4-ma’ruza. Faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi



Download 155,5 Kb.
bet1/7
Sana01.06.2022
Hajmi155,5 Kb.
#625790
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-ma’ruza. Faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi 270921114228


4-ma’ruza. Faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi


Reja:
1. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish.
2. Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish.
3. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari.
4. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati.


1. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish
Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish deganda ko‘zda tutilgan natijalarga erishish “inson-muhit” tizimiga tashkiliy ta’sir qilishni tushunamiz.
Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish - bu obektni ongli ravishda bir holatdan (xavfli) boshqa bir (xavfsiz) holatga o‘tkazishdir. Bunda ob’ektiv ravishda iqtisodiy va texnik shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.
Tizimlilikka bo‘lgan talab shundan iboratki, bunda xavfsizlikni aniqlashda muhim va yetarli bo‘lgan tashkil qiluvchilar sonini hisobga olish ko‘zda tutiladi.
Tizimli tahlil qilishning muhim prinsiplari quyidagilarga olib keladi:
- qaror qabul qilish jarayonida oxirgi maqsadni aniqlash va aniqlik kiritishdan boshlanmog‘i kerak;
- butun muammolarni to‘laligicha qarash muhimdir;
- maqsadga erishishning alternativ yo‘llarini tahlil qilish lozim;
- qo‘shimcha maqsadlar umumiy maqsadga to‘sqinlik qilmasligi kerak. Bunda maqsad - reallik, predmetlilik, sonli aniqlik, adekvatlik, samaralilik, nazoratlilik talablarini qondirishi kerak.
Maqsadlarni vujudga keltirish - xavfsizlikni boshqarishda juda murakkab masaladir. Maqsadni har doim ierarxik tushuncha deb qarash kerak. Reja har doim aniq tugallangan maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Bu bosh maqsaddir. Bosh maqsad qism maqsadlarga bo‘linadi va o‘z navbatida muhimlik darajasiga qarab joylashtiriladi.
Bosqichlarda, xavfsizlikning barcha talablari hisobga olingan holda, to‘liq faoliyat sikli hosil qilinadi, ya’ni: ilmiy fikr, ilmiy izlanish ishlari, konstruktorlik ishlari, loyiha, loyihani amalga oshirish, sinash, ishlab chiqarish, tashish, foydalanish, takomillashtirish va tuzilishini o‘zgartirish, saqlashga qo‘yish va bartaraf qilish, yo‘q qilish.
Xavfsizlik talablarini o‘z vaqtida hisobga olish faqat texnik shartlargagina emas, balki iqtisodiy qarashlarga tayanadi.
Boshqarish - bu shunday jarayonki, uni bir qancha bosqichlarga bo‘lish mumkin:
1. Obektning holatini tahlil qilish va baholash;
2. Boshqarishning maqsad va masalalarini amalga oshirish uchun tadbirlarni rejalashtirish va oldindan aniqlash;
3. Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlarni bevosita tashkil qilish;
4. Nazorat, ya’ni boshqarishni tashkil qilish ustidan kuzatish va tekshirish;
5. Tadbirlarning samaradorligini aniqlash;
6. Rag‘batlantirish, ya’ni boshqarish qatnashchilarini boshqaruv muammolarini muvaffaqiyatli hal qilishga undovchi ta’sir shakllari.
HFXni boshqarish vositalarini quyidagi jihatlarga ajratish mumkin: fiziologik, psixologik, ijtimoiy, tibbiy, texnik, tashkiliy-operativ, huquqiy va iqtisodiy, tarbiyaviy, ergonomik, ekologik, sanitar-gigiyenik; ommani o‘qitish; xavfsizlik madaniyatini tarbiyalash; kasbiy o‘qitish; kasbiy tanlash; boshqarish subektiga psixologik ta’sir qilish; dam olish va ishlash rejimlarini qulaylashtirish; kollektiv himoyalanishning texnik va tashkiliy vositalari; shaxsiy himoya vositalari; yengillik va kompensatsiya to‘lovlari tizimi va boshqalar.



Download 155,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish