3. matlabning asosiy ob'ektlari



Download 292,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana12.07.2022
Hajmi292,61 Kb.
#782982
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3. MATLABning asosiy ob'ektlari

3.9. Sonlarning formatlari


Odatda MATLAB sonli natijalarni o'nli nuqtadan keyin to'rtta va undan oldin 
bitta raqamga ega bo'lgan 
normallashtirilgan 
shaklda beradi. Bunday format hamma 
vaqt ham qoniqarli bo'lmaydi. SHuning uchun MATLABda sonlar uchun har xil 
formatlarni berish imkoniyati ham mavjud. Lekin hisoblar har qanday holda ham 
ikkilangan aniqlikda olib boriladi. Kerakli formatni o'rnatish uchun
» format name
buyrug'idan foydalaniladi, bu yerda name — formatning nomi. Sonli 
ma'lumotlar uchun name quyidagicha bo'lishi mumkin: 

short — qisqa (beshta belgi); 

short e — qisqa eksponentsial formatda (beshta belgi mantissa uchun va uchta 
belgi tartibi uchun);

long — uzun fiksatsiyalangan formatda (15ta belgi);

long e — uzun eksponentsial formatda (15ta belgi mantissa uchun va 3ta belgi 
tartibi uchun);

hex — o'n oltilik shaklda;

bank —pul birliklari uchun. 
Ekranga chiqarilayotgan sonlarning kasr qismidagi ahamiyatga ega 
bo'lmagan nollarni yo'qotish uchun (masalan, 0.500000000 ning o'rniga 0.5 ) format 
short g yoki format long g formatlar qo'llaniladi: 
>> format long 
>> 1.2 
ans = 
1.20000000000000 
>> format long g 
>> 1.2 
ans = 
1.2
Ekranga chiqarilayotgan sonlarning kasr qismini ratsional kasrlar bilan 
approksimatsiya qilish uchun format rat formatidan foydalaniladi:
>> format rat
>> pi 
ans =
355/113 
Ekranga chiqarilayotgan satrlar orasidaga ortiqcha intervallarni yo'qotish 
uchun format compact formatidan foydalaniladi, format loose formati satrlar 
orasidagi intervalni qaytadan tiklaydi: 
>> format long 
>> 1/3 
ans = 
0.33333333333333 
>> format compact 
>> 1/3 
ans = 


0.33333333333333 
>> format short 
>> 1/3 
ans = 
0.3333 
Parametrsiz format komandasi yordamida sukut bo'yicha ishlatiladigan
format short va format loose holatlar tiklanadi. 
>> format 
>> 1/3 
ans = 
0.3333 

Download 292,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish