4-Laboratoriya ishi Mavzu: Suyuqliklarning nasadka va teshiklardan oqishi. Ishning maqsadi



Download 104,67 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2022
Hajmi104,67 Kb.
#577246
  1   2

4-Laboratoriya ishi
Mavzu: Suyuqliklarning nasadka va teshiklardan oqishi.
Ishning maqsadi: suyuqlik sathi o‘zgaruvchan bo‘lgan, ko‘ndalang kesim doimiy bo‘lgan idishda har xil tirqishlar orqali suyuqlikni oqib tushish vaqtini tajriba yo‘li bilan aniqlash
Ishning nazariy asoslari
Usti ochiq pastki qismi yassi bo‘lgan dumaloq teshik orqali oqib tushgandagi sarfni aniqlashni ko‘rib chiqamiz. Uning balandligi bir xil vaziyatda, o‘zgarmasdan turadi.
Bernulli tenglamasini ideal suyuqliklar uchun idishning pastki qismiga parallel bo‘lgan 0-0 tekislikka nisbatan 1-1 va 2-2 kesimlar uchun quyidagicha yozamiz:
(4.1)
Idishning ustki qismi ochiq bo‘lgani uchun R1 =R2 va suyuqlikning balandligi o‘zgarmagani uchun tezligi w1 = 0 teng bo‘ladi, bundan tashqari Z1 – Z2 = N deb olsak bo‘ladi. Bu ‘olda tenglama quyidagi ko‘rinishga keladi:
(4.2)
bundan
(4.3)
Demak, teshikdan oqib tushayotgan suyuqlikning tezligi suyuqlikning balandligiga boliq ekan. ‘aqiqiy suyuqlik teshikdan oqib tushishida bosimning bir qismi to‘siqlarni va ichki ishqalanish kuchlarini engish uchun sarf bo‘ladi. SHuning uchun ‘aqiqiy suyuqliklarning oqib tushish tezligi quyidagicha aniqlanadi:
(4.4)
- tuzatuvchi koeffitsient ( <1), ya’ni suyuqlik oqimini teshikdan oqib tushayotganda bosimni yo‘qolishini hisobga oladi va tezlik koeffitsienti deyiladi.
Suyuqlik oqimi teshikdan oqib tushayotganda siqilishi natijasida tezlik va bosim kamayadi, bunday holat teshikdan chiqayotgan oqimning siqilish koeffitsienti orqali hisobga olinadi va e bilan belgilanadi:
(4.5)
bu erda S2 - teshikdan o‘tgan suyuqlik oqimining siqilgan joydagi ko‘ndalang kesimi; S1 - teshikdan o‘tayotgan suyuqlik oqimining ko‘ndalang kesimi. Unda teshikdan oqib chiqayotgan suyuqlikning tezligi w0 kichik bo‘lishi kerak, w2 ga nisbatan
(4.6)
Tezlik va oqimning siqilish koeffitsientlarining ko‘paytmasi sarf koeffitsienti deyiladi va a bilan belgilanadi.
(4.7)
bundan
(4.8)
Bu koeffitsient suyuqlik turiga bog‘liq bo‘lib, har qanday suyuqlik uchun tajriba orqali aniqlanadi, hamda uning qiymati Reynolds kriteriyasiga, suyuqlik xususiyati, teshik shakli va oqim tezligiga bog‘liq. Suv va qovushoqligi suvning qovushoqligiga yaqin bo‘lgan suyuqliklar uchun sarf koeffitsienti a = 0,62 ga teng.
Suyuqliklar qisqa patrubkalardan (nasadkalardan) oqib o‘tayotganda kirish va chiqish qismida qo‘shimcha tezlik va bosim yo‘qotadi, bu esa qiymatini kamaytiradi. SHu bilan birga oqim patrubkaga kirish chog‘ida, bir muncha to‘ldirgan holda oqib chiqadi, ya’ni e = 1 ga teng natijada, suyuqlikning sarf koeffitsienti suyuqlikni teshikdan oqib chiqishiga nisbatan nasadkadan oqib chiqishida katta qiymatga ega bo‘lib, suyuqlik va suv uchun a = 0,82 ga teng deb olinishi mumkin. Hajmiy sarf miqdori:
(4.9)
Idishdan teshik orqali oqib chiqayotgan suyuqlikning sarf miqdori idishning shakliga bog‘liq bo‘lmasdan, teshik kattaligi va suyuqlik balandligiga bog‘liqdir.
Bu formuladan teshik orqali oqib chiqayotgan hajmiy sarf miqdorini aniqlash mumkin (4.9). Tenglamadagi N suyuqlikning yuqori qatlami bilan teshik orasidagi masofadir.
O‘zgaruvchan balandlikda suyuqlikni yupqa devordagi teshik orqali oqib chiqishida, suyuqlikning balandligi N vaqt birligida kamayib boradi va shu bilan birga uning tezligi ham kamayib, oqish jarayonini turg‘unmas harakatda bo‘ladi. Elementar vaqt dt birligida suyuqlikning balandligi N1 dan N2 gacha o‘zgarganda, idish hajmidagi pastki teshikdan oqib o‘tayotgan suyuqlik hajmi quyidagi tenglamadan topiladi:
(4.10)
bu erda So - idish tubidagi teshikning ko‘ndalang kesimi.
Vaqt birligida idishdagi suyuqlik balandligi ga o‘zgaradi va bunda idishdagi suyuqlik miqdori quyidagi qiymatga kamayadi:
(4.11)
bu erda S - idishning ko‘ndalang kesimi; minus ishora idishdagi suyuqlik balandligining kamayganini ko‘rsatadi.
Uzluksizlik tenglamasiga asosan, oqib tushgan suyuqliklar miqdorlarini bir-birigi tenglashtirsak:
(4.12)
bundan
(4.13)
suyuqlikni oqib tushish vaqtini aniqlash uchun bu ifodani integrallasak:


(4.14)
(4.14) tenglama orqali idishdagi suyuqlik balandlik ma’lum miqdorga kamayganda, ya’ni N1 dan N2 ga o‘zgarganda suyuqlikning butunlay oqib chiqish vaqti quyidagicha aniqlanadi:
(4.15)
Ushbu ishni bajarishdan maqsad tajriba yo‘li bilan vaqt ichida suyuqlikni har xil shakldagi teshiklar orqali va shunda idishning ko‘ndalang kesimi o‘zgarmagan xolda suyuqlikni o‘zgaruvchan balandlikda oqib chiqishini aniqlashdir.

Download 104,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish