3. Qadimgi davr tarixining o‘ziga xos xususiyatlari. Markaziy Osiyoning qadimgi davrdagi davlatlari va xalqlari tayanch so‘zlar



Download 30,54 Kb.
bet1/2
Sana01.07.2022
Hajmi30,54 Kb.
#726423
  1   2
Bog'liq
4-MAVZU (5)


4-MAVZU: O‘rta Osiyoning ibtidoiy jamoa va antik davrdagi
tarixiy geografiyasi 2 soat)
REJA:
1. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining o‘choqlaridan biridir.
2. Markaziy Osiyo hududida tashkil topgan qadimgi dehqonchilik vohalarining geografiyasi.
3. Qadimgi davr tarixining o‘ziga xos xususiyatlari.
4. Markaziy Osiyoning qadimgi davrdagi davlatlari va xalqlari

TAYANCH SO‘ZLAR
Markaziy Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tarixiy geografiyasining asosiy jixatlari va xususiyatlari. Temirasri (paleolit, mezolit, neolit) manzilgoxlari tarixiy geografiyasi Jaytun, Kaltaminor, Tozabog‘yob, Amirobod va boshqa madaniyatlar. Eniolit va bronza (o‘trok dexqonchilik manzilgoxlari, ko‘chmanchi qabilalar qo‘rg‘onlari, mozor qo‘rg‘onlar va xokazo) davridagi man-zilgoxlar va aholining tarqalishi. Qadimgi Xorazm, So‘g‘d va Baqtriyaning tarixiy geografiyasi. Ahamoniylar xuk-mronligi davrida O‘rta Osiyo tarixiy geografiyasi (mil.av 6-4 asrlar). Asosiy tarixiy viloyatlar. Aholi joylashuvi. O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasining xususiyatli jixatlari. Shaharlar, davlat birlashmalarining shakllanishi. A. Makedonskiy harbiy yurishlari va Yunon-makedon istilolalari davri tarixiy geografiyasi. Spitamen qo‘zg‘oloni tarixiy geografiyasiga tavsif.

Markaziy osiyo insoniyat olamida juda qadimdan madaniyati rivojlangan, tarixi boy mintaqalardan biri Bu mukaddas zaminda odamzodning ilk ajdodlari faoliyatidan guvoxlik beruvchi ko‘pgina materiallar topilgan. Yaqin kunlargacha fanda Teshiktosh g‘oridan topilan neandertal davri odamining koldiklariga asoslangan holda Markaziy osiyoda eng qadimgi ajdodlarimizning izlari 80-100 ming yillik tarixga ega degan tasavvur mavjud edi. Birok keyingiyillarda janubiy Qozog‘istonda, Tojikistonda eng qadimgi ajdodlarimizning izlari topib o‘rganildi. Shuningdek arxeologlar Toshkent viloyatida(kulbulok) va Fargona vodiysida (Selungur g‘ori)arxeologik kazishmalar o‘tkazib, odamzodning Markaziy osiyodagi ilk faoliyati ashel’ davriga(yaqin bir million yilga) tegishli ekanligini aniqladilar. Endilikda Markaziy osiyo hududi jahonda odamzodning ilk ajdodlari makon topgan mintaqaga kiradi. Bu kashfiyoto‘zbek arxeologlarining jahon tarixiga qo‘shgan munosib xissasidir.


Ibtidoiy ajdodlarimiz dastlab tabiatning tayyor noz-ne’matlarini iste’mol qilib kun kechirdilar. Keyinroq esa, tabiat sirlarini o‘rganishi tufayli bir vaqtning o‘zida dexkonchilik va chorvachilikni kashf etdilar. Bu kashfiyot odamzodni tabiat qulligidan abadiy ozod qildi. Bu voqealar ibtidoiy jamoa tuzumining neolit (yangi tosh) davrida sodir bo‘ldi. Bu inqilobiy o‘zgarishlar Markaziy Osiyoning janubiy rayonlarida miloddan avvalgi V ming yillikda (joytun madaniyati - Kopetdag etak-larida, Qoraqum cho‘lida yangi tosh (neolit) davrida ilk dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalar madaniyati), markaziy va shimoliy rayonlarida esa, miloddan avvalgi III ming yillikda (Kaltaminor madaniyati-Amudaryoning quyi havzasida yangi tosh(neolit) davrida daryo o‘zanlari va kul etaklarida makon topib, ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullangan kabilalar madaniyati) sodir bo‘ldi. Dehqonchilik xo‘jaligi o‘z navbatida hunarmandchilik qator sohalarining rivojlanishiga zamin yaratdi va ular asosida qadimgi sharq sivilizatsiyasining mintaqalari qaror topdi. Kishilik jamiyatida ruy bergan bu inqilobiy o‘zgarishlar dastlab buyuk Nil, Yefrat, Dajla, Hind va Xuanxe daryolari havzalarida yuz berdi. Bu mintaqalarda miloddan avvalgi 4-3ming yilliklarda qadimgi Misr va Mesopatamiya, Hind va Xitoy quldorlik davlatlariga asos bergan Maxonjodoro, Harappa va Yan-shao madaniyatlari tashkil topdi. Kishilik tarixining ilk bor sivilizatsiyasi qaror topgan bu mintaqalar butun insoniyat olamining kelajak taraqqiyotida o‘zining madaniy va xo‘jalik ixtirochilik rolini o‘ynadi. Markaziy Osiyo o‘zining boy tarixi va madaniy dunyosi bilan ana shu kadimgi Sharq sivilizatsiyasi tizimida rivojlanib bordi. Keyingi yillarda arxeologlar Janubiy Turkmanistonda qadimgi sharq sivilizatsiyasining yangi uchoqlarini ochib o‘rgandilar. Anov yoki Nomozgoh madaniyati nomi bilan uzoq o‘tmish tariximizdan muhim o‘rin olgan bu uchoklar Markaziy Osiyo xalqlarining jahon madaniyatiga qo‘shgan benazir hissasidir. Turkmanistonning qadimgi dehqonchilik madaniyati ta’sirida miloddan avvalgi P ming yillik o‘rtalarida O‘zbekistonning janubiy viloyati bo‘lmish Surxondaryo hududida Nomozgoh madaniyatiga o‘xshash Sopollitepa (bundan 3,5-4 ming yil avval janubiy O‘zbekistonda yashagan bobodehqonlarning makoni sifatida tarkib topgan yodgorlik, shahar madaniyatining mahalliy asosi va uning kelib chiqishi, ildizlari janubiy Turkmaniston hududida tarkib topgan qadimgi sharq shahar madaniyati bilan uzviy bog‘liq ekanligi ilmiy asoslandi, O‘zbekistonda shahar madaniyati (kamida ming yilga kadimiylashdi) madaniyati tarkib topdi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining yangi o‘chog‘i- qadimgi Baktriya dunyosi shakllandi.
Qadimgi Baktriya,Sug‘diyena,Parfiya va Marg‘iyonada bronza davridayoq (miloddan avvalgi I I ming yillikda) ilk shaharlar vujudga keldi.
Qadimgi Xorazm haqida gap ketganda ko‘z o‘ngimizda Amudaryoning quyi havzasi rayonlari-Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Toshovo‘z viloyatlari keladi Bu qadimda bir butun yagona hudud, yaxlit madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan. Bu maskanda ilk Xorazm davlati tashkil topgan. Sug‘diyona qadimda hozirgi Samarkand, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlari hududida tashkil topgan. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Sug‘d yerlari Eron Ahamoniylariga katta jarima to‘lab turuvchi tobe yurtlardan biri bo‘lgan. Uning xalqi Spitamen boshchiligida Iskandar Zulqarnayn lashkarlariga qarshi mardonovor kurashgan Sug‘diyona miloddan avvalgi III asr o‘rtalarida Yunon-Baktriya podsholigi tarkibida keyinroq esa, buyuk Kushonlar saltanati qo‘l ostida rivojlandi. Milodiy eraning II asrida u Kang davlatiga qarar edi. Uning bosh shahri Samarkand Sharq bilan G‘arbni iqtisodiy jihatdan bog‘lab turuvchi "buyuk ipak yo‘li"da Sharq darvozasi rolini o‘ynadi. Sug‘d savdogarlarining savdo faktoriyalari, karvonsaroy va qishloqlari Yettisuvda (Balxash, Sassik kul, Olakul, Jungariya olatovi va shimoliy Tyan’shan oraligida joylashgan) Sharqiy Turkistonda (xozirgi Sin’tszyan-uygur avtonom rayonidagi tarixiy viloyat), Xitoyning qator shimoliy viloyatlarida, xatto butun Sibir’ viloyatlarida kad ko‘tardi. Baqtriya O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati, janubiy garbiy Tojikistonerlari, shimoliy Afg‘oniston tashkil etgan. Bu yurt ham o‘z vaqtida Eron ahamoniylariga tobe sifatida katta jarima to‘lardi Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib, I. Zulkarnaynga bo‘yin egdi. Bu hududda miloddan avvalgi III asrda Yunon-Baqtriya davlati tashkil topdi. Bu yurtda miloddan avvalgi 8-7 asrlarda Qadimgi Baktriya podsholigi tashkil topdi. O‘zbekistonhududidagi eng qadimgi shahar shu yurtda shakllandi, Markaziy Osiyo hududidagi voha aholisi sug‘diylar, xorazmiylar, baktriyaliklar, parkanlar, chochliklar nomi bilan yuritilib, ular yashagan vohalarni urab olgan dasht aholisi umumiy nom bilan saklar deb yuritilgan. Sak yoki skif nomi bilan atalgan dasht aholisi asosan chorvachilik bilan shug‘ullangan. Avestoda Eron va Turon zamin aholisi xakida gap ketganda Amudaryoning chap sohilida yashovchi aholini dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi xalq, o‘ng tomonda, ya’ni shimolda yashovchi aholining asosiy mashg‘uloti chorvachilik deb tushunilgan. Anu shu chorvadorlar turlar deb atalib, ularning yurti esa, Turon deb atalgan. Markaziy Osiyoning qadimgi davri miloddan avvalgi VIII asrdan to IV asrgacha bo‘lgan tarixiy jarayonni o‘z ichiga oladi. Bu davr ikki boskichdan iborat. Uning birinchi boskichi miloddan avvalgi 8-4asrlarni kamrab oladi. Bu davr Markaziy osiyo tarixining arxeologik davriy tizimida ilk temir davriga tug‘ri keladi. Markaziy osiyo qadimgi dunyosining ikkinchi boskichi esa, miloddan avvalgi IV asr oxirlaridan to milodiy IV asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr tarixi Markaziy osiyoda quldorlik davlatlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va ularning inqirozga yuz tutishi bilan tavsiflanadi. Qadimgi dunyoning dastlabki bosqinchilik temir davridir. Kishilik tarixida ilk temir davrining boshlanishi bilan yangi tarixiy zamon boshlanadi. Bu davr bilan bog‘liqholda jamiyat iqtisodiy-ijtimoiy hayotida tub o‘zgarishlar yuz beradi. Arxeologik materiallarning guvohlik berishicha, bu davrda 4 ta sohada tub o‘zgarishlar yuz beradi:
1. Mehnat qurollari ishlab chiqarish va uy-ro‘zg‘or buyumlari yasashda ilk bor temirdan foydalanishga o‘tiladi, temirning ishlab chiqarishga kirib kelishi mehnat unumdorligining keskin darajada rivojlanishiga olib keladi;
2. Bu davrda magistral kanallar qurish boshlanadi. Bu esa, sun’iy sug‘orish tizimini yaxshilaydi, dehqonchilik va undan keladigan doimiy daromad aholining ishonchli yashash manbai bo‘lib qoladi;
3. Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi punktlarida nufuzli jamoa a’zolarining atrofi mudofaa devorlari bilan o‘ralgan qarorgohlar paydo bo‘ladi, ya’ni hokim o‘rdasi(tsitadeli) rasmiylashadi.
4. Chorvador aholi orasida qabila oksoqollari va ularning bahaybat oilaviy mavzoleylari vujudga keladi.
Ilk temir davrining yuqorida sanab o‘tilgan 4 ta xususiyati Markaziy Osiyo aholisi hayotida tub ijtimoiy-iqtisodiy va mulkiy o‘zgarishlar yuz berganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga ular ilk temir davri jamiyat tarkibi, madaniyati va siyosiy tuzumi haqida fikr yuritishga imkon yaratadi. Agar biz ana shu mezondan kelib chiqadigan bo‘lsak, Markaziy Osiyo qadimgi dunyosining dastlabki bosQichi harbiy demokratiya prinsiplari asosida qurilgan boshqaruv tizimini ko‘ramiz. Bu boshqaruv tizimi boshida qabila asl zodalari, qabila oqsoqollari va kohinlar turgan Markaziy Osiyoning shimolida xususan, qadimgi Xorazmda ilk temir davrining ana shu 4 xususiyatidan 2 tasi Markaziy Osiyoning shimoliy sharqiy viloyatlarida (Fargona vodiysi va Toshkent vohasida) 1 tasi va janubida esa, 3 tasi o‘z ifodasini topgan. Arxeologik materiallarda namoyen bulgan ilk temir davrining bu xususiyatlari Markaziy Osiyoda xuddi shu davrda agrar taraqqiyot yo‘nalishi asosida shaharlarning paydo bo‘lishi jamiyatning sinflarga bo‘linishi va dastlabki harbiy demokratik davlat uyushmalarining paydo bo‘lishidan guvohlik beradi. S P Tolstoy "Katta Xorazm"davlatining tashkil topish bosqichini xuddi shu davr tarixiy jarayoni bilan bog‘laydi. Shuningdek, "Qadimgi Baqtriya"podsholigi ham shu davrda tarkib topgan edi. Bu davrning eng muhim xususiyatlaridan yana biri Markaziy Osiyoda aniq hududiy chegaraga ajralgan 2 ta xo‘jalik majmuining tashkil topishi edi. Birinchi xo‘jalik majmui ko‘chmanchi sak kabilalariga xos bo‘lib, ularning chorvachilik xo‘jaligida bu davrda mulkiy tengsizlikning o‘sishi kuzatiladi. Ikkinchi xo‘jalik majmui esa, sug‘orma dehqonchilik asosida kurilgan ziroatchilikning utrok xo‘jalik yuritishi faoliyati bilan boglik edi. Shu davrda dexkonchilik olamida bir necha tarixiy madaniy xo‘jalik viloyatlari dexkonchilik markaz-lari tarkib topgan. Antik davrga kelib, bu markazlarda o‘sha davr sivilizatsiyasining eng qadimgi uchoklari paydo buldi. Bular Qadimgi Baktriya, Sug‘diyona, Marg‘iyona (geografik hudud-Turkmanistonning Mari viloyati), Parfiya (Turkmanistonning Ashgabad viloyati va unga yaqin bulgan shimoliy-sharqiy Eronerlari karagan,aholisi Parfiyaliklar), Xorazm, Choch (Sirdaryoning o‘rta xavzasi, xozirgi Toshkent viloyati va janubiy Qozog‘istonerlari), qadimgi Fargona va Usturshona(ilk o‘rta asrlarda xozirgi Jizzax va Xujand viloyatlariga tegishli hududlar shu nom ostida tushunilgan) edi. Ularning har biri chukur ildiz otgan o‘z moddiy madaniyatiga ega. Shu bilan birga ularning moddiy madaniyati Markaziy osiyo mintaqasiga xos umumiylik uxshashlik shuningdek, aloxidalik xususiyatlari ham mavjud.
Dexkonchilik olamida ruy bergan muxim xususiyat shundaki,bu davr moddiy madaniyatida 2 zona buylab rivojlanish davom yetdi. 1-chi zona Amudare, Zarafshon va Qashqadaryo xavzalari doirasidagi, 2-chisi esa, Sirdaryo xavzasi doirasidagi viloyatlarni kamrab olgan edi. 1-chi zonada qadimgi Baktriya, Sugd, Xorazm davlatlari mavjud bo‘lib,ularning moddiy madaniyatida qadimgi sharqsivilizatsiyasi yutuklari asosida tashkil topgan yo‘qsak rivojlangan dexkonchilik an’analari etar edi. Bu zona xunarmandlari kulolchilikda kulolchilik charxidan keng foydalanganlar va ular ishlab chikargan maxsulotlar tovar harakteriga ega bulgan. 2-chi zona tarkibiga Choch,qadimgi Fargona va Usturshona viloyatlari kirgan. Bu zona moddiy madaniyatida 1-chi zona hunarmandchilik xujaligida ko‘zatilgan yuksaklik kurinmaydi. Ayniksa, bu koloklik kulolchilikda ko‘zga yakkol tashlanadi. Markaziy osiyo qadimgi dunyosining 3-chi muxim xususiyati bu ulkada urbanitsik taraqqiyotning o‘ziga xosligi va kuldorlik davlatlarining vujudga kelishi edi. Markaziy osiyo qadimgi tarixining 2-chi boskichi boshlarida uning janubida 2ta davlat tarkib topdi. 1-chisi yunon-Baktriya davlati, 2-chisi Parfiya podsholigi. Shuningdek, ular bilan deyarli 1 vaqtda Markaziy osiyoning shimolida yarim ko‘chmanchi va yarim utrok Kanguy (Xitoyliklar tushunchasida Davandan garbda joylashgan yurt xozirgi Toshkent vohasi, Chimkent viloyati va Sirdaryoning quyi xavzasidagi yerlar) va Davan (Xitoyliklar tushunchasida Fargona vodiysi) davlatlari ham tarkib topdi. Milodiy eraning boshlarida Markaziy osiyoning janubida Kushonlar davlati paydo buldi. Markaziy osiyo ka-dimgi dunyosining 4-chi muxim xususiyati shundaki, shu davr 2-chi boskichi davomida san’atda, me’morchilikda, mudofaa inshootlari kurilishida hunarmandchilikning qator tarmoklari doirasida nixoyat o‘sha zamon mafko‘ra-sida yunon madaniyati an’analari ma’lum darajada o‘z aksini topa bildi. Eng muximi shuki, aynan shu davrda turkiy zabon kabilalarning Markaziy osiyoning ichki rayonlariga faol kirib kelishi yuz berdi. Bularning hammasi Markaziy osiyo xalqlari tarixidagi eng muxim voqealar bo‘lib, xalqimiz utmish tarixining murakkab saxifalaridan guvoxlik beradi. Dastlabki kuldorlik davlatlari Salavkiylar, Yunon-Baktriya, Qadimgi Xorazm, qadimgi Farg‘ona, Kang davlatlari katta yer egalari sifatida ishlab chikarish obyektlari va kurilish inshootlari mulkdori sifatida kul mexnatidan keng kulamda foydalanmaydilar. Chunki o‘sha zamon jamiyati asosida yerkin jamoa a’zolari tashkil etadi. Fakat Kushrnlar saltanati davridagina kul mexnatidan davlat mikesida foydalanish kuchaydi. Birok u ham cheklangan edi.
Markaziy osiyoning tabiati va xo‘jaligi xakidagi xalqlari hayoti xakidagi ilk manba zardushtiylik dini-ning mukaddas kitobi "Avesto" xisoblanadi. Avestoyer av 7-6 asrlarda paydo bulgan. Bu asrda markaziy osiyoning qadimgi davlatlari Xorazm, Sug‘diyona,Baktriya,Marg‘iyona kabi davlatlar tabiati go‘zal va boy kurkam mamlakatlar sifatida tilga olinadi. Bu davrga oid geografik tasavvurlar Bexitsuye ezuvlarida hamo‘z ifodasini topgan Bexistun toshlariga Markaziy osiyo qishloqxalqlari,qadimgi viloyatlar, ulkaning qadimgi tabiati va xu-jaligi xakidagi ma’lumotlarning yer av 6-asrda ezib koldirishgan. Bu davrga oid geografik tasavvurlar bizga ma’lumki yer av 7-6 asrlarda markaziy osiyoda Eroniy forslar xukmronlik kilgan va ulka tabiatiga oid geografik tasavvurlarga ega bulgan. Mana shu manbalardan bizgacha etib kelgani Yunon va kisman Xitoy manbalaridir. Bu manbalar ichida 5-asrda yashagan yunon olimi Gerodot qadimgi fors manbalari asosida tuplagan geografik ma’lumotlari dikkatga sazovordir. Uning asarlarida o‘shavaqtda Markaziy osiyo hududlarida yashagan issedonlar xakida kizikarli ma’lumotlar Yunon va Rim olimlari Kvint Kurtsiy Ruf(1 asr),Strabon(mil.av 1 asr), Pliniy sarshiy (eramizning 1 asri), Arrian (2 asr), Plutarx(1-2asrlar) Ptolemey (2 asr), Polibey (mil.av 2 asr), Pompey Trog (eramizning 2 asri) kabi olimlarning asarlari orkali bizgacha etib kelgan. Bu asarlarda gullab-yashnagan ulka Sug‘diyonaning orfografi va gidrografi obyektlari tasvirlangancha tushurilgan. Yunon va Rim manbalarida Amudare-oks, Sirdaryo-yaksart, Zarafshon-Politiliy deb ezilgan. Zarafshon daresi xakida eramizning SH asrida yashab ijod etgan Kvint Kurtsiy ham yaxshi ma’lumot ezib koldirgan. Jumladan,Sug‘diyonaning katta kismini maxalliy aholi Pameshden deb ataydigan dare okib utadi. U avval tor o‘zandan okib utadi. So‘ngra tor g‘orga okib to‘shadi va ko‘zdan g‘oyib buladi. Birok har doim darening mavg‘yeyi eshitilib turadi yer usti esa,doimiy ravishda zax deb utiladi. Mana shunga uxshash fikrlar Rufning za-mondoshi Strabon asarlarida ham bayen etilgan Strabon o‘zining 17 ta kitobidan iborat "Geografiya"nomli asarida Markaziy osiyodagi chullar va darelar urni asosiy xususiyatlari va asosiy tafovutlarini ko‘rsatib utadi Chunonchi,u tajang va Murgob darelari xavzasidagi ulkaning obod va yaxshi joylar ekanligini ta’riflaydi Strabon asosiy darelardan Sirdaryo xakida fikr bildirib, Sirdaryoni Sug‘diyonaning sharqiy chegarasi deb xisoblaydi va darening shimoliy sharqida skif kabilalari yashashini e’tirof etadi Antik davr Yunon olimlaridan Klavdiy Ptolimey Markaziy osiyo tabiiy geografiyasiga oid aniq va nisbatan mukammal ma’lumotlarni yozib koldirgan Ptolemey 90-168yillarda yashagan mashxur geograf,matematik,fizik va astronom olimdir U kartograf va mamlakatshunos sifatida mashxur bo‘lib 8-tomlik "Geo-grafiyanoma"asarini yozib koldirgan U geografiya asarining 6-chi kitobida markaziy osiyoning tekislik kismi tabiati va aholisi,asosiy karvon va shaharlarini keng tasvirlaydi Bundan tashkari u o‘zi tuplagan barcha ma’lumotlarni tuplab,shu jumladan savdogarlar, sayexlar, tabiatshunoslar va tarixchilar ma’lumotlari asosida 27 kartadan iborat "Dunyo kartasini"tuzadi Gradus turi asosida ishlangan bu haritalar o‘z davriga nisbatan ilmiy jixatdan Yuqori darajaga ega bo‘lib,23kartasida Markaziy osiyoning 81-147shk va 35-63 shk orasidagi kismi tasvirlangan Bu kartada Amudare, Sirdaryo, Zarafshon darelari, Tajang, Murgob darelari tushirilgan Undan tashkari Ptolemey haritasida Amudare bilan Sirdaryo orasidagi yerlar Transoksiana ya’ni Oks-amudarening narigi egidagi yerlar deb atalgan Bu kartada o‘rik geo-grafik nomlardan Sug‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya va Baktriya, Ariya kabi davlatlar bilan birgalikda Marokanda, tribaktra, Guriana kabi shaharlar hamko‘rsatilgan O‘rik darelar boshlanuvchi Koshdi, Sugdi, Ikaus, Baktriya, Abzay va boshka toglar ham tasvirlanadi.
Ptolemey kartasida garchi ayrim chalkashliklar bo‘lsada, birok keyingi davrlardagi Markaziy osiyo xakidagi geografik bilimlarning rivojlanishiga asos buldi Markaziy osiyo tabiati xakida geografik bilimlarning, tasavvurlarning shakllanishida antik davr Yunon-Rim manbalari bilan birgalikda Xitoy manbalari ham muxim ahamiyat kasb etadi (Si-Ma-tsyan mil av 11-1asrlar "Istoricheskiye zapiski", Ban’ Gunn mil.av 1-asr "1-chi Xan dinatsiyasining tarixi") Xitoy tarixchi va sayyoxlari YA Bichurin inqilobdan oldin I.Grigoryev, I Mushketov, S.Umrzokov tomonidan ancha keng o‘rganilgan Mazkur tadkikotchining sezishicha, Xitoy elchisi Chjan Tszyan yer av 11-asrda Markaziy osiyoga sayohat kilan va bu sayohati davomida xilma-xil tarixiy va geografik ma’lumotlar tuplagan Chjan Tszyan Ili vodiysi(xozirgi Kirgizistonning togli vodiysi)manzarasini,janubiy Qozog‘istonning togli vodiylari dasht va chullarining tabiati xakida fikr yuritgan Shuningdek,sayex o‘z-o‘zidan boshka Xitoyliklar tuplagan manbalar asosida yer av asrlardayek Markaziy osiyo va Qozog‘iston tog tizmalari tasvirlangan haritalarni yaratishgan Bu haritalarda Qirg‘iziston tizmasi,Talas olatogi KAQShaltov tog tizmalari, Balxash va Issikkul,Chuv daresi va shaharlar tasvirlangan.
1 Antik davr ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, Markaziy osiyo tabiiy geografiyasi o‘rganganlik va o‘zlashtirganlik darajasi ilk sivilizatsiya markazlaridagi ilmiy darajalarga yaqin bulgan.
2 Antik davr geografik ma’lumotlari mukammal bulmay nisbatan kamchiliklardan ham xoli emas. Ulkaning ko‘plab obyektlari xakida ma’lumotlarning yo‘qligi, maxalliy aholining bu davrga oid geografik bilimlarning saqlanib kolmaganligi antik davrga xos xususiyatlardir.
3 Markaziy osiyo xakidagi antik davr geografik ma’lumotlari ancha cheklangan va xatto kamchiliklari bulsada, birok keyingi tarixiy boskich o‘rta asrlarning impirik bilimlari va nazariy umumlashmalari uchun zamin yaratadi.
Qadimiy yozma manbalarga qaraganda,mil.av.1ming yillikning o‘rtalarida O‘rta Osiyo hududida ilk davlatlar bulgan. Bu davlatlar Atrea, Gurgon, Murgob, Kundo‘z daryolarining xavzalarida Amudare,Zarafshon etaklarida joylashgan.
Mil av 6-5asrlarda toshga uyib ezilgan Ahamoniy yozuvlarida saklarning 3 kabilaviy birlashmalari kursatib utilgan.
"Saka-tigraxauda"-bular Sug‘diyonaning shimoli-sharqida, Sirdaryoning ung tomonida Toshkent oblatsi, Yettisuv,janubiy Qozog‘istonerlarida yashaganlar. Tadkikotchilarning aytishlaricha,bu nomni "chukkoyma kalpok kiygan saklar" deb tarjima kilish mumkin.
"Saka-tiay-taradaraye"- "dare naregidagi saklar" Qadimiy Eron tilida "dare" so‘zi dengiz yoki dare degan ma’noni ham ifodalar edi. Shu sababli saklarning bu kabilalarini "dengizning naregidagi saklar" degan nom bilan ham ataganlar. Bu kabilalar Sirdaryo va Orol dengizi etaklarining narigi tomonida yashaganlar.
"Saka-xaumavarka"-qadimiy Eron manbalarining ma’lumotlariga karaganda, bu kabilalar Markaziy osiyoning markaziy va janubiy kismida yashaganlar Sug‘diyona, Baktriya, Xorazm va boshka viloyatlarning nomlari bulgan xolos, lekin shu viloyatlarda yashagan aholining nomlari xech kayerda tilga olinmaydi. Saka-xaumavarga jangovor kabilalarning katta ittifoki bulgan deb kat’iy aytish mumkin. Bu kabilalarning bir kismi utroklik xolatiga ko‘chib, dexkonchilik bilan shugullana boshlagan. Natijada, ularning katta kismi toglarda, chullarda ko‘chib yurgan utrok bo‘lib yashagan kabilalar esa, "Sugdlar, Baktriyaliklar, Fargonaliklar" deb ataladigan bo‘lib kolgan A.Makedonskiy istilosiga kadar, bu kabilalar Sirdaryoning quyi okimidagi yerlarda va Orol dengizining shimolida yashaganlar.
Turli qadimgi tillar yozma manbalardagi Baxdi, Bak-trish, Baktriyena, Baxli, Baxlika(xind manbalari) o‘rik ulka va davlatning nomidir Baktriya bu baxdi, baktra da-resi (xozirgi balxob) nomi bilan bog‘liqdir. Baktriya yerlari-bu Afg‘onistonning shimoli-sharqiy kismini, janubiy Tojikiston, Surxondare viloyatini o‘z ichiga olgan "Avesto" ning yasht kitobida tilga olingan "Sugd makoni Gava"-Sug‘diyonaning eng qadimgi viloyati bo‘lishi mumkin.
Sug‘diyona- bu Zarafshon, Qashqadaryovohalarida joy-lashib, janubi-sharqda Baktriya va shimoli-garbda Xorazm bilan chegaradosh bulgan. Sug‘diyona muxim savdo yo‘llarining chorraxasida joylashgan. Sug‘diyonaning markazi Marokanda shaxri bulgan Sugd tilida Smorakanda, olimlar fikriga ko‘ra, uchrashuv,anjumanlar joyi" Sug‘diyonaning Yerkurgon, O‘zunkir degan shahar markazlari ham bulgan.
Xorazm "Avesto"da Xvarizam,qadimgi fors tilida Xvarazmish, qadimgi Yunon tilida Xorosmiya deyilgan. Xorazm edg‘orliklari mil.av 1X- SH asrlarga oid Amirobod madaniyati nomi bilan atalgan.
"Katta Xorazm" davlati tarkibiga Girkanlar, Parfiyaliklar, sarashlar va tamakeylar yerlari ham kirgan Xorazm davlatining markazi Marv va Xirot atrofida bulgan. Mil.av 6-asrning o‘rtalariga kelib, Ahamoniylar podshosi Kir-11 o‘z lashkarboshisi Garpakka kichik osiyodagi shahar davlatlarni bosib olishni buyuradi. O‘zi esa, Bobil, Markaziy osiyo hududlariga viloyatlarni (Baktriya, Xorazm, Sug‘diyona, Marg‘iyona va boshkalar) va Misrni bosib olishga tayergarlik ko‘ra boshladi.
Qadimgi dunyo mualliflari Gerodot, Ksenofont ma’lumotlaridan xulosa chikaradigan bo‘lsak, mil.av 545-539 yillarda Kir-11 sharqiy Eron viloyatlari va Mar-kaziy osiyodagi Xorazm, Sug‘diyona, Marg‘iyona viloyatlari va sak kabilalarini o‘ziga buysundiradi. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, Kir 11 markaziy osiyoni kay tarzda bosib olganligi to‘g‘risidaaniq ma’lumotlar saklanmagan.
Mil.av 539 yil Kir-11 Bobilni buysundirib, Misr yurishiga tayorgarlik ko‘radi. Lekin markaziy osiyodagi axvol bu yurishni keo‘nga koldirishga majbur kildi. Ko‘chmanchi massaget kabilalari Ahamoniylar davlatiga xujumlar kilib, utrok Eron kabilalariga anchagina ziyen etkazar edilar. Kir11ning ikkinchi yurishi maxalliy aholining qattiqqarshiligiga uchragan va ko‘chmanchi massagetlar tomonidan tor-mor etilgan Massagetlarga Tumaris boshchilik kilgan Jangda Kir11 xalok bulgan.
Mil.av 522 yil sentabrida Doro 1 taxtga utirdi. U taxtga utirishi bilanok, bosib olingan ko‘pgina viloyatlarda qo‘zg‘olonlar kutariladi 522 yilning oxirida Marg‘iyonada kutarilgan Fraada qo‘zgoloni Baktriya satrapi Dodarmish tomonidan ayevsiz botsiriladi Mil av 519-518 yillar saklar Skulxa boshchiligida qo‘zg‘olon kutaradi lekin bu qo‘zg‘olonham bostiriladi.
Qadimgi davr muallifi Loshen o‘zigacha etib kelgan sak afsonalaridan foydalanib, jasur Shirok obrazi orkali saklarning ahamoniylarga qarshi kaxramonona kurashini xikoya kiladi. Bunga ko‘raShirok Doro1 kushinlarini xiyla bilan suvsiz saxroning o‘rtasiga boshlab boradi va o‘z yurtini shu tarika boskinchilardan saklab koladi.
Ahamoniylar Eronini buysundirgach, A.Makedonskiy Markaziy osiyoga xujum kiladi Mil av 329 yilning baxorida A.Makedonskiy kushinlari Oks(Amudare) buylariga etib keldi. A.Makedonskiy Termizning garbiy tomonidan Amudaredan so‘zib utadi. Oksdan so‘zib utgan Yunon-makedon kushinlarining dastlab Ptolemey Lag boshchili-gidagi ilgari keyinroq esa, asosiy kushinlar Nautaka viloyatiga kirib bordilar. Bu yerdan esa, Iskandar kushinlari Sug‘diyona poytaxti Marokanda(Samarkand) shaxriga yul oladilar A Makedonskiy Marokandani osonlik bilan egallaydi va bu yerda bir garnizon koldirib,o‘zi shimoli-sharq tomon harakatlanadi. Lekin endigi yurishlar Yunon-makedonlar uchun og‘ir kechdi.
Sug‘aholisi bir tan bir jon bo‘lib, boskinchilarga qarshi chikdi. Eng og‘ir janglar Usturshonaning tog‘li xududlarida bo‘lib utdi Bunday janglarning birida Iskandarning katta kio‘nchilik bilan maxalliy aholining qarshiligini sindirdi Ko‘p utmay Baktriya va Sug‘diyonaning ko‘pgina joylarida Iskandarga qarshiqo‘zg‘olonlar kutarildi. Iskandar ikki kun ichida Yaksart buo‘dagi beshta shahardagi qo‘zg‘olonlarni ayevsiz botsiradi. So‘ngra Yunonlar qo‘zg‘olon markazi bulgan kiropolni kamal kiladi. Shu yerda Iskandar ham yaralanadi Kiropol bosib olinadi.
329 yil ko‘zida Spitamen Sugdda qo‘zg‘olon kutaradi. Spitamen Marokanddagi Iskandar koldirib ketgan gar-nizonni kirib tashlab, shaharni egallaydi. Iskandar yuborgan Forluk boshchiligidagi kushin Spitamendan Yaksart buyida markaziy osiyodagi so‘nggi tayanch nuktasi Aleksandriya esxatini barpo kiladi. So‘ngra u Marokanda tomon yurish kiladi va Zarafshon aholisidan qattiq uch oladi Spitamen chulga chekinadi. Iskandar Baktriyada kishlaydi Iskandarga Klark boshchiligidagi yangi kuchlar kelib kushildi. 328 yildagi janglarda Yunon-makedonlar Spitamen ustidan galaba kozonadi. Spitamen shundan so‘ng, saklar yurtiga kochib ketadi. 328 yilning oxirlarida Spitamen saklar yurtida xiyonatkorona uldiriladi Lekin Spitamen xalok bo‘lsada Sug‘d xalqi boskinchilarga buysunishni xoxlamas edi.
Iskandar endi maxalliy zadagonlar bilan yaqinlashadi. Oksiart kizi Roleanaga uylanadi. Maxalliy zadagonlar ham Iskandar xizmatiga uta boshlaydi. Mil av 327 yil oxirlaridagina Sug‘diyona Iskandar tomonidan batamom bosib olinib, qo‘zg‘olonlar bstiriladi Iskandar esa, Hindiston yurishiga otlanadi. 10.X1-XSH asrlar Markaziy osiyo tarixiy taraqqiyotining asosiy xususiyatlari?
Iskandarning ulimidan keyin aniqrogi mil.av 323 yilda viloyat satraplari (xokimlari) o‘rtasida xukmronlikka intilish kayfiyati kuchaydi. 3000 mingdan ortik Yunonlar esa, o‘z vatanlariga kaytish maksadida yo‘lga otlandilar. Iskandarning yirik lashkarboshilaridan biri bulgan Salavka qo‘zg‘olonchilarni bu yuldan kaytarishga intildi. Birok bundan natija chiqmagach, ularni o‘z koniga botirdi. Ammo lashkarboshilar o‘rtasida xokimiyat uchun kurash tobora kuchaya bordi. Ko‘plab konli janglardan keo‘n imperiya garbiy viloyatlarining xokimi Salavka mil.av 312 yilda Vavilonda o‘z xokimiyatini mustaxkamladi. Salavka mil.av 311-302 yillarda boshka satraplar bilan jang kilib, sharqda o‘z xukmronligini batamom mutsaxkamladi. Shunday kilib Salavka 1 Parfiyaliklar, Baktriyaliklar, Sugdiylar, Girkanlar utsidan o‘z xukmronligini urnatdi. Keyinchalik Salavka 1 ning merosxo‘ri Antio XP davrida Salavkiylar davlati tarkibidagi satrapliklar yana o‘riklashdi.
Sharqiy viloyatlar Salavkiylar davlatining iktisodiyotida muxim urin tutgan. Shu maksadda Salavka 1 mil.av 293yilda o‘zining ugli Antioxni Sharqiy viloyatlar xukmdori kilib tao‘nlaydi. Salavka 1 va Antioxlar davrida yangi shaharlar barpo etish masalasiga katta e’tibor berilgan. Yunon tarixchisi Iliyniyning ezishicha Marg‘iyonada Iskandar qurdirgan shaharni (Aleksandriyani) maxalliy aholi (yunonlar maxalliy aholini "varvarlar"deb ataydi) bo‘zib tashlaydi. Uning vayronalarida esa, Antiox yangi shahar barpo etib, uni "Antioxiya"deb atagan.
Mil av SH asrda sodir bulgan tarixiy voqealarni eslar ekanmiz, birinchi navbatda ko‘chmanchilar harakati ko‘z ungimizga keladi. Bir tomondan Xunnlarning sharqiy Turkistonga kirib kelishi, ikkinchi tomondan u yerdan oyechjilarning g‘arbga chekinishi, ularning beshta kabila ittifoki asosida Fargona vodiysiga kirib kelishi, u yerdan Jizzax va Samarkand orkali janubiy Sug‘diyona ya’ni NAQShabga kirib kelishi so‘ngra, ularning Baktriya tuprogida qaror topishi ko‘zatiladi.
Salavkiylar davlatining siyosiy va iqtisodiy ildiziga yerli ko‘chmanchilar ko‘p putur yetkazgan. Masalan, mil.av 4-asrning oxiri SH asrning boshlarida ko‘chmanchi dax kabilalari (o‘z vatani Ikki dare oraligidan chikib) amudarening chap soxiliga xozirgi janubiy Turkmanistonerlariga yurish kiladi va Marg‘iyonada Iskandar kurdirgan Aleksandriyani vayron etadilar. Mil.av 280 yilda Salavka 1 vafot etadi. Antiox 1U ning to‘ng‘ich ug‘li sifatida Salavkiylar davlatiga bosh bo‘lib koladi. Shu yildan boshlab Antiox 1 ning faoliyati sharqiy viloyatlarda sezilmaydi. Chunki garbiy viloyatlardagi harbiy vaziyat uning kushin bilan birga bo‘lishini takozo etadi.
Markaziy osiyoning Salavkiylar davlati tarkibida bo‘lishi bu zaminda xalqaro savdoning rivojlanishiga turtki buldi. Markaziy osiyoning garbiy va janubiy mamlakatlari xalqi bilan savdo kilishga keng imkoniyatlar tug‘ildi. Shu bilan birga maxalliy savdo ham rivoj topdi.
Salavkiylar sulolasi xukmronlik kilgan davrda ularning davlatida Yunon-makedonlar harbiy kuchiga tayanib, shavkatsiz repressiyalar siyesati utkazilaverdi. Ular maxalliy madaniyatning rivojlanishini har tomonlama cheklab kuydilar. Fakat Yunon madaniyatini va uning shuxratini oshirish bilangina shugullandilar.
Yunon-makedoniyaliklar harbiylarning Baktriyada va Sugdda yarim asr davom kilgan xukmronligi maxalliy aholi madaniyatini boo‘tishga yerdam bermadi. O‘sha zamonda bizga etib kelgan juda kam mikdordagi edg‘orliklar Markaziy osiyoda yunonlar ta’siri tarkalganligidan dalolat beradi.
Salavkiylar maxalliy aristokratiya bilan Yunon-makedoniyalik aritsokratiyani keltirish siyesatidan voz kechganliklari va xalq ommasining istilochilarga qarshikurashi asta-sekin kuchao‘b borganligi, uning natijasida mil av SH asr o‘rtalarida Yunon-baktriya davlati ajralib chikadi. Bu davlat kuldorlikka asoslangan bo‘lib, salavkiylarning Baktriyadagi vorisi Diodot tarafidan asos solingan markazlashgan monarxiya shaklidagi yunon-baktriya davlati teppasida podsho to‘rgan Baktriyaning Salavkiylardan ajralib chiqishiga Diodotdan tashkari Yevtidem ham aralashgan U xuddi o‘shavaqtda Sug‘diyona xokimi bo‘lib, u Diodotga tobe edi. O‘sha kezlarda Baktriyada Salavkiylarga qarshi maxalliy aholiqo‘zg‘olon kutaradi. Diodot esa bundan o‘z foydasiga foydalanadi. O‘z mustakilligiga yerishgan Baktriya Diodot 1 davrida kudratli davlatga aylandi. Oliy xokimiyat uchun kurashgan Yevtidem mil av 212 yilda Yunon-baktriya davlatining podshosiga aylanadi. U o‘z xukmronligining dastlabki yillarida Baktriyada o‘z mavkeini mustaxkamlash bilan shug‘ullandi. Mil av 199-167yillar mobaynida Demetriy (Yevtidemning o‘g‘li)xukmronlik kilgan. Uning xukmronligi davrida Baktriyaning hududi kengayadi Isloxotlar utkaziladi. Uning zamonasida Amudare soxilida Termiz shaxri qad ko‘taradi. Bu shahar Yunon-baktriya davlatini ayniksa Hindiston ulkasining shimoliy viloyatlari bilan iktisodiy va savdo alokalarini rivojlantirishda muxim rol uynadi. Xullas, Yevtidem, Demetriy, Yevkratid Hindistonning shimoli-garbiy kismi, Amudare Sirdaryoo‘rtasidagi katta yerlar kushib olinadi. Davlatning poytaxti shimoliy Afg‘onistondagi Baktro shaxri edi. Davlat bir necha satrapliklarga bulingan bo‘lib, ma’lum darajada mustaqil bulgan Yusak darajadagi iqtisodi, hunarmandchiligi shaharlari bilan mashxur buldi. Ellin madaniyati va maxalliy madaniyatlarning kushilishidan o‘ziga xos madaniyat yaratilgan. Tovar-pul munosabatlari yusak bo‘lgan Pul tizimi kumush va bronza tangalardan iborat bo‘lib at-tik(tetradraxma) tangalaridan iborat bulgan.
Mil.av 11 asrning 4-chi choragida (ba’zi manbalarda aytilishicha, mil.av 166yilda) Yunon-baktriya podsholigi sak va yuyechji kabilalari tomonidan istilo kilinadi. Yunon manbalarining ezishicha bu davlat asiy, pasian, sak va tohar kabilalari tomonidan barham berilgan Xitoy manbalari esa, Yunon-baktriya podsholigini fakatgina yuyechji kabilalari istilo kilganlar deb ezishgan.
Sirdaryoning o‘rta okimlarida xozirgi Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hamda janubiy Qozog‘iston yerlarida yashovchi qadimgi shak kabilalarining makedoniyalik Iskandar kushinlari va Salavkiylarga qarshikurashlari jarayonida mil.av SH asrda yarim o‘trok Kang davlati tashkil topdi. Bu davlat xalqining asosini shu yerda yashovchi tub yerli aholi bir kancha ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchiqabilalar tashkil etgan. Bu zaminda yashlvchi qadimgi Eron tilida so‘zlashuvchi tub yerli xalqlar janubiy Sibir, Oltoy,sharqiy Turkiston, Yettisuv viloyatlarida yashovchi turkiy tilda so‘zlashuvchi kabilalar bilan yaqinlashadi. Natijada mil.av 11-1 asrlarda Sirdaryoning o‘rta okimlari rayonlarida turkiy tilda so‘zlashuvchi yangi etnos vujudga keladi. Milodiy eraning boshlarida bu yangi etnos son jixatidan ko‘payib ko‘pgina viloyatlarda o‘z ustunligini ta’minlay va ular aloxida kangar elati bo‘lib shakllanadi. Ana shu elat birligi asosida tarkib topgan Kang davlati o‘zbek xalqi tarixida rosa yetti asr yashadi. Kang davlatining yemirilishi bilan(5-asr o‘rtalarida) uning tarkibidagi elat va kabilalar tarqalib ketadi. Uning urniga yangi siyosiy uyushmalar va etnik birliklar vujudga keladi. Ana shunday siyosiy uyushmalardan biri ilk o‘rta asrlarda Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimlarida tarkib topib 11 asr davomida qadimiy etnik nomni saqlab qolgan. Kangarlar qabila ittifoki edi Keyinchalik parchalanib ketgan. Kangarlar kabila ittifokining avlodlari Kanglilar nomi bilan o‘zbek xalqi tarkibida singib ketgan Kang davlati va uning xalqi Kangarlar xaqida ma’lumotlar Xitoy manbalarida, "Avesto"da va ba’zi bir yunon mualliflari asarlarida uchraydi. Ammo bu ma’lumotlar juda qisqa Kang davlatiga qarashli yerlar 1 necha viloyatlarga bo‘lingan. Ularni boshkargan boshliklar jobgu eki ebgular deb atalgan. Tobe viloyatlarga kadimgi Xorazm Sug‘d yerlari Urol tog‘oldi rayonlari kirgan. Qadimgi manbalarda Kang davlatining chegarasi aniqko‘rsatilmagan. Kang davlatining asosiy yerlari Toshkent vohasi,Talas vodiysi,Chu daresining quyi okimlari undan to Sarisuv daresigacha bulgan hududlarni o‘z ichiga olgan. Uning poytaxti 2ta edi Olimlar uning qishki poytaxti sifatida Kangdiz-xozirgi kanka shaharharobasi ekanligini aniqladilar Kang davlati parchalanib ketgach, Kanka Shosh davlatining poytaxtiga aylandi. Kang davlatining yozgi poytaxti manbalarda eslatib o‘tilgan Tarband-xozirgi utror shaxri harobasi shaxri edi. U Kang davlati parchalanib ketgach(5asrning o‘rtalarida) Shosh davlatining tarkibiga kirgan Kanka Toshkent vohasida, Sirdaryoga yaqinerda joylashgan. U mil av SH-asrda buned etilgan.
Ushbu davlat xakidagi ilk ma’lumotlar Chjan Tszyan (mil.av 128 y) yozma manbalarida uchraydi. Ushbu davlat tarkibiga Markaziy osiyoning Amudare va Sirdaryoo‘rtasidagi yerlar(Baktriyadan tashkari) kirgan Poytaxti Bityan shaxri bulgan Xitoy manbalariga qaraganda, davlat aholisi 600000 kishini tashkil etgan. Kushindagi askarlar soni esa, 120000 harbiydan iborat bulgan Kang davlati konfederatsiya shaklida bo‘lib, mil.av 1 asr-milodiy 1 asrda 5 ta mustaqil mulklar kirgan Bu mulklar quyidagilar Su-se(Kesh-xozirgi Qashqadaryoning sharqiy kismi), Fumu (Zarafshon vodiysi), Yuni (Choch-Toshkent viloyati), Gi (yextimol Buxoro) va YUyegan (O‘rganch -Xorazm). Mil.av 1 va milodiy 1 asrlarda Kang davlati iqtisodiy jixatdan ancha rivojlangan davlat edi. Davlatning asosiy aholisi asosan utrok va yarim utrok bo‘lib, uning hududida ko‘chmanchi chorvadorlar ham yashar edi. Utrok aholi asosan vodiyda yashab dexkonchilik, bogdorchilik va hunarmandchilik bilan shugullanib kelgan Vohada yashovchi utrok aholi dexkonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan shugullangan. Yozma manbalarda Kangarlarning sut va katiklari mulligi va ko‘plab zotli otlari borligi aloxida ta’kidlab utiladi. Ularning eng ashaddiy dushmanlari usun kabilalari edi. Mil.av 11-1 asrlarda Usunlar Xitoy imperatorlari bilan yaqinlashib, Xunlar va Kangarlar bilan kurash boshlaydilar, lekin kangarlar ularni o‘zhududlariga yaqinyo‘latmaydilar. 3-4 asrlarda Kang davlati bir necha mustaqil mulkliklarga bulinib, barham topadi.
Davan davlati kaysi asrda paydo bo‘lib, qachon inkirozga yuz tutganligi xakida xech kanday ma’lumot yo‘q. Fakat mil av 11-1 asrlarda kudratli uyushma bulganligi xakidagi kiska ma’lumotlar saklangan xolos. U ahamoniylarga tobelikdan xolos edi. U Xorazm kabi makedoniyalik Iskandarga ham tobe emasdi Qadimgi Fargona davlati-Davan mil av 11-asrda emas balki ancha avval mil av SH eki 4 asrlardayek Markaziy osiyo tarixida shakllangan davlat sifatida mavjud edi. U qadimda Parkan deb atalib, Davan nomi esa, Xitoylar tomonidan berilgan nomdir. Mil.av 11 asrda ya’ni Xitoy elchisi Chjan Tszyan bu yurtga kelgan davrlarida qadimgi Fargonada kuchli siyosiy davlat tizimi shakllangan edi. Davlatning poytaxti Yer-shin-xozirgi marhamat shaharharobasi xisoblanadi. Mil.av 11-1 asrda Xitoy manbalari koldirgan ma’lumotlarga ko‘ra,Davanda dexkonchilik madaniyati avj olgan. Yilqichilik rivojlangan Chjan Tszyanning ma’lumotlariga karaganda, bu zaminda hammasi bo‘lib,70 ta obod shaharlar bulgan. Ular garbda kanglilar,shimolda usunlar, sharqda esa uygurlar bilan yaqin alokada bulishgan. Markaziy osiyo xududlarida Eftalitlar davlati qaror topgach, qadimgi Fargona davlati o‘zmustaqilligini yo‘qotgan. Iqtisodda asosiy urinni qishloqxo‘jaligi egallagan. Dexkonchilik bilan shug‘ullanganaholi arpa,sholi,beda kabi turli ekinlar ekkanlar. Shuningdek ular o‘zumchilik bilan hamshug‘ullanganlar. Odamlari chukur ko‘zli,sersokol,savdo-sotikda moxir, xotinlarini xurmat kiladi.
Mil.av 1 milodiy 4 asrlarda Markaziy osiyoning katta kis-mi Afg‘oniston, Pokitson, shimoliy Hindiston va boshka bir qatorerlarni o‘z ichiga olgan Kushon imperiyasi Markaziy osiyo xalqlari tarixida muxim ahamiyatga ega buldi. Mil.av 1 asrga kelib, katta yuyechji uyushmasiga 5 ta xo-kimlikda Guyshuan (Kushon) xokimligi ancha kuchayib, xududi kengayib bordi. Uning vorisi Vima Kadfiz davrida Kushonlarga Hindistonning kattagina kismi buysunadigan buldi. Kanishka 1 davrida Kushon podsholigi o‘zining rivojlangan pallasini boshidan kechirgan. Markaziy osiyoda Kushonlarning shimoliy chegaralari O‘zbekiston janubidagi Xisor tog tizmalaridan utgan hamda tog‘li Dovonda(Darband) chegara devorlari kurilgan Kushon davri iktisodi xakida gap ketar ekan, Kushon tangalariga tuxtalib utish joizdir. Bu tangalar davlatda rivojlangan pul tartibi bulganligidan darak beribgina kolmasdan, tovar-pul munosabatlari rivojlanganligini ham kursatadi. Kushon davlati savdo munosabatlarida "Buyuk ipak yuli"ning ahamiyati katta bulgan Kushon davlatida kishlok xo‘jaligiham yaxshi darajada bulgan. Tekisliklarda sug‘orma dexkonchiliklar bilan birga chorvachilik ham rivojlangan. Kusho podsholigi Tiokratik davlat bo‘lib, podsho mamlakatning bosh kohini ham xisoblangan. Pod-sholik satrapliklrga bulingan bo‘lib,satrapliklar bir muncha mustaqilsiyesat yuritganlar Milodiy SH asrning 1-chi yarmi eki o‘rtalarida Kushon davlati tugatiladi Baktriya-Tohariston sosoniylar kuliga utib, sosoniylar sulolasi tarafidan boshkarilgan. Ular esa o‘z navbatida Kushonlar nomi bilan davlatni idora kilganlar.
Xitoy Markaziy osiyo Hindiston va yaqinsharq mamlakatla-rini o‘zaro bog‘lagan qadimgi savdo yo‘li tarixga "Ipak yo‘li" bilan mashxurdir. Bu yul orkali qadimgi Xitoydan Markaziy osiyo HindistonEron va yaqinsharq mamlakatlariga asosan ipak olib ketilgani uchun uni ipak yuli deb atashgan. Bu yo‘l fanga atigi X1X asrning 70 yillarida nemis olimi K Rixtgofen tomonidan "Ipak yo‘li"nomi bilan kiritildi. Unga kadar "ipak yo‘li" "G‘arbiy meridional yo‘l" deb atalib kelinar edi. Ana shu savdo yo‘lining karvon yulining asl mazmunini tashkil etgan ipak kanday,qachon va kayerda paydo buldi, degan savol har bir kishida tugilishi tabiiydir.
Fanda ipakning vatani deb Xitoy tan olingan. Ammo bu masalada olimlar orasida baxslar bo‘lib turadi. Uning vatani Xitoy ekanligini arxeologik ma’lumotlar ham tasdiklagan. Xitoyda ipakchilikning dastlab keng tarqalgan joyi Xuanxe daresining quyi xavzasida joylashgan xozirgi Shandun viloyati xisoblanadi. Qadimgi Xitoyda Sian shaxri(SHensi viloyati)dan garbiy meridianal buylab ketgan yul "Ipak yo‘li"ning boshlanish euktasi deb tan olingan. O‘zbek arxeologlarining Sopollitepada olib borilgan arxeologik kazishmalarga karaganda, ipakchilik Markaziy osiyoning janubiy viloyatlarida bronza davridan (mil.av 11 ming yillik o‘rtalaridan) mavjud. Sopollitepadan topilgan ipak matolari Xitoydan keltirilganmi yoki shu yerning o‘zida yovvoyi ipak kurtini xonakilashtirish natijasida paydo bulganmi xozircha bu muammo bo‘lib kolmokda. Xitoyda to Xan dinatsiyasiga kadar(mil av IIIgacha) ipakchilik Xitoy doirasida rivojlandi. U Xitoyning qadimgi markazi Siandan boshlanib, Lanchjou orkali Dunxuanga keladi. Dunxuanda u 2 ga ajraladi. Ipak yo‘lining janubiy garbiy tarmogi Taklamakon saxrosi orkali Xotanga, undan Yerkentga kelib, Pomir togining daralari orkali Vaxonga undan Baktriyaning bosh shaxri Zariaspga(Balx) kelgan Balxda yul 3 tarmokka ajralib, uning garbiy tarmogi Marvga, janubiy tarmogi Hindistonga shimoliy tarmogi Termiz orkali Darband, Nautak, Samarkandga karab ketgan. Ipak yo‘lining shimoliy garbiy tarmogi esa,Dunxuandan Bami, Kuchi, Turfan orkali Tarim vohasiga -Kashgarga borgan Undan Toshkurgon orkali O‘zgand, Ush, Kuva, Axsikent, Popga undan asht dashti orkali Xujand, Zomin, Jizzaxga, so‘ngra Samarkandda Nautaka yuli bilan birlashgan. Yul Samarkanddan garbga Dabusiyaga malik chuli orkali Buxoro va Romitonga undan Varaxsha orkali Poykent va Forobga borib, Amul shaxriga utgan Amulda Marvdan O‘rganch tomon Amu buylab ketayetgan yo‘lga kushilgan. Qadimda Marv shaxri o‘zining an’analari va har tomonlama ketuvchi savdo karvon yo‘lari tutashadigan geografik qulayliklariga ko‘ra,ipak yo‘lidagi eng yirik shahar edi. Marvdan g‘arbga tomon ketgan ipak yuli Tabriz va Parfiya davlatining Nisa shaxri orkali Eronning Gekotompil, Apaliya va Ekbatan (Hamadon) shaharlariga va ulardan utib, Mesopatamiyaning Ktesafon va Bogdod shaharlariga borgan. Undan Dajla(tigr) daryosining ung soxili buylab shimolga ketib, Antioxiya orkali Damashkka undan Tir va Kuddus shaharlari orkali Misrga utib ketgan. Marvdan chiqqan shimoliy yo‘l esa,Amul orkali O‘rganchga undan shimoliy kaspiy bo‘ylab shimoliy kavkazga, so‘ngra kora dengizning shimolidan Konstantinopolga borib, bosfor va dardanel orkali o‘rtayer dengiziga utib, Vizzantiya shaharlarini oralagan.
Markaziy osiyo orkali Xitoydan g‘arbga utadigan savdo karvon yo‘lari doimo Sug‘dlar nazoratida bo‘lgan Sug‘d savdogarlari o‘zlarining bu yo‘ldagi xukmronligini saqlab kolish uchun sharqiy Turkistonda, Yettisuvda, Oltoydan to Yenisey soxillariga kadar bulgan hududlarda shimoliy Xitoyning Shansi viloyatida Dunxuan kabi qatorshaharlarda o‘z karvonsaroylarini va qishloqlarini barpo etganlar.
Shimoli garbiy ipak yo‘li birgina iqtisodiy ahamiyat kasb etmay balki u diniy-madaniy meros yutuklarini tarkatuvchi mamlakatlararo diplomatik alokalarni ta’minlovchi yo‘l ham edi. Masalan, Hindistonning budda dini shu yo‘l bilan Xitoyga Markaziy osiyo orkali kirib kelgan 4-8 asrlarda Xitoyning tashki olam bilan savdo alokalari kengaydi. Xuddi shu davrda Xitoyda buddizm keng tarkaldi. Markaziy osiyoning ma’naviy va madaniy kadriyatlari keng kulamda Xitoyga kirib bordi. Samarkand shahar axli-qadimgi sugdlar xalqaro savdoda ustasi farang edi. Savdogarlar xalq orasida eng nufo‘zli obru-li,mutabar inson xisoblangan. Ular fakat mol olib, mol sotuvchi va undan foyda oluvchi jamiyatning boy katlami xisoblanmay balki, uzoq safarlarga katta savdo karvoni bilan ketuvchi savdogar diplomatlar, ziye tarkatuvchilar,u eki bu hududda yangi joylarga ilg‘orxo‘jalik ixtirolarini olib boruvchi nufo‘zli kishilar xisoblanardi.
Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati jahon jamoatchiligida katta kizikish uygotmokda YUNESKO bosh konferayetsiyasining XX1 sessiyasida 1989-1997 yillarga muljallangan "Ipak yuli" mulokot yo‘li deb nomlangan keng kulamdagi tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yichaqaror kabul kildi. Shu qaror asosida tuzilgan ekspeditsiya Markaziy osiyoning tarixiy taraqqiyoti jarayonini o‘rganishbo‘yichatadqiqot ishlari boshlab yuborildi. Ipak yo‘li utgan tarixiy shaharlardagi (Samarkand, Buxoro, Xiva va b,,) ta-rixiy edgorliklarni asrash va ta’mirlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.



Download 30,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish