3-Mavzu: Gimnastikaning turlari.
REJA:
1. Sog‘lomlashtiruvchi turi.
2. Sport turlari.
3. Amaliy turlari.
4. Ishlab chiqarish gimnastikasi.
5. Mashg‘ulotlarning uslubiy xususiyatlari.
Tayanch so’z va iboralar: Gimnastikaning sog‘lomlashtiruvchi turlari. Bu guruh gigienik va atletik gimnastikani o‘z ichiga oladi. Gimnastikaning sport turlari. Bu guruhga sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va akrobatika kiradi Gimnastikaning amaliy turlari. Bo’nga quyidagilar : ish ko’ni tartibiga kiritiladigan mehnatkashlarning sog‘lomlashtirishga, ish qobiliyatini o‘stirish va shu asosida mehnat o’numdorligini oshirishga yordamlashadi. Gimnastika ishlab chiqarishda o‘zbek jismoniy tarbiyasi tizimining bir bo’lagi hisoblanadi. Sog‘lomlashtiruvchi turi. Guruh - Gimnastikaning sog‘lomlashtiruvchi turlari. Bu guruh gigienik va atletik gimnastikani o‘z ichiga oladi. Gimnastikaning bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama garmonik jismoniy kamolotga yetkazish, salomatligini mustahkamlash va harakat fo’nksiyalarini takomillashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Sport turlari. Gimnastikaning sport turlari. Bu guruhga sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, akrobatik gimnastika va trampolin gimnastikasi kiradi. Bu turlar sport yo‘nalishiga ega bo‘lib, sport turlari sifatida targ‘ib etiladi. Bo’lardan maqsad, mashqlarni ijro etish texnikasida yuksak kamolotga erishish, yuksak sport mahoratini ko‘rsatish, hamda har yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida gimnastika ko‘p kurashining murakkab mashqlarini bajaraolishga erishishdan iborat. Amaliy turlari. Gimnastikaning amaliy turlari. Bo’nga quyidagilar kiradi : ish ko’ni tartibiga kiritiladigan mehnatkashlarning sog‘lomlashtirishga, ish qobiliyatini o‘stirish va shu asosida mehnat o’numdorligini oshirishga yordamlashadi. Korxona gimnastikasi asosan mehnatda mudofaa va sport faoliyatida eng yaxshi natijalarga erishishni ta’minlaydi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘llaniladigan kasbiy, amaliy, harbiy amaliy va sport amaliy gimnastikasi kiradi. Davolash jismoniy tarbiyasining asosiy qismi bo‘lgan turli xastalik va jarohatlarni davolash uchun qo‘llaniladigan ish qobiliyati va salomatlikni tiklashga yordam beradigan davolash gimnastikasidan iborat. Ishlab chiqarish gimnastikasi Gimnastika ishlab chiqarishda o‘zbek jismoniy tarbiyasi tizimining bir bo’lagi hisoblanadi. Ishlab chiqarish gimnastikasi mehnatkashlar sogligining mustahkamlanishiga yordam beradi, va shu asosida mehnat o’numdorligining o’sishiga hamkorlik qiladi. Ishlab chiqarish gimnastikasi - bu ish ko’pi tartiblarida jismoniy mashqlarni qo‘llashning, amaliy jismoniy tarbiyaning tadbirlaridir. O’ning maqsadi – ishchilarning sog’liklarini yaxshilanishiga va mehnatga layoqotligining oshishiga ta’sir ko‘rsatish va ishlab chiqarishning o’sishiga yordam berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |