3-mavzu. Bilish nazariyasi


Gnoseologiyada haqiqat tushunchasi



Download 26,45 Kb.
bet3/5
Sana05.06.2022
Hajmi26,45 Kb.
#639468
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-Мавзу.

Gnoseologiyada haqiqat tushunchasi muhim o‘rin tutadi. Haqiqat inson bilimlarining voqelikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy bilishning asosiy vazifasi hisoblanadi. Haqiqat o‘zining mazmuniga ko‘ra mutlaq va nisbiy bo‘lishi mumkin. Fan haqiqati hamisha nisbiy harakterga ega bo‘lib, ularning majmuasidan mutlaq haqiqat vujudga keladi.
Haqiqat o‘z mazmuniga ko‘ra hamisha obyektivdir. Ya’ni uning mavjudligi ayrim kishilarning xohish-irodasiga bog‘liq emasdir. Masalan, O‘zbekistonning milliy mustaqilligi obyektiv haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish yoki olmasligidan qat’i nazar, bu haqiqat o‘z mazmunini saqlab qolaveradi. Haqiqatni atayin buzish yoki soxtalashtirish oxir-oqibatda fosh bo‘ladi va o‘z qadrini yo‘qotadi. Shuningdek, haqiqat hech qachon mavhum emasdir. U hamisha konkretdir. Hegel so‘zlari bilan aytganda, nimaiki voqe bo‘lsa, u haqiqatdir, haqiqat — voqelikdir. Haqiqat mazmunining konkret harakteri joy, vaqt va sharoitni e’tiborga olishni talab etadi.
Gnoseologiyada tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlarini anglash muhim ahamiyatga egadir. Uzoq yillar davomida tabiatshunoslik fanlariga xos bo‘lgan obyektivlik, xolislik ilmiylikning muhim mezoni deb hisoblab kelindi. Biroq XX asr o‘rtalarida fan-texnika inqilobi insoniyat oldida paydo bo‘lgan muammolar tabiatshunoslik fanlari oldiga qadriyatli yondashuv vazifasini qo‘ya boshladi. Aqlli mavjudot bo‘lgan inson har qachon tabiatni o‘rganishda hamisha o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi. Tabiat resurslari cheksiz va bitmas-tuganmasdir, degan bir yoqlama qarash oxir-oqibatda inson tomonidan tabiatga nisbatan shafqatsiz munosabatni vujudga keltirdi. XX asr oxirlariga kelib tabiatga nisbatan insonlarcha, qadriyatli munosabatda bo‘lish zaruriyati chuqurroq anglana boshladi.
Ijtimoiy fanlar hamisha mavjud siyosiy tuzum, davrning talab va ehtiyojlari bilan uzviy bog‘liq ravishda rivojlanadi. Ijtimoiy bilishda jamiyat ham bilish obyekti, ham bilish subyekti sifatida namoyon bo‘ladi: insoniyat o‘z tarixini yaratuvchi va o‘z-o‘zini biluvchidir.
Tabiatshunoslikda nisbatan barqaror sistemalar bilish obyekti hisoblanadi. Tabiatdagi narsa va hodisalar tadqiqotchiga hech qanday qarshilik ko‘rsatmaydilar. Ijtimoiy bilishda esa, nisbatan tez o‘zgaruvchi sistemalar bilish obyekti hisoblanadi. Ijtimoiy bilishga xos bo‘lgan muhim xususiyat shundaki, u moddiy ishlab chiqarish sohalarinigina emas, balki jamiyatning ancha murakkab ma’naviy hayotini, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni, qarashlar va g‘oyalarni ham o‘rganadi. Ijtimoiy fanlar milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Gnoseologiyaning maqsad va vazifalari, bilishning mohiyati va mazmuni to‘g‘risida zarur bilimlarga ega bo‘lish mamlakatimizda bilimdon, har jihatdan etuk barkamol inson shaxsini shakllantirishda alohida o‘rin tutadi. Bilish nazariyasi bo‘lajak mutaxassis-kadrlarda muayyan ilmiy layoqat va qobiliyatlarni shakllantirishga ko‘maklashadi. Milliy mustaqillik yillarida gnoseologiya oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning jamiyatimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligi uchun xizmat qilishini ta’minlaydigan omil va mexanizmlarni o‘rganish, ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan tajribalarini keng ommalashtirishdir.
Bilish va til. Til ong va tafakkur, bilish jarayonining insongagina xosligini isbotlovchi omillardan biridir. Xo‘sh, til deganda o‘zi nima tushuniladi? Til, bu eng avvalo, muayyan belgilar tizimi demakdir. Ammo, tilning xususiyatlarini shu bilangina cheklash to‘g‘ri emas. Negaki, muayyan belgilar tizimi hayvonlarga ham xos, ular yordamida jonzodlar o‘rtasida muayyan axborot almashinuvi sodir bo‘ladi.
Aytaylik, kabutarlarining «muhabbat» raqsi, jonzodlarning xavf-xatar paydo bo‘lganda turli tovush — belgilar yordamida bir-birini ogohlantirishi, ayrim hayvonlarning o‘zi yashaydigan hududni turli yo‘llar bilan «chegaralab» chiqishi ana shunday belgilar tizimining o‘ziga xos ko‘rinishlaridir. Lekin, jiddiy e’tibor beriladigan bo‘lsa, bu belgi — signallar tizimi uzoq davom etgan evolyutsiya davomida hosil qilingan reflekslar ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Demak, til belgilar tizimi sifatida kelib chiqishidan qat’iy nazar faqat insongagina xos va u ong bilan uzviy bog‘liqdir. Negaki, tilda ong gavdalanadi. Til yordamidagina ong kishining o‘zi va boshqalar uchun voqelikka aylanadi. Tilda ifodalanayotgan ma’no — mazmunning anglanishi insonning umumiy bilim darajasi, qiziqishi, qobiliyati, konkret sharoitdagi kayfiyati kabi omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Til fikrlash quroli, muloqot vositasi sifatida doimiy takomillashuv jarayonini boshidan kechirmoqda. Ayni paytda insoniyat biz kundalik hayotda qo‘llaydigan tabiiy til bilan bir qatorda muloqotning rang — barangligini ta’minlaydigan, fikrni ifodalashga xizmat qiladigan o‘ziga xos imo-ishoralar raqs, musiqa «tiliga» ham ega. Shunday bo‘lsa-da, ular so‘zga ko‘chgandagina anglashiladi, undagi mazmun tushunarli bo‘ladi.
Shu bilan birga milliy tillar bilan bir qatorda ilm- fan yutuqlarining tez tarqalishida muhim rol o‘ynaydigan internatsional til-fan tili, uning tushunchalari va formulalari ham borligini unutmaslik kerak. XX asrda qo‘llanish doirasi tobora kengayib borayotgan elektron hisoblash mashinalarining «beysik», «fortan» kabi tillari yaratildi. Kompyuterlarning ijtimoiy hayotdagi roli tez o‘sib borayotgan hozirgi davrda bu «til»lar axborotlarning uzatilishi hamda qabul qilinishida katta ahamiyat kasb etmoqda va vaqt bu jarayonlarning yanada tezlashayotganligini ko‘rsatmoqda.
Til o‘ziga xos tarixiy xotira rolini o‘tashini ham unutmaslik kerak. Bu milliy tillar misolida ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Zero, millat tilida uning o‘zligi, bosib o‘tgan tarixiy yo‘li, tafakkur tarzi aks etadi, mustahkamlanadi. Shunday ekan, mustaqillik sharoitida milliy tilimiz rivojiga alohida e’tibor berilayotganligi milliy o‘zligimizni anglashimizning o‘tish jarayonida milliy istiqbolimizni belgilashning uzviy qismi sifatida qaralmoqi lozim.

Download 26,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish