4-6 Belorussiyada demokratik o‘zgarishlarga zamin yaratuvchi omillar va demokratik tuzumga o‘tishga intilish



Download 46,14 Kb.
bet2/6
Sana27.06.2022
Hajmi46,14 Kb.
#709924
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqil ish

2009

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

Milliy demokratik boshqaruv

6.75

6.75

6.75

6.75

6.75

6.75

6.75

6.75

6.50

Saylov jarayoni

6.75

6.75

7.00

7.00

7.00

7.00

7.00

6.75

6.75

Fuqarolik jamiyati

6.25

6.00

6.00

6.25

6.50

6.50

6.50

6.25

6.25

Mustaqil OAV

6.75

6.50

6.75

6.75

6.75

6.75

6.75

6.75

6.75

Mahalliy demokratik boshqaruv

6.75

6.75

6.75

6.75

6.75

6.75

6.75

6.75

6.75

Qonun ustuvorligi

6.75

6.75

6.75

7.00

7.00

7.00

7.00

7.00

7.00

Korrupsiya

6.00

6.00

6.00

6.25

6.25

6.25

6.25

6.25

6.25

Demokratiya ko’rsatkichi

6.57

6.50

6.57

6.68

6.71

6.71

6.71

6.64

6.61

Ijro etuvchi hukumat siyosiy hayotda ham ijtimoiy hayotda ham ustunlikni qo’lga olgan. Bu o’z ichiga davlat va mahalliy siyosatni ham oladi. 1996-yildan so’ng Belorussiya partiyalarsiz siyosiy tizimni qo’llab quvvatlaydi. Siyosiy partiyalar va nodavlat tashkilotlar siyosatga ta’sir ko’rsata olmaydi. Siyosiy oppozitsiya qiyin vaziyat ostida, doimiy ma’muriy bosim ostida bo’ladi va ba’zi hollarda ularga nisbatan ham jinoiy ish qo’zg’atilib turiladi. 2015-2016-yillardan buyon siyosiy holat birmuncha yaxshilangan. Oppozitsiya faoliyati ham o’z faoliyatini aktiv davom ettirishni deyarli to’xtatgan.



2. Belorussiyada demokratik o‘zgarishlarga zamin yaratuvchi omillar va demokratik tuzumga o‘tishga intilish
Huntington (1991) yil fikricha demokratik o‘zgarishlarga zamin yaratuvchi va unga to‘sqinlik qiluvchi omillar mavjud bo‘ladi7. Huntington fikricha demokratik o‘zgarishlarga zamin yaratuvchi omillar tashqi demokratik kuchlar va snowballing usuli hisoblanadi. Ammo snowballing usuli Belorussiya holatida to‘liq o‘zi ta‘sirini o‘tkaza olgan emas. Demokratik o‘zgarishlarga bir necha bor urinishlar doimo muvaffaqiyatsiz kechgan. Demak, davlatda ichki holat yaxshi bo‘lmas ekan snowballing unga demoratiyani olib kela olmaydi. Olimlar fikricha demokratiya tez tez saylovlar o‘tkazish orqali fuqarolik jamiyatini barpo etishga intilish, oppozitsion harakatlar o‘rtasida hamkorlik mavjud davlatlarda rivojlanadi. Ammo bu Belorussiya holatida o‘z aksini ko‘rsatadi. Davlatda tez tez saylovlar o‘tkazildi, ammo uning natijasi faqat bir kishining doimiy g‘alabasi bilan yakunlandi, buni esa to‘liq demokratiya deyish maqsadga muvofiq emas8.
Belorussiyada demokratiya tuzumining o‘rnatilishiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni uch kategoriyaga bo‘lib o‘rganamiz: siyosiy, sotsial va tashqi kuchlar. Siyosiy kategoriyaga birlashgan oppozitsion kuchlarning va yagona siyosiy figuraning mavjudligi, sotsial kategoriyaga esa yoshlar harakatining mavjudligi hamda tashqi kuchlarga hududdagi gegemonlar bilan aloqalari, g‘arb tomonidan moliyalashtiriladigan fuqarolik jamiyati qurish bo‘yicha nodavlat tashkilotlari bilan munosabatlarini misol qilib keltirish mumkin. Mak Faul (2005) va Herd (2005) fikricha muholifatdagi siyosiy rahbar obro‘sining tushishi va oppozitsiyalarning birlashishi muvaffaqiyatli demokratiya barpo etishga asos bo‘la oladi.
Oppozitsion kuchlarning darajasi uning birlasha olish qobilyati va amaldagi yetakchi haqida omma orasida shubha uyg‘ota olish orqali unga qarshi turishga bog‘liq bo‘ladi. Demokratiyaning xalq orasida yoyilishida yoshlar tashkilotlarining o‘rni o‘ziga xos ahamiyatga ega. Serbiya, Gruziya va Ukrainada demokratik o‘zgarishlarning sodir bo‘lishida yoshlar ittifoqlarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etgan. Yoshlar ittifoqi davlat ichida va tashqarisida yirik tizim tashkil qiladilarki, uning yordamida yoshlar o‘zaro aloqaga kirishadilar, demokratiyaning yoyilishiga shu tarzda hissa qo‘shadilar. Belorussiyada yoshlar harakati prezident Lukashenko tomonidan qo‘llab quvvatlanadi. Buning asosiy sababi yoshlar shunday kuchga egalarki u doimo muvozanatlashtirilib turilishi kerak. Belorussiyada Belorussiya Respublikasi Yoshlar harakati (BRSM) deb ataladi.
Avtokratik gegemon bilan munosabatlar darajasi ham demokratiyaga o‘tishda asosiy o‘rin egallaydi. Ambrosio fikricha tashqi kuchlar demokratiyaning shakllantirilishiga yoki aksincha shakllanmay qolishiga asosiy ta‘sirini ko‘rsatadi. Belorussiya holatiga keladigan bo‘lsak u ikki xalqaro yirik gegemonlar o‘rtasida qolib ketgan. Sobiq Sotsialistik respublikalar qatorida hali ham Belorussiya Rossiya bilan yaqinda aloqada bo‘ladi. Ular iqtisodiy jihatdan ham siyosiy jihatdan ham bir birini qo‘llab quvvatlab turadi. Rossiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida sovuq urush nihoyasiga yetgan bo‘lishiga qaramay, u yashirin ko‘rinishda doimo mavjud. Shunday sovuq urush sharoitida Ukraina va Belorussiya ikki gegemon davlat o‘rtasida sinov maydoniga aylangani ham hech kimga sir emas9. Belorussiya amerikancha demokratik rejimga o‘tishi yoki bo‘lmasa Rossiyaning ta‘siri ostida qolib avvalgi rejimida davom etishi bo‘yicha aniq qaror qabul qilishlariga to‘g‘ri keladi. Siyosiy tomondan qaraydigan bo‘lsak, Rossiya bilan aloqalarning yomonlashuvi Belorussiya uchun juda qimmatga tushishi mumkin. Shu sababli Belorussiya Rossiya bilan mustahkam aloqaga kirishishdan doimo manfaatdor10.
Lukashenko 1994-yil iqtisodiy pasayishlar va korrupsiya davlatda hukmron bo‘lgan paytda hokimiyat tepasiga kelgan. U aholining hayot darajasini yaxshilagani va to‘liq ish bilan ta‘minlay olgani bilan xalq mehrini qozongan. U iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash bilan bir qatorda barcha sohada hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga erishgan. 1996-yil o‘tkazilgan referendum Belorussiya davlatida demokratiyaga qarshi dastlabki zarba bo‘ldi unda aholi demokratik tuzum qolib avtokratik rejimni qo‘llab quvvatladilar. 1997-yilga kelib qonun chiqaruvchi va sud tizimi to‘liq Lukshenko tomonidan nazorat ostiga olindi. 2004-yildagi referendum esa prezidentning vakolatlari cheklanganligi prinsipini ham yo‘qqa chiqardi. Rasmiy habarlarga ko‘ra 80% aholi uning bunday hatti harakatlarini qo‘llab quvvatladi.
Lukashenko har bir harakatini qonuniylashtirdi va “demokratiya”ni qisman saqlab qoldi. Amaldagi hukumat uning qo‘lida bo‘lishiga qaramay rasmiy saylovlar o‘tkazib turdi. Sobiq AQSH davlat sekretari Jill Doughtery Belorussiya Respublikasi haqida “Yevropa markazida yashab qolgan haqiqiy diktatura” degan fikrlarni bildirgan11. Geografik tomondan qaralsa Belorussiya yarim avtoritar Rossiya va demokrat Yevropa o‘rtasida qolib ketgan. Qo‘shni davlatlarda demokratiya mustahkamlangan bo‘lsa ham yigirma yildan buyon Belorussiya jamiyatning barcha sohalari bir inson tomonidan boshqarilishi va davlat organlarining mustaqilligi cheklanganligi bilan avtoritar rejimdaligicha qolib ketgan12.
1996-yildan buyon ommaviy axborot vositalari ham mustaqillikgini yo‘qotib barchasi davlat tomonidan nazoratga olingan. 2006-yilga kelib mustaqil gazetalar ustidan ham nazoratni kuchaytirgan. Oppozitsion harakatdagilar o‘z istaklarini aholiga yetkazishda qiyinchiliklarga duchor bo‘lganlar. 2005-yil demokratik harakatlarni yoyish bilan shug‘ullanadigan nodavlat tashkilotlar faoliyatini cheklaydigan va har qanday oppozitsion harakatni qo‘llab quvvatlaydigan holatlarni oldini oladigan qonuniy va qonundan tashqari chora tadbirlarni ishlab chiqdi. Politsiya xizmati xodimlari ham ko‘cha namoyishlarini ustalik bilan bostirish mahoratini shakllantirdilar. 2010-yil saylovlar davomida Lukashenko hukumati internet resurslar faoliyatini ham qattiq nazorat ostida saqlab turdi. 2010-yil saylovlari jamiyatni nazorat qilishning barcha choralarini ko‘ra boshladi va o‘z hukumatini mustahkamladi. Davlatning repression harakatlari 2010-yil saylovlardan so‘ng o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi, har bir to‘qqiz nomzoddan yettitasi va 700 nafar namoyish ishtirokchilari hibsga olindi va kaltaklandi. Belorussiya hukumatining o‘ziga xos jihati uning repressiyaga moyilligi hisoblanadi. Repressiya kuchli bo‘lishiga qaramay yoshlar harakati o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.


  1. Download 46,14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish