4-mavzu. İlmiy tadqiqot tiplari. Reja



Download 50,46 Kb.
bet2/6
Sana14.07.2022
Hajmi50,46 Kb.
#796199
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 mavzu IDM Uzb

Nazariy bilish metodlari.
1. Formallashtirish–ma`lum mazmunni muayyan shakl-belgilar holiga keltirish. Bu har xil talqin qilish imkoniyatini istisno etish maqsadida fikrni aniq ifodalashga xizmat qiladi. Formallashtirishda ob`ektlar haqidagi mulohazalar belgilar (formula) sohasiga o’tkaziladiki, bu sun`iy tillar (matematika, mantiq, kimyo tili va sh.k.)ni yaratish bilan bog’liq.
Maxsus shakl-belgilardan foydalanish oddiy, tabiiy tilning ko’p ma`noliligini bartaraf etish imkonini beradi. Formallashtirilgan fikrlarda turli belgi qat`iy ma`noni bildiradi. Formallashtirish algoritmlashtirish va hisoblash moslamalarini dasturlashtirish jarayonlariga, bu bilan esa bilimning nafaqat ilmiy-texnikaviy, balki boshqa shakllarini ham kompьyuterlashtirishga asos bo’lib xizmat qiladi.
Formallashtirish jarayonining eng muhim xususiyati shundaki, sun`iy tillarning formulalari ustida amallarni bajarish, ulardan yangi formula va nisbatlarni keltirib chiqarish mumkin. Aytilgan fikr mantiqiy xulosa asosida chiqariladi. Amaliyotda turli timsollar asosida xulosalar chiqariladi. Bu timsollar aksiomalarni ifodalaydi. Formallashtirish keng ma`noda mantiqiy xulosa chiqarish haqidagi ta`limotdir. Mantiqiy xulosa natijani izohlab tushuntirib beradi. Xulosa chiqarish timsollar tizimi va unga asoslanish demakdir. Ammo, XX asrda ijod qilgan avstriyalik mantiqchi va matematik K. Gedelь mazmun nazariyasida har doim aniqlanmagan, formallashtirilmagan qoldiq qolishini ko’rsatadi. Tobora chuqurlashib borayotgan bilim mazmunini formallashtirish hech qachon mutlaq to’liqlikka erishmaydi, chunki bilish predmeti va u haqdagi bilimlarning rivojlanishi (o’zgarishi) hech qachon to’xtamaydi. Bu formallashtirishning ichki imkoniyatlari cheklanganligidan dalolat beradi. Zotan, har qanday fikrni hisoblash bilan almashtirish imkonini beruvchi umumiy metodning yo’qligi isbotlangan. Gedelning teoremalari ilmiy fikrni va, umuman, ilmiy bilimni to’liq formallashtirish mumkin emasligini mukammal isbotlab bergan.
2. Aksiomatik metod–ilmiy nazariya tuzish usuli. Bunda uning asosiga ayrim dastlabki qoidalar–aksiomalar qo’yiladi va nazariyaning qolgan barcha g’oyalari mana shu aksiomalardan sof mantiqiy yo’l bilan isbotlash orqali keltirib chiqariladi. Aksiomalardan teoremalarni (umuman, bir formuladan boshqa formulalarni) keltirib chiqarish uchun maxsus qoidalar ta`riflanadi. Binobarin, aksiomatik metodda isbotlash–har biri yo aksioma bo’lgan, yo oldingi formulalardan ma`lum qoidaga binoan keltirib chiqariladigan formulalarning ma`lum ketma-ketligi. Aksiomatik metod–olingan ilmiy bilimni tizimga solish usullaridan biri. Uning amalda qo’llanishi cheklangan, chunki uni faqat aksiomalashtirilgan mazmun nazariyasining rivojlanish darajasi juda katta bo’lgan holdagina qo’llash mumkin. Mashhur francuz fizigi Lui de Broylning ta`biri bilan aytganda, «aksiomatik metod tasniflash yoki ta`lim berishning yaxshi metodi bo’lishi mumkin, ammo u kashf etish metodi bo’la olmaydi».
3. Gipotetik-deduktiv metod–ilmiy bilish metodlaridan biri. Bir-biri bilan deduktiv bog’liq bo’lgan gipotezalar tizimini yaratishni nazarda tutadi. Mazkur gipotezalardan pirovard natijada empirik faktlar to’g’risida xulosalar chiqariladi. Ushbu metod gipotezalardan va haqiqiy ma`nosi ma`lum bo’lmagan boshqa farazlardan xulosalar chiqarishga (dedukciyaga) asoslanadi. Binobarin, mazkur metod yordamida chiqarilgan xulosa muqarrar tarzda ehtimoliy xususiyatga ega bo’ladi.
Gipotetik-deduktiv metodning umumiy tuzilishi:
- nazariy tushuntirishni taqozo etuvchi material bilan tanishish va mavjud nazariyalar, qonunlar yordamida nazariy tushuntirishga harakat qilish. Agar buning iloji bo’lmasa:
- turli-tuman mantiqiy usullar yordamida mazkur hodisalarning sabab va qonuniyatlari to’g’risida faraz (gipoteza, taxmin)lar qilish;
- farazlarning asosliligi va jiddiyligiga baho berish va ularning orasidan haqiqatga eng yaqinini tanlab olish;
- gipotezadan oqibatlarni (odatda, dedukciya yo’li bilan) keltirib chiqarish va uning mazmuniga aniqlik kiritish;
- gipotezadan keltirib chiqarilgan oqibatlarni tajribada tekshirish. Bu erda gipoteza yo tajribada isbotlanadi, yo inkor etiladi. Ammo ayrim oqibatlarning isbotlanganligi gipotezaning haqiqiyligini (yoki soxtaligini) kafolatlamaydi. Tekshiruv natijalariga ko’ra, eng yaxshi gipoteza nazariyaga aylanadi.
Matematik gipotezani gipotetik-deduktiv metodning turi deb hisoblash mumkin. Bu erda ilgari ma`lum bo’lgan va tekshirilgan holatlarning takomillashtirilgan ko’rinishlarini ifoda etuvchi ma`lum tenglamalar gipoteza vazifasini bajaradi. İlgari ma`lum bo’lgan va tekshirilgan holatlar o’zgartirilib, yangi hodisalarga taalluqli bo’lgan gipotezani ifodalovchi yangi tenglama tuziladi. Gipotetik-deduktiv metod (aksiomatik metod singari) kashf etish metodidan ham ko’ra ko’proq ilmiy bilimni tuzish va asoslash metodi hisoblanadi, chunki u yangi gipotezaga qanday yo’l bilan kelish mumkinligini ko’rsatadi.
4. Mavhumdan konkretlikka yuksalish – nazariy tadqiqot va bayon etish metodi. İlmiy fikrning dastlabki mavhumlikdan bilishni chuqurlashtirish va kengaytirish izchil bosqichlari orqali natijaga–tadqiq qilinayotgan predmetni nazariyada yaxlit aks ettirishga tomon harakatidan iborat. Muayyan hissiylikdan mavhumlikka yuksalish, tafakkurda predmetning alohida jihatlarini ajratish va ularni tegishli mavhum ta`riflarda «mustahkamlash» mazkur metodning shartlaridir. Bilishning muayyan hissiylikdan mavhumga tomon harakati xususiydan umumiyga tomon harakat demakdir. Bu erda tahlil va indukciya singari mantiqiy usullar etakchilik qiladi. Mavhumdan muayyan hissiylikka yuksalish–ayrim umumiy mavhumliklardan ularning yagonaligiga, muayyan umumiyga tomon harakat jarayonidir. Bu erda sintez va dedukciya usullari etakchilik qiladi. Bilishning bunday harakati formal, texnik procedura emas, balki predmetning rivojlanishidagi qarama-qarshilikni, ichki qarama-qarshiliklarga muvofiq uning bir darajadan boshqa darajaga o’tishini aks ettiruvchi dialektik ziddiyatli harakatdir.

Download 50,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish