3-mavzu: gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlari: sodda gap (2 soat) R



Download 129,52 Kb.
bet14/41
Sana10.07.2022
Hajmi129,52 Kb.
#767549
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
3-kurslarga

Ajratilgan aniqlovchilar
Ajratilgan aniqlovchilar ikki xil: ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan qaratuvchi.
Ajratilgan sifatlovchi predmetning belgisini bo‘rttirib ko‘rsatish uchun ajratiladi. Masalan, “Muxtor, yalangbosh, majnuntollar tagida aylanib, xayol surib yurardi”. (S.Soliev) gapida “yalangbosh” sifatlovchisi Shaxsning (“Muxtor”) belgisini bo‘rttirib berish uchun sifatlanmishdan keyin keltirilgan.
Ajratilgan qaratuvchi. Bunda qaratuvchi o‘zidan oldin kelgan boshqa bir qaratuvchini izohlash, aniqlashtirish yo‘li bilan ajratiladi. Masalan, To‘g‘ri, uning yozganlari, aniqrog‘i, mashinistkaga aytib turib, qog‘ozga tushirganlarining aksari mazmunan sayoz bo‘lar, oldingilarini takrorlardi. (T.Po‘lat) Bu gapda “aniqrog‘i, mashinistkaga aytib turib, qog‘ozga tushirganlarining” aniqlovchisi, o‘zidan oldin kelgan qaratuvchining (“yozganlari” so‘zining) ma’nosini izohlab, bo‘rttirib kelgan.
Ajratilgan izohlovchilar
Izohlovchilar ko‘pincha ajratilgan bo‘ladi. Bunda ular izohlanmishdan keyin kelib, maxsus intonatsiya bilan talaffuz qilinadi. Masalan, Siz, Sunnatillo, o‘zingiz juda aqlli, o‘zi uzoqni ko‘radigan odamsiz. (S.Soliev) Ko‘rimsizgina jangchi – Ali tajang ... kelib o‘zbekcha cho‘kkaydi. (Oybek) Minbarni institutni oldinroq bitirganlar - yuqori kurs studentlari egalladi. (J.Abdullaxonov)


Ajratilgan hollar
Ajratilgan hollar shakllari jihatdan ikki xil bo‘ladi:
1. Oborot shaklidagi ajratilgan hollar.
2. Oddiy gap bo‘lagi shaklidagi ajratilgan hollar.
Oborot shaklidagi ajratilgan hollar o‘z navbatida uchga bo‘linadi:
1. Ravishdosh oboroti shaklidagi ajratilgan hollar.
2. O‘xshatish oboroti shaklidagi ajratilgan hollar.
3. Ko‘makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan hollar.
Ravishdosh oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. Ravishdosh o‘ziga oid so‘z­lar bilan kengayib keladi va bunday qurilma ravishdosh oboroti deb yuritiladi. Ravishdosh oboroti, odatda, ajratilgan bo‘ladi. Masalan, Odamlar, qondan to‘kil­gan yong‘oqday gurr etib, hamma vagonlardan baravariga perronga yopirilishdi. (T.Po‘lat)
Ravishdosh oboroti shaklidagi ajratilgan hollar ish-harakatning bajarilish holatini, paytini, shartini, sababini va ma’nolarni ifoda etadi. Masalan, Bola, olmani yeb bo‘lgach, hola cho‘pni qo‘liga oldi. (A.Muxtor)
O‘xshatish oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. -day, -dek qo‘shimchasini olib kelgan so‘zlar ham kengayib ajratilishi mumkin. Masalan, Bu zavoda, hamma zavodlardagidek, oshxonada ilg‘orlar stoli alohida. (A.Qahhor)
Ko‘makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. Ko‘makchili quril­ma shaklidagi hollar kesimdan uzoqda kelib, o‘zlariga oid so‘zlar bilan kengayib, gapning boshqa bo‘laklaridan ajratilishi mumkin. Bunda qurilma qarshi, singari, kabi, tufayli, yarasha, holda kabi ko‘makchilar bilan shakllanadi. Masalan, Nozik, oppoq bilagini daraxtga cho‘zgan holda, qorayib pishgan shotutdan og‘ziga tashlar ekan, tebrandi. (H.G‘ulom)
Ko‘makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan hollar turli holatni, o‘xshatishni ifodalaydi.
Oddiy gap bo‘lagi shaklidagi ajratilgan hollar o‘zidan oldin kelgan holning ma’nosini izohlaydi. Uning so‘rog‘i, vazifasi izohlanayotgan holning so‘rog‘i va vazifasiga teng bo‘ladi. Bunda ko‘pincha payt va o‘rin hollari ajratiladi.
Ajratilgan o‘rin holi: Qishloqdan bir qir narida - behisob qizg‘aldoqlar dalani qizartirib, xiyol chayqalib turgan joyda - hulkar o‘t o‘rardi. (P.Q.) Oyko‘l qishlog‘ining o‘rtasida, buloq bo‘yida, usta Qambar bilan Norboy ota shunaqa ustundan uchtasini tiklashgan. (P.Q.)
Ajratilgan payt holi: Ertaga, yigit, seni kuzatganim zahoti, orqamga qaytaman. (P.Markov)



Download 129,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish