3. Transmilliy korporatsiyalar Yirik siyosiy jarayonlarga olingan natijalar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Globallashuv jarayonida yuzaga kelgan muammolar. Global muammolar



Download 61,59 Kb.
bet2/6
Sana11.12.2022
Hajmi61,59 Kb.
#883422
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
(4)Globallashuv - xalqaro raqobatni keskinlashtirish omili sifatida

1. Globallashuv jarayonida yuzaga kelgan muammolar. Global muammolar
Global muammolar — umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
Global muammolarlarni 4 guruhga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n global muammolar — jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86 %ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1 %ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi — Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar — jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar — ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida q.x.da ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda qishloq xoʻjaligi sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Global muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi.
Globallashuv jarayonida yuzaga kelgan muammolardan yana biri – bu, milliy-ma’naviy o‘ziga xoslikni saqlab qolgan holda kirib kelayotgan begona madaniyatning jamiyat taraqqiyoti talablariga mos keluvchi ijobiy tomonlarini qabul qilishdagi ma’naviy saviyani ko‘tarish, barcha tashqi ta’sirga hushyorlik immunitetini hosil qilishdir. Shu o‘rinda aytish joizki, yuz berayotgan va yuz berishi mumkin bo‘lgan ayrim salbiy holatlar uchun globallashuv hodisasining o‘zi aybdor ham, javobgar ham emas. Aksincha, bu ko‘proq sub’ektiv omillar faoliyati bilan bog‘liq hodisa. Shu sababli ham ko‘r-ko‘rona yot madaniyatni targ‘ib qilish harakatlarini chegaralash zarur, ya’ni madaniy va ma’naviy globallashuv sohasida tollerantlikka ortiqcha izn berib bo‘lmaydi.
Umuman olganda, barcha tadqiqotchi olimlar global o‘zgarishlar faqat iqtisodiy omillar bilangina chegaralanmasdan, madaniy o‘ziga xosliklarga ta’sirini albatta o‘tkazishini ta’kidlaydilar, biroq ushbu ta’sir doirasi to‘g‘risida har xil munosabat bildiradilar. Ba’zilari yangi texnologiyalarning keng tarqalishini qo‘llab-quvvatlaydilar, bu bilan globallashuv jarayoni barcha salbiy oqibatlarning oldini olishga qodir deb hisoblaydilar. Farb tsivilizatsiyasining yutuqlaridan hayratlangan boshqalar esa globallashuv faqatgina ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi degan fikrda. Ushbu toifadagi tadqiqotchi va olimlar bu o‘rindagi madaniy o‘ziga xoslikni qoloqlik, kambag‘allik, taraqqiyotdan voz kechish kabi tushunchalarning sinonimi sifatida baholaydilar. Uchinchi bir guruhdagilar esa global o‘zgarishlarda katta tahdid mujassam ekanligini ta’kidlaydilar.
Mamlakatimizdagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy islohotlar globallashuv jarayoni kengayib va chuqurlashib borayotgan bir sharoitda amalga oshirilmoqda. Bu jarayon bilan bog‘liq bir qator vazifalar mavjud bo‘lib, ulardan biri – globallashuv natijalaridan davlatimiz manfaatlari yo‘lida foydalanib, ularni jamiyatimizning barqaror taraqqiyotiga xizmat qildirishga erishish hamda O‘zbekiston globallashuv jarayonida kuzatuvchi bo‘lib emas, uning faol ishtirokchisi va unga ta’sir eta oluvchi sub’ekt sifatida qatnashishini ta’minlashdan iborat.
Bu, birinchidan milliy xo‘jaliklarning o‘z mamlakatlari chegaralariga sig‘may boshqa mamlakatlar xo‘jaligi bilan integratsiyaga kirishgani natijasida tovarlar oqimi tezlashib investitsiyalar kiritishga sharoit qulay bo‘lib, mamlakat rivojlanishi uchun qo‘shimcha yo‘l ochiladi. Ikkinchidan, savdo ehtiyoji bu jarayonni tezlashtirishga turtki bo‘ladiki, bu maqsadda hatto Jahon savdo tashkiloti ham ta’sis etilgan. Uchinchidan, tabiiy resurslarning notekis joylashganidan zarur xomashyoga ega bo‘lishga undaydi. To‘rtinchidan, mehnat taqsimoti ustunliklaridan, milliy iqtisodiyotlarni o‘zaro bog‘liqligidan foydalanib oldinga o‘tib olish mumkin. Beshinchidan, harbiy va boshqa sohalar ehtiyojlari global aloqaga ega bo‘lishga undaydiki, bu transportni, shuningdek, kommunikatsiyaning boshqa vositalarini jiddiy rivojlantirishni talab etadi. Oltinchidan, aholi migratsiyasi jarayonlarini boshqarish zaruruyati yangi qadamlar tashlashni shart etib qo‘yadi va h.k.
Globallashuvning hozirgi bosqichida iqtisodiyot sohasida konkret davlat nazoratidan xoli faoliyat ko‘rsatadigan transmilliy korporatsiyalarning paydo bo‘lganligini alohida qayd etmoq lozim. Bularning iqtisodiyotning muayyan sektorini nazorat qilishi konkret hudud, millat yoki madaniyat doiralari bilan cheklanmagan. Jahon miqyosida faoliyat ko‘rsatadigan xalqaro valuta jamg‘armasi, xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki va boshqalar ishlab chiqarishni moliyalashtirishga emas, balki pul oqimlarini yo‘naltirishga doir siyosatni belgilaydi. ular moliyaviy davlat sifatida bir qancha mayda va o‘rtacha mamlakatlar budjetlaridan ortiq imkoniyatlarga egadir. shuning uchun Jahonga chiqmoqchi bo‘lgan istagan mamlakat bularning sharti bilan hisoblashishga majbur.
Transmilliy korporatsiyalar, xalqaro valuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro tuzilmalarda ishlash uchun saylanma xodimlar tayyorlanadi. Bu menejerlarning faoliyati natijasida tegishli tarzda global miqyosda turli qarorlar, shu jumladan, kambag‘al mamlakatlardan ishchi kuchlarini rivojlangan mamlakatlarning qaysisiga qancha jalb qilishigacha bo‘lgan qarorlar qabul qilindi.
Iqtisodiy globallashuvda g‘arbdan tashqari qator mintaqalarga kiritilayotgan sarmoya va texnologiya uchun davlat suverenitetining bir qismidan voz kechishga ham majbur bo‘linadi. buning oqibatlari esa ko‘pdan ko‘p salbiy jihatlarni keltirib chiqarmasligi mumkin emas.

Download 61,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish