4-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Yo’l transport hodisalari tahlili bo’yicha xodimning vazifalari Darsning maqsadi



Download 128,79 Kb.
bet1/2
Sana07.07.2022
Hajmi128,79 Kb.
#754867
  1   2
Bog'liq
4-amaliy mashg ulot (0)


4-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Yo’l transport hodisalari tahlili bo’yicha xodimning vazifalari
Darsning maqsadi: Darsning mavzusini yoritish uchun kichik guruhlarda ishlash uchun maqbul bo’ladigan ta’lim texnologiyalaridan foydalaniladi:

Muammolar tahlili uslubi


Kichik guruhlarda amaliy mashg‘ulotni tashkil qilish uchun yuqoridagi interfaol metodlardan foydalanib, talabalarning ishtiroki va javoblari bo‘yicha baholanadi.Va dars yakunida xulosa qilinadi.
Yuk va yo‘lovchilarni tashish xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, avtomobillarda tashuvchilarda YTH oldini olish ishlarini olib borish maqsadida Harakat xavfsizligi xizmati (HX) yoki shunday amal belgilanadi, ular mutaxassis yoki maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va bevosita korxona rahbariga bo‘ysinishadi.
Avtomobil transporti vositalarining soni 50tadan kam bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda yo‘l harakati xavfsizligi (YHX) xizmatining vazifalari avtomobilda tashuvchining rahbarlaridan biriga yuklatiladi.
Avtomobil transporti vositalarining soni 50tadan 150tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda YHX xizmatining vazifalarini bajaruvchi mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Avtomobil transporti vositalarining soni 150tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda quyidagicha shtat birligidan iborat bo‘lgan YHX xizmati tashkil etiladi:
avtomobil transporti vositalarining soni 150 tadan 300tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda -2ta xodim;
avtomobil transporti vositalarining soni 301 tadan 500tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda -3ta xodim;
avtomobil transporti vositalarining soni 500 tadan 750tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda -4ta xodim;
Avtomobil transporti vositalarining soni 750tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarning YHX xizmatida har 250 ta avtotransport vositalari uchun qo‘shimcha ravishda bitta xodim lavozimi joriy etiladi.
Avtomobil transporti vositalarining soni 500 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda YHX bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.
YHX xizmatida Nizomga asosan [6] belgilangan xodimlar soni doirasida xizmat (bo‘lim) boshlig‘i, katta muhandis, muhandis lavozimlari joriy etiladi.YHX xizmati xodimlari vazifalari Nizom,xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari va avtomobilda tashuvchining boshqa lokal me’yoriy xujjatlari bilan belgilanadi.
Qonunda belgilanishi bo‘yicha YHX xizmati yoki bo‘limi xodimlari soni korxona haydovchilari soni, bajarilgan transport ishi hajmi va uning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
1.Avtomobillarda tashuvchining boshqaruv tizimi qanday?
1. Avtomobil tashuvchisi uchun xavfsizlikni boshqarish tizimini ishlab chiqishning eng qiyin bosqichlaridan biri bu xaqiqiy jarayonni yetarlicha to‘liq va aniq simulyatsiya qiluvchi matematik modelni qurishdir. Avtomobilda tashuvchi uchun xavfsizlikni boshqarish tizimini ishlab chiqishning eng qiyin bosqichlaridan biri bu haqiqiy jarayonni yetarlicha to‘liq va aniq simulyatsiya qiluvchi matematik modelni qurishdir. Avtomobilda tashuvchi uchun xavfsizlikni boshqarish tizimini ishlab chiqishning eng qiyin bosqichlaridan biri bu haqiqiy jarayonni yetarlicha to‘liq va aniq simulyatsiya qiluvchi matematik modelni qurishdir.
2.Avtomobillarda tashuvchining qanday xizmat bo‘limlari mavjud?
2.Foydalanish xizmati — yuk va yo‘lovchilar tashishni belgilangan reja va shartnomalarga muvofiq ravishda tashkil qilish hamda amalga oshirish, tashish jarayonini boshqarish, nazorat va tahlil qilish, harakatlanish jadvallarini ishlab chiqish, yo‘lovchilar va yuklarni xavfsiz tashish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linma.
Texnika xizmati — avtotransport vositalarini texnik jihatdan shay holda saqlash va ularni rivojlantirish ishlarini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linma.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati — korxonada xavfsiz va sog‘lom ish sharoitlari yaratilganligini va barcha xodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi, tarmoq bo‘limlari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar beruvchi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kirituvchi tarkibiy bo‘linma.
3.Avtomobillarda tashuvchining xizmat bo‘limlarining qanday o‘zaro bog‘liqligi bor?
3.Xizmat bo’limlarining barchasi yuk va yo‘lovchilar tashishni belgilangan reja va shartnomalarga muvofiq ravishda tashkil qilish hamda amalga oshirish, tashish jarayonini boshqarish, nazorat va tahlil qilish, harakatlanish jadvallarini ishlab chiqish, yo‘lovchilar va yuklarni xavfsiz tashish uchun qaratilgan.
4.Avtomobillarda tashuvchining harakat xavfsizligi xizmati qanday
vazifalarni bajaradi?
4. Harakat xavfsizligi xizmati xodimlarining barcha vazifalarini uch guruhga ajratish maqsadga muvofiq bo‘lar eli: uslubiy;amaliy;tashkiliy.
5. HXX xodimlarining uslubiy vazifalariga nimalar kiradi?
5. Uslubiy ishlar tavsiyalarni va idoraviy me’eriy xujjatlarni takomilashtirish bo‘yicha amalga oshiriladi.
6. HXX xodimlarining amaliy vazifalariga nimalar kiradi?
6. Harakat xavfsizligi xizmati xodimlarining amaliy vazifalariga YTH va YHQ buzilishini hisobga olish hamda tahlil qilish,YTH xizmat tekshiruvini o‘tkazishda, haydovchilarni alkogol qoldig‘ini aniqlashda ishtirok etish, haydovchilarning liniyadagi ishini nazorat qilish kiradi.
7. HXX xodimlarining tashkiliy vazifalariga nimalar kiradi?
7. Harakat xavfsizligi xizmati xodimlari bajaradigan tashkiliy vazifalarga YTH oldini olish bilan bog‘liq seminarlar, tanlovlar,konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, harakat xavfsizligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijasini korxona amaliyotiga tadbiq etish kiradi. Asosiy yo‘nalishlaridan yana biri HX xonasi faoliyatini tashkil etishdan iborat.

8.Avtomobillarda tashishda harakat xavfsizligi bo‘yicha umumiy rahbarlikni kim olib boriladi?


8.Yuqori boshqaruv HX xizmati boshqaruvidagi avtokorxona HX xizmati xodimlariga uslubiy tavsiyalar beradi, shuninngdek ularning faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda amalga oshiradi.
9. Qanday hollarda avtomobillarda tashishda HXX tashkil etiladi?
9. HXX xizmati tomonidan avtomobillarda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etish bo‘yicha faoliyatning yillik rejasi ishlab chiqiladi.
10.Harakat havfsizligi masalalari bo‘yicha foydalanish xizmati vazifalari nimalardan iborat?
10. Avtomobilda tashuvchining harakat xavfsizligi xizmatining harakat xavfsizligini ta’minlashdagi vazifalari quyidagilardan iborat.
- avtomobil transporti vositalari haydovchilarining ishini yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi talablarga muvofiq tashkil etadi;
- avtomobil transporti vositalari haydovchilarining qonun xujjatlarida belgilangan mehnat qilish va dam olish tartibigi rioya etilishini ta’minlaydi;
- avtomobil transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratadi;
-yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud bo‘lganda, transport vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi;
- avtomobil transporti vositalari ishtirokida sodir bo‘lgan YTH va YHQ buzilishlarining sabablarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha choratadbirlarni ko‘radi;
- avtomobil transporti vositalari haydovchilarining tibbiy ko‘riklarini, ularning YTH jabrlanganlarga birlamchi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
-avtomobilda tashuvchining fuqoralik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha qonun xujjatlarida belgilangan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;
- avtomobil transporti vositalarining but saqlanishini ta’minlaydi.
11.Harakat havfsizligi masalalari bo‘yicha xodimlar bo‘limi vazifalari nimalardan iborat?
11. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining asosiy vazifasi haydovchilar va korxonaning turli bo‘lim xodimlari tomonidan avtokorxona rahbarining 71 avtomobil transportida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha buyruq va ko‘rsatmalarining bajarilishini muntazam nazorat qilib borish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha zarur tadbirlarni ishlab chiqib, uni tadbiq etishdan iboratdir.
12.Harakat havfsizligi masalalari bo‘yicha texnik xizmati ko‘rsatish vazifalari nimalardan iborat?
12.
-harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmatini ko‘rsatish va joriy ta’mirlash jadvalini tuzish hamda uni muntazam va sifatli o‘tkazish, yo‘l harakati qoidalarining tegishli boblarida ko‘rsatilgan nuqsonlarga ega bo‘lgan transport vositalarini foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik;
- avtomobil transporti vositalarini yillik texnika ko‘rigidan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jadvalini tasdiqlash; -kapital ta’mirlashgacha normativ asosda yo‘l yurgan avtomobillarni bundan keyin foydalanish uchun texnikaviy holatini aniqlash va bu haqda dalolatnoma tuzish;
-harakatdagi tarkibning texnikaviy nuqsonlariga ko‘ra yo‘ldan qaytib kelishini zudlik bilan tekshirib chiqish, buning sabablari, aybdor shaxslarni aniqlash va uni yo‘qotish uchun tegishli tadbir belgilash;
-yangi avtomobillarni tuzatish xususiyatlari, ularga texnika xizmati ko‘rsatish va ta’mirlash, shuningdek, texnikaviy holatini nazorat qilish uchun xodimlar bo‘limi bilan birga haydovchilar va ta’mirlovchi ishchilarning texnikaviy o‘qishini tashkil etish.
13.Harakat havfsizligi masalalari bo‘yicha faoliyat qanday muvofiqlashtiriladi?
13. O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash yo‘l transport hodisalarning oldini olish va bu borada yagona davlat siyosatini yuritish, yo‘l harakati koidalarini xalkaro «Yo‘l harakati haqidagi» konvensiya talablariga muvofiqlashtirish maqsadida hamda «Yo‘l harakati xavfsizligi» to‘g‘risidagi Qonunning 5-moddasiga asosan vazirlar mahkamasi muntazam ravishda «Yo‘l harakati qoidalari» ko‘rib chiqadi . «Yo‘l harakati qoidalari» asosida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar va boshqa tashkilotlar va muassasalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi YUqori kengashi, viloyatlar, shaharlar, xokimliklar yo‘l harakatini tashkil etishi bilan bog‘lik bo‘lgan barcha ishlarni amalga oshirish 67 chora-tadbirlarini belgilaydilar, hamda u yo‘l harakati tartiblarini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
14. Harakat havfsizligi faoliyati qaysi me’yoriy-xuquqiy xujjatlarga asoslanadi? 14.Harakat xavfsizligi bo‘yicha transport vositalari, yo‘llar va boshqa inshootlarga hamda harakatni tashkil etish vositalariga qo‘yiladigan talablar me’yoriy hujjatlar, davlat namunalari (GOST), shaharsozlik meyo’ri va qoidalari (SHNQ) va muassasaviy qoida va me’yorlar (MQN) orqali aniqlanadi. Sohalar me’yoriy hujjatlarida (instruksiya, uslubiy ko‘rsatma) avtomobil transportida, yo‘l xo‘jaligida, yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarida harakat xavfsizligi ko‘rsatkichlarini yaxshilash, yo‘l - transport hodisalarini hisobga olish, transport vositalaridan foydalanishga ruxsat berish, yo‘llarning xavfli bo‘laklarini aniqlash, harakat xavfsizligini boshqarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatiladi. «Yo‘l harakati» xaqidagi va «Yo‘l belgilari va signallari» xaqidagi konvensiyalar eng asosiy xalkaro me’yoriy hujjat hisoblanadi. Bu konvensiyalar 1968 yilda Vena shahrida BMT «Yo‘l harakati» konferensiyasida qabul qilingan. Ushbu konvensiyaga 1971 yil Jenevadagi Evropa kengashida to‘ldirishlar kiritilgan.

Download 128,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish