3-mavzu. Tadbirkorlik va kichik biznes boshqaruvi, uning turlari режа



Download 34,1 Kb.
bet3/4
Sana11.03.2022
Hajmi34,1 Kb.
#491423
1   2   3   4
Bog'liq
3-мавзу

Birinchi yo'nalish – ishlab chiqarish jarayonlari va tadbirkorlik tarkiblarini boshqarish. Tadbirkorlik faoliyatining ushbu yo'nalishi menejment tamoyillarining turi sifatida mustaqil rivojlanadi. Tadbirkor menejmentning asosiy tamoyillarini yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi va zamonaviy menejer bo'lmog'i lozim.
Ishlab chiqarishni boshqarish hech qachon tadbirkorning boshqa yo'nalishlaridan ajratilgan holda olib borilishi mumkin emas: u ishlab chiqarishni faqat iste'molchilar uchun tashkil qiladi. Shuning uchun ham tadbirkor faoliyatining ikkinchi yo'nalishi bozorni har tomonlama o'rganishdir. Bozorda bo'layotgan jarayonlarni tahlil qilmasdan turib tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish mumkin emas.
Sheriklar bilan bo'ladigan aloqalarni yaxshi yo'lga qo'yish tadbirkorlik faoliyatining uchinchi yo'nalishidir. Bunda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo'lida sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko'tarish va eski munosabatlardan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida zikr etilgan ilmiy asoslar, tamoyillar O'zbekistonda tadbirkorlik, uning kichik biznesni rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarni tizimli tahlil qilish, bashoratlash hamda qaror qabul qilishga asos bo'ladi.
3.4. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari

O'zbekistonda keng ko'lamli bozor o'zgarishlarini amalga oshirish jarayonida mulkdor shaxslar doirasi kengayib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning qariyb 80 foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizidan ortig'i, qishloq xo'jaligi va chakana savdo aylanmasining deyarli barcha mahsulotlari nodavlat sektori ulushiga to'g'ri kelmoqda.


Xaqiqiy mulkdor o'z tabiatiga ko'ra oqilona ish olib borishi va o'ziga qarashli mulkni ko'paytirishga harakat qilishi kerak. Bordi-yu, shunday bo'lmasa, demak, mol-mulkni tasarruf qiluvchi sub'ekt yo o'zini mulkdor deb hisoblamaydi, yoki o'zining huquqlarini zarur kafolatlarga ega emas deb hisoblaydi, yoki mol-mulk yangi egasiga saqlash va ko'paytirish tamoyillariga mutlaqo yordam bermaydigan shartlar bilan tekkan bo'ladi. Shu sababli, mulk huquqi qonun bilan himoyalangan bo'libgina qolmasdan, u jamiyatdagi barcha munosabatlar tizimi bilan amalda ta'minlangan bo'lishi kerak. Mulkdorlar sinfi mavjud mol-mulk va daromadlar asosida, shu jumladan:
- jamg'armalarni qimmatli qog'ozlarga solish, shuningdek, xususiy shaxslarga qarashli ko'chmas mulkdan va boshqa mol-mulklardan foydalanish yo'li bilan;
- davlatga qarashli mol-mulkni (auktsionlarda va tanlov asosida), shuningdek xususiylashtirilayotgan korxonalar aktsiyalarini sotib olish orqali mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida;
- yuridik shaxs tashkil etmagan holda va korxonalar ochmagan holda yakka tartibdagi mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali shakllantiriladi.
Mulkdorlar ixtiyoridagi barcha ob'ektlarni daromad olish maqsadida foydalanilmaydigan ob'ektlarga va ishlab chiqarish resurslariga ajratish mumkin.
Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) moddiy aktivlar,
b) moliyaviy aktivlar, shu jumladan: pul mablag'lari; qimmatli qog'ozlar;
v) nomoddiy aktivlar – intellektual mulk ob'ektlari.
Ishlab chiqarish resurslaridan daromad olish va mulkni ko'paytirish uchun foydalaniladi. Biron bir mol-mulkka ega shaxs mulkdordir.
Mulkdor – moddiy va intellektual mulk ob'ektlariga ega bo'lgan, ularni tasarruf etish va ulardan o'z xohishiga qaratib, shu jumladan daromad olish maqsadida foydalanish huquqiga ega jismoniy shaxsdir.
Mulkdorlar sinfi uch guruhdan iborat:
- daromad keltirmaydigan va shaxsiy maqsadlarda foydalanishga mo'ljallangan mol-mulkka ega mulkdorlar;
- shaxsiy iste'molga mo'ljallangan mol-mulk bilan bir qatorda, qo'shimcha tadbirkorlik daromadi yoki kiritilgan sarmoyadan daromad olish uchun foydalaniladigan aktivlar (sarmoya)ga ega o'rta mulkdorlar;
- yirik xususiy korxonalar, firmalarga ega va ularning faoliyatidan katta daromad oladigan yirik mulkdorlar.
Mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosiy yo'llaridan biri – bu tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakli rivojini ta'minlash katta ahamiyatga ega. Aktsiyalashtirish keng aholi ommasini mulkka egalik qilishga jalb etishning eng samarali vositasidir. Biroq, bu jarayon murakkab, ko'p qirrali bo'lib, u bozor iqtisodiyoti sub'ektlarining manfaatlariga daxldordir. Hozir respublika iqtisodiyotida ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlari juda keng yoyilgan.
Bu jamiyatlarning ustav sarmoyasini tashkil qilishda ishtirok etuvchi ulushlar, odatda, quyidagicha taqsimlanadi:
- davlat ulushi;
- mehnat jamoasi ulushi;
- xorijiy sherik ulushi;
- fond birjalari va qimmatli qog'ozlar bozorlarida, shu jumladan, chet elda ham erkin sotish uchun ajratilgan ulushi.
Davlat va mehnat jamoalariga qarashli aktsiyalar paketlari hajmini Davlat mulk qo'mitasi belgilaydi. Fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan yoki bepul olingan har qanday aktsiyalar ularning mulkdorlari tomonidan qonun doirasida hech bir cheklovsiz sotilishi mumkin. Akiiyalarning qo'shimcha (ikkilamchi) emissiyasi va ularni joylashtirish aktsiyadorlik jamiyati tomonidan amaldagi qonunlarga muvofiq olib boriladi.
Respublikada mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish asta-sekin, biridan ikkinchisiga o'tiladigan uch bosqichda amalga oshiriladi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida ijara korxonalari, kichik, xususiy korxonalar, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo'shma korxonalar, fermer xo'jaliklari, kooperativlar va dehqon xo'jaliklari kabi tashkiliy-huquqiy shakllari tashkil topdi.



Download 34,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish