3-Mavzu. Fermer xo’jaligida yerdan resurslaridan foydalanish va intensivlashtirishni baholash. Reja : Yer va suv resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari


O‘zbekiston Respublikasi yer fondining 2015-yil 1-yanvar holatiga toifalar bo‘yicha taqsimlanishi



Download 52,84 Kb.
bet2/4
Sana29.05.2022
Hajmi52,84 Kb.
#617561
1   2   3   4
Bog'liq
3-ma\'ruza

O‘zbekiston Respublikasi yer fondining 2015-yil 1-yanvar holatiga toifalar bo‘yicha taqsimlanishi



Yer fondining toifalari

Jami maydon

Shundan sug‘oriladigani

ming ga

foiz

ming ga

foiz

1.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar

22338,3

50,3

4206,8

94,7

2.

Aholi punktlari yerlari

236,3

0,53

48,8

0,11

3.

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarda foydalanila-digan yerlar

1955,5

4,4

11,7

0,03

4.

Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlarida foydalaniladigan yerlar

72,5

0,2

0,6

0,002

5.

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar

0,3

0,001

-

-

6.

O‘rmon fondi yerlari

8562,3

19,2

26,3

0,6

7.

Suv fondi yerlari

827,2

1,86

4,3

0,01

8.

Zahira yerlar

10417,9

23,4

4,5

0,01




Jami yerlar

44410,3

100

4303,0

100

Manba: O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi ma’lumotlari.
2015-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari yerlarning umumiy maydoni 22338,3 ming gektarni yoki yer fondining 50,3 foizini tashkil qiladi.
Mamlakatimizda ekin maydonlarining boshqa maqsadlarga ajratilishi natijasida ularning umumiy maydonida kamayish kuzatilgan. 2000-yilda barcha turdagi xo‘jaliklarda umumiy ekin maydoni 3778,3 ming gektarni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2014-yilda 3609,3 ming gektarni va 2015-yilga kelib 3608,5 ming gektarni tashkil etgan.
2-jadval
Mamlakatimiz hududlari bo‘yicha sug‘oriladigan ekin maydonlarining taqsimlanishi



Viloyatlar

Sug‘oriladigan ekin maydonlari, ming ga

2006

2007

Farqi,+,-

1.

Qoraqalpog‘iston Resp.

419,4

419,2

-0,2

2.

Andijon

198,3

199,3

+1,0

3.

Buxoro

199,6

200,2

+0,6

4.

Jizzax

260,4

261,7

+1,3

5.

Qashqadaryo

421,6

422,1

+0,5

6.

Navoiy

89,7

89,6

-0,1

7.

Namangan

198,6

200,2

+1,6

8.

Samarqand

257,0

255,4

-1,6

9.

Surxondaryo

242,0

242,0

-

10.

Sirdaryo

256,0

255,9

-0,1

11.

Toshkent

301,7

304,1

+2,4

12.

Farg‘ona

249,6

249,3

-0,3

13.

Xorazm

209,2

209,0

-0,2

14.

Toshkent shahri

0,5

0,5

-

Jami:

3303,6

3308,5

+4,9

Manba: O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi ma’lumotlari.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanadigan yoki shu maqsadga mo‘ljallab qishloq xo‘jaligi korxonalari, tashkilotlari, muassasalari va fuqarolarga ajratib berilgan yerlar kiradi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jalik yerlari va daraxtzorlar, ichki xo‘jalik yo‘llari, kommunikatsiyalar, o‘rmonlar, yopiq suv havzalari, bino va inshootlar egallagan yerlarga ajraladi. Qishloq xo‘jalik yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim. Qishloq xo‘jalik yerlarini bir toifadan boshqa toifaga o‘tkazish belgilangan qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
2015-yil holatiga Surxondaryo viloyatining yer resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval
2015-yil holatiga Surxondaryo viloyatining yer resurslari tarkibi

Ko‘rsatkichlar



O‘lchov birligi

Maydoni

Viloyat hududi

ming kv.km.

20,1

Ekin yerlar jami

ming gektar

282,2

shundan suvli yerlar jami

ming gektar

242,8

Lalmi yerlar jami

ming gektar

39,4

Ko‘p yillik daraxtzorlar

ming gektar

27,7

shu jumladan: -bog‘lar

ming gektar

11,2

Uzumzorlar

ming gektar

12,0

Tutzorlar

ming gektar

3,6

Bo‘z yerlar

ming gektar

1,6

Yaylovlar

ming gektar

865,3

Boshqalar

ming gektar

0,9

Manba: Viloyat iqtisodiyot boshqarmasi ma’lumotlari.

Ushbu jadval ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatning umumiy yer maydoni 20,1 ming kvadrat kilometr bo‘lib, uning 282,2 ming gektari ekin ekiladigan yerlardir. Ekinlar bilan band bo‘lgan yerlarning 242,8 ming gektari sug‘oriladigan yerlarni tashkil etadi. Viloyatda yaylovlar ham ancha ko‘p bo‘lib, 865,3 ming gektarni tashkil etadi. Mazkur yaylovlardan unumli foydalanish orqali viloyatda chorvachilikning tegishli sohalarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Viloyatdagi bog‘lar umumiy maydoni 11,2 ming gektar, uzumzorlar esa 12,0 ming gektarni tashkil etadi.


Mamlakatimizning iqlim sharoitiga ko‘ra tabiiy namlik darajasi dehqonchilik bilan shug‘ullanish va chorvachilikni ozuqa bazasi bilan to‘liq ta’minlash uchun yetarli emas. Shu sababli qishloq xo‘jaligida suv resursining ham ahamiyati juda katta.
Yer sharining 72 foizi dunyo okeani bilan band bo‘lsada, chuchuk suvlar miqdori juda cheklangan. Yer usti chuchuk suvlari miqdori 360 ming km3 bo‘lib, bu gidrosferaning atigi 0,25 foizini tashkil etadi. Dunyo bo‘yicha 1 milliarddan ortiq aholi suv tanqis hududlarda istiqomat qiladi. Suv tiriklik manbaidir, uni e’zozlash, undan tejab-tergab foydalanish kerak.
O‘zbekiston hududini ikki yirik daryo: Amudaryo va Sirdaryo kesib o‘tgan, ularning suv olish havzalari Tyan-Shan va Pomir-Oloy tizimi tog‘larida joylashgan. O‘zbekistonda eng yirik daryo Amudaryo hisoblanadi. Uning tog‘ qismida suv oluvchi havzasi 227 ming km2, uning havzasidan har yili o‘rtacha 79 km3 suv oqib o‘tadi. Shundan respublikamiz hududida taxminan 6 km3 (7,5 %) suv oqimi vujudga keladi. Sirdaryoning tog‘li qismidagi suv oluvchi havzasi maydoni 150 ming km2, ushbu havzada har yili o‘rtacha 38 km3 suv oqib o‘tadi. Shundan taxminan 4 km3 (qariyb 10 %) suv O‘zbekistonda vujudga keladi.
Ushbu daryolar transchegaraviy daryolar bo‘lib, ularning suvidan qo‘shni respublikalar ham foydalanadi. Shu sababli mazkur daryolar suvidan foydalanuvchi barcha davlatlar hamkorlikda, o‘zaro kelishuv asosida harakat qilishi maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimizning suv resurslari haqida fikr bildirilganda Orol dengizi to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tish lozim. Orol havzasida aholi ko‘pligi va ular sonining barqaror oshib borishi sug‘oriladigan dehqonchilikni muttasil rivojlantirishni talab etadi. Bu hol daryolardan ko‘p miqdorda suv olinishiga olib keladi. 1960-yilga kelib Markaziy Osiyoda salkam 5 mln. gektar maydonni sug‘orish uchun 40,4 km3 suv olingan holda, 1986-yil oxirida qariyib 7 mln. gektar maydonni sug‘orish uchun 86 km3 suv olingan, bu sug‘orish maydoni 2 mln. gektarga ortgan holda sug‘orish uchun sarf qilingan hajm ikki baravardan ham ortiq bo‘lgan. Binobarin, ekinlarni suv bilan ta’minlash uchun juda ham ko‘p suv olinganligi ayon bo‘ladi. Ko‘p miqdordagi suvning sug‘orish va boshqa maqsadlarga sarflanishi o‘lkada suv tanqisligini kuchaytira boshladi. Shu vaqtga kelib Markaziy Osiyoda yirik suv omborlari: To‘xtog‘ul, Andijon, Chorvoq, Chordara, Qayroqqum, Nurek, Janubiy Surxon, Hovuzxon, Tuyamo‘yin va boshqalar qurildi. Ularda ko‘plab suv g‘amlab olina boshlandi. Bu hol, ayniqsa, Orol dengizi suv rejimida yanada kuchliroq sezila boshlanishi tufayli uning gidrologik xususiyatlarida o‘zgarishlar kuchaydi. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, 1911-1960 yillar davomida Orol dengiziga har yili o‘rtacha 52 km3 suv quyilib kelgan va uning sathi muntazam ravishda 53 m mutlaq balandlikda bo‘lgan, dengiz maydoni 66 ming km2 , suv hajmi 1061 km3 ga teng edi. Ushbu yillar mobaynida dengizga kelgan suv bilan uning suv sarfi deyarli teng bo‘lgan. Orol sathining 1961 yildan boshlab pasayishi turli yillarda turlicha sodir bo‘lgan. 1961-1970 yillar mobaynida pasayish o‘rtacha 21 sm, 1971-1980 yillarda 58 sm, 1981-1985 yillarda 80 sm, 1986-1995 yillarda 46 smni tashkil qildi. Ayrim yillarda suv sathining pasayishi hatto bir metrdan ham ziyod edi. Orolning qurigan qismining (maydoni 3,8 mln. ga dan ortiq) tabiiy sharoiti o‘ziga xos, 1961 yildagi qirg‘oqdan ichkari tomon 10-20 km masofada qumli mintaqa vujudga kelgan. Bu yerlar asosan barxan qumlari bilan band. Ushbu global ekologik muammoni hal etish borasida Preidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz hukumati zarur choralarni amalga oshirmoqda va xalqaro hamjamiyatning e’tiborini ushbu masalaga qaratmoqda. Mazkur muammoni yechishda mintaqadagi mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar hamkorlikda harakat qilishi yuqori samara beradi.
O‘zbekiston hududida vujudga keladigan yer usti suvlarining o‘rtacha yillik oqim hajmi 10 km3, atrofdan qo‘shimcha 89 km3 suv keladi. Daryolar oqimini tartibga solish, irrigatsiya va energiya ishlab chiqarish maqsadida mamlakatda 53 ta katta-kichik suv ombori va 28 ta selxona qurilgan, suv omborlarining jami suv sig‘imi 16 km3dan ziyod.
Respublikamizda suv resurslarining 85,6 foizi qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladi.
1993-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, suv resurslaridan foydalanishni tartibga solib boruvchi asosiy me’yoriy hujjatlardan biri hisoblanadi.
Suvdan foydalanish tartibi suv xo‘jaligi organlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, suv maxsus foydalanish ruxsatnomasi bo‘lganlarga limit bo‘yicha beriladi. Suv olish va uning hisob-kitobini qilish suv xo‘jaligi organi bilan tuzilgan shartnomaga binoan amalga oshiriladi. Sug‘orish va suv bilan ta’minlashni magistral kanallar, suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlari bajaradi. Suvdan foydalanish ishlari ichki xo‘jalik va suv tizimi rejalariga asosan amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligidagi foydalaniladigan suvni monitoring qilish orqali salbiy jarayonlarning sabablari va oqibatlari o‘rganilib, ularni bartaraf etish va suvdan foydalanish samaradorligini oshirishga erishiladi. Suvdan samarali foydalanishda suvning aniq hisob-kitobini yo‘lga qo‘yish, suv o‘lchash qurilmasi, ya’ni gidropostlar qurishni tashkil etish, xo‘jalik ichki ariqlarini tozalash, suv sarfi isrofgarchiligini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega.
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suvlarning sifati ham barcha viloyatlarda bir xilda bo‘lmay, bir-birlaridan farq qiladi. Masalan, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining aksariyat hududlarida ekinlarni sug‘orishda foydalaniladigan suvlarning sifati yaxshi, ya’ni ularning tarkibida hosildorlikka salbiy ta’sir etuvchi turli xildagi minerallar kam, lekin Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati hududlarida foydalanilayotgan suvlarning tarkibida xlor va boshqa moddalar ko‘p. Shuning uchun ham ularning sifati nihoyatda yomon. Bunday hol qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish hajmiga, sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kelajakda yerlarning unumdorligini oshirish, suvlarning sifatini yaxshilashga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasini samarali amalga oshirish orqali zarur qishloq xo‘jalik mahsulotlari miqdorini ko‘paytirishga va sifatini yaxshilashga erishish mumkin.
Kollektor-zovur suvlarining bir yillik oqimi butun Orol havzasida hozirgi vaqtda o‘rtacha 33 km3ni tashkil etadi, shundan 17 km3 Amudaryo, 13 km3 Sirdaryo, 3 km3 kichik daryo havzalarida vujudga keladi, 20 km3 zovur suvi Amudaryo va Sirdaryoga qaytadan tashlanadi, qolgan qismi Qoraqum va Qizilqumdagi bekiq botiqlaridagi ko‘llarga yuboriladi. Kollektor-zovur suvlarini daryolarga qaytadan tashlanishi ularning suv hajmini oshiradi, boshqacha aytganda suvni tejashga erishiladi, ko‘llarga tashlangan suv esa bug‘lanishga sarf bo‘ladi. Bu bir jihatdan foydali. Lekin kollektor-zovur suvlarining 60-yillardan boshlab daryolarga tashlanishi ularning suvini asta-sekin ifloslanishiga olib keldi. Yaqin vaqtlargacha daryo suvlari asosiy ichimlik manbai bo‘lib kelgan. Endilikda, ulardan ichimlik suvi sifatida foydalanish darajasi pasayib bormoqda.
Kollektor-zovur suvlarining 8-10 km3 qismi respublika hududida turli kattalikdagi botiqliklarga markaziy kollektorlar orqali yuboriladi. Buning oqibatida ko‘plab sun’iy ko‘llar paydo bo‘ldi (Arnasoy, Aydarko‘l, Dengizko‘l, Katta Sho‘rko‘l, Oyoqog‘itma, Ayozko‘l, Axchako‘l, Sariqamish va boshqalar). Ularda hozirgi kunda katta hajmda suv to‘plangan. Aydarko‘lda jamg‘arilgan suv miqdori 30 km3 dan ziyod. Sariqamishda esa bundan ham ko‘p. Gap shundaki, suvning asosiy qismi bekorga bug‘lanishga sarf bo‘lmoqda. To‘g‘ri ularning ba’zilarida baliqchilikda foydalaniladi, lekin bu hol suvdan oqilona foydalanish tamoyiliga to‘liq javob bermaydi. Iqtisodiy jihatdan zarari shundaki, botiqlar bundan avval mahsuldor yaylov sifatida foydalanilgan, endilikda yaylovlar maydoni qisqardi. Bundan tashqari tevarak atrofida grunt suv sathining ko‘tarilishi yaylov mahsuldorligining kamayishiga ta’sir etdi. Chunonchi, Aydarko‘l 1969-yilgacha Forish tumanining asosiy yaylov maydoni hisoblangan, hozir esa yaylov maydoni 600 ming gektarga qisqardi.
Mustaqil rivojlanish yillarida hukumatimiz tomonidan suv xo‘jaligini boshqarishni takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, suvdan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida sobiq Qishloq xo‘jaligi va Suv xo‘jaligi vazirliklari negizida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tashkil etildi. Suvdan foydalanish tartibi ham bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish hamda respublika iqtisodiyoti va aholisini suv bilan ta’minlashga doir zarur tadbirlarni amalga oshiradi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- suvdan foydalanishda bozor islohotlarini joriy etish, suvdan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish;
- suv xo‘jaligiga suvni tejovchi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;
- iste’molchilarni suv bilan uzluksiz o‘z vaqtida ta’minlash;
- suvdan foydalanish hisobi va hisobotini yuritishni ta’minlash;
- suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkchilikning turli shakllarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish va ular amalga oshirilishining monitoringini yuritish;
- mavjud me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, qonun buzilishi hollarida belgilangan tartibda chora ko‘rilishini ta’minlash;
- suv xo‘jaligi uchun yangi inshootlar qurilishini va mavjudlarining rekonstruksiya qilinishini ta’minlash;
- suvdan foydalanish uchun maxsus ruxsatnomalar berishni va suv inshootlarini ro‘yxatga olish, suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va ularning boshqa birlashmalarini tashkil etish va rivojlantirishda, ichki xo‘jalik suv hisobini tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish;
- suv resurslarini tartibga solish va ulardan foydalanish, suv xo‘jaligini va yerlarni melioratsiyalash bo‘yicha davlatlararo masalalarni muhokama qilish va hal qilishda respublika nomidan ishtirok etish.
Mamlakatimizdagi mavjud suv xo‘jalik tashkilotlari va xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar hamda ularning hududiy bo‘linmalari negizida Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tuzilgan. Uning vazifasi xalq xo‘jalik tarmoqlari hamda qishloq xo‘jalik korxonalarida mahsulot yetishtirish uchun suv bilan ta’minlash va suv xo‘jaliklariga servis xizmat ko‘rsatishdan iboratdir. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi sohasidagi hududiy organi hisoblanib, suv resurslarini tartibga solish va foydalanishni amalga oshiradi.
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining asosiy vazifalari – suvdan foydalanishning bozor mexanizmlarini joriy etish asosida suv resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishini tashkil etish; suvni tejash, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish asosida suv xo‘jaligida yagona texnika siyosatini yuritish; iste’molchilarni suv bilan uzluksiz va o‘z vaqtida ta’minlashni tashkil etish; suv inshootlarining texnik ishonchliligini ta’minlash; suv resurslarini oqilona boshqarish va tezkorligini oshirish; suv iste’molchilari o‘rtasida yillik hisobotini ta’minlashdan iborat.
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining asosiy funksiyalari – suvdan foydalanish bashoratini umumlashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga suv olish limitlari bo‘yicha takliflar kiritib, tasdiqlangan limitlar asosida magistral kanallar, suv xo‘jaligi obyektlari, irrigatsiya tizimlari, viloyat va tumanlar bo‘yicha suv olish limitlarini belgilaydi, nasos stansiyalari ish rejimini belgilaydi.
Magistral kanallar boshqarmasi Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining tashkiliy bo‘linmasi hisoblanib, suv resurslarini tartibga solish bo‘yicha faoliyat yuritadi. Magistral kanallar boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar:
- magistral kanallar, inshootlar va suv resurslarini oqilona boshqarish, uning tezkorligini oshirish;
- suv inshootlarining texnik ishonchliligini ta’minlash, ishonchli foydalanish uchun ish holatida saqlash;
- suv bo‘yicha hisob-kitob yuritish;
- suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, ajratilgan mablag‘lar, moddiy-texnika resurslari, asbob-uskunalardan samarali foydalanish.
Ayrim yillarda yog‘ingarchilik miqdori kam bo‘lishi natijasida suv resurslari taqchilligi kuzatilmoqda. Shu sababli mamlakatimizdagi sug‘orish tizimlarining holatini yaxshilash, mavjud suvdan oqilona foydalanish va sug‘orishning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiqdir.

Download 52,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish