37-mavzu. Volfram elektrodlar bilan payvandlash uchun jixozlar Reja



Download 0,93 Mb.
bet1/2
Sana23.07.2022
Hajmi0,93 Mb.
#845054
  1   2
Bog'liq
37 Volfram elektrodlar bilan payvandlash uchun jixozlar (2)


37-mavzu. Volfram elektrodlar bilan payvandlash uchun jixozlar
Reja:
Dastaki payvandlash uchun gorelkalar turlari va tarkibiy qismlari
Gorelkalar tuzilishi
Yarimavtomatik va avtomatik payvandlash uchun gorelkalar
Erimaydigan elektrod bilan himoya gazlar muhitida payvandlash dastaki, yarimavtomatik va avtomatik usulda bajarish mumkin. Dastaki payvandlash gorelka yordamida bajariladi.
Dastaki payvandlash uchun gorelkalar turlari va tarkibiy qismlari. So`ngi vaqtlarda rangli metallarni payvandlashda xususan payvandlanishi qiyin bo`lgan alyuminiylarni payvandlashda argon yoy bilan payvandlash usuli keng qo`llanilmoqda. Ushbu payvandlash usuli bilan payvandlashda shlaklarning deyarli xosil bo`lmasligi va payvand choklariga qo`shimcha ishlov talab etilmasligi payvandlash ishlarini ancha osonlashtiradi. Payvandlash jarayonlarida payvandchi chok shakllanishi uchun eriydigan metal bilan birgalikda erimaydigan volfram elektrodlar ham ishlatiladi. Payvandlash jarayonlarida volfram elektrodlarni tutib turish uchun argon yoy bilan payvandlash gorelkalari ishlatiladi. Bu gorelkalar volfram elektrodlarni tutib turish bilan birgalikda quyidagi avzalliklariga ham ega bo`lishi lozim
-engil bo`lishi
-uchliklari qayrilishi
-belgilangan tok parametrlarida ishlay olishi.
1.Argon yoy bilan payvandlash gorelkalarni xar xil alomatlariga ko`ra turlarga ajratish mumkin. Xususan sovitish tizimaga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi
-Havo bilan sovutiladiga gorelkalar. Bunday turdagi gorelkalarning avzalligi shundan iboratki bunda gorelkalarni sovutish uchun qo`shimcha suyuqliklarni ishlatish talab etilmaydi. Lekin shu bilan birgalikda ushbu gorelkalar bilan katta toklarda ishlaganda o`ta qizib ketishi sababli tok kuchi 200 A yuqori bo`lganda boshqa turdagi gorelkalarni ishlatish tavsiya etiladi.
-Suv bilan sovutiladigan gorelkalar. Bunday gorelkalarda sovutuvchi suyuqlik aloxida maxsus shlanglar orqali xarakatlanadi. Ushbu turdagi gorelkalarning asosiy avzalliklari katta toklarda ham ishlashidir
2.Boshqatirish tizimiga qarab hamqiyudagi turlarga bo`inadi
-Ventilli. Bunday gorelkalarda uzatiladigan gaz vetil orqali boshqariladi
-Knopkali. Bunda gaz uzatilishi va tok kuchini boshqarish uchun knopkadan foydalaniladi. Bir necha bosqichlarga sozlash imkoni ham mavjud
-kombinatsiyalashtirilgan. Bunda bir vaqtda ham kopka ham ventil yordamida boshqariladi
3.Bundan tashqari korpusiga qarab ham turlarga ajratiladi
-Egiluvchan
-Egilmas
Argon yoy bilan payvandlash gorelkalarni quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`ladi:
-Korpus
-Elektrodlarni ximoya qilish uchun qaploqcha
-Izolyator
-Sanga va sanga tutkich
-Soplo
Gorelkalarni ishlatishda ushbu tarkibiy qismlarni volfram elektrodning o`lchamlariga qarab tanlanadi.

Elektrodni ximoya qilish qalpoqchalari elektrod uzunligidan kelib chiqib uzun yoki kaltalari tanlanishi lozim
Soplo. Soplolar ximoya gazlarini payvandlash zonasiga yo`naltirish uchun xizmat qilinadi. Soplolar standart yoki gaz linzali bo`lishi mumkin. Soplo diametri kattaligiga qarab 4,5,6,7,8,10 raqamlari bilan belgilanadi. Ular bir biridan diametri bilan farq qiladi. Uzatiladigan gaz miqdoriga qarab soplo diametri tanlanadi. Soplo raqami qancha kata bo`lsa mos ravishda diametri ham katta bo`ldai
Soploning diametrini aniqlash ushun soplo raqamini bir dyumni (25,4 mm) 16 dan bir qismiga ko`paytirish kerak bo`ladi. Masalan 4 raqamli soplo diametri quyidagicha aniqlanadi
25,4 mm(1 dyum) / 16= 1,588 mm
4 (soplo raqami)*1,588 = 6,352≈6,5 mm
Demak 4 raqamli soplo diametri 6,5 mm
Bundan tashqari soplolar uzun yoki kalta bo`lishi ham mumkin. Agar soplolar uzun bo`lsa raqamlarda so`ng “L” (ingilizcha LONG - uzun) xarfi ham qo`yiladi.
Sangalar elektrodlarni tutib turish va ularga ishonchli tok uzatish uchun xizmat qiladi. Sanga diametri (1,6 2,0 2,4 3,0 3,2 4 mm) elektrod daimetriga mos tanlanadi.
Sanga tutkichlar elektrod qistirilgan sangalarni tutib turish uchun xizma qiladi. Xozirg kunda sanga tutkichni o`rniga gaz linzlar ham ishlatilmoqda. Bunda ximoya gazlari gaz linzalarining mayda teshiklari orqali xarakatlanib payvandlash zonasiga yaxshiroq ximoya qiladi.


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish