Kaliyli o’g’itlarning ekologik roli
Kaliyli o’g’itlar azot va fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish hajmidan kam bo’lib, 12mln.t.nitashkil etadi.Bu o’g’it o’simlik organizmida muhim hayotiy jarayonlarni bajaradi. Masalan, hujayraning suv faoliyatini tartibga solishga, uglevodlarning barglardan boshqa organlarga oqib o’tishiga, fotosintez jarayonining bir maroMga borishiga olib keladi. O’simlik tarkibidagi kaliy miqdori 0,01% dan 2-3% bo’lib, bu o’g’itni tuproqqa berishda tuproqdagi harakatchan kaliy miqdorini qat’iy hisobga olish kerak bo’ladi. Chunki 1 kg tuproq tarkibida 400 mg dan ortiq kaliy bo’lsa, ayni tuproqqa yillik normadagi kaliy miqdorining 20-40% ni berish lozim. Sho’rlangan yoki sho’rlanishga moyil tuproqlarga kaliyli o’g’itni sulfatli tuzlari shaklida berish maqsadga muvofiq. Agarda u KCl holida berilsa, xlor ionlari tuproqda yanada ko’payib ketishi va ekinlarning zaharlanishiga olib keladi. Kaliyli o’g’itlarni agrokimyoviy xaritanomalarga rioya qilmasdan tuproqqa berish, hosilning pishib yetilishini kechiktiradi, sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, atrof-muhit, tuproq, suv vasuv xavzalarining ifloslanishiga sabab bo’ladi. Salbiy ta’sirning oldini olish:
-o’g’itlarni saqlashda omborxonalarni suv xavzalari va aholi punktlaridan uzoqroqda qurish;
-tashish va qo’llash qoidalariga rioya qilish;
-mineral o’g’itlarning yillik normasini belgilashda tabiiy geografik sharoit, tuproq unumdorligi va rejalashtirilgan hosilni hisobga olish;
-yer osti sizot suvlar sathini hisobga olish.
Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi.
Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanish manbalarini asosan, metall ishlab chiqarish sanoati chiqindilari, turli yoqilg’ilarning yonish maxsulotlari, avtomobil dudlari va chiqindi gazlar, qishloq xo’jaligida ishlatiladigan ximikatlar va boshqalar tashkil etadi. Og’ir metallarga qo’rg’oshin, vanadiy, xrom, marganes, kobalt, nikel, mis, rux, vismut, molibden, surma, kadmiy, temir va boshqalar kiradi.
Atrof-muhituchunxavflilarigasimob,qo’rg’oshin,kadmiy,mishyaqselen,ftor kirsa, ular ichida o’ta xavflilari simob, qo’rg’oshin va kadmiy hisoblanadi.
Ko’mir, neft, gaz va boshqa bir qator yoqilg’ilardan foydalanish shu darajada oshib ketganki, atrof-muhitni metall ishlab chiqarish sanoatiga nisbatan bir necha bor ortiq ifloslantirmoqda. Avtomobil dudlari va tashlandiq gazlari orqali tuproqqa xar yili 200-250 ming t. qo’rg’oshin tushadi. Shuningdek, og’ir metallar biosidlar va mineral o’g’itlar bilan ham tuproqqa tushadi.
Og’ir metallar tuproqdan o’simlikka, o’simlikdan esa hayvon organizmiga o’tadi va tirik organizmga zararli ta’sir ko’rsatadi.
Simob – eng xavfli kimyoviy element bo’lib, uning metil simob birikmasi tabiatdagi anorganik birikmalarning anaerob sharoitda, organik moddalar bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo’ladi.
Metilsimob o’ta xavfli zaxarli modda bo’lib, suv, tuproq, o’simlik va boshqa oziqlanish zanjirlari orqali inson organizmiga tushishi mumkin. Odam organizmiga o’tgan simob buyraq jigar, hatto miyaga juda katta ta’sir etib, asab kasalligini keltirib chiqarishi yoki o’limga olib kelishi mumkin.
Qo’rg’oshin – yem-xashak tarkibidagi 100 mg/kg qo’rg’oshin xayvonlarni o’limga olib kelishi mumkin. Tuproq tarkibidagi qo’rg’oshin birikmalarining organizmda saqlanish davomiyligi, metilsimob birikmasiga qaraganda uzoq bo’lib, u o’z ta’sir kuchini bir necha yillargacha saqlab tura olishi mumkin.
Avtomashinalarning detonasiyasini kamaytirish uchun benzinga qo’shiladigan tetraetil qo’rg’oshin o’ta zaxarli qo’rg’oshin birikmasi bo’lib, bu kabi benzinning 1 l yonganda, havoga 200-400 mg gacha qo’rg’oshin ajralib chiqadi.
Tuproqda qo’rg’oshinning ko’payishi mikroorga-nizmlarning kamayishiga olib keladi. Masalan, tuproqqa 0,1-0,5% qo’rg’oshin qo’shilganda bakteriyalar koloniyasining rivojlanishi 50-75% gacha kamayadi.
Katta yo’l yoqalarida yetishtiriladigan sabzavot ekinlari tarkibida qo’rg’oshin miqdori normal sharoitda yetishtirilgan sabzavotnikiga qaraganda 5-10 marta ko’p bo’ladi. Har soatda, o’rta hisobda 2000 dan ko’p avtomashina o’tadigan magistralyo’l yoqasidagi tuproq tarkibida qo’rg’oshin 7000 mg/kg gacha yetgan. Shu sababli ham ekin maydoni avtomashinalar serqatnov yo’llardan 300 metr uzoqlikda bo’lib, oraliq masofaning ixotalashtirilishi maqsadga muvofiqdir.
Mishyak – tuproqqa, ko’mir kuli, metallurgiya va mineral o’g’itlar sanoati chiqindilari orqali tushadi. Juda zaxarli, ayni element bilan zaxarlangan tuproqlarda yomg’ir chuvalchangi butunlay yo’qolib ketadi.
Tuproqda mishyakning miqdori 165 mg/kg ga yetganda ekilgan makkajo’xori hosil bermaydi.1 kgtuproqdagi mishyakmiqdori 100 mg dan 1 g gayetgandatuproq o’ta zaxarli hisoblanadi.
Ftor – asosan tuproqqa alyuminiy zavodlaridan chiqqan chiqindilar va shuningdek, turli pestisid va mineral o’g’itlar bilan tushadi.
Ftor elementlar ichida eng aktiv va eng oson reaksiyaga kirishuvchi element bo’lib, mikro miqdori hayot uchun zarur bo’lsa, makro miqdori hayot uchun xavfli.
FtopHing yuqori konsentrasiyasi suyak va tiproqlarni mo’rt qilib, tishni bo’zadi, qon tomirlar faoliyatini keskin yomonlashtiradi. Ftorning normadan yuqori bo’lishio’simliklargasalbiyta’sir ko’rsatibgina qolmay,oziq moddalar muvozanatini bo’zilishiga olib keladi.
Ftor bilan ifloslangan tuproqlarning donadorligi bo’zilib, suv o’tkazuvchanligi yomonlashadi.
Rux – boshqa og’ir metallarga nisbatan kam zaxarli bo’lsada, lekin uning tuproqda ko’plab to’planib qolishi atrof-muhitning bo’zilishiga olib keladi. Ruxning tuproqdagi milliondan 200-300 qismi beda va qand lavlagini, mln.dan 400 qismi esa sulini zaxarlab hosilni umuman nobud qiladi.
Atrof-muhitni og’ir metallar bilan ifloslanishdan muxofaza qilish uchunavvalo, ayni metallarni ishlab chiqaradigan sanoatning puxta takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 1 t. xlor ishlab chiqarish uchun 45 kg simob ishlatiladigan texnologiyani, simob miqdorini 14-18 kg gacha kamaytirib ham shuncha xlor olishga imkon beruvchi texnologiya bilan almashtirish mumkin. Xatto, 1t. xlor olish uchun ishlatiladigan simobni 1,0 kg gacha kamaytirish imkoni ham mavjud.
PDFcreatedwithpdfFactoryProtrialversionwww.pdffactory.com
Do'stlaringiz bilan baham: |