ko'pchilik menejerlarning lavozimda o'sishlari uchun asosiy 
omil bo'lgan. Intellektning muvaffaqiyatli boshqaruvga ta'sir etishida ko'pgina oraliq 
omillar mavjuddir. Ulardan eng asosiylari - boshqaruvga bo'lgan ishtiyoqning 
mavjudligi, rahbarlik sohasidagi boy tajriba, shuningdek, yuqori bo'g'in rahbarlari 
va xodimlar o'rtasidagi ijobiy munosabat nazarda tutiladi. Yuqori bo'g'inga mansub 
rahbar o'z boshqaruv faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun anchagina yuksak 
aqliy ko'rsatkichga ega bo'lishi kerak. Bunday salohiyat kutilmagan vaziyatni tahlil 
etishda, muammoni hal qilish jarayonida bir necha vazifani parallel ravishda 
boshqarish zaruratidan kelib chiqadi. Masalan, tashkilotchilik, masalaga oid 
yechimni taklif etish, tashkilot va guruh manfaatlari haqida g'amxo'rlik va h.k.
Lavozim talablari turli bo'g'in rahbarlari uchun turlicha aqliy salohiyat zarurligini 


ta'kidlaydi. Yuqori bo'g'in rahbarlari aniq ifodalangan ijtimoiy intellektga ega 
bo'lishlari shart. Ular tashabbuskor, muloqotga boy, yuksak siyosiy va ijtimoiy 
mavqega ega, ishga aloqadar tanish-bilishlari ko'p, intuitsiyasi rivojlangan va 
tashkilot faoliyatining qayerga yo'nalishini tezda payqab olishlari kerak.
Har qanday tashkilotdagi asosiy og'irlikni o'ziga oluvchi o'rta bo'g'in 
rahbarlarida esa maxsus qobiliyat ko'proq rivojlangan bo'lishi lozim. Ular ishga 
diqqat-e'tiborli, mas'uliyatli, katta hajmdagi miqdoriy va sifat ma'lumotlarini tahlil 
etish qobiliyatiga ega shaxslardir.

Download 464,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish