4-5-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Chanoq kamari suyaklari: tuzilishi va ularning yoshga doir xususiyatlari. Oyoq erkin qismi suyaklari: tuzilishi va ularning yoshga doir xususiyatlari Oyoq suyaklari



Download 172,93 Kb.
bet3/8
Sana20.03.2022
Hajmi172,93 Kb.
#503941
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-5-Amaliy mashg\'ulot

Quymich suyagi (os ischii) ning qov suyagiga o‘xshash, quymich kosasini hosil qilishda qatnashadigan qismi – tanasi (corpus ossis ischii) va undan davom etgan butog‘i (ramus ossis ischii) bor. Ana shu butoq burchak hosil qilib pastki butoqqa o‘tadi. Bu esa qov suyagining pastki butog‘i bilan qo‘shiladi. Quymich suyagi butoqlarining o‘zaro birlashgan joyi kengayib, yo‘g‘onlashgan quymich do‘mbog‘i (tuber ischiadicum)ni hosil qiladi. Quymich suyagi tanasining orqa tomonidagi o‘tkir uchli o‘siq (spina ischiadica) bilan quymich do‘mboq orasida kichkina kesimta (incisura ischiadica minor) joylashgan.
Quymich bilan qov suyaklarining butoqlari o‘zaro qo‘shilib, kattagina tuxum shaklidagi yopqich teshik (foramen obturatum)ni hosil qiladi.


OYOQNING ERKIN TURGAN BO‘LIMIDAGI SUYAKLAR
Oyoq skeletining erkin turgan qismi (skeleton membri inferioris liberi)
s o n s u ya g i (femur), t i z z a q o p q o g‘i (patella), b o l d i r s u y a k l a r i (ossa cruris) va o y o q p a n j a s i s k e l e t i (ossa pedis)dan tashkil topgan.
Son suyagi (femur, 34-35-rasmlar) naysimon suyaklar orasida eng uzun va kattasi bo‘lib, tana (corpus femoris), past va yuqori tomon (epifiz)lardan iborat. Son suyagining yuqori uchida (ichki tomonga qarab joylashgan) sharsimon boshcha (caput femoris) ko‘rinib turadi. Boshcha markazining pastrog‘ida chuqurcha (fovea capitis ossis feroris) joylashgan. Son suyagining boshchasi tanasiga bo‘yin (collum feroris) orqali qo‘shilgan. Bo‘yin suyak tanasiga 130 º o‘tmas burchak hosil qilib qo‘shilgan. Ayollarda chanoqning keng va katta bo‘lishiga ko`ra son suyagining bo‘yni to‘g‘ri burchak hosil qilib qo‘shiladi.
Son suyagi bo‘ynining tanaga o‘tish chegarasida muskul yopishishidan paydo bo‘lgan ikkita do‘mboq – katta ko‘st (trochanter major) va kichik ko‘st (trochanter minor) joylashgan. Katta ko‘stning ichkarisida chuqurcha (fossa trochanterica) ko‘rinadi. Ko‘stlar oralig‘ida orqa tomonda qirra (crista intertrochanterica) va oldingi tomonda g‘adir-budur chiziq (linea intertrochanterica) bo‘ladi.


34-rasm. Son suyagi (femur). Old yuzasi.
1–fovea capitis; 2–linea intertrochanterica; 3–trochanter minor; 4–epicondylus medialis; 5–facies patellaris; 6–epicondylus lateralis; 7–corpus femoris; 8–facies anterior; 9–trochanter major; 10–collum femoris; 11–caput femoris.

Son suyagining tanasi corpus femoris oldinga qarab bir oz bukilgan, uch qirrali dumaloq shaklda bo‘lib, orqa tomondan bo‘yiga qarab ikkita labdan tashkil topgan g‘adir-budur qirrasi (linea aspera) ko‘rinadi. Uning ichkari tomondagi labi (labium mediale) yuqoridagi kichik do‘mboqqacha davom etadi. Do‘mboqlar o‘z navbatida oraliq-taroqsimon chiziqqa (linea pectinea) qo‘shilib ketadi. Tashqi labsimon chiziq (labium laterale) esa katta do‘mboqning pastigacha boradi va dumba g‘adir-buduri (tuberositas glutea)ga aylanadi. Bu joyga dumba katta muskuli payining bir qismi yopishadi. Ikkala labsimon chiziqlar pastga yo‘nalib bir-biridan uzoqlashadi va tizza osti yuzasi (facies poplitea)ni hosil qiladi.




35-rasm. Son suyagi (femur). Orqa yuzasi.
1– collum femoris; 2–fossa trochanterica; 3–trochanter major; 4– tuberositas glutea; 5–linea aspera; 6–labium laterale asperae; 7–facies poplitea; 8–fossa intercondylaris; 9– epicondylus lateralis; 10– condylus lateralis; 11–condylus medialis; 12–linea intercondylaris; 13–labium mediale lineae asperas; 14–linea pectinea; 15–trochanter minor; 16–crista intertrochanterica; 17–caput femoris; 18–fovea capitis.

Son suyagining pastki, yo‘g‘onlashgan distal uchi orqaga qarab burilgan, ikkita muskul yopishadigan o‘siq bilan tugaydi. Uning ichki o‘sig‘i condylus medialis, tashqi tomondagi o‘sig‘i condylus lateralis deyiladi. O‘siqlar oldingi tomonida tizza bo‘g‘im yuzasi (facies patellaris) bilan o‘zaro tutashib turuvchi tizza qopqog‘i joylashadi. Ichki va tashqi o‘siqlarning orqasi hamda oralig‘ida o‘siqlar oralig‘idagi chuqurcha (fossa intercondylaris) joylashgan.


Har bir o‘siqning bo‘g‘im yuzalari yon tomoni teparog‘ida bittadan g‘adir-budur tepachalar: medial tomonda epicondylus medialis, lateral tomonda epicondylus lateralis ko‘rinib turadi.

Download 172,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish