3. Mavzu: Mexnat daftarchalari bilan ishlashni tashkil etish. Reja



Download 19,95 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi19,95 Kb.
#317911
1   2
Bog'liq
2 5222369005720833934

BUYURAMAN:

1. Mexnat daftarchalarini yuritish, saqlash, xisobini olib borish va berish uchun javobgar etib 2014 yil 1 maydan kadrlar bo’limi inspektori A Raximova tayinlansin.

2. A.Raximova vaqtincha ishga layoqatsizligi, mehnat safarida yoki ta'tilda bo’lishi munosabati bilan ishda bo’lmaganda mehnat daftarchalarini yuritish, xisobini olib borish va berish uchun javobgar shaxs Raisning Farmoyishi bilan tayinlanadi.

3.Mazkur Farmoyishning bajarilishini nazorat qilish ofis menejeri N.M. Ismoilovaning zimmasiga yuklatilsin.

Rais U. Abduvaliev

Buyruk bilan tanishdik:

N.M.Ismoilova

A. Raximova

Agar tashkilot endigina o’z faoliyatini boshlayotgan bo’lib, unda mehnat daftarchalarini yuritish ishini topshirish mumkin bo’lgan xodimlar bo’lmasa, tashkilot rahbari mehnat daftarchasini yuritish bo’yicha majburiyatni o’z zimmasiga olishi mumkin.

Mehnat daftarchalarini sotib olish.

Xar bir korxona o’z extiyojlaridan kelib chiqib, lekin shtat jadvalida nazarda tutilgan xodimlar sonidan oshmagan xolda, mehnat daftarchalari sotib olish xuquqiga ega.

Mehnat daftarchalari va mehnat daftarchalariga qo’shimcha varaqlar (qistirmalar) korxonalar tomonidan tuman (shahar) Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlaridan sotib olinadi. Mehnat daftarchalarini bopqacha tartibda sotish, shuningdek, fuqarolar tomonidan mehnat daftarchalarini sotib olish taqiqlanadi.

Mehnat daftarchalari va mehnat daftarchalariga qo’shimcha varaqlarni sotib olish shartnomasini tuzish uchun korxonalar mehnat bo’yicha mahalliy organlarga yozma murojaat qilishlari lozim. A’rizada shtat jadvali bo’yicha xodimlar soni, vakant lavozimlar (joylar) soni, shuningdek, mehnat daftarchasi (mexnat daftarchasi dublikata) yoki mehnat daftarchasiga qo’shimcha varaq berilishi lozim bo’lgan xodimlar to’g’risida ma'lumotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak.

Mehnat daftarchasi va mehnat daftarchasiga qo’shimcha varaqlarni korxonalar tomonidan qayta sotishga yoki boshqacha tartibda begonalashtirilishiga yo’l qo’yilmaydi (Yo’riknomaning 1,3-bandi).

Mehnat daftarchalarini saqlash

Asosiy xodimlarning mehnat daftarchalari xodim ish xaqi oladigan korxonaning kadrlar bo’limida (yoki mehnat daftarchalarini berish uchun mas'ul bo’lgan shaxsda) saqlanadi.

Mehnat daftarchalarini qat’iy xisobot xujjatlari tarzida saqlash vazifasi ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi, ular seyflarda, metall shkaflarda yoki ularni saqlash mumkin bo’lgan maxsus xonalarda saqlanadi.

Pensiyalari muddatidan oldin tayinlangan (erkaklar - 65 yoshga to’lgan va ish staji 25 yil, ayollar - 55 yoshga to’lgan va ish staji 20 yil bo’lgan) shaxslarning mehnat daftarchalari umumiy asoslarda yoshga doir pensiya olish xuquqiga ega bo’lgunga qadar, yoki ishga kirguncha tuman (shahar) Bandlikka ko’maklashish va axolini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida saqlanadi.

O”rindoshlik asosida ishlayotganlarning mehnat daftarchasi asosiy ish joylarida saqlanadi.

NNT, har qanday boshqa yuridik shaxs singari, qonun xujjatlarida belgilangan mehnat daftarchalarini to’ldirishga oid barcha qoidalarga bo’ysunadi.Bunda notijorat tashkilotlari faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’lik jihatlar mavjud.NNTo’zfaoliyatini olingan grantlar asosida amalga oshiradi.Shu sababli grant amal qiladigan muddatga xodimni ishga qabul qilish paytida mehnat daftarchasidagi lavozimga qabul qilish to’g’risidagi yozuvda loyihaning nomi ko’rsatilishi shart (masalan, "Axborot platformasi" loyihasi rahbari lavozimiga ishga qabul qilindi").Shuningdek mehnat daftarchasiga xodimning ishga qabul qilinishi, ishdan bo’shatilishi, lavozimi o’zgartirilishi bilan bog’liq barcha yozuvlar qayd etiladi. Ya'ni NNT xodimlari muddatli mehnat shartnomalari bo’yicha ishlab, loyihadan loyihaga o’tadigan bo’lsalar, mehnat daftarchasiga, bir yilda bir necha xil yozuv qayd etiladigan bo’lsa xam, ularning xar biri bo’yicha ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish va bo’shatish to’g’risidagi yozuvlar kiritilishi shart.

2. Shaxsiy xujjatlar yig‘majildini shakllantirish tartibi. Shaxsiy ish - har bir alohida xodimning shaxsiy ma'lumotlaridan iborat ma'lumotlar majmui. Ish beruvchi bunday ma'lumotlarni tizimlashtirishi, ishlov berishi, saqdashi va ximoya qilishi shart.

Shaxsiy xujjatlar yig‘ma jildi mehnat shartnomasi tuzilgandan keyin ishga qabul qilishda shakllantiriladi. Keyinchalik unga muayyan xodimning mehnat faoliyati bilan bog’liq buyruqlar, arizalar, ma'lumotnomalar va boshqa xujjatlar nusxalari tikiladi. T-2 shaklidagi shaxsiy varaka ham shaxsiy xujjatlar yig‘ma jildiga kiritiladi.

Amaliyotda shaxsiy xujjatlar yig‘ma jildi muayyan muassasadagi xodimning mehnat faoliyatiga taalluqli xujjatlar solingan papka ko’rinishiga ega bo’ladi.

Odatda shaxsiy xujjatlar yig‘majildi tarkibiga quyidagilar kiritiladi:



  • xodimning shaxsiy varaqasi (T-2 shakli);

  • mehnat daftarchasi, mehnat shartnomasi birinchi bor tuzilayotgan yoki xodim o’rindoshlik shartida ishga kirayotgan xollar bundan mustasno;

  • pasport nusxasi yoki uning o’rnini bosuvchi xujjat, o’n olti yoshga to’lmagan shaxslar uchun esa – tug’ilganlik xaqidagi guvohnoma va yashash joyidan ma'lumotnoma;

  • tegishincha xarbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun xarbiy bilet yoki xisobda turganligi xaqidagi guvohnoma nusxasi;

  • soliq to’lovchining identifikatsiya rakami (STIR) berilganligi xaqida soliq organlarining ma'lumotnomasi nusxasi;

  • shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya xisob varag’i (ShJBPX) ning berilgan raqami qayd etilgan daftarcha nusxasi;

  • avtobiografiya;

  • ma'lumoti xaqidagi xujjatlar nusxalari (sertifikatlar, maktab attestatlari, diplomlar va x.k.);

  • avvalgi ish joylaridan xarakteristikalar va tavsiyanoma xatlar;

  • xodimning shaxsiy arizalari;

  • mazkur xodimga taalluqli mehnat shartnomasi va buyruqlar (farmoyishlar) nusxalari;

  • attestatsiya varaklari;

  • salomatligi xaqidagi ma'lumotnomalar;

  • fotosuratlar;

  • boshqa xujjatlar.

Shaxsiy xujjatlar yig‘ma jildi xujjatlari xronologik tar­tibda, ular kelib tushishiga qarab shakllantiriladi. Masalan, ishga qabul qilganlik xaqidagi buyruq (farmoyish) shaxsiy xujjatlar yig‘ma jildining eng tagida, mehnat shartnomasini bekor qilganlik xaqidagi buyruq (farmoyish) esa eng ustida turishi kerak.

Xodimning shaxsiy varaqasi - idoralararo namunaviy T-2 shaklini shakllantirishga xodimning shaxsiy xujjatlar yig‘ma jildidagi majburiy xujjatlardan biri sifatida alohida e'tibor berish lozim (Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to’g’risida yo’riqnomaga 4- ilova). T-2 shaklidagi shaxsiy varaqani yuritish zarurati yo’riqnoma bilan tasdiqlanadi, sababi ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o’tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi mehnat daftarchasiga kiritiladigan xar bir yozuv bilan ish beruvchi ushbu daftarcha egasini shaxsiy varaqasini imzolash yo’li bilan 3 kun muddat ichida tanishtirishi lozim.

Bu xolda shaxsiy varaka (T-2)dagi yozuv bilan mexnat daftarchasidagi yozuvlar bir-biriga o’zaro mos bo’lishi shart. Yangi xodimga shaxsiy varaqani to’ldirish uchun berish amaliyoti ancha keng tarqalgan, kadrlar bo’limi xodimi esa keyin ma'lumotlar to’g’ri kiritilganligini tekshirib qo’ya qoladi. Buni to’g’ri. Shaxsiy varaqani xodim taqdim etgan xujjatlar asosida kadrlar bo’limi xodimi to’ldirishi kerak.Shundavaraqa ikkala tomon imzosi bilan tasdiqlanadi.

Shaxsiy varaqani to’ldirish uchun kadrlar bo’limi xodimiga quyidagi xujjatlar kerak bo’ladi:



  • ishga qabul qilish to’g’risida buyruq (farmoyish);

  • pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa xujjat;

  • xodimning mehnat daftarchasi, mehnat shartnomasi birinchi marta tuzilayotgan yoki xodim )o’rindoshlik shartida ishga kirayotgan xollar bundan mustasno;

  • xarbiy xisobda turganlik xaqidagi xujjatlar - xarbiy xizmatga majburlar va xarbiy xizmatga chaqiriladigan shaxslar uchun;

  • ma'lumoti, malakasi yoki maxsus bilimga egaligi xaqidagi xujjatlar - maxsus.bilim yoki maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan ishga kirayotganda;

  • boshqa xujjatlar, agar amaldagi qonun xujjatlarida ularni taqdim etish nazarda tutilgan bo’lsa.

Xodim ishdan bo’shaganda mehnat daftarchasini olganligi to’g’risida shaxsiy varaqasiga va xodimlar bo’limidagi xisobot kitobiga imzo qo’yadi.

Yana bir savol yuzaga keladi: kartochkani qay ko’rinishda – kog’oz yoki elektron tarzda yuritgan ma'qul? Shaxsiy kartochka kog’ozda yuritilishi kerak, albatta. Ishga qabul qilishda kartochkaga barcha zarur va uni to’ldirish paytida mavjud ma'lumotlarni kiritib, elektron ko’rinishda rasmiylashtirish mumkin. Biroq ma'lumotlarni kiritib bo’lgan zaxoti xodim u bilan tanishib chiqishi va kartochka to’g’ri tuldirilganligini imzosi bilan tasdiqlashi uchun uni kog’ozga chiqarish kerak.

Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda kadrlar bo’limi xodimi buyruq asosida shaxsiy kartochkaga bu xaqda yozuv kiritadi, xodim esa o’z navbatida shaxsiy varaqa (T-2)ga imzo chekib, bu bilan mehnat munosabatlari bekor kilinganligidan xabardorligini tasdiqlaydi.

Shaxsiy varaqalar (T-2) ning yo’qligiga nazorat organlari mehnat to’g’risidagi qonun xujjatlarini buzish deb baholab, ma'muriy jazo qo’llashlari mumkin.

Shaxsiy xujjatlar yig‘ma jildiga xujjatlar ro’yxati ilova qilinishi kerak, unda yig‘ma jilddagi barcha xujjatlar qayd etiladi.Ro’yhat xujjatlar yig’ma jildi ochilganda unga tikilib, xujjatlar kelib tushishiga qarab to’ldirilib boradi.Bu zarur xujjatni tez topishda yordam beradi. .

Shaxsiy xujjatlar yig‘ma jildlarini va ularga joylashtirilgan xujjatlarni (ma'lumotlarni) saqlash shartlari o’g’rilik (oshkor etish)dan ishonchli ximoya qilinishini ta'minlashi kerak. Shaxsiy xujjatlar yig‘ma jildlari bilan faqat vakolatli mansabdor shaxslar va ularning bevosita rahbarlari tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin.



Shaxsiy xujjatlar yig‘ma jildi kadrlar xizmatida saqlanishi kerak, xodim ishdan bo’shatilganda esa shaxsiy xujjatlar yig‘ma jildi papkasidan olinib, arxivda saqlashga berish uchun rasmiylashtiriladi.
Download 19,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish