3-Mavzu Statistik ko’rsatkichlar. O’rtacha miqdorlar



Download 379 Kb.
bet1/9
Sana13.06.2022
Hajmi379 Kb.
#660569
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Stat 3-mavzu


3-Mavzu Statistik ko’rsatkichlar. O’rtacha miqdorlar.
Reja:
3.1 Mutlaq (absolyut) miqdorlar haqida tushuncha, ularning turlari va o’lchov birliklari
3.2 Nisbiy miqdorlar haqida tushuncha va ularni ifodalash shakllari
3.3 Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi.
3.4 O’rtacha miqdorlar haqida tushuncha va ularni qo’llashdagi asosiy shartlar.
3.5 O’rtacha arifmetik miqdorning turlari, uning xususiyatlari va ularni hisoblash tartibi.
3.6 O’rtacha garmonik miqdorning turlari va ularni hisoblash tartibi.
3.7 Moda va mediana. Variasion qatorlari.

Adabiyotlar: 8, 9, 10, 11, 12, 13, 20, 21, 22, 25, 26, 27, 28


Tayanch iboralar.
Mutlaq; mutlaq miqdor; yakka mutlaq miqdorlar; umumiy mutlaq miqdorlar; natura o’lchov birligi; qiymat o’lchov birligi; mehnat o’lchov birligi; kompleks o’lchov birligi; shartli natura o’lchov birligi; nisbiy miqdorlar; koeffisiyent, foiz, promills, prodesimille, joriy (hisobotli) miqdor; bazisli (taqqoslama) miqdor; buyurtma (shartnoma) bajarilish nisbiy miqdorlari; reja topshirig’i nisbiy miqdorlari; dinamika (o’sish) miqdorlari; tuzilmaviy (strukturali) nisbiy miqdorlari; intensiv nisbiy miqdorlari; koordinasiya nisbiy miqdorlari; obyektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari; bazisli usul; zanjirsimon usul. O’rtacha miqdor; o’rtacha arifmetik miqdor; o’rtalashtirilayotgan belgi; belgi variantlari; belgi vazni (uchrashish tezligi), sigma; progressiv o’rtacha; guruhiy o’rtacha; o’rtacha garmonik miqdor; o’rtacha xronologik miqdor; o’rtacha kvadratik miqdor; o’rtacha geometrik miqdor; o’rtacha geometrik miqdor; moda; mediana; variasion qatorlari; diskret va interval variasion qatorlari;
3.1.Mutlaq (absolyut) miqdorlar haqida tushuncha, ularning turlari va o’lchov birliklari.
Bizga ma’lumki, statistik tadqiqotning birinchi bosqichi statistik kuzatish bo’lsa, ikkinchi bosqichi esa statistik ma’lumotlarni jamlash va guruhlashdan iboratdir. Statistik kuzatish natijasida statistik ma’lumotlar bir joyda to’planadi va bu har bir to’plamda o’rganilgan ijtimoiy xodisalarning belgilariga tavsifnoma berilsa, statistik jamlash va guruhlash orqali esa to’plam birliklari umulashtiriladi hamda olingan natijalar statistik jadvalarda keltiriladi. Natijada shu to’plamda o’rganilgan xilma-xil ko’rsatkichlarga alohida-alohida tavsifnoma berilmasdan, balki shu to’plamdagi o’rganilgan barcha ko’rsatkichlarga umumlashtirilgan statistik ko’rsatkichlari orqali tavsifnoma beriladi.
Demak, statistikada to’plam birliklarni guruhlar yoki shu to’plamni to’laligicha birlashtirib, unga tavsifnoma beruvchi ko’rsatkichlarga, umumlashtirilgan statistik ko’rsatkichlar deb yuritiladi.
Bunday ko’rsatkichlarga statistik kuzatish, jamlash va guruhlashni amalga oshirilgandan so’ng erishiladi va bu ko’rsatkichlar shu o’rganilgan xodisa va jarayonlarning hajmi, miqdori va darajasiga tavsifnoma berib, natijada hisoblangan bir qator ko’rsatkichlarga ega bo’lamiz. Bunday ko’rsatkichlar boshlang’ich hisob ma’lumotlari asosida umumlashtirilgan va qayta ishlangan ko’rsatkichlar bo’lib, ular:

  1. Umumlashtirilgan mutlaq son ko’rsatkichlari. Bunda o’rganilayotgan to’plamdagi xodisa va jarayonlarning belgisini umumiy sonda va hajmda tavsiflaydi. Masalan, guruhdagi talabalar soni, fermer xo’jaligidagi jamoa a’zolari, xo’jalikda yetishtirligan jami paxta yoki bugdoy miqdori va shu kabilar kiradi.

  2. Umumlashtirilgan nisbiy ko’rsatkichlar. Bunda o’rganilayotgan to’plamdagi xodisa va jarayonlarning to’plam birliklarining salmog’i yoki ularning qiymatini tavsiflaydi. Masalan, o’simlikchilik yoki chorvachilik tarmog’ida ishlab chiqarilgan jami maxsulotlarning qiymati, ularning umumiy ishlab chiqarishdagi salmog’i foiz hisobida va shu kabilar kiradi.

  3. Umumlashtirilgan o’rtacha ko’rsatkichlar. Bunda o’rganilayotgan to’plamdagi xodisa va jarayonlarning o’rtachasi hisoblanadi. Masalan, o’rtacha xosildorlik, chorva mollarning maxsuldorligi , 1 s paxtaning tannarxi va shu kabilar kiradi.

Shu umumlashtirilgan statistik ko’rsatkichlarning dastlabki ko’rinishlaridan biri - mutlaq miqdorlar bo’lib hisoblanadi.
Statistikada mutlaq miqdorlar deb, u yoki bu ijtimoiy xodisalarning miqdori va hajmini ma’lum vaqtda, ma’lum joyda tavsiflaydigan ko’rsatkichlarga aytiladi. Masalan, xo’jalik bo’yicha chorva mollar soni, ishchilar soni, ekin maydoni, xosildorlik, maxsuldorlik va shu kabilar kiradi.
Ifodalanishiga qarab, mutlaq miqdorlar yakka va umumiy miqdorlarga bo’linadi.
Yakka mutlaq miqdorlar deb, o’rganilayotgan to’plamning alohida birliklarini tavsiflanishi tushuniladi. Masalan, guruhlardagi har bir talaba, fermer xo’jaligidagi ayrim ekinlar maydon, bir xodimning olayotgan ish haqi va shu kabilar kiradi.
Umumiy mutlaq miqdorlar deb, o’rganilayotgan to’plamning har bir birligini emas, balki uning yig’indisini ta’riflovchi miqdorlar tushuniladi. Masalan, guruhdagi jami studentlar soni, fermer xo’jaligidagi jami ekin maydoni, barcha ishlovchilarning ish haqi fondi va shu kabilar kiradi. Demak, umumiy mutlaq miqdorlar mohiyati jihatidan bir xil bo’lgan yakka mutlaq miqdorlarning yig’indisidir. Buni quyidagicha yozish mumkin:
Aum=a1+a2+a3+a4+…+an-2+an-1+an= ,
bu yerda - Aum-umumiy mutlaq miqdor;
a1,a2,…,an-kuzatilayotgan to’plam birliklari (yakka mutlaq miqdorlar);
- to’plam birliklarining yig’indisi.
Mutlaq miqdorlar quyidagi o’lchov birliklarida ulchanadi:
- Natura o’lchov birligi. Bunda o’rganilayotgan xodisalarning ichki xususiyatini ifodolovchi og’irlik (xo’jalik 2500 t paxtani davlatga sotishi), uzunlik (2000 metr masofani yo’lovchining bosib o’tishi), hajmi (xo’jalik jami 250.000.000 so’mlik o’simlikchilik maxsulotini ishlab chiqarishi), gektar (xo’jalikda 850 gektar maydonga paxta urug’i sepilishi) va boshqa birliklar tushuniladi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerak-ki, ayrim davlatlarda o’zlari uchun qabul qilingan o’lchov birliklari ham qo’llaniladi:
1-dyum (2,54sm);
1-fut=12-dyum=(30,48), 1-yard (90sm);
1-milya=(1609m 34sm), 1-pud (16,0 kg);
1-arshin, 1-qarish, 1-botmon, 1-chaqirim va shu kabilar kiradi.
- Qiymat o’lchov birligi. Bunda o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalar pul ko’rinishida o’z aksini topadi. Masalan, O’zbekistonda so’m va tiyinda (1994 yil 1-iyulda milliy valyutamiz joriy etildi), AQSh da dollar va sentda, Rossiyada rubl va kopeyekda hisoblanadi va shu kabilar kiradi.
- Mehnat o’lchov biriligi. Bunda o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarni vaqtda hisoblanishini tushunamiz. Masalan, kishi-soat, kishi-kun, kishi-smena va shu kabilar kiradi.
- Kompleks o’lchov birligi. Bunda o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarni ifodalashda ikki va undan ortiq o’lchov birliklarining o’zaro birikmasidan iboratligini tushunamiz. Masalan, yuk tashishda – t/km, iste’mol etilgan elektr energiya - kv/soatda va shu kabilar kiradi.
- Shartli natura o’lchov birligi. Bunda o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning ma’lum xislatga ega bo’lgan shu to’plamdagi bir ijtimoiy xodisani shartli bir birlik qilib olib, shu to’plamdagi boshqa xodisalarni maxsus koeffisiyentlar yordamida shu birlikka keltirib hisoblashni tushunamiz. Bu hisoblarni quyidagi jadvallarda keltirilgan misollar orqali ko’rib chiqamiz.(129-betdagi 27 va 28-jadvallarga qarang).
27-jadval
Shartli chorva mollar sonini hisoblash tartibi


Chorva mollarning turlari va guruhlari

Chorva mollari soni,
bosh

Chorva mollarni shartli boshga aylantirish koeffisiyenti

Shartli chorva mollar soni



A

1

2

3(1 x2)

  1. Sigir va naslli buqalar

120

1,0

120,0

  1. Yosh qoramollar

40

0,6

24,0

  1. Cho’chqalar

30

0,3

9,0

  1. Qo’y va echkilar

160

0,1

16,0

  1. Otlar

15

1,0

15,0

  1. Parranda

440

0,025

11,0

Jami

805

X

195

28-jadval


Shartli yem – xashak hajmini hisoblash tartibi.

Yem-xashak turlari

Sarflangan yem-xashak miqdori, s

Shartli yem-xashakka aylantirish koeffisiyenti

Shartli sarflangan yem-xashak miqdori, s

A

1

2

3(1x2)

Suli

30,0

1,0

30,0

Makka doni

26,0

1,33

34,58

Arpa doni

25,0

1,15

28,75

Makka uni

120,

1,34

160,80

Jami

201,0

X

254,13

Biz bu yerda shartli natura o’lchov birligiga aylantirish uslubini faqatgina traktor markalari, chorva mollari va yem-xashak turlari bo’yicha ko’rib chiqdik.


Bu uslubni bundan keyin o’tiladigan «Qishloq xo’jaligi statistikasi» fanidan to’liq o’rganilib chiqiladi.

Download 379 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish