4-mavzu. Davlat xaridini tashkil etish modellari



Download 60,81 Kb.
bet6/6
Sana15.11.2022
Hajmi60,81 Kb.
#865840
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
matn (5)

Yuridik majburiyat – yuridik (jismoniy) shaxslarning imzolangan shartnomalar va tegishli hukumat organining qarori natijasida ikkinchi shaxs oldida yuzaga keladigan majburiyatidir5.
Yuridik majburiyatlarni hisobga olishni asosiy maqsadi byudjet nazoratining samaradorligini yanada oshirish, ya’ni xarajatlarning tasdiqlangan rejadan oshib ketishiga yo’l qo’ymaslikdir.
Moliyaviy majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning tovarlar etkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko’rsatilganligini) tasdiqlovchi, shuningdek, ish haqi bo’yicha ishchilardan qarzdorlik (hisob-kitob hujjatlaridan hisoblangan), sud qaroriga asosan byudjet to’lovlaridan qarzdorlik va byudjet tashkilotni mahsulot etkazib beruvchilarga va to’lovni oluvchilarga pul o’tkazishga majburlovchi boshqa hujjatlar asosida yuzaga keladi.
Moliyaviy majburiyatning yuzaga kelishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi talab etiladi. Masalan, hisobvaraq-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko’rsatilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish-topshirish dalolatnomalari, ish haqi qaydnomalari va boshqa shu kabi hujjatlar. Mazkur hujjatlar tegishli vakolatga ega bo’lgan mas’ul shaxslar tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi shart. Tomonlardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi tomon esa, tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to’lash majburiyatini oladigan kelishuv xo’jalik shartnomasi deyiladi.
1998 yil 29 avgustdagi 670-I-sonli “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni bu jarayonni tartibga soluvchi eng asosiy qonun hujjatlari bo’lib hisoblanadi.
Xo’jalik shartnomasi, qoida tariqasida tomonlardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo’llashi va ikkinchi tomon uni aktseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo’li bilan tuziladi.
Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi xo’jalik shartnomalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan keyingina tuziladi6.
Byudjet tashkilotlarining tovarlar etkazib beruvchilar bilan, shuningdek, byudjet mablag’lari hisobidan kapital qurilish buyurtmalari bo’yicha shartnomalari, g’aznachilik bo’linmalaridan ro’yxatdan o’tishlari shart va shundan sungina, ushbu shartnomalar kuchga kiradi.
Byudjet tashkilotlari, shartnomalar tuzishda, amaldagi qonunchilik talabiga ko’ra eng kamida oldindan 15 foiz to’lov amalga oshirilishini ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratishlari talab qilinadi, agar qonunchilikda yo’l qo’ilgan holatlar bundan mustasno7.
Tovarlarni etkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to’liq etkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko’rsatilmagan hollarda, tovar etkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi qonuning muvofiq, penya va jarimalar to’laydilar. Jarimani to’lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni tovarlarni etkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to’liq etkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni ko’rsatmaslik oqibatida etkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
Byudjet mablag’lari oluvchilarga tovar (xizmat, ish)lar etkazib berish bo’yicha tuziladigan shartnomalar, 2009 yil 16 sentyabrida 2007-son bilan ro’yxatga olingan, Davlat byudjetining g’azna ijrosi Qoidalarida ko’zda tutilgan tartibga asosan g’aznachilik bo’linmalari tomonidan ro’yxatga olinadi.
O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo’mitalari korxonalari, tashkilotlari, muassasalari va harbiy qismlari byudjet xarajatlarining, shu jumladan, maxfiy xarajatlarning g’azna ijrosi, shuningdek respublika va hududiy g’azna hisobvaraqlarni ishlatgan holda maxfiy tusga ega bo’lgan byudjet xarajatlarining ijrosi, 2009 yil 16 aprelda ro’yxatgan olingan 1941-sonli “Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari va tashkilotlarining byudjet xarajatlari va boshqa maxfiy xarakterga ega bo’lgan byudjet xarajatlarning g’azna ijrosi tartibi haqida nizom” bilan tartibga solinadi.
Kapital qo’yilmalarga xarajatlar aralash manbalar hisobidan, misol uchun, investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar doirasida amalga oshiriladigan va davlat byudjeti mablag’lari hisobidan va Xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqalar)ning kreditlari, qarzlari va grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda, shartnomalar, ish bajarilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlar xalqaro shartnomalar talablari va shakllariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda, kapital qurilish buyurtmachilari g’aznachilik bo’linmalariga ro’yxatga olish uchun shartnomalarning ikkita asl va bir ko’chirma nusxasini taqdim qiladi, g’aznachilik bo’linmalari ularni o’rnatilgan tartibda tekshirgandan so’ng, ularni g’aznachilik bo’linmasining (birinchi va ikkinchi) imzo qo’yish huquqiga ega bo’lgan tegishli shaxslari (keyingi o’rinlarda - mansabdor shaxslar) imzosi qo’yilgan va g’aznachilik bo’linmasining muhri bilan tasdiqlangan shartnomalar nusxalarining barcha varaqlariga "Ro’yxatga olingan" shtampini qo’yish yo’li bilan ro’yxatga oladi.
Boshqa xarajatlarni amalga oshirilishida ham byudjet tashkiloti tomonidan tejamlilik, oqilonalik tamoyillariga amal qilishni talab etadi.
G’aznachilik organlarida pul mablag’larini samarali boshqarish, moliyaviy majburiyatlarning limitini baholash uchun xarajatlarni amalga oshirish ruxsati (XAOR) joriy etiladi. Bunda har haftada pul mablag’larini boshqarish bo’linmasi kassa rejasini yangilaydi va XAOR hajmini belgilaydi. Keyin byudjet tasnifiga muvofiq byudjet tashkilotlariga XAOR beriladi8. XAORlar muayyan muddatga yoziladi va shu muddat o’tgandan so’ng ular o’z kuchini yo’qotadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli "Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida"gi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi Hukumat qarorlari to’plami, 1999 y. N 9, 51-modda) muvofiq, byudjetdan mablag’ oluvchilarni Davlat byudjetidan xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha moliyalashtirish tartibi belgilangan:
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);
II. Ish haqiga qo’shimchalar;
III. Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan manzilli ro’yxatlarga muvofiq);
IV. Boshqa xarajatlar (oziq-ovqat, dori-darmon, maishiy xizmatlar va boshqa xarajatlar).
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlari uchun to’lovlar, Davlat byudjetining g’azna ijrosi Qoidalari(2007-sonli)da ko’zda tutilgan tartib asosida amalga oshiriladi.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan pul mablag’larini o’tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

  • to’lov topshiriqnomasida byudjet tasnifining tegishli kodlari, shartnoma, hisobvaraq-faktura, avans miqdori va boshqa kerakli rekvizitlar to’g’ri ko’rsatilganda;

  • qurilishlarning tasdiqlangan manzilli va titul ro’yxatlari asosida va tegishli ob’ektlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridagi mavjud ajratilgan byudjet mablag’lari summalari doirasida bo’lganda;

  • agar to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan summa g’aznachilik bo’linmasida ro’yxatga olingan shartnomaga asosan, oldin o’tkazilgan mablag’larni hisobga olgan holda, to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’laridan oshmaganda;

  • buyurtmachining pudratchi oldidagi kreditorlik qarzining mavjudligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura va hujjatlar, yoki buyurtmachining pudratchiga avans to’lovlarini o’tkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganda;

  • to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlari shartnomada ko’rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlariga muvofiq bo’lganda.

Bajarilgan ishlar uchun xarajatlar to’lovi, jumladan avans to’lovlarining to’lanishi o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va buyurtmachilar tomonidan g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi
Nazorat uchun savollar


1. Davlat xaridini tashkil etishning qanday modellari mavjud va ularning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Davlat xaridini tashkiliy elementlariga nimalar kiradi?
3. Davlat xaridining qanday tashkiliy shakllarda amalga oshiriladi?
4. Qanday hollarda to'g'ridan to'g'ri shartnomalar tuzish orqali xaridlar amalga oshiriladi?
5. Qanday hollarda elektron auksion savdolari orqali davlat xaridlari amalga oshiriladi?
6. Tenderlar orqali davlat xarini amalga oshirish qaysi hollarda amalga oshiriladi?
7. “Xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o’tkazish to’g’risida Nizom” qachon qabul qilingan?

Foydalanilgan adabiyotlar





  1. Burxonov U.A. “Davlat xaridi” O’quv qo’llanma. Infa com.uz MChJ-2010 yil.

  2. Burxonov U.A., Atamuradov T.T. “Davlat xaridi” O’quv qo’llanma. Fan va texnologiya -2012 yil.

  3. Nuritdinova V., Sharopova M. Moliyaviy nazorat. T.: “Iqtisod-moliya”-2014 y.- 343 b.

  4. Алешин В.А., Зотова А.И..Финанси: учебник. - Ростов н/ Д: Феникс, 2009 г. – 346 стр.

  5. Балтина А.М. «Финасовие системы зарубежних стран». Учебное пособие. М.: ФиС, 2007 г. 304 стр.

  6. Барулин С.В. Финанси. – М.: КНОРУС , 2011 г. – 640 стр.

  7. Василева М.В. Финансовая политика: учеб. Пособие – Ростов н/Д: Феникс, 2008 г. 220 стр.

  8. Гарольд Льюис. Конкурсы, тендеры и предложения. Выигрывайте, используя лучший опыт. – М.: ИД «Баланс Бизнес Букс», 2007. – 314 с.

  9. Госзаказ. Строительство. Проектирование. Ремонт / [А.А. Храмкин, О.М. Воробьева, А.Н. Евсташенков и др.]. - 2е изд. испр. и доп.; под общ. ред. А.А. Храмкина. - М.: ИД «Юриспруденция», 2011. - 728 с.

  10. Кузнецов К. В. Конкурентные закупки: торги, тендеры, конкурсы: Издательство: Питер: 2005. - 228 с.

  11. Контрактная система в сфере закупок товаров, работ, услуг для обеспечения государственных и муниципальных нужд. Сборник нормативных правовых актов / [А.А. Храмкин, О.М. Воробьева,П.Н. Корнилов и др.]. - 2-е изд. - М.: «Юриспруденция», 2014. - 520 с.

  12. Настольная книга госзаказчика / А.А. Храмкин, О.М. Воробьева, В.В. Кошелева [и др.]; под ред. А.А. Храмкина. – 9-е издание, дополненное. – М.: ИД «Юриспруденция», 2013. – 472 с.




1O’zbekiston Respublikasi VMining 12 sentyabr 2003 yildagi 395-sonli qarorining 4-ilovasi, O’zbekiston Respublikasi Investitsion dasturini shakllantirish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga asosan.



2 VazirlarМahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o’tkazish to’g’risidagi Nizom”ning 5-1 punkti.

3 O’zR Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o’tkazish to’g’risidagi Nizom”.

4 O’zR VMining 2000 yil 5 avgustdagi 305-sonli “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga asosan.

5 2007 йил 5 dekabrda 1746-sonli ro’yxatdan o’tgan, “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalarida byudjetdan mablag’ oluvchilarning hisobvaraqlarini yuritish qoidalari”. Moliya vazirligining2007 yil17 oktyabrdagi 93-sonli buyrug’iga ilova.

6 O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi qonuning 21-moddasi.

7 O’zR Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi PP-594-sonli “Davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarorining 6-punkti.

8 XAOR lar xarajatlarning ustuvor yo’nalishlari, masalan, dori-darmon vositalarini xarid qilish va boshqa shu kabilar uchun maxsus chiqariladi.

Download 60,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish