3-Mavzu. Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik


Yҳ – Yп  ------------- 100 = - β [ u -u



Download 453,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana14.07.2022
Hajmi453,91 Kb.
#797058
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu.Bozor iqtisodiyotining davriy tebranishi. (1)

Yҳ – Yп 
------------- 100 = - β [ u -u


Yп 
Ouken qonuni izohlagan miqdoriy bog‘liqlikning teskari jihatiga e'tibor 
qaratamiz. Iqtisodiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki YaIMning 2-3 foizga o‘sishi 
davriy ishsizlik darajasini 1 foizga qisqarishini keltirib chiqarmas ekan. Ya'ni 
dastlabki 1 foizlik iqtisodiy o‘sish fan-texnika taraqqiyoti natijasida resurslardan 
foydalanish samaradorligi hisobiga erishilishi mumkin, shuningdek bu paytda aholi 
sonining ko‘payishi ham ishsizlik soninining pasaymasligiga sabab bo‘ladi. 


Dastlabki 2-3 foizdan yuqori bo‘lgan har 2-3 foiz iqtisodiy o‘sish esa davriy 
ishsizlikni 1 foizga qisqarishini keltirib chiqaradi. Demak 1 foizlik davriy ishsizlikni 
tugatish uchun yillik 4-6 foizlik iqtisodiy o‘sish ta'minlanishi kerak.
4. COVID-19 pandemiyasining kelib chiqishi, mamlakat iqtisodiyoti va 
ishsizlik darajasiga ta'siri 
Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu 
jumladan insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini 
to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. 
Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste'mol 
hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari va savdo 
aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xom ashyo tovarlari 
narxining pasayishi va kon'yunkturaning yomonlashuvini keltirib chiqardi.
Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga 
ham mazkur omillar ta'sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy 
ta'sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab 
qiladi. Bunda turizm, transport, farmasevtika va to‘qimachilik sanoati kabi 
respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va 
ularning barqarorligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish zarur. 
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-
xatarlar davrida makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining 
uzluksiz ishlashini ta'minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish, aholini 
samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlari keskin pasayib 
ketishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, 10 trln so‘m miqdoridagi Inqirozga 
qarshi kurashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Inqirozga qarshi kurashish 
jamg‘armasi) tashkil etildi. 
Quyidagilar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘laridan 
foydalanishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi: 
a) koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha 
quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish, shu jumladan:
davolash va boshqa muassasalarni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi 
kurashish uchun zarur bo‘ladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, himoya 
vositalari va test tizimlari bilan ta'minlash;
xavf-xatar ostida bo‘lgan yoki virus yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lgan 
shaxslarni karantinda saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash; 
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan 
tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya 
xizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirish xarajatlari uchun qo‘shimcha 
mablag‘lar ajratish; 
yuqumli kasalliklarni aniqlash, profilaktika qilish va davolash bo‘yicha 
tadbirlarga jalb etilgan davolash va boshqa muassasalarni qurish, ta'mirlash, 
rekonstruksiya qilish va jihozlash; 
b) quyidagilar orqali tadbirkorlikni va aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash: 


Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi 
Tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan 
birinchi navbatda ijtimoiy ahamiyatga ega iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish, sotib 
olish va sotish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga kafillik 
hamda kompensasiya taqdim etishni kengaytirish;
respublika hududlarida iqtisodiy faollikni va bandlikni kengaytirishga 
qaratilgan qo‘shimcha infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, eng 
avvalo, kichik sanoat zonalarida muhandislik kommunikasiyalarini qurish; 
v) aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, shu jumladan 
quyidagilar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratish:
kam ta'minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni 
kuchaytirish va nafaqa oluvchilar sonini oshirish, shu jumladan O‘zbekiston kasaba 
uyushmalari Federatsiyasi Kengashi orqali; 
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 
huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasiga jamoat ishlarini kengaytirish; 
«Ishga marhamat» monomarkazlarini va kasbga tayyorlash markazlarini 
tashkil qilish, shuningdek, mehnat migrantlarini kasbga va tilga o‘rgatishni 
tashkillashtirish orqali ularni qo‘llab-quvvatlash;
g) quyidagilar orqali iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini 
ta'minlash: 
O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida jalb etilgan kreditlarni 
so‘ndirish, shuningdek, birinchi darajali xarajatlarni amalga oshirish uchun foizsiz 
byudjet ssudalari ajratish yo‘li bilan strategik korxonalarni davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish; 
tashqi savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub'ektlari transport 
xarajatlarining bir qismini kompensasiya qilish; 
koronavirus infeksiyasi tarqalishining salbiy ta'siriga eng ko‘p uchraydigan 
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini, shuningdek, kredit portfeli sifati yomonlashgan 
hollarda tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha choralarini taqdim 
etish; 
uch yilgacha bo‘lgan muddatga foizsiz byudjet ssudalarini ajratish orqali soliq 
to‘lash muddatlari bo‘yicha kechiktirish taqdim etilishi hamda tadbirkorlik 
faolligining sustlashishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, 
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarida olinmay qolinadigan 
daromadlar o‘rnini to‘ldirish. 
2. Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi manbalari etib O‘zbekiston 
Respublikasi 
Davlat byudjeti mablag‘lari (shu jumladan xarajatlarni 
maqbullashtirish hisobiga), xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va 
qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Inqirozga qarshi kurashish 
jamg‘armasini moliyalashtirishni ta'minlash maqsadida 2020 yilda byudjetni 
qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va 
boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQSh dollari miqdorigacha tashqi qarz 
mablag‘larini, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, eksport 


qiluvchilar va tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni 
moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish choralarini ko‘rmoqda;
ikki hafta muddatda soliq va bojxona ma'murchiligini takomillashtirish orqali 
ishga solinmagan zaxiralarni izlab topish, hisoblangan soliqlar to‘liq to‘lanishini 
ta'minlash, «yashirin» iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliq va bojxona 
ma'murchiligining yangi samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar belgilandi. 
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan 
birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlash, jumladan 
kichik sanoat zonalariga muhandislik kommunikasiyalarini o‘tkazish uchun 
imkoniyatlarni taqdim etuvchi yanada ustuvor bo‘lgan infratuzilma loyihalarini 
amalga oshirishga mablag‘larni qayta yo‘naltirgan holda Investisiya dasturini qayta 
ko‘rib chiqish; 
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini tashkil etish hamda tadbirkorlikni 
va aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun xarajatlarni 
oshirish; 
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2020 yilda jalb 
qilinadigan davlat tashqi qarzlarining chegaraviy hajmlarini qayta ko‘rib chiqish;
qo‘shimcha xarajatlarni maqbullashtirish va cheklash yuzasidan aniq 
takliflarni kiritgan holda qat'iy byudjet intizomi. 
Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib 
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar 
davrida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta'minlash, aholini 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuzaga keladigan muammoli masalalarni 
tezkorlik bilan hal qilish va qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilandi. 
Vazirlar Mahkamasi ikki kun muddatda tegishincha Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari 
boshchilik qiladigan Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining hududiy 
shtablarini ularning aniq funksiya va vazifalarini belgilagan holda tashkil etdi.
Barcha darajadagi rahbarlarning idoraviy mansub tashkilotlarda aholi va 
tadbirkorlik sub'ektlarining yuzaga kelgan muammo va qiyinchiliklarni hal etish 
maqsadida qilgan murojaatlariga alohida e'tibor qaratish, rasmiyatchilik, sansalorlik 
va byurokratiyaga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan shaxsiy javobgarligi ko‘rsatib 
o‘tildi. 
a) 2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrgacha bo‘lgan davrda: 
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasi 
bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiziga qadar kamaytiriladi;
alkogol' 
mahsulotlarining 
ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi 
korxonalarning ajratmalari miqdori 5 foizdan 3 foizga pasaytiriladi; 
umumiy ovqatlanish korxonalari uchun alkogol' mahsulotlarini chakana sotish 
huquqi uchun yig‘imlar miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga kamaytiriladi; 
b) 2020 yil 1 apreldan 1 iyulgacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) 
yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi;


v) qishloq xo‘jaligidagi yerlarni sug‘orish uchun foydalaniladigan hajmlar 
bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yilda 
o‘rnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi;
g) 2019 yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi 
deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020 yil 1 avgustga qadar uzaytiriladi; 
d) jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lash muddati 
2020 yil 15 oktyabrga qadar uzaytiriladi. 
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 1 apreldan 
jismoniy shaxslar tomonidan xayriya tashkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan 
daromadlarni soliqqa tortishdan ozod qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mahalliy davlat 
hokimiyati organlariga tegishli soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish, 
shuningdek, ularning stavkalarini kamaytirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish 
vakolati berildi. 
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga faoliyati turizm sohasiga 
bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat'iy belgilangan summalarini 30 
foizga kamaytirish tavsiya qilindi. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga mol-
mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash 
bo‘yicha foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirildi(bo‘lib-bo‘lib to‘lash). Bunda, 
ko‘rsatib o‘tilgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) soliq 
to‘lovchilarning arizasi, shuningdek, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya 
vazirligi hududiy boshqarmalari rahbarlarining xulosalari asosida, boshqa hujjatlarni 
talab qilmagan holda taqdim etiladi.
8. Belgilab qo‘yilsinki, 2020 yil 1 oktyabrgacha bo‘lgan davrda: 
tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun 
xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi; 
soliq organlari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xo‘jalik 
yurituvchi sub'ektlarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha penyalar hisoblanishini to‘xtatib turadi, 
shuningdek, soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko‘rmaydi. 
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash hamda dasturiy mahsulotlar 
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb qilish yo‘li bilan soliq 
hisobotlarini tayyorlash va taqdim etishda «Soliq xizmati» DUK orqali soliq 
to‘lovchilarga yordam ko‘rsatish; 
soliq to‘lovchilarning davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan 
soliq majburiyatlarini bajarishi uchun ularga masofadan xizmat ko‘rsatishni 
kengaytirish choralari ko‘rildi. 
10. 2021 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini soliq 
auditidan o‘tkazish to‘xtatilsin, jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaxsni tugatish 
munosabati bilan soliq auditidan o‘tkazish bundan mustasno. 
11. Tadbirkorlik sub'ektlariga: 


hisobot yilida amalga oshirilgan tovarlarning umumiy eksportiga nisbatan 10 
foizdan oshmagan muddati o‘tgan debitor qarzdorligi mavjud bo‘lgan taqdirda, 
kafolatlangan to‘lovni ta'minlamasdan tovarlar eksportini amalga oshirishga; 
2020 yil davomida tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan 
debitor qarzdorligini so‘ndirish evaziga texnologik asbob-uskunalar va xom ashyo 
tovarlarini import qilish bo‘yicha bir martalik operatsiyalarni amalga oshirishga 
ruxsat berildi. 
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Transport vazirligi, 
Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, 
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, «O‘zstandart» 
agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi 
bilan birgalikda: 
yuklarni chegara bojxona postlari orqali tezkorlik bilan o‘tkazish, ularning 
uzluksiz bojxona rasmiylashtiruvini, shuningdek, eksport va import qilinayotgan 
tovarlarga ruxsat beruvchi hujjatlarning berilishini ta'minlash bo‘yicha tezkor shtab 
tashkil etildi;
2020 yil 1 apreldan boshlab, import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining 
tezkor tartibda, shu jumladan ruxsat beruvchi hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi 
hududiga kirib kelgunga qadar berish orqali bojxona rasmiylashtiruvi mexanizmi 
joriy etildi. 
14. Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari 
bo‘yicha respublika komissiyasiga 2020 yil 1 oktyabrga qadar eksport 
qiluvchilarning transport xarajatlarining bir qismini kompensasiya qilish uchun 
Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 
subsidiyalar taqdim etish haqida mustaqil qarorlar qabul qilish huquqi berildi. 
Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha 
respublika komissiyasi ikki hafta muddatda eksport qiluvchilarni manzilli qo‘llab-
quvvatlashning ta'sirchan chora-tadbirlarini tasdiqlasin, shuningdek, barcha 
mulkchilik shaklidagi eksport qiluvchilarning yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarini 
o‘z vaqtida aniqlash va tezkor hal qilish ta'minlandi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklari, vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Inqirozga qarshi 
kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan respublika 
hududlaridagi quyidagilarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlashni nazarda 
tutuvchi 2020 yilga qo‘shimcha infratuzilma loyihalari ro‘yxati shakllantirildi: 
kichik sanoat zonalari infratuzilma ob'ektlari uchun — 400 mlrd so‘m 
miqdorida; 
shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari, umumiy foydalanishdagi 
yo‘llarni joriy ta'mirlash uchun — 1 trln so‘m; 
suv ta'minoti va kanalizasiya ob'ektlari uchun — 500 mlrd so‘m; 
irrigasiya va melioratsiya ob'ektlari uchun — 400 mlrd so‘m; 
sog‘liqni saqlash ob'ektlari uchun — 500 mlrd so‘m; 
umumta'lim maktablari va ijtimoiy sohaning boshqa ob'ektlari uchun — 800 
mlrd so‘m; 


iqtisodiy faollik va bandlikni, shu jumladan ipoteka kreditlash hajmlarini 
oshirishni ta'minlovchi boshqa ob'ektlar uchun. 
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda 
Moliya vazirligi bilan birgalikda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi 
mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan investisiya loyihalarini amalga 
oshirishda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi va o‘rnatilgan talablarga rioya 
qilinishi ustidan qat'iy nazorat o‘rnatildi. 
koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon 
qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini 
bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan 
bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi 
miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi;
koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan yoki karantinga joylashtirilgan, 
shuningdek, 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (uning o‘rnini bosuvchi 
shaxslar, vasiylar, homiylar) bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish 
beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi. 
17. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat 
munosabatlari vazirligi: 
14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga 
qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar sonini 2020 yil 
1 apreldan boshlab 10 foizga oshirish choralarini ko‘rishi; 
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tibbiyot, sanitariya-epidemiologik 
va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish 
tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz 
miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilishi; 
Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan va o‘z faoliyatini to‘xtatgan 
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta'lim muassasalari, sport va 
madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lab berilishini 
ta'minlashi;
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda aholiga 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishning 
soddalashtirilgan tizimini tashkil etish choralarini ko‘rishi. 
18. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir hafta muddatda 
quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilishi belgilandi: 
maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablarning faoliyati 
to‘xtatilgan davrda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va 
umumta'lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘quvchilarining ota-onalariga (ular 
o‘rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik ta'tildan foydalanish 
grafigidan qat'i nazar (shu jumladan 6 oydan kam ishlaganlarga) yillik ta'til taqdim 
etiladi; 
karantinga oid choralar amal qilishi davrida ish beruvchilar xodimlarni, 
ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali 
kasallikka chalingan shaxslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash 
usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga o‘tkazishlari mumkin. 


19. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining quyidagi takliflariga 
rozilik berildi:
a) bank va to‘lov tizimlarining uzluksiz va barqaror faoliyatini ta'minlash 
choralarini quyidagilar orqali ko‘rish: 
pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalanish hisobiga pul bozoriga 
har oyda umumiy summasi 1 trln so‘mgacha likvidlik taqdim etish;
bankomatlarning yetarli miqdordagi naqd pul mablag‘lari bilan uzluksiz 
ta'minlanishi, 
shuningdek, 
masofaviy 
bank 
xizmatlarini 
rivojlantirishni 
rag‘batlantirish; 
b) tijorat banklari tomonidan: 
turistik operatorlarga, mehmonxona biznesi sub'ektlariga, transport-logistika 
kompaniyalariga va turizm tarmog‘ining boshqa korxonalariga, shuningdek, tashqi 
savdo operatsiyalariga joriy etilgan cheklovlar tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga 
duch kelgan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha umumiy 
summasi 5 trln so‘mlik qarzdorliklarni to‘lash bo‘yicha kechiktirishni (jarima 
sanksiyalarini hisoblamagan holda) 2020 yil 1 oktyabrga qadar uzaytirish;
xususiy tadbirkorlik korxonalariga taqdim etilgan aylanma mablag‘larni 
to‘ldirish uchun, shu jumladan iste'mol bozorini eng zarur tovarlar bilan to‘ldirish 
uchun qayta tiklanadigan revol'ver kreditlar ajratish;
2020 yil 1 iyunga qadar kredit portfelini stress-testdan o‘tkazish, shuningdek, 
muammoli kreditlarning ortish xavfi mavjud bo‘lgan banklarda aktivlar sifatini 
baholab borish natijalarini taqdim etish. 
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik sub'ektlariga 
kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kafillik va kompensasiyalar 
taqdim etish hajmlarini oshirishga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda Tadbirkorlik 
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kapitallashuvini 500 mlrd 
so‘mgacha oshirish. 
23. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi 
va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi:
iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xom ashyo resurslari 
hajmlarini monitoring qilish, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish uchun 
ularning birjaga qo‘yish hajmini oshirish choralarini ko‘rishi; 
o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi tomonidan importga xarid qilinadigan va 
intervensiya amalga oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining ro‘yxati va zarur 
hajmlarini aniqlashi; 
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining bozorlardagi narxlari 
ustidan kunlik monitoring o‘tkazishni ta'minlasin hamda ularning narxlarni sun'iy 
oshirish, sun'iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yo‘l qo‘ymaslik 
ustidan qat'iy nazorat o‘rnatishi belgilab qo‘yildi. 
Qisqacha xulosalar 
Iqtisodiy davrlar asosan to‘rtta bosqichini o‘z ichiga oladi va ularni iqtisodiy 
tebranishlar deb yuritish maqsadga muvofiq. Iqtisodiy tebranishlarning sabablari 


xilma - xil bo‘lsada, ularning barchasi yalpi xarajatlar hajmining o‘zgarishi orqali 
YaIM dinamikasiga ta'sir ko‘rsatadi.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlar soninning ishchi kuchi soniga nisbatiga 
aytiladi. Ishchi kuchi ham boshqa tovar mahsulotlari kabi bozorda sotiladi va sotib 
olinadi. To‘la ish bilan bandlik 100% ish bilan ta'minlanganlik darajasini 
anglatmaydi. 
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra friksion, tarkibiy va davriy ishsizlik turlari 
mavjud. 
Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik darajalari 
yig‘indisiga teng bo‘lib, mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan haqiqiy 
ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik 
darajalarining o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi. 
Ishsizlar sonining oshishi, ya'ni ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy 
darajasidan yuqori bo‘lishi potensial hajmdagi YaIM bilan haqiqiy hajmdagi YaIM 
o‘rtasida uzilishga olib keladi. Ouken qonuni bunday bog‘liqlikning miqdoriy 
darajasini ifodalaydi. 
Nazarot va muhokama uchun savollar 
1. Iqtisodiy tebranishlarning sabablarini qanday izohlaysiz?
2. Ishsizlikning qanday turlari mavjud? Ishsizlik darajasi qanday aniqlanadi? 
3. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan to‘liq bandlilik tushunchalariga tavsif 
bering. 
4. Potensial YaIM ko‘rsatkichini izohlab bering. 
5. Makrodarajada ishsizlikning iqtisodiy oqibatlarini qanday o‘lchash 
mumkin ? 
6. COVID-19 pandemiyasining tarqalishiga qaysi holatlar sabab bo‘ldi? 
7. Pandemiyaning ishsizlik darajasiga ta'siri qay tariqa ro‘y beradi? 

Download 453,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish