3-Mavzu. Kinetoplastidalar sinfi: tuzilishi, rivojlanishi, klassifikatsiyasi va pathogen vakillari. Xlorofitlar (Chlorophyta) tipi, Vоlvоkssimonlar (Volvocida) sinfi. Koloniya bo‘lib yashovchi xivchinlilar



Download 109,12 Kb.
bet2/13
Sana25.05.2023
Hajmi109,12 Kb.
#943548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kinetoplastlar

Leyshmaniya (Leishmania) urug'ining vakillari ham tripanosomalarga bir-muncha o‘xshash tuzilgan, lekin ular odamning terisi va ichki organlarida parazitlik qiladi. Leyshmaniyalar leyshmanioz kasalligini chaqiruvchi ikki xo‘jayin ishtirokida rivojlanuvchi parazit xivchinlilardir. Ular odamlarda, shuningdek itlarda, bo‘ri va chiyabo‘rilarda, mushuklarda, kalamush va yumronqoziqlarda uchraydi va ularga qon so‘ruvchi ikki qanotli hasharotlar-iskabtopar chivinlar-(Phlebotomus avlodi) orqali yuqadi. Umurtqalilar qonida leyshmaniyalarning xivchinsiz 2-6 mikron uzunlikdagi duksimon shakli uchraydi.
Barcha leyshmaniyalar dermatotrop (terida yashovchi) va vistserotrop (ichki organlarda yashovchi) guruhlarga bo‘linadi. Shunga ko‘ra ular odamlarda va boshqa sut emizuvchilarda teri va ichki leyshmanioz kasalliklarini chaqiradi.
Teri leyshmaniozini qo‘zg‘atuvchi leyshmaniyalarga Leishmania tropica va L. major larni misol keltirish mumkin. Har ikkala tur leyshmaniyalar Markaziy Osiyo davlatlarida tarqalgan. O‘zbekistonda esa ularning birinchi turi yo‘qotilgan, ikkinchi turi esa juda kam holatlarda uchrab turadi. Teri leyshmaniozi qo‘zg‘atuvchilari O‘zbekistonda XX-asrning 50-60-yillarida keng tarqalgan bo‘lgan. Ular oqibatida terida pendin yaralari hosil bo‘ladi, yaralar tuzalgach, ularning o‘rni abadiy chandiq bo‘lib qoladi. Shu belgiga qarab odamlarning teri leyshmanioziga uchraganini aniqlash mumkin.
Tabiatda leyshmaniyalarni yovvoyi kemiruvchilarda saqlanib yurishini 1939 yil akad. Ye.N. Pavlovskiy qoraqumga qilgan ekspeditsiyasida aniqlagan va unga ko‘ra parazitlarni tabiiy o‘choqlari to‘g‘risida ilmiy nazariya yaratgan.
Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin hosil qilmaydi, harakatsiz bo‘ladi. Bu parazitlar nihoyatda kichkina (3-7 mkm), ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi va kinetoplasti bo‘ladi, Leyshmaniyalarning ikki turi odamda parazitlik qiladi. Tropik leyshmaniya (Leishmania tropica) yuz, qo‘l va oyoqlar terisida parazitlik qiladi.
Teri leyshmaniozining qo‘zg'atuvchisini rus shifokori P.F. Borovskiy birinchi marta 1882-yilda Toshkentda aniqlagan. Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida keng tarqalgan.
Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasida “аvg‘оn yarа” yoki “yomоn yarа”, “shаrq kuydirgisi” yoki pashshaxo‘rda nоmlаri bilаn ham mа’lum. Yarа tuzаlib kеtgаndаn so‘ng o‘rni chаndiq bo‘lib qоlаdi. Kаsаllik Turkmаnistоn, Tоjikistоn vа O‘zbеkistоnning jаnubiy hududlаridа uchrаydi. Kаsаllik qo‘zg‘аtuvchisini iskаbtоpаrlаr yumrоnqоziqlаrdаn оdаmgа yuqtirаdi.
Morfologik jihatdan leyshmaniyalar ikki xil shaklda: hujayra ichida tashuvchilarining tanasida-xivchinsiz hamda sun'iy usulda o‘stirilganda xivchinli ko‘rinishda yashaydi.
Visseral leyshmaniozning qo‘zg'atuvchisi odam tanasida retikulo-endotelial organlar - jigar, taloq, limfa tugunlari, ko‘mik endoteliy hujayralari sitoplazmasida parazitlik qilib yashaydi va ko‘payadi.
Leyshmaniyalar ko‘payganda bitta hujayradagi parazitlar soni 100-200 tagacha yetadi. Hujayra yemirilgandan keyin ular limfa bilan qonga o‘tib, yangi hujayralarga kirib oladi va ularning yemirilishiga sababchi bo‘ladi.
Leyshmanioz transmissiv kasallik bo‘lib, uni qonso‘rar mayda hasharotlar-Phlebotomus avlodiga kiruvchi iskabtoparlar tarqatadi. Iskabtopar kasal odamning qonini so‘rganida leyshmaniyalar hasharotning hazm yo‘liga o‘tadi. U yerda parazitlarning oldingi uchidan uzun xivchin o‘sib chiqadi, ya'ni sodda hayvon xivchinli (leptomonad) ko‘rinishga o‘tadi. O‘ziga leyshmaniozning qo‘zg'atuvchisini yuqtirib olgan bu hasharot sog'lom odamning qonini so‘rganida parazitlarni unga yuqtiradi.
Umuman, leyshmanioz Shimoliy Afrika, Janubiy Yevropa va Janubi g'arbiy Osiyoning bir qancha mamlakatlarida tarqalgan. O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida ham bu kasallik tarqalgan. Teri leyshmaniozining tabiiy manbai kemiruvchi sutemizuvchilar (qum kalamushlari va yumronqoziqlar) va itlardir, ya'ni bu hayvonlar leyshmaniyaning rezervuar xo‘jayinlari hisoblanadi. Bu hayvonlaming quloqlari, burni va tanasining iskabtopar chaqa olishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarida yaralar hosil bo‘ladi. Kemiruvchilarning inlarida iskabtoparlar kunduz kunlari yashirinib yotadi, kechga tomon hayvonlaming qonini so‘radi va ularga bu kasallikni yuqtiradi.
Har ikkala leyshmanioz bilan ham ko‘proq bolalar kasallanadi. Kasalliklardan keyin muntazam immunitet hosil bo‘ladi. Shuning uchun har bir kishi leyshmanioz bilan faqat bir marta kasallanadi.
Diplomonadlar (Diplomonadida) turkumi vakili lyambliyani birinchi marta 1859-yilda Xarkov universitetining professori Lyamble aniqlagan. Lyambliya (Lamblia intestinalis) hayot siklida vegetativ hamda sista ko‘rinishida uchraydi.
Vegetativ shakli noksimon bo‘lib, uzunligi 12-15 mkm, eni esa 8-10 mkm gacha bo‘ladi.Tanasining oldingi tomonida disk bo‘lib, ichak epiteliysiga yopishish uchun xizmat qiladi. Tanasining o‘rtasida ikkita tayanch ipi - aksostillar o‘tadi. Aksostillar yordamida parazitning tanasi ikki simmetriyali nimtalarga bo‘lingan bo‘lib, har qaysisida bittadan yadro bo‘ladi.

Download 109,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish