3-Mavzu. Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik



Download 453,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana14.07.2022
Hajmi453,91 Kb.
#797058
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu.Bozor iqtisodiyotining davriy tebranishi. (1)

кўтарилиш 
рецессия 
чўққи 
потенциал ЯММ тренди 
пасайишнинг қуйи 
нуқтаси 
чўққи 


uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy 
tebranishlar deb atash to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning 
asosiy sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko‘rsatadi.
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va 
texnologiyalarda ro‘y beradigan o‘zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha 
fan-texnika yutuqlarini qo‘llash natijasida iqtisodiyotda o‘sish ro‘y beradi. Masalan 
avtomobilning yaratilishi yoqilg‘i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo‘l qurilishi 
materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yangi texnologiyalar 
ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan 
resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim 
ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo‘ladi. 
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy 
vaziyatlarga bog‘lashadi. 
Bu jarayonni monetar siyosatga bog‘laydigan olimlar ham mavjud. Ya'ni, 
davlat qanchalik ko‘p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va 
aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo‘lsa, ishlab chiqarish ko‘lamining pasayishi 
va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni 
baholashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab 
chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar 
miqdoriga bog‘liq, degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o‘z tovar 
va xizmatlarini ularga talab bo‘lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab 
katta bo‘lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish 
foydali emas. O‘z navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi 
ham, aynan shu sababli, past bo‘ladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, 
ishlab chiqarishning o‘sishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, 
bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, 
ularga ta'sir etuvchi omillarni o‘rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini 
qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan 
biridir.
2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o‘lchanishi. 
Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida
ishlab chiqarish resurslari to‘liq foydalanilmay qoladi.
YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan 
biri bo‘lgan mehnat resurslaridan to‘liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon 
bo‘ladi. 
Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas balki ishchi kuchi
kategoriyasidan ko‘proq foydalaniladi. 
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi 
ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi. 
Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal 
qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga 
bo‘lgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo‘lgan 
talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab 


miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo‘lishi ishsizlikni keltirib 
chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda 
band bo‘lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir. 
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) 
aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: 
Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100 
Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud: 
Friksion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan 
ta'minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki 
turar joylarni o‘zgartirish, o‘quv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa 
sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud bo‘lib, ma'lum bir darajada kerakli 
hisoblanadi. 
Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish strukturasining 
o‘zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining o‘zgarishi natijasida ishsiz 
qolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini o‘zgartirishi va oshirishi, ma'lumot 
olishi, yangi kasb egallashi lozim bo‘lgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friksion 
ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikning asosiy farqi shundaki, birinchisida, ma'lum 
malaka va tajriba mavjud bo‘ladi va undan foydalanib, ish joylarini tezroq topib 
olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi darhol va tezroq ish joylarini topa olmaydi.
Davriy ishsizlik asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi 
kuchiga bo‘lgan talabning kamayishidan paydo bo‘ladi. Davriy pasayish tovar va 
xizmatlarga bo‘lgan yalpi talabning kamayishini, shunga muvofiq, yalpi tatalabning 
kamayishini, va oqibatda aholining ish bilan bandligi qisqarishi va ishsizlikning 
o‘sishini bildiradi. 
To‘la ish bilan bandlik ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta'minlanganligini 
bildirmaydi. Aksincha, friksion va strukturali ishsizlik ilojsiz hol bo‘lganligini 
hisobga olsak, biz mutlaq to‘la ish bilan bandlilikka erishib bo‘lmasligini 
tushunamiz. 
Agarda davriy ishsizlik bo‘lmasa, u holda to‘la ish bilan bandlilikka erishiladi. 
To‘la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi. 
Bunga ish qidiruvchilar soni bo‘sh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish 
mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik yig‘indisiga teng 
bo‘ladi. 
Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iqtisodiy vaziyat, qonun 
va milliy an'analar bilan bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan 
haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan 
ishsizlik darajalarining o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi. Umumiy holda ishchi 
kuchi ish bilan band va faol ish qidirib yurgan ishsizlarga bo‘linadi. 
3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni. 
Barcha mavjud resurslardan to‘liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy 
darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo‘lgan mahsulot hajmini 


iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb ataladi. Mamlakatning ishlab 
chiqarish potensiali potensial YaIM ko‘rsatkichi bilan o‘lchanadi.
Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat o‘z 
iqtisodiy potensialini to‘liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YaIM hajmi (Yh) 
potensial YaIM (Yp) hajmidan ortda qoladi. Ya'ni YaIMning uzilishi (YUZ) ro‘y 
beradi. 

Download 453,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish