3. Transmilliy korporatsiyalar Yirik siyosiy jarayonlarga olingan natijalar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Yirik siyosiy jarayonlarga olingan natijalar



Download 61,59 Kb.
bet6/6
Sana11.12.2022
Hajmi61,59 Kb.
#883422
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
(4)Globallashuv - xalqaro raqobatni keskinlashtirish omili sifatida

4. Yirik siyosiy jarayonlarga olingan natijalar
Yirik siyosiy jarayonlarga olingan natijalar bo‘yicha jiddiy, barqaror va ishonchli ta’sir ko‘rsatish, ularni samarali boshqarish maqsadida — qo‘shilish zarur. Xalqaro barqarorlik yo‘naltirilgan va kutilayotgan o‘zgarishlarning bashorat qilingan jarayoni sifatida faqat shunday o‘zgarishlarning ishtirokchilari uchungina mumkin bo‘ladi. Xalqaro hayot va uning muhim jarayonlaridan o‘zni chetga tortish jahon iqtisodiyoti, siyosati va taraqqiyotida mamlakatning o‘rni, roli va mavqeini yo‘qotish evazigagina mumkin bo‘ladi.
Nihoyat, xalqaro hayotning sifat jihatidan yangi hodisasi — alohida davlatlar — sub’ektlar tomonidan er shari (hududiy), dunyo iqtisodiyoti va siyosati miqyosida o‘z hayotiy faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlari hamda ehtiyojlariga ega bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Globallashuv asosiy belgi sifatida qandaydir muammo yoki faoliyatni darhol global (umumjahon) darajaga chiqarishni ko‘zda tutadi. SHu bilan birga, bunday faoliyat ishtirokchilarning tarkibiga ko‘ra, baynalmilal bo‘lishi shart emas, balki bitta davlat, tashkilot, firma tomonidan amalga oshirilishi mumkin (ular buning uchun tegishli imkoniyatlarga ega bo‘lishlari sharti bilan).
Hozirgi dunyo nafaqat turli-tuman va murakkab, balki ziddiyatli hamdir. Unda davlatlar o‘rtasida ham, ularning ichkarisida ham qarama-qarshiliklar o‘zaro bog‘lanib ketgan. SHunga qaramasdan, xalqaro munosabatlarning butun tizimi uchun ob’ektiv asos bo‘lib xizmat qilgan uning yaxlit sifatdagi birligi hozirgi dunyoning muhim qonuniyati hisoblanadi.
Hozir xalqaro tizimning o‘tish sifatida tavsiflanishi ham davom etmoqda, yaqin va uzoq kelajak joylashishining (konfiguratsiyasining) turli variantlari muhokama qilinmoqda, shu bilan birga, xalqaro munosabat ko‘plab turli rejadagi omil va shartlarning ta’siri ostida rivojlanib borishi vaziyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
1. S.Xantingon “o‘zaro kurashayotgan etti madaniy-diniy sivilizatsiyalar dunyosi”ning: xitoy, yapon, hind, islom, provaslav, g‘arb, lotin amerikasi va ehtimol, afrika modelini taklif qiladi. Ushbu maktab hozirgi sharoitda global siyosat ko‘p qutbli, ko‘p sivilizatsiyali bo‘lib qoldi, dunyoda yuz berayotgan jarayonlar madaniy — sivilizatsion (tamadduniy) ittifoqlarning to‘qnashuvi bilan izohlanadi, degan shiorni yoqlaydi. Iqtisodiy va texnologik modernizatsiyalarning yo‘qotilgan diniy yoki sivilizatsiya jihatidan o‘xshashligini saqlash yoki tiklashga undaydi. Bunda jahon maydonida yangi kuch va ta’sir markazlarini shakllantirish uchun real shart-sharoit hamda qarama-qarshiliklar manbai namoyon bo‘lib; sivilizatsiyalar to‘qnashuvi dunyo siyosatining asosiy omili bo‘lmoqda.
Bunday xulosa yangi mojarolar tug‘ilishi bilan asoslanadi, ular ko‘pincha etnomilliy bo‘yoqqa ega hamda ularning geografiyasi musulmon va xristian sivilizatsiyalari o‘rtasida chegara chizig‘i bilan bir-biriga to‘g‘ri kelar emish.
SHu yo‘nalishning o‘zida islom siyosiy ekstremizmi tahdidi borasidagi xavotir oshib bormoqda.
2. Taklif qilinayotgan boshqa konfiguratsiya modeli “konsentrik aylanalar dunyosi” bo‘lib, unga ko‘ra, xalqaro munosabatlar kelgusida “rivojlangan demokratik jamiyatlar” yoki “mas’uliyatli demokratiyalar hamjamiyati”ni o‘zida ifoda qiluvchi AQSH boshliq asosiy davlatlar atrofida quriladi. Bu dunyoda birinchi guruhni Amerika Qo‘shma SHtatlarining sheriklari bo‘lgan EI va YAponiya tashkil qiladi, ular “asosiy zonani kengaytirish va himoyalash yukini” Amerika bilan bo‘lishishlari mumkin. Ushbu guruh davlatlariga er yuzi aholisining 1/5 dan kamroq ulushi, ammo insoniyat iqtisodiy potensialining 4/5 ulushi to‘g‘ri keladi.
Navbatdagi konsentrik aylanaga mutaxassislar Yevropa, Lotin Amerikasi va Osiyoning “o‘tish mamlakatlari”ni kiritishadi. Ushbu davlatlarda o‘tish jarayonlari bir-biridan farq qilishi va sanoat ishlab chiqarishi, bozorlar, sarmoya, professional kompetensiya (kasbiy vakolat) va islohotlarning globallashuvi yaqin yigirma yil ichida er yuzining barcha mintaqalarida tarqalishi shart emasligi alohida ta’kidlanadi.
AQSH siyosatshunoslarining fikriga ko‘ra, bu mamlakatlarga “e’tibordan qolgan” davlatlar qo‘shiladi. Ular asosiy davlatlarning etakchilik rolini inkor qilib, vosita va imkoniyatlari bo‘lganda, ularning manfaatlariga zarar etkazar emish. “E’tibordan qolganlar” (“raugue nations”) safiga asosiy mamlakatlarning siyosiy manfaatlari va qadriyatlariga qarshi muayyan vaziyatlarda ochiqchasiga, shu jumladan, kuch ishlatish bilan chiqishi mumkin bo‘lgan Eron, Iroq, Liviya, KNDR va boshqa mamlakatlar kiritiladi. Ushbu ittifoqqa turli mamlakatlardagi ayirmachi (separatist) va fundamentalist guruhlar ham mansub.
Ushbu sxema (chizma) markazidan uzoqda joylashuvni o‘z hududlarida loqal jamoat tartibiga o‘xshash tartibni o‘rnata bilmagan va o‘z fuqarolarining oddiy ehtiyojlarini qondira olmagan “omadsiz” mamlakatlar (“failure nations”) deb ataluvchi davlatlar tashkil qiladi. Bunday mamlakatlarni qochoqlar tark etishadi, natijada er yuzining yirik mintaqalari chegarasida ijtimoiy-siyosiy vaziyat beqarorlashadi. “Omadsiz” mamlakatlarga Somali, Ruanda, Zoir, Serra-Leone va boshqa bir qator mamlakatlar kiritilgan.
3. “AQSH va G‘arbiy sivilizatsiya mamlakatlari “qoloq dunyoga qarshi” shaklidagi yana bir nazariy nizomning mohiyati quyidagilardan iborat: jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida rivojlangan, barqaror “SHimol” va yanada ortda qolayotgan beqaror “Janub”ning yangi tuzilmasi vujudga keladi; ular o‘rtasida iqtisodiy va texnologik farqning ortishi muqarrar, “SHimol”ning dunyoni “qayta o‘zgartirish”ga intilishi shu bilan izohlanar emish. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar natijasida “Janub”ning bunga kuch bilan erishishi amrimahol. Lekin beqaror vaziyat, sharoiti yaxshi zonalarga ommaviy ko‘chish (migratsiya)ga urinish, “Janub”da iqtisodiy va texnogen halokatlar ehtimoli, qashshoqlikdan oziqlanuvchi siyosiy ekstremizmning kuchayishi dunyoni doim keskinlikda tutib turadi. “SHimol” uchun bunday vaziyatdan tubdan chiqishning ikki yo‘li bor: “Janub”dan to‘siqlanish yoki uni iqtisodiy jihatdan barqaror darajaga etkazish.
4. “Demokratik dunyo”ning nazariyasi va modeli G‘arb sivilizatsiyasining izolatsiyasiga qarshi harakatlanishning o‘ziga xos vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin, unga ko‘ra XXI asr “tinchlik va barqarorlik zonasi” hamda “tartibsizliklar va mojarolar zonasi”ga bo‘linadi. Ushbu nazariya tarafdorlari demokratik rejimlarga mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilishning ichki tarafdorligi mos (muvofiq) keladi va aynan ular tashqi siyosatda kuch bilan qo‘rqitishdan foydalanishning noqonuniyligi shiorini tarqatishlari lozim, deb taxmin qiladilar.
5. Turli xarakter va miqyosdagi integratsion jarayonlar ta’siri ostida davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tuzilmasining o‘zgarishi, ya’ni “geoiqtisodiyot”ning tashkil topishi yangi dunyo tartibi vujudga kelishiga xos bo‘lgan asosiy tendensiya sanaladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat va xususiy biznes kuch-g‘ayratlarini birlashtirish jahon maydonida ta’sir ko‘rsatishning “noharbiy vositalari (instrumentlari)” tovarlar va xizmatlar dunyo bozorida operatsiyalar o‘tkazish, xorijiy sarmoya qo‘yish, yangi tadqiqot va ishlanmalar sohasida hamkorlik (va raqobat) rolini oshiradi.
Umuman, o‘z jamuljamligi bilan jahon hamjamiyatini yangi holatga olib boruvchi qator qudratli omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin: davlatlarning harbiy qudrati; “sovuq urush”dan g‘olib chiqish; SHimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa va SHarqiy Osiyoda iqtisodiyotning keskin ko‘tarilishi; transmilliy korporatsiyalar va nodavlat tashkilotlar ta’sirining o‘sishi fonida davlatlar ahamiyatining pasayishi; davlat va xalqlarning yangi sharoitlarda yangi bir xillikni qo‘lga kiritishga intilishlari; qashshoqlik va boylik qarama-qarshiligining kuchayishi; XX asrda qaror topgan dunyo konfiguratsiyasini tubdan o‘zgartirishga qodir rivojlanayotgan mamlakatlardagi demografik portlash.
Davlatning jahon maydonidagi ierarxik o‘rni ham raqamlar bilan o‘lchanadigan xarakterga (tavsifga), ham baho xarakteriga (tavsifiga) ega bo‘lgan ko‘plab parametrlar (o‘lchamlar) bilan belgilanadi.
Xulosa
Globallashuv jarayoni tufayli tashqi bosim-ning kuchayishiga qaramasdan mamlakatlarda eng muhim iqtisodiy qarorlar tashqa-ridan emas, balki milliy hukumatlar tomonidan qabul qilinmoqda. Shuning uchun ham jahon iqtisodiyotini tahlil etishda sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakat­larda mavjud iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga tayanish lozim.
XXI asr boshida iqtisodiyotning globallashuvi omillaridan biri kapitalning mamlakatlar o'rtasida harakatlanishining barqaror sur'atlarda o'sishi hisoblanadi. Tovar ishlab chiqarishning muhim omillaridan hisoblangan karitalning xalgaro harakati milliy iqtisodiyot chegalaridan chiqib,boshqa mamlakatlarga ko'chadi. Xalqaro kapital migratsiyasi jahon xo'jaligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga yega, chunki u mamlakatlarning tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalarining mustah- kamlanishiga olib keladi, ularning tashqi savdo aylanmalarini oshiradi, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi, ishlab chiqarish hajmlarini ko'paytiradi, ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini importyor mamlakatlar texnik salohiyatini o'stiradi va mamlakatdagi bandlikni oshiradi.
Kapital migratsiyasining sabablari quydagilardan iborat:
• Kapitalning foiz stavkasi bilan belgilanadigan turli chegaraviy unumdorligi;
• firmalarning o'z faoliyatini xalqaro diversifikatsiyalashtirishga intilishlari;
• tovarlarni import qilishga xalal beradigan va xorijiy ta'minotchilarni bozorga kirish uchun kapital olib kirishga undaydigan boj to'siqlarining mavjudligi;
• barqaror siyosiy vaziyat va qulay investitsiyaviy muhit.
Kapital migratsiyasi jarayonlariga quyidagi omillar ta'sir qiladi:
• ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o'sish sur'atlarining saqlab turilishi;
• jahon iqtisodiyoti va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy o’zgarishlar;
• ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyasining chuqurlashuvi;
• jahon iqtisodiyotining transmilliylashishi;
• ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi va integratsiyaviy jarayonlarning rivoilanishi;
• bozorlarning o'ta to'yinishi ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini cheklaydi;
• rivojlangan mamlakatlardagi sotuvchilar o'rtasidagi keskin raqobat;
• milliy bozorning yirik moliya-sanoat guruhlari tomonidan monopollashtirilishi;
• harakatdagi texnologiyalarni takomillashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi;
• sanoati rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy o'sish sur'atlarini, bandlik darajasini, ilg'or sanoat tarmoqlarining rivojlanishini saqlab turish uchun salmoqli hajmda kapitallarni jalb qilishga yo’naltirilgan iqtisodiy siyosati;
• xalqaro tashkilotlar tomonidan xalqaro investitsiyaviy bo'shliqni erkinlashtirish siyosatining yuritilishi, investitsiyaviy sheriklikning universal me’yorlarini ishlab chiqish;
• mamlakatlar o'rtasida daromadlar va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yo'l qo'ymaslik haqidagi xalqaro kelishuvlar, ular savdo-sotiqning rivojlanishi va investitsiyalarning jalb qilinishiga ko'maklashadi.
Mintaqaviy darajada ham, global darajada ham institutsionallashuv mavjud. Masala shundaki, ushbu darajalar qanday qilib bir-biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi va bir-birini kuchaytirishi yoki o‘zaro ziddiyatga kirishishi mumkin. Balki, global tartib ichidagi mahsuldor mintaqaviy sheriklikni (xavfsizlik sohasida ham siyosiy, iqtisodiy hamkorlik) “mintaqalararo globallashuv” sifatida belgilash mumkin. Mintaqaviy tashkilot va kaolatsiya ayrim muammolarning alohida bilim va tajribalaridan, mintaqa ichidagi katta legitimlilikdan foydalanib hamda namoyish qilib global tashkilotlar yukini sezilarli darajada bo‘lisha olishlari mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. – 48 b

  2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: : “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.

  3. G. Nazarova., I. Axmedov., O. Hamidov., Z. Iminov. “Xalqaro iqtisodiy

  4. tashkilotlar”, o‘quv qo‘llanma, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, 2021

  5. J. Ataniyazov, E. Alimardonov. “Xalqaro moliya munosabatlari” –darslik – T.: O‘zbekiston faylasuflari jamiyati nashriyoti, 2018, 433 b.

  6. G. Nazarova, X. Xalilov, A. Azimov, I. Xanova. “Xalqaro iqtisodiy integratsiya”. Darslik, Toshkent: “Tafakkur”, 2019.

  7. A.V.Vaxabov, Sh.X.Xajibakiyev, Sh.I.Raxmanov, X.A.Usmanova “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” Toshkent: Voris Nashriyot 2018, 320 bet

  8. Gluxovskiy I.G. Milliy iqtisodiy xavfsizlik muammolarini hal qilishning ustuvor yo'nalishlari // Huquq va xavfsizlik. - 2021. - №-3. - S. 17.

  9. Abulqosimov.X Davlatning iqtisodiy xavfsizligi –T.: Akademiya,2021

Internet saytlari

  1. http://www.nber.com– AQSh iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi sayti.

  2. http://www.webofscience.com- Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi.

  3. http://www.scopus.com – Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi.




1 https://uzhurriyat.uz/2016/03/21/globallashuv-jarayonlari-ma-naviy-o-ziga-xoslik/

Download 61,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish