3-variant 1-topshiriq javobi: Linux operatsion (amaliy) tizimi


Doppix – yangi milliy operatsion tizimi



Download 467,74 Kb.
bet2/4
Sana21.02.2022
Hajmi467,74 Kb.
#461681
1   2   3   4
Bog'liq
Abdullayeva Muazzam 3-variant 1-topshiriq

Doppix – yangi milliy operatsion tizimi

Rasm - 12. Doppix O’zbekistonda yangi milliy operatsion tizimi
Operatsion tizimlar – bu burchakda chang bosib yotgan bir talay temir-tersakni kompyuterga – bolalar uchun quvonch, buva va buvilar uchun uy kinoteatriga, katta yoshlilar uchun yangiliklarni bilib olish, ishbilarmonlar uchun ishlash vositasi, buxgalterlar uchun matn terish va kolkulyatorga, ilg’or yoshlar uchun munosabatlar vositasiga aylantiradigan mo’jizadir.
Operatsion tizimining tarixi janglar, afsonalar va sirlarga boy, lekin bu bugo’ngi suhbatimiz maqsadi emas. Darhol o’tgan asrning 90-yillarini esga olamiz. Be’ul axborotlar davri o’tib ketdi, endi har bir baxtli kompyuter egasi loyihachilarga amaliy shartnoma tuzish, biznesi samaradorligini hisoblab chiqishi, sevimli buvasiga elektron pochta orqali xat yo’llashi uchun dasturlardan foydalanganligi uchun haq to’lashi kerak edi. Albatta shu bilan bir vaqtda dasturiy ta’minot uchun haq to’lash kerakligini foydalanuvchilar tushunib bordilar, ishlab chiqaruvchilar esa shu aksiomani qo’llay boshladilar. 1983 yilda iste’dodli dasturchi Richard Stollmenga hamkasblarining bank hisoblari jadal o’sib borishiga qarab turib joniga tegadi va g’aroyib ishni amalga oshiradi – erkin dasturiy ta’minot jamg’armasini (FSF) tahlil qiladi. Uning hamfikrlari paydo bo’ladi. Ular dasturiy ta’minotni tijorat maqsadida tarqatilishi aksiomasini poymol qiladilar. Bundan tashqari o’z dasturlaridan bepul foydalanishga ruxsat berish bilan birga (taajjubli holat!) dastlabki kodlarini barchaga tarqatadilar. 1991 yilga kelib ko’plab bepul va ochiq dasturlar ishlab chiqariladi (xabardor insonlar aytganlaridek – "GLP litsenziyasi ostida"). Bunga qo’shimcha SOPO yorqin tarafdorlaridan biri Linus Torvalds ismli inson dunyoga OC yadrosini sovg’a qiladi. Keyinchalik u yopiq dasturiy ta’minot dunyosiga muqobillik ramzi bo’lib qoladi.
Yana vaqt boyicha sakrash, hozir 2008 yil va operatsion tizimlar versiyalari soni endi juda ham ko’p, xohlaganingizni tanlang, biroq xohlagan tilda emas. Rus tilini yaxshi biladigan, undan tashqari ingliz tilini bilmaydigan va kirill yozuvini yaxshi bilmaydigan o’quvchi yoshlar buyruqlar, axborotlar mazmunini tushunishda qiyinchiliklarga duch keladilar, oxir-oqibat dasturiy ta’minot mohiyatini tushunmaydilar. Bu esa bizning yoshlarni orqaga, dasturiy ta’minot paydo bo’lishi davriga tortadi, kuchli uskunalar mavjud, lekin undan tushunarli va aniq muloqot vositasi sifatida foydalanish deyarli mumkin emas. Bu talab O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan e’tiborsiz qolmaganligi juda quvonchli. Agentlikning qo’llab-quvvatlashi natijasida Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo’llab-quvvatlash markazi tomonidan ochiq hamda erkin tarqatiladigan milliy operatsion tizimni ishlab chiqish vazifasi amalga oshirildi. Bu operatsion tizim faqat o’quvchilar uchun emas, balki fermerlar, quruvchilar va neft qazib oluvchi sanoat markazlari, butun res’ublika ishbilarmonlari, maktab o’qituvchilari uchun kompyuter bilan aloqa qilishdagi to’siqlarni yo’qotadi. Ular endi qo’qrmasdan monitor oldiga o’tirib odatiy so’zlar paydo qiladigan tanish belgilarni ko’rishlari mumkin.

Rasm - 13. Doppix tizimini o’rnatish oynasi

Vaqt o’tib borishi bilan Doppix mustahkam oyoqqa turmoqda, loyiha XTV qo’shilishi bilan va Toshkent shahri beshta maktablarida hamda Buxoro viloyati 5 ta maktablarida uni sinov(pilot) tatbiq etilishi buning isboti hisoblanadi. Tatbiq etish natijalari boyicha xushchaqchaq, mehribon Doppix bolalarga yoqishi aniqlandi. O’rtacha 2-3 soatda bolalar milliy operatsion tizimni o’zlashtirib oladilar, u bilan do’stlashib qoladilar. O’qituvchilar va o’quvchilar tomonidan aniqlangan kichik kamchiliklar yo’qotildi va loyihachilar keyinchalik ham foydalanuvchilarning istaklarini darhol bajarishga harakat qiladilar. Shunday qilib, yangi o’quv yili boshlanishida Doppix butun kuchi va ishonchliligi bilan o’zini namoyon qiladi. Qoyilgan asosiy maqsadga erishildi. Endi O’zbekistonlik foydalanuvchilar ona tillarida kompyuterdan foydalanish barcha sharoitlari va imkoniyatlariga egadirlar. Ha, O’zbekiston aholisining ona tilida (o’zbek, rus, hatto ingliz tillarida). Umuman olganda, Doppix paydo bo’lishi bilan O’zbekiston Res’ublikasi fuqarolarida har qanday OC, turli loyihachilarning amaliy dasturlari va hozirgi paytda davlat tilidagi yagona be’ul Doppix milliy OC o’rtasida tanlash imkoni paydo bo’ldi.


Loyihachilar tomonidan turli tillarda, shu jumladan o’zbek tilida taqdim etiladigan texnik qo’llab-quvvatlash ta’minoti ham muhim omil hisoblanadi. Agarda bularga Unixdan meros bo’lib qolgan Linux inoq oilasi ishonchliligini, viruslar yo’qligini qo’shadigan bo’lsak, unda juda qiziqarli mahsulot paydo bo’ladi, uni sinab ko’rishni juda ham hohlaymiz. Barcha hohlovchilarni berilgan imkoniyatdan foydalanib InfoCOM.O’Z jurnali tomonidan taqdim etilgan diskdan Doppixni o’rnatishga taklif etamiz.
1. Eng mas’uliyatli holati – qattiq diskni qismlarga ajratish. Odatda Linux bilan tanishish shu bilan tugaydi – disk format qilinadi va barcha ma’lumotlar o’chiriladi. Albatta Doppixda bo’limlar dispetcheri qulay, lekin o’rnatishda "diskni qo’lda belgilash" (Ruchnaya razmetka diskov) ‘unktini tanglagan yaxshiroq bo’ladi, keyin barchani aybdor deb hisoblab yurmaysiz. Agarda operatsion xotira sig’imi 1 Gb va undan ortiq bo’lsa, bir asosiy bo’limning o’zi ishlash uchun yetarli bo’ladi, aks holda yuklash bo’limi (swap) bo’limi bo’lgani yaxshi, u an’anaviy qoidalar boyicha tezkor xotiradan ikki barobar katta bo’lishi kerak.
2.Barcha dasturiy ta’minotlar ham darhol o’rnatilmaydi. Albatta kundalik dasturi o’zi o’rnatiladi, lekin ba’zilarini qo’shimcha o’rnatish zarur. Bu ishni "paketlarni boshqarish" "Boshqarish Markazi" bo’limi yordamida bajarish mumkin (drakconf buyrug’i yoki Menyu –> Tizim–>Nastroyka).
2. Kompyuter virusi. Kompyuter virusi – bu o’z-o’zidan ko’payuvchi, kompyuter tarmoqlari va axborot tashuvchilari orqali erkin tarqaluvchi, hamda kompyuter va unda saqlanayotgan axborot va dasturlarga zarar yetkazuvchi dastur kodi yoki komandalar ketma-ketligi hisoblanadi. Kompyuter viruslari quyidagi xossalarga ega: o’zidan nusxa ko’chirish, axborotdan ruxsatsiz foydalanishni amalga oshirish. U o’zining nusxalarini kompyuterlarda yoki kompyuter tarmoqlarida qayta ko’paytirib va tarqatib, hamda qonuniy foydalanuvchilar uchun nomaqbul harakatlarni bajaradi. Virus, aksariyat hollarda nosozlik va buzilishlarga sabab bo’ladi va biror hodisa yuz berishi bilan, masalan, aniq kunning kelishi bilan ishga tushirilishi mumkin.

Download 467,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish