31. Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat tamoyili. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1998 yili «Tafakkur»



Download 77,18 Kb.
bet32/40
Sana31.12.2021
Hajmi77,18 Kb.
#272060
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Bog'liq
31-61 javoblar

1. Xususiy mulk.

2. Ommaviy mulk.

Shu bilan birga xususiy mulk ham bir necha turlarga bo`linadi: a) yakka shaxsga tegishli mulk.b)nodavlat yuridik shaxslar mulki. Ommaviy mulk esa: a) O`zbekiston Respublikasi mulki. b) ma'muriy tuzilmalar mulki.(munitsipal mulk).

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Demak davlat barcha mulk shakllarini himoyalaydi, ularga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Agar mulkdor qonundan chetga chiqqan holda faoliyat olib borsa, o`ziga tegishli bo`lgan mulkdan mahrum bo`lishi mumkin. Fuqaro mulki xususiy mulkning o`ziga xos ko`rinishi bo`lib, mulkning boshqa turlariga nisbatan quyidagi afzalliklariga ega:

1. Mulkdor har doim konkret shaxs bo`ladi.

2. Mulkdor mulkka nisbatan eng yaqin bo`ladi.

3. Bunday mulk tashmachilik, o`g`rilik, xo`jasizlikning qurboni bo`lish ehtimolidan uzoq bo`ladi.

O`zbekiston Respublikasi FK ning 209-moddasiga asosan xususiy mulkning subyektlariga quyidagilar kiradi:

-uy-joylar, xonadonlar, dala hovlilar, ekinlar, hayvon va parrandalar, uy-ro`zg`or buyumlari;

- aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog`ozlar;

-ishlab chiqarish; xizmat ko`rsatish , savdo va boshqa xo`jalik faoliyati sohasidagi korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshooatlar, uskuna, transport va boshqa ishlab chiqarish vositalari;

-ixtirolar, seleksiya yutuqlari, sanoat namunalari va intellektual faoliyatining boshqa natijalari;

- iste'mol qilishga va ishlab chiqarishga mo`ljallangan har qanday boshqa mol-mulk qonunlarga muvofiq xususiy mulk bo`lishi mumkin, ayrim mol-mulk turlari bundan mustasno.

O`zbekiston Respublikasida ommaviy mulkning, xususiy mulk singari bir qancha turlari mavjud. Bularga:

a) O`zbekiston Respublikasi mulki.

b) ma'muriy –hududiy tuzilmalar mulki ( munitsipal mulk)

O`zbekiston Respublikasi mulkiga quyidagilar kiradi: davlatga tegishli bo`lgan mol-mulk, yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo`shlig`i, o`simlik va hayvonat dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar.

O`zbekiston Respublikasi ma'muriy –hududiy tuzilmalar mulkiga esa quyidagilar kiradi: mahalliy budjet mablag`lari, munitsipal uy-joy fondi va komunal xo`jalik korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta'limi, madaniyat, sog`liqni saqlash massasalari.

O`zbekiston Respublikasida yuridik shaxslarning mulk turlari quyidagicha turlanadi:

a) mahalla mulki. b) ijara korxonasining mulki.v) xo`jalik shirkati mulki.g) diniy tashkilotlarining mulki.ye) jamoat birlashmalarining mulki.

Chet el fuqarolariga O`zbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga egalik qilish huquqi beriladi. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin o`tkazilishini kafolatlaydi. O`zbekiston iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan keng miqiyosdagi islohatlar shu kafolatlar mavjud ekanligidan kelib chiqib olib borilmoqda.



46. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi

Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o‘tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir.

Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so‘zsiz davom ettiriladi.

Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni – bu Bosh vazir yoki uning o‘rinbosarlari bo‘ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak.



Endi har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi – o‘zimiz mas’ul bo‘lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi.

Ana shu talabni, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakat strategiyasi loyihasini keng muhokama qilish davomida kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda2017-yil uchun mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturning o‘n bitta eng muhim ustuvor vazifasini belgilashni taklif etaman.

Ushbu ustuvor vazifalar bugungi majlisimiz bayonnomasi loyihasida ko‘rsatilgan. Shu munosabat bilan Bosh vazir A.Aripovga ana shu yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda taqdim etish topshiriladi.

Eng asosiy ustuvor vazifa – «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirish, «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan olijanob g‘oyani izchillik bilan hayotga tatbiq etishdan iborat.

Aynan ana shu eng muhim vazifalar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va ustuvor vazifalariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish uchun poydevor bo‘lishi kerak.

Buning uchun quyidagi vazifalarni bajarishimiz lozim.

Birinchi – fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi samarali usul va mexanizmlarini tatbiq qilish, jumladan, barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimini joriy etish kerak. O‘ylaymanki, ana shu muhim ishda Qonunchilik palatasi va Senat qo‘mitalari faol ishtirok etadi.

Joriy yilning 1-fevralidan boshlab Qonunchilik palatasi Spikeri – Nuriddinjon Mo‘ydinxonovich Ismoilov va Senat Raisi – Nig‘matilla To‘lqinovich Yo‘ldoshev ham joylarga chiqib, mavjud ahvolni shaxsan o‘rganish asosida aholining eng muhim ehtiyojlarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatishlari maqsadga muvofiqdir.

Ikkinchi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, har bir tuman va shahardagi Xalq qabulxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash darkor.

Ana shu ishlarning bosh maqsadi – fuqarolarning qonuniy murojaatlarini qisqa muddatda sinchiklab ko‘rib chiqishni va hal etishni ta’minlashdir. Bu borada raqamlar va silliq hisobotlarning orqasidan quvib, navbatdagi kampaniyabozlikni uyushtirish kerak emas.

Buni xalq hech qachon kechirmaydi!



Bundan buyon agar arizachi olgan javob xatidagi o‘z qonuniy muammosi yechimidan qanoat hosil qilmasa, bunday murojaat nazoratdan olinmaydi.

Uchinchi – Bosh vazir boshchiligida tuzilgan maxsus komissiya bir hafta muddatda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi loyihasini yana bir bor qayta ko‘rib chiqib, tasdiqlash uchun kiritishi kerak.

Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir.

Hurmatli do‘stlar!

Hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo‘lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda.

Bu o‘rinda asosiy muammo, mening nazarimda, quyidagilardan iborat.



Birinchidan, ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan ma’lum darajada uzilib qolmoqda.

Ikkinchidan, tarmoq va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda yuzaki yondashuvga yo‘l qo‘yilmoqda.

Va nihoyat, uchinchi asosiy kamchilik – ko‘pchilik rahbarlarning murakkab muammolarni kabinetdan chiqmasdan, iqtisodiyot tarmoqlari, har bir korxonadagi, shahar va tumanlardagi, ayniqsa, qishloq joylardagi ishlar qanday ahvolda ekanini chuqur o‘rganmasdan hal etishga odatlanib qolgani bilan bog‘liq.

47. Biz noyabr oyida Samarqandda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro anjumanda mintaqadagi fundamental muammolarni muhokama qilishni rejalashtirganmiz.

Ushbu anjuman yakunida biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni ta’minlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir maxsus rezolutsiyasini qabul qilish taklifini kiritishni mo‘ljallaganmiz.

Bu taklifni BMT rahbariyati va xalqaro hamjamiyat qo‘llab-quvvatlaydi, deb ishonamiz.

Muhtaram Rais janoblari!
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, mintaqaning umumiy suv zaxiralaridan oqilona foydalanish kabi muhim masalani chetlab o‘tolmaymiz.

BMT Bosh kotibining "suv, tinchlik va xavfsizlik muammolari o‘zaro chambarchas bog‘liq", degan pozitsiyasini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz.

Ishonchim komil, suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo‘li yo‘q.

O‘zbekiston BMTning preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyalar loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bugungi kunning eng o‘tkir ekologik muammolaridan biri – Orol halokatiga yana bir bor e’tiboringizni qaratmoqchiman.

Mana, mening qo‘limda – Orol fojiasi aks ettirilgan xarita. O‘ylaymanki, bunga  ortiqcha izohga hojat yo‘q.

Dengizning qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda.

Biz BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur to‘liq amalga oshirilishi tarafdorimiz.

Xonimlar va janoblar!
Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish nafaqat mintaqaviy, balki global xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti bo‘lib qoladi.

Aminmizki, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li – markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishdir.

Muzokaralar afg‘onistonliklarning o‘zlari hal qiluvchi o‘rin tutadigan holda, Afg‘oniston hududida va BMT shafeligida o‘tishi lozim. Donishmand afg‘on xalqi o‘z taqdirini o‘zi mustaqil hal qilishga haqlidir.

AQSh Prezidenti janob Donald Tramp ma’muriyatining Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlarni afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashishga oid da’vatini qo‘llab-quvvatlaymiz.

O‘zbekiston Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga katta hissa qo‘shmoqda va bundan keyin ham hissa qo‘shadi.

Afg‘oniston masalasi global miqyosdagi masalalar markazida bo‘lishi lozim. Xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlari, birinchi navbatda, Afg‘onistondagi o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilishi kerak.

Bu jafokash yurtda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashish yo‘lidagi bizning umumiy qat’iy harakatlarimiz aslo susaymasligi lozim.

Hurmatli sessiya ishtirokchilari!
Dunyoda terrorizm tahdidlari ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi asosan kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayotganidan dalolat beradi.

Bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman.

Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir.

Ekstremistik faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda.

Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda.

Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq.

Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir.

Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etadi.

Bizning nazarimizda, mazkur hujjatni imzolaydigan davlatlar ushbu sohani o‘z ijtimoiy siyosatining asosiy va muhim hayotiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarish bo‘yicha qat’iy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi kerak.

Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz.

Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz.

Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi.

Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining ko‘plab yorqin namoyandalarining islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman.

Ana shunday buyuk allomalardan biri Imom Buxoriy o‘z ahamiyatiga ko‘ra islom dinida Qur’oni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan "Sahihi Buxoriy"ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan.

Bu ulug‘ zotning g‘oyat boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, ma’rifatiy islom to‘g‘risidagi ta’limotini keng yoyish maqsadida biz Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildik.

Toshkentda tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati ham shu maqsadga xizmat qiladi.

Bugungi sessiya ishtirokchilariga BMT Bosh Assambleyasining "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qilmoqchiman.

Bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat.

Ushbu rezolutsiya bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan.

Xonimlar va janoblar!
O‘zbekiston hech qanday blokka qo‘shilmaslik maqomini saqlab qolgan holda, ochiq muloqotga tayyordir. Biz barcha sheriklarimiz bilan tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdormiz.

Biz mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi inson, uning ehtiyoj va manfaatlarini ta’minlashdan iborat bo‘lgan eng muhim ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning hal qiluvchi sharti aynan shunda mujassam, deb bilamiz.

E’tiboringiz uchun rahmat.

48. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyadagi nutqi


Ishonchim komil, bugun biz ham davrimizning eng o‘tkir mintaqaviy va global muammolaridan biri – Afg‘onistondagi qarama-qarshilikni hal etishni amaliy ruhda muhokama qilib, birgalikda umumiy bir yechim ishlab chiqishga qodirmiz.

Ming afsuski, jafokash Afg‘oniston zaminidagi bu to‘qnashuv qariyb 40 yildan buyon davom etmoqda.

Ma’lumki, “urush olovi” afg‘on xalqiga chetdan tiqishtirildi, bu – uning tanlovi emas.

Ana shu yillar mobaynida yuz minglab tinch aholi urush qurboniga aylandi, millionlab insonlar o‘z uylarini tashlab ketishga va boshqa mamlakatlardan boshpana izlashga majbur bo‘ldi.

Bu mojaroga yangi-yangi kuchlarning jalb etilishi uning mislsiz darajada keskinlashib ketishiga olib keldi. Ushbu urush nafaqat Afg‘onistonning muammosi, balki tobora murakkablashib borayotgan xalqaro muammoga aylandi.

Afg‘onistonda xalqaro terrorchi guruhlar sonining kengayishi, zo‘ravonlik va qon to‘kishlar, narkobiznesning barham topmayotgani – bularning barchasi bu mamlakatdagi vaziyatni jahon jamoatchiligi tomonidan inkor etilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda.

Eng yomoni, Afg‘onistondagi qurolli qarama-qarshilik va zo‘ravonlik sharoitida butun bir avlod voyaga yetdi. Lekin bu, ayrim ekspertlar andishasizlarcha ta’kidlayotganidek, “boy berilgan avlod” emas. Ular urush, muhtojlik va qiyinchiliklardan charchagan odamlar, xolos. Ular o‘zaro nizolarga chek qo‘yib, tinch hayotga, o‘z mamlakatini taraqqiyot va farovonlikka olib boradigan bunyodkor mehnatga qaytishni xohlaydi va shunga intiladi.

Men qat’iy aminman: afg‘on xalqida o‘z farzandlari va kelajak avlodlarning baxt-saodati yo‘lida yangi, tinch hayotni boshlash va barpo etish uchun kuch-g‘ayrat, donishmandlik, mardlik va matonat yetarli.

Bugungi anjumanimizda vakillari ishtirok etayotgan davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bu jafokash mamlakatdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga ko‘maklashishda muhim rol o‘ynashga qodir va shunday bo‘lishi kerak.

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi voqealar oqibatida Afg‘onistondagi vaziyat ma’lum bir vaqt davomida xalqaro siyosat e’tiboridan chetda qoldi. Ammo buning natijasida mazkur mojaro o‘z keskinligi va jiddiyligini yo‘qotgani yo‘q.

O‘zbekistonda xalqaro konferensiya o‘tkazish taklifi va Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlasha qaratilgan sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurati quyidagi omillar bilan bog‘liq.

Birinchidan, bizning tashabbusimiz O‘zbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasiga to‘la mos keladi. Bu konsepsiyada avvalo qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash ustuvor vazifa etib belgilangan Ikkinchidan, O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlari asrlar davomida yagona madaniy-sivilizatsion makonda yashab kelgan.

Azal-azaldan Amudaryoning ikki tomonida o‘zaro o‘xshash tillar, umumiy muqaddas din va mushtarak ma’naviy qadriyatlar birlashtirib turadigan xalqlar yashab kelmoqda.

Amudaryo biz uchun hamisha tiriklik manbai bo‘lib kelgan, ammo odamlarning erkin harakat qilishiga, savdo aloqalarini yaqindan rivojlantirishga, ilm-fan sohasidagi yutuqlar bilan o‘rtoqlashishga va bir-birini madaniy jihatdan boyitishga hech qachon to‘sqinlik qilmagan.

Afg‘on zaminida Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining Abu Rayhon Beruniy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab kabi buyuk namoyandalari va boshqa ko‘plab bizning ulug‘ ajdodlarimiz yashab ijod qilganlar.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida yaqin siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Afg‘onistonda millionlab o‘zbeklar yashaydi. Afg‘oniston Konstitutsiyasiga muvofiq o‘zbek tili mamlakatning rasmiy tillaridan biri hisoblanadi.

Uchinchidan, barchamiz qat’iy ishonamizki, xavfsizlik yagona va bo‘linmasdir va uni faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ta’minlash mumkin. Biz xavf-xatarlarning ba’zi birlarini “o‘zimizniki”, boshqasini esa “birovniki”, deb qabul qilmasligimiz kerak, aniqroq aytganda, bunday qilishga haqqimiz yo‘q.

Afg‘oniston xavfsizligi – bu O‘zbekiston xavfsizligi, butun bepoyon Markaziy va Janubiy Osiy mintaqasi barqarorligi hamda taraqqiyotning garovidir.

Xalqaro terroristik tashkilotlar Afg‘onistonni o‘zining doimiy makoniga aylantirib olishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

To‘rtinchidan, O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashish bo‘yicha tajribaga ega.

O‘zbekistonning tashabbusi bilan 1999 yilda Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar, Rossiya va AQSh tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari darajasida “6+2” guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Bu uchrashuvda Shimoliy Ittifoq va “Tolibon” harakati vakillari ham ishtirok etgan edi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha Afg‘onistondagi nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etishning asosiy prinsiplari haqidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi va u Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 54-sessiyasi va BMT Xavfsizlik Kengashining rasmiy hujjatiga aylandi.

Shu munosabat bilan biz Afg‘oniston bilan umumiy kelajagimiz, afg‘onistonlik birodarlarimizni ham, bizni ham birdek tashvishga solayotgan masalalar haqida gapirish uchun barcha asoslarga, siyosiy va ma’naviy huquqqa egamiz.

Aynan mana shuning uchun ham O‘zbekiston butun dunyo mamlakatlarini bizning bu ezgu ishdagi sa’y-harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlashga da’vat etadi.



49. Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi. Dasturga ko‘ra, 2017 yilda shahar va qishloqlarda umumiy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunali va ko‘p qavatli uylar bunyod etildi.

2017 — 2020 yillarda shaharlarda 945 ta ko‘p qavatli turarjoy qurilishi bo‘yicha dastur qabul qilingan. Kam ta’minlangan oilalar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar markazlarida va yirik shaharlarda ko‘p qavatli uylarda 50 mingga yaqin arzon kvartiralar barpo qilinadi. Xususan, 2017 yilda xuddi shunday ko‘p kvartirali, umumiy maydoni 800 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan uylar qurilib, aholiga topshirildi. Faqatgina Toshkent shahrining o‘zida 420 ming kvadrat metrli uy-joy foydalanishga topshirilgani boshlangan ishlar ko‘lamini ko‘rsatadi, albatta. Biroq aholi farovonligini ta’minlash faqat uy-joy masalasi bilan bog‘liq, desak, noto‘g‘ri bo‘ladi. Negaki, uzoq yillar davomida aynan ijtimoiy sohada o‘nlab muammolar yig‘ilib keldiki, oqibatda u odamlar normal hayot kechirishlariga monelik qildi. 

Bugungi kunda, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida vodoprovod tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Ayni paytda maxsus dastur doirasida 9 ming kilometr vodoprovod tarmoqlari, 1400 quduq va 3600 suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayapti. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi 3,2 million aholini qo‘shimcha toza ichimlik suvi bilan ta’minlab, mamlakat bo‘yicha aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirish ko‘rsatkichini 67 foizdan 84 foizgacha ko‘tarish imkonini beradi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etildi va Moliya vazirligi huzurida “Sof ichimlik suvi” jamg‘armasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yoki yillar davomida odamlarni qiynab kelgan yana bir masala — yo‘llar muammosini olaylik. Bu ham davlatimiz nazoratiga olindi. Ayni vaqtda yurtimizda mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega yo‘l hamda yo‘l-transport infratuzilmalarini yanada rivojlantirish dasturi asosida 1,7 ming kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, 10,4 ming kilometr xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shahar, tuman markazlari, shahar tipidagi qo‘rg‘onchalar, qishloq aholi punktlaridagi ko‘chalar yo‘l qoplamalarini kapital va joriy ta’mirlash ishlari ro‘yobga chiqarilayapti.

Shahar va qishloqlarimizda transport xizmatini yanada yaxshilash dasturi asosida yaqin vaqt ichida 74 ta avtovokzal va avtostansiya rekonstruksiya qilinadi. Bu esa yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratib, ularning xavfsizligini ta’minlashda ayni muddaodir. Qolaversa, 3 mingga yangi zamonaviy avtobuslar, 5,7 ming mikroavtobus sotib olindi. Shunga yarasha 300 dan ortiq yangi avtobus yo‘nalishlari ochiladi. 

Havo va temir yo‘llari qatnovlari infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportining yangi terminali yaratilishi bilan bir qatorda, temir yo‘l liniyalari qurilishi va elektrlashtirilishi amalga oshirilmoqda.


Davlatimiz rahbari “bizning eng oliy maqsadimiz odamlarimizni rozi qilish” deya takror va takror ta’kidlab kelmoqda. Xalqona va samimiy aytilgan bu so‘z aslida mamlakat ijtimoiy siyosatini belgilab beradi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, o‘tgan bir yildan ziyod vaqt ichida yurtimizda qanday olamshumul voqealar yuz berdi. Tarixiy o‘zgarishlar sharofati bilan davlat xalqqa yaqinlashdi, u endi xalq uchun ishlay boshladi. Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari faoliyati bugun nainki xalqimiz, balki xalqaro hamjamiyat e’tirofiga ham sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimizda ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sektorning shu kabi boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, xalqimiz dilidagi orzu-istaklar ro‘yobiga xizmat qilayotir. Yurtimizda Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, aytish mumkinki, milliy davlatchiligimiz tarixida tub burilish yasadi. Zotan, bu yo‘l bilan xalqimiz o‘z kelajagi poydevori yanada mustahkam bo‘lishini ta’minladi. Oliy va o‘rta ta’lim tizimi ham isloh etilmoqdaki, bu rivojlangan dunyo davlatlari bilan bo‘ylashish, dunyo sahnasida munosib o‘ringa ega bo‘lishimizga zamin yaratadi.


Download 77,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish