3-Mavzu. Iqtisodiy siyosat asoslari va tarkibi. (2-qism) Reja: Iqtisodiy liberalizm, iqtisodiy rivojlanishda davlatning roli, muammolari va uning mazmuni


Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish usullari va shakllari bo‘yicha Keyns konsepsiyasining asosiy mazmuni



Download 47,28 Kb.
bet2/5
Sana08.07.2022
Hajmi47,28 Kb.
#756619
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5251372309985368886

5. Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish usullari va shakllari bo‘yicha Keyns konsepsiyasining asosiy mazmuni.
XX asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlaming damba-dam
takrorlanishi tufayli «kapitalizmni tartibga solishga oid iqtisodiy g‘oyalar soni ko'paydi. Ana shunday yo‘nalishning yorqin tarafdori bo iib, ingliz iqtisodchisi
Jon Meynard Keyns (1883-1946) shuhrat qozondi. Unga mashhurlik keltirgan bosh asari – «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) kitobidir.
Keynsning umumiy nazariyasida investitsiyalaming umumiy bandlik
hajmini aniqlashdagi asosiy roli to‘g‘risidagi tezis muhimdir. Ular iste’mol
talabining yetarli emasligini to‘ldirishi (kompensatsiyalash) kerak. Bunda
ishlab chiqarishni kengaytirish masalasiga iste’mol talabi osishidan alohida
qaraladi.
Investitsiyalaming ko‘payishi ishlab chiqarishga qo‘shimcha ishchilami jalb etishga olib keladi, bu esa bandlik, milliy daromad va iste’mol o‘sishini ta’minlaydi. Yangi investitsiyalar tufayli bandlikning dastlabki o‘sishi yana qo‘shimcha bandlikni vujudga keltiradi, chunki qo‘shimcha ishchilaming talabini qondirish zarurati tug‘iladi. Qo‘shimcha bandlikning o‘sish koeffitsientini Keyns multiplikator deb ataydi, u bir tomondan investitsiyalar o‘sishi, ikkinchi tomondan bandlik va daromadlaming o‘sishi o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Keyns bir qancha
hisob-kitoblaigaasoslanib, AQSHning multiplikatorini aniqladi, u 2,5 ga teng ekan. Bu daromadlar o'sishi investitsiyalar ortishidan 2,5 marta ortiq degani, ya’ni 1dollar investitsiya 2,5dollar daromad keltiradi.
Xususiy investisiyalarni rag‘batlantirish uchun foiz normasini
tartibga soiish taklif etiiadi. Uningcha, davlat muomaladagi pul
miqdorini oshirish yo'li bilan foiz darajasini tartibga soiish imkoniyatiga
ega. Muomaladagi pul miqdorini oshirish amalda inflatsiya (pulning
qadrsizlanishi)ni qo‘llash demakdir, ammo bunda ssuda foizi kamayadi
va pul ishlab chiqarishga qo‘yish uchun rag‘batlantiriladi.
To‘la bandlikni ta’minlash uchun faqat investisiyalarning emas,
balki milliy daromadni ham tartibga soiish taklif etiiadi. Buni hal qilish
vositasi sifatida soliqlarga murojaat qilish kerak deyiladi.
Keynsni hozirgi davrda hammaga yaxshi tanish ibora bolgan «aralash
Iqtisodiyot» ning otasi deyish mumkin, bu iqtisodiyotda hukumat hal
qiluvchi o‘rin egallaydi. Sof iqtisodiyot deyarli hech qaysi davlatda yo‘q.
Keynsning iqtisodiy g‘oyalari birinchi navbatda «buyuk inqiroz» ta’siri
ostida paydo bo‘ldi. 1929- 1933-yiilardagi bu buyuk inqiroz Amerikani
larzaga keltirdi, ishlab chiqarish yarmiga (50%) ga qisqardi. 17 mln
odam ishsiz edi (25%), 9 mln omonatchi kuyib qoldi. Ana shunday
sharoitda iqtisodiyotni qutqarishning muhim yo‘li - hukumat xarajatlari
ekanligi ko‘rsatib berildi.
Keyns nazariyasining asoschisi J. M. Keyns erkin bozorda iqtisodiyotning inqirozdan chiqib ketishini chinakam ta’minlovchi mexanizmlar mavjud emasligi sababli davlat iqtisodiyotga aralashishi kerak, deb hisoblagan. Uning ta'kidlashicha, davlat talabni oshirish uchun bozorga ta'sir ko'rsatishi, shu bilan birga iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish, tsiklik tebranishlarni yumshatish, yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlari va bandlik darajasini saqlab qolish uchun moliyaviy bo'lmagan, pul-kredit regulyatorlaridan foydalanishi kerak. Jon M. Keyns investitsiyalarni bevosita tashkil etish uchun davlat mas’uliyatini tobora ortib boradi, deb taxmin qildi.
Dj.M.Keyns nazariyasi 1929-1933 yillarda bo‘lib o‘tgan buyuk depressiya deb nomlanuvchi inqirozdan chiqib ketish uchunyaratilgan nazariya bo‘lib, u 1940-1970 yillarda fanda yetakchilik qildi.
Keyinroq ushbu yo‘nalish Keynsning safdoshlari Dj.Xiks, A.Xansen,
P.Samuel'son, A. Lerner, R. Masgreyv, G. Ekkli, U. Xeller, Dj. Pekmenlar
tomonidan to‘ldirilgan va rivojlantirilgan.
Davlat moliyasi nazariyadan asos sifatida foydalanib, J.Keyns pul
nazariyasining va pul-kredit munosabatlarini boshqarishga oid nazariyani
taklif etdi. Dj.M.Keyns nazariyasining muhim asosini likvidlilikni afzal
ko‘rish konsepsiyasi tashkil etib, unga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar
to‘lov zaxiralarini jamg‘arish bilan birga xo‘jalik yuritish shartlarining
noaniqligi bilan bog‘liq risklar oldini olish uchun qo‘shimcha spekulyativ
qoldiqni shakllantiradi. Bunday qoldiqlarning umumiy miqdori foizning
bozor normasiga bog‘liq bo‘lib, Dj.M.Keyns fikriga ko‘ra, bu holat psixologik
fenomen xisoblanadi. Muomaladagi pul miqdorini boshqarish orqali
likvidlilikka ta'sir etib, davlat foiz normasini boshqarishi hamda
investision jarayonlarni rag‘batlantirishi yoki cheklashi mumkin. Keyns foiz
stavkasining qo‘shimcha pullarni emissiya qilishda va inflyasion jarayonlarni
boshqarishda muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushungan.
1930 yillardagi inqiroz tajribasidan kelib chiqib, Dj.M.Keyns foiz
normasi pul massasining o‘sishiga befarq bo‘lib qolishi mumkin degan
xulosaga keladi. Bunday sharoit foiz normasini ishlab chiqarishni
rag‘batlantiradigan darajagacha pasaytirish mumkin bo‘lmagan holatga sabab
bo‘lishi mumkin. Ushbu hodisa likvidlilik qopqoni nomini olgan.
Dj.M.Keyns bunday holat yuz bergan vaqtda hukumatga xususiy kapital
yetishmovchiligini oldini olish uchun davlat byudjet xarajatlarini
ko‘paytirishni maslahat bergan.
Jon.M.Keyns kontseptsiyasi hukumatga iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun tsiklik tebranishlar davrida fuqarolarning daromadlarini saqlab qolish mumkinligini taklif qildi. Buning uchun jamoat ishlari dasturlari va ishsizlarga to'lovlar, davlat sektorini kengaytirish, moslashuvchan soliq sxemalarini qo'llash taklif qilindi. Aholi bandligini kengaytirish uchun davlat korxonalaridan foydalanildi. Qiyinchilik tsiklik tebranishlarga kamroq moyil bo'lgan iqtisodiyotni qurish edi. Bunga qudratli davlat sektori mavjudligida erishish mumkin, deb taxmin qilingan edi. Keynscha yondashuv davlatning iqtisodiy rolini kengaytirish uchun nazariy asos bo'lib xizmat qildi [16].



Download 47,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish