3-Mavzu: E. Frommning radikal gumanizmi



Download 54,01 Kb.
bet1/2
Sana16.04.2022
Hajmi54,01 Kb.
#557521
  1   2
Bog'liq
E. Frommning radikal gumanizmi (5)


3-Mavzu: E. Frommning radikal gumanizmi
3.1. E.Fromm tomonidan Z.G’reyd ta’limotining rivojlantirilishi
3.2. E.Frommning radikal gumanizm nazariyasi. E.Frommning «Sog’lom jamiyat»i. E.Frommning erkinlik va uning turlari to’g’risidagi ta’limoti.
3.3. E.Frommning destruktivlik nazariyasi.
3.4. E.Fromm shaxsning rivojlanishida ijtimoiy muhitning roli haqida.
3.5. E.Fromm tomonidan begonalashuv masalalarining tadqiq etilishi.

G’reyddan keyingi ijtimoiy tafakkurda ruxiy taxlil muammolarini ko’zdan kechira turib, uning cho’qqisini ajratib ko’rsatmaslikning iloji yo’q. Ijtimoiy nuqtai nazardan bu cho’qqi - Fromm ta’limotidir. Uning ta’limoti tom ma’noda gumanistik ta’limotdir.


Erix Fromm (1900-1980) - nemis-amerika faylasufi, sosiolog, psixoanalitik. Frommning ilmiy merosini qat’iyan qandaydir bir fanga kiritib bo’lmaydi. Ammo uning butun ijodida bosh muammo - inson muammosi ekanini aytishimiz mumkin. U Frommning turli yillarda, ammo asosan Ikkinchi jaxon urushidan keyingi davrdagi ishlarida markaziy o’rin egallaydi. Shaxs muammolari dolzarb ahamiyat kasb etishining sabablari - Frommning xayot qadrini anglab yetishi (urush bu masalalarni o’z-o’zidan ko’ndalang qo’yadi), kapitalizmning yangi sharoitlarda rivojlanishi (bu esa insonning begonalashuvi va unga yemiruvchi kuchlarning ta’sir etishi muammolariga o’zgacha qarashga majbur qiladi), va nixoyat, jaxon ijtimoiy tafakkurida inson muammolariga umumiy qiziqishning keskin kuchayishi, radikal, ya’ni qat’iy insonparvarlikning paydo bo’lishi va taraqqiy etishidir.
Fromm ta’limotida bosh mavzu - inson xulq-atvorining ijtimoiy bog’liqligi. Olim shunday prinsipial qoidadan kelib chiqadiki, unga ko’ra, o’rtacha individ shaxsiyatining tuzilishi va ijtimoiy-iqtisodiy tuzilma bir-biriga chambarchas bog’liq. Ijtimoiy muxit shaxs uchun uning instinktlari, shu jumladan, jinsiy instinktsidan ko’ra ancha ahamiyatli. Olimning fikricha, odamlarga azaldan xos bo’lgan faqat biologik mexanizmlarni ochib berish orqali, inson tabiatini izoxlab bo’lmaydi. Ammo xulq- atvorning asosiy sabablarini faqat ijtimoiy-madaniy omillardan izlash yaramaydi. Sosiolog o’ylashicha, faqat biologik, faqat ruxiy yoki faqat ijtimoiy omillarni ayri xolda taxlil qilishga yo’l qo’ymaslik lozim, negaki, noyob bir-butun mavjudot bo’lmish insonda hamma narsa o’zaro bog’langandir.
Fromm, inson shaxsiyatini o’rganishga asosiy yondashuv odamning dunyoga, boshqa odamlarga, tabiatga va o’ziga munosabatini anglashdan iborat bo’lishi keraqligini isbotladi. Inson tashqi muxit o’zgarishlariga o’zining o’zgarishi bilan javob beradi. O’z navbatida, ruxiy omillar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning yanada rivojlanishiga ko’maqlashadi.
Olim yozishicha, inson o’zi xaqida hamma narsalarni, o’tmishi, kelajagi, o’zini muqarrar o’lim kutayotganini, ojiz va faqir ekanligini biladi. Inson o’z ojizligi va umri qisqaligini tushunadi. Inson, deydi Fromm, o’z xayoti muammo bo’lib tuyuladigan yagona mavjudotdir. Inson bu muammoni xal etmog’i kerak va bundan qochib ketib bo’lmaydi.
Fromm fikricha, shaxs ziddiyati - unga ham ob’ektiv tabiiy jarayonlar (xayot va o’lim), ham iqtisodiy va siyosiy jarayonlar (fan-texnika inqilobi, sanoatlashuv, siyosiy xokimiyat va xokazo) ziddiyatli ta’sir ko’rsatgani sabablidir. Frommning borliq va egalik qilish xaqidagi ta’limoti ana shundan kelib chiqqan. Uning mazmuni quyidagicha. Insoniyat boshlangan inqiroz oqibatida iqtisodiy va ruxiy falokatga yaqin turibdi. Tang vaziyatdan chiqish uchun faqat inson tabiatini o’zgartirish zarur. xozir uning bosh maqsadi - egalik qilish, kelgusi maqsadi - yashash. Gap iste’molchi jamiyatdan insonparvarlik xukmronligiga asoslangan sog’lom, normal jamiyatga o’tish xaqida ketmoqda. Inson jamiyatini qutqarish va o’zgartirish bo’yicha Frommning strategik rejasi xuddi shunday.
Olim nazarida, ikki tamoyil - egalik qilish va borliq inson “qalbi” uchun kurash olib bormoqda. “Ega bo’lmoq” tamoyili pirovard-natijada biologik omildan, o’z jonini saqlashga intilishdan, “mavjud bo’lmoq” tamoyili esa - ijtimoiy omildan kuch to’playdi. U inson xayotining o’ziga xos sharoitlarida kuchga kiradi. Binobarin, odam manfaatparastlikka berilmay, nafsiga zo’r bermay, o’zligini saqlab qolishi, fazilatlarini kamol toptirishi kerak. Inson xayotining moduslari (ko’rinishlari) muammosi aynan shudir, u olim tomonidan hammaga ma’lum dixotomiya (ikkilanish) - egalik qilish yoki mavjud bo’lish ko’rinishida shaqllantirildi.
Frommning shaxs xaqidagi ta’limotida favqulodda muxim toifa - muxabbatdir. Sevgi deganda, u xar bir insonning xayotiy extiyojini ham, odamlarni jipslashtiruvchi bo’yoq kuchni ham tushungan. Biroq zamonaviy G’arb jamiyati sevgining kamoloti uchun tegishli sharoitlar yaratmayapti; aksincha, birlashtiruvchi sevgi o’rniga ajratuvchi nafratga e’tibor berilmoqda. “Sevish san’ati” kitobida ham muxabbat nazariyasi, ham amaliyoti ko’rib chiqiladi. “Sevgi nazariyasi” bo’limida esa muxabbat butun tarix davomida inson xayoti muammosini xal etishi ko’rsatiladi.
Fromm muxabbatning turli ko’rinishlarini taxlil qilib, ota-ona va bolalar o’rtasidagi muxabbatni aloxida ajratib ko’rsatadi. Muxabbat ob’ektlari singari mezon bo’yicha olim uning quyidagi turlarini sanab o’tadi: do’stona muxabbat, ona muxabbati, shaxvoniy muxabbat, o’ziga muxabbat, Xudoga muxabbat.
Asarning maxsus bo’limi shunday ataladi: “Zamonaviy G’arb jamiyatida muxabbat va uning tanazzuli”. Boshqa tadqiqotlarida, xususan, “Inson qalbi” asarida Fromm “o’likka muxabbat” va “tirikka muxabbat” mavjudligini qayd etib, tirikka muxabbatni zo’ravonlikning turli shaqllariga qarshi qo’yadi. Insonparvar olim sifatida u mazkur o’ta individual, ammo ayni damda ijtimoiy-axloqiy muammoni chetlab o’tolmasdi.
Inson muammosini o’rgana turib, Fromm uning muloqot qilishga, ijodga, bilim olishga, xayotini yo’lga qo’yishga, chuqur ildizlarini sezishga va xokazolarga intilishga bo’lgan extiyojlarini taxlil qiladi. Ammo, olim inson xulq-atvorining chuqur ko’rinishlarini o’rganishi sababli, u shaxs xayotining yemiruvchi shaqllari taxlilidan chetlasha olmaydi. Fromm “inson destruktivligi anatomiyasi”ni taxlil qilib (mutafakkir asarlaridan biri xuddi shunday nomlangan), uning sabablarini ko’rsatadi. Bu o’z-o’zi bilan aloqalarni yo’qotish bo’lishi mumkin, buning oqibatida esa shaxsning bo’zilishi (destruktivlik) xodisasi vujudga keladi. Yana bir sabab sifatida, jamiyat va boshqa odamlar bilan aloqa va muloqotning yo’qolishi taxlil etiladi. Odam tomonidan yaratiladigan, ammo uni o’ziga tobe qilib qo’yadigan ijtimoiy va siyosiy vaziyatlar ham, shaxs “buzilishi”ga sabab bo’lishi mumkin. Fromm “Inson destruktivligi anatomiyasi” kitobida, tirik xaqiqiy inson xayotining real sharoitlariga murojaat etganini yozadi.
Olim ta’kidlaydiki, xar bir insonda ikki intilish - xayotga muxabbat (biog’iliya) hamda o’limga muhabbat (nekrofiliya) xislatlari mavjud bo’ladi1. Odam biog’il yoki nekrog’ilga aylanishi mumkin. Agar u xayotga intilishni bas qilsa, o’lim instinkti yutib chiqadi. Lug’atlarda nekrofiliya murdaga jinsiy mayl sifatida ta’riflangan. Frommda bu tushuncha ancha keng va boy. U umuman jinsiy asosga qurilmagan. Gap turli shaqllarda ko’poruvchilikka intilish xaqida ketmoqda.
Nekrofiliya xolatlaridan birini Fromm “Adolf Gitler. Nekrofiliyaning klinik xolati” asarida muxokama etadi. Shunday nomli kitobda Frommning boshqa, moxiyatan uxshash asari: “Genrix Gimmler: sadizmning klinik xolati” keltiriladi. Frommda nekrofiliyaga yondashuv, uning insonparvarlik xislatlaridan yiroqlashayotgan zamonaviy jamiyat sharoitida vujudga kelishini taxlil qilish bilan bog’langan. Olim nekrofiliyani diktaturalar, terrorizmning yashirish tayanchi, deb xisoblaydi. “Nekrofilni qanday ajratish mumkin?” degan savolga u quyidagicha javob bergan.
“unday odamni zulmat va tubsizlik o’z og’ushiga tortadi. Inson shafqatsizlik, xis - tuyg’ular distrofiyasi bilan bog’liq nekrofil komplekslarini o’zi yaratadi”.
Shaxs muammolarini keng qo’yish va ularni xal etish yo’llarini izlash orqali, Fromm sosial xarakater nazariyasining muxim ahamiyati va uning muayyan turlarini aniqlash xaqida xulosaga keldi.
Frommda sosial xarakater - shaxs ruxiyati va jamiyatning ijtimoiy tuzilishi o’rtasidagi aloqa shaqlidir. U jamiyat o’zagi xisoblangan sosial xarakaterni individual xarakterdan farqlaydi. Farqi shundaki, individual xarakter bir madaniyat doirasidagi odamlarga xos, zero, sosial xarakater bir madaniyatning boshqasidan farqlarini aniqlashda asos bo’lib xizmat qiladi.
Xarakter - bu inson ruxiy quvvatini kristallash shaqli bo’lib, u ijtimoiy turmushda bu quvvatdan ishlab chiqarish kuchi sifatida foydalanishga imkon beradi. “Inson o’zi uchun” nomli asarida olim shunday yozadi: “Xarakterning tub asosi menga... shaxsning dunyo bilan o’ziga xos munosabatlarida ko’rinadi. Inson o’z umri davomida 1) narsalarga ega bo’lish va ularni assimilyasiya qilish orqali, 2) odamlar (va o’zi bilan) bilan muloqot qilish orqali, dunyo bilan munosabatga kirishadi.
Birinchisini men assimilyasiya jarayoni; ikkinchisini - ijtimoiylashtirish jarayoni deb atayman”.2 Fromm fikricha, biror shaxs dunyo bilan aloqaga kirishadigan mo’ljal va rejalar uning xarakteri moxiyatini belgilab beradi.
Xarakterni shaxs ruxiyati darajasida muxokama qila turib, Fromm keyin uning ijtimoiy taxliliga o’tadi. “Biror bir ijtimoiy sinf yoki madaniyatning ko’pchilik vakillari xarakterning o’xshash ahamiyatli unsurlariga ega bo’lishi, shuningdek, vakillarning ko’pchiligi uchun umumiy bo’lgan xarakter moxiyatini namoyish etuvchi “sosial xarakater” mavjudligi esa, ijtimoiy va madaniy modellar ham xarakterni shaqllantirishda ishtirok etishini ko’rsatadi”, deb yozadi.
Jamiyat taraqqiyotining xar bir bosqichiga o’z sosial xarakateriga xos. Fromm o’z zamonasidagi kapitalizm bosqichiga xos sosial xarakater tiplarini muxokama etib, ularni samarali va samarasiz mo’ljal (orientasiya, yunalganlik) bilan bog’laydi. Bu borada, samarasiz mo’ljal bilan bog’liq xarakter tiplariga asosiy e’tibor qaratadi. U o’zi yashagan kapitalistik jamiyatni salbiy qabo’l qilganini va uni bir qator asarlarida keskin tanqid qilganini xisobga olsak, bu o’z-o’zidan tushunarli. Samarasiz mo’ljalli sosial xarakaterning asosiy tiplari quyidagilar:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish