4- mavzu: Biznes g`oya biznes asosi. G`oyalar generatsiyasi Reja



Download 24,67 Kb.
bet6/6
Sana26.02.2022
Hajmi24,67 Kb.
#465911
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu бизнесни ТЭЮ фани

Ijodkorlik. Ijodkor shaxs bo'lish uchun, siz o'z aql-idrokingiz va ko'zlaringizni tashqi dunyoga nisbatan ochiq holda saqlashingiz lozim.
Ijodkorlik bu nima?
Ijodkorlik deganda, konstruksiyani ishlash, yangi shakl berish, yasash yoki boshqa biror ishni noan'anaviy, ma'lum bo'lgan usullardan farq qiladigan usulda amalga oshirish qobiliyati tushuniladi.
Ehtiyojlar (muammolar)ni ijodkorlik bilan qondirish (yechish) va bu yechimlar natijalarini samarali marketingini ta'minlash qobiliyati ko'pincha muvaffaqiyatli va omadsiz tadbirkorlik farqini tashkil etadi. Tez o'sayotgan va rivojlanayotgan kompaniyalar oddiy o'rtahol firmalardan, shunday qobiliyati borligi bilan farq qiladi. Amaldagi muvaffaqiyatli tadbirkor yangi mahsulot va xizmatlarni tanlash, ochilayotgan tadbirkorlik imkoniyatlarini aniqlashga ijodkorlik bilan yondashadi.
Ijodkor shaxs bo'lish uchun, siz o'z aql-idrokingiz va ko'zla­ringizni tashqi dunyoga nisbatan ochiq holda saqlashingiz, g'oyalar manbalari bilan quyida bayon etilgandek, loyiq usullardan foydalanib, ishlashingiz lozim. Undan keyin, barcha g'oyalar, qanchalik ular mantiqsiz yoki aqlga sig'maydigan tuyilmasin, yozib borilishi lozim.
Nima uchun siz tadbirkorlik g'oyalarini o'ylab topishingiz kerak?
Ishlayotgan tadbirkorlar yoki kelajakda tadbirkor bo'lishi mumkin bo'lganlar tadbirkorlik g'oyalarini o'ylab topishi kerakligiga ko'pgina sabablar mavjud. Mana bu sabablarning ayrimlari:

  • Tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun sizga yaxshi g'oya kerak. Yuqorida aytilganidck (bu mavzuni muhimligi va zarurligi asoslangan joyda), yaxshi tadbirkorlik g'oyasi muvaffaqiyatli korxonani tashkil etish uchun hamda keyinchalik uning raqobatbardoshligini saqlab turish uchun ancha muhimdir.

  • Bozor ehtiyojlariga javob berish zarurligi. Bozorlar asosan, o'z qondirilishini kutayotgan ma'lum ehtiyojlar va xohishlarga ega bo'lgan iste'molchilardan iborat. Ehtiyojlar va xohishlarni qon­dirish qobiliyatiga ega bo'lgan odamlar yoki firmalar tegishli mukofot olishadi.

  • Tovar stilini va unga nisbatan talablarni o'zgartirish zarurati tadbirkorlarga yangi paydo bo'layotgan talabga — yangi g'oyalar taqdim etish, yangi tovarlar ishlab chiqarish va yangi xizmatlar taklif etish bilan javob qaytarish imkonini beradi.

  • Raqobatbardosh bo'lib qolish zarurati. Unutmang, agarda siz yangi g'oyalar yaratish, yangi tovarlar ishlab chiqarish va yangi xizmatlar taklif etish haqida vaqtida g'amxo'rlik qilmasangiz, bu ishni raqobatchingiz qiladi. Boshqalardan farq qilish yoki boshqalardan yaxshiroq bo'lish — siz uchun asosiy masala.

  • Tovarni yaxshiroq qilish uchun texnologiyani rivojlantirish zarurati. Tez sodir bo'layotgan o'zgarishlar firmalarga doimiy asosda yangiliklarni tatbiq qilishni taqozo etayotgan hozirgi zamon bozorlarida, texnologiya raqobatbardoshlikni ta'minlashning eng muhim vositasi bo'lib qoldi. Dunyoda, jumladan, elcktronika va murakkab maishiy texnika sohasida ishlayotgan, har oyda o'nlab yangi mahsulotlarni bozorga chiqarayotgan bir nechta kompaniyalar mavjud. Zamonaviy global bozorlarda faoliyat yuritayotgan shu va ko'pgina boshqa kompaniyalar uchun tadbirkorlik g'oyalarini yaratish — juda muhim omildir.

  • Chiqarilayotgan mahsulotning hayotiy aylanishiga rioya etish zarurati. Barcha mahsulotlarning xizmat qilish muddati cheklangan. Mahsulotning hayotiy aylanishi diagrammasida ko'rsatilganidek, hattoki, yangi mahsulotlar ham qachondir eskiradi va zamonaviy bo'lmay qoladi. Shunday ekan, yangi mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarishni ko'paytirishni rejalashtirish zarurati yaqqol ko'rinadi. Korxonaning rivojlanishi va o'sishi uning bozorga yangi mahsulotni taqdim etish va uning ishlab chiqarilishini ko'paytirishga erishish qobiliyatiga bog'liqdir.

  • Tavakkalchilikni taqsimlash va omadsizlik natijalarini yumshatish zarurati. Bozorga chiqarilayotgan yangi mahsulotlarning 80 % dan ortig'i raqobatbardosh bo'lmay qolishi (omadsizlikka uchrashi), mahsulotning hayotiy aylanishi konsepsiyasi bilan uzviy bog'liqdir. Shuning uchun korxonalar o'z tavakkalchiliklarini taqsimlashga harakat qilishlari va doimo yangi g'oyalar o'ylab topish yo'li bilan, vaqt-vaqti bilan uchrab turishi mumkin bo'lgan omad­sizlik natijalarini yumshatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishlari lozim.

Raqobatda yengib chiqishning muhim omili bo'lib. tadbirkorning ijodiy salohiyati hisoblanadi. Jahon iqtisodiyoti shiddatli sur'atlarda o'sib borayotgan bir vaqtda, iste'molchilarning talabi, didi.
dunyoqarashlari ham o'sib bormoqda. Bu holat tadbirkordan mavjud muhitga juda tez moslashish imkoniyatiga ega bo'lishini talab etadi. Mavjud muhitga o'z vaqtida moslashib, barqarorligini ta'minlash esa har doim ham amalga oshmaydi. Bu tadbirkordan bozor marketingini chuqur bilish va talabga mos ravishda raqobatchilaidan farqli ravishda o'z mahsulot va xizmatlarini taklif etilishi talab etiladi.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Tadbirkorlik g'oyalarining manbalari nimalardan iborat?

  2. Nima uchun tadbirkorlik g'oyalarini o'ylab topish zarur?

  3. Tadbirkorlik faoliyati imkoniyatlari qanday aniqlanadi?

  4. Tadbirkorlik faoliyati imkoniyatlari qanday baholanadi?

Download 24,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish