4-mavzu. İlmiy tadqiqot tiplari. Reja



Download 50,46 Kb.
bet4/6
Sana14.07.2022
Hajmi50,46 Kb.
#796199
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 mavzu IDM Uzb

«Metodologik yangiliklar»ni tavsiflovchi bir nechta muhim jihatlar farqlanadi:
– ob`ektlarni o’rganishda dasturlarning fanlararo majmui rolining kuchayishi;
– yaxlitlik va integrativlik paradigmasining mustahkamlanishi, dunyoga global darajada har tomonlama qarash zarurligini anglab etish;
– sinergetika, stixiyali-spontan strukturogenez g’oyalari va metodlarini keng joriy etish;
– dunyoning ilmiy manzarasi evolyuciyasining postnoklassik bosqichini, uning beqarorligi, noaniqligi yoki tartibsizligini aks ettiruvchi yangi tushunchalar va kategoriyalar apparatini ilgari surish;
– temporal omilni va prognostikaning ko’p muqobilli, tarmoqlangan grafikasini ilmiy tadqiqotga joriy etish;
– «ob`ektivlik» va «sub`ektivlik» tushunchalarining mazmunini o’zgartirish, tabiiy hamda ijtimoiy fanlarning metodlarini yaqinlashtirish;
– tadqiqotning voqelikni nooqilona tushunish sohasi bilan chegaradosh noan`anaviy metod va vositalarining ahamiyatini kuchaytirish.
Sanab o’tilgan ta`riflarning hammasi ham «metodologik yangiliklar» roliga da`vogar bo’la olmaydi. Ta`rifning ichki qarama-qarshiligidan ularning hammasi ham ozod emas. Ammo «metodologik yangilik» fakti qayd etilishining o’ziyoq juda muhim ahamiyatga ega. Uni tavsiflashda nafaqat olimlar, balki amaliyotchi xodimlar, professional mutaxassislar his qiladigan metodologik ta`minlashga bo’lgan amaliy ehtiyoj yaqqol ko’zga tashlanadi. Bugungi kunda jamiyatning metodologik madaniyati darajasi to’g’risida ko’p gapirilmoqda. Qaror qabul qiluvchi mutaxassislar sinov va xatolar yo’lidan bormasdan, mo’ljallangan natijani metodologik ta`minlash va unga erishish usullari doirasini aniqlashni ma`qul ko’rmoqdalar. Mazkur natijaga erishish usullarini ilmiy asoslash talabi qo’yilmoqda. Metodologik madaniyat olimning metodologik ongi bilan o’zaro ta`sirga kirishib, uning faoliyati omiliga aylanmoqda, bilish jarayoniga uyg’unlashgan holda qo’shilib, metodologik ta`minlanganlik va samaradorligini oshirmoqda.
Hozirgi zamon metodologiyasining postanalitik fikr yuritish usulini tushunib etishga intilishini ham muhim metodologik yangiliklardan biri, deb ko’rsatish mumkin. Bir tomondan, u nazariyani tarixiy-tanqidiy rekonstrukciya qilishga intilish bilan bog’liq (bu erda analizning bir yo’la uch sohasi: tarixiy, tanqidiy va nazariy sohalari qamrab olinadi). Boshqa tomondan esa, u nazariya va siyosat munosabatlarini, balki ularning bog’liqliklarini hisobga olishni nazarda tutadi. Postanalitik tafakkur lingvistik analiz labirintida aylanish bilangina cheklanmaydi. Uning manfaatlari estetikadan to falsafa, tarix va siyosatgacha bo’lgan «makon»da yastanib yotadi. Postanalitizm analitik falsafaning formallashtirilgan tuzilmalarga moyilligi bilan bog’liq cheklashlarini qat`iy rad etadi.
Bu o’rinda o’ziga xos «metodologik to’siqlar»ning mavjudligiga e`tiborni qaratmasak, hozirgi zamon metodologiyasiga qarash to’liq bo’lmaydi. Fanda qaror topgan ilmiy paradigma barcha ilmiy hamjamiyatlarga tadqiqotning stereotiplashtirilgan standartlari va namunalarini yuborar ekan, bunda o’ziga xos metodologik ekspansiyaning izlarini ko’rish mumkin. Olimlarning «metodologik to’siqlar»dan o’tishiga juda ko’p misollar keltirish mumkin. Masalan, A. Puankarening konvencionalizmi olimlar o’rtasida ma`lum konvenciyalar–bitimlar qabul qilishni nazarda tutadi. Olimlar o’zaro kelishib olishlari kerak. Ammo bu juda og’ir, murakkab jarayon. Zotan, olimlar hamjamiyatiga bahslar, munozaralar, ziddiyatli qarashlarning to’qnashuvlari xos.
Mavjud metodologik inerciya mexanizmi ham metodologik to’siqlar jumlasiga kiradi. Bunda yangi metodologik strategiyani amalga oshirishga o’tish tadqiqot uchun ancha og’ir kechadi. Masalan, determinizmni indeterminizm, zaruratni ehtimollik, dialektikani sinergetika siqib chiqarishi hozirgi kungacha ilmiy hamjamiyatning turli vakillari tomonidan har xil baholanmoqda. Bu erda qo’shimcha muammo yuzaga keladi: olim bilishning ma`lum metodi yoki metodlariga moyillikni ongli ravishda enga oladimi, bilish vazifalarini hal qilishda uning fikrlash tarzi va usuli qay darajada va h.k.
Metodologiyalarning ko’pligi, fan falsafasi doirasida qo’yilgan ilmiy bilimning yagonaligi muammosidan farqli o’laroq, muayyan metodologik strategiya doirasidagi metodologik scenariylarning yagonaligi muammosini namoyon etadi. Metodologlar tushunchalar apparati va metodlarga, shuningdek, aniqlangan nazariy konstrukciyalarning empirik mazmuniga aniqlik kiritish bilan band bo’lishlari, muayyan metodologik sxemalarni u yoki bu vaziyatlarga tatbiq etishlari, ma`lum umumiy echimlarning mantig’ini tahlil qilishlari mumkin. Bularning barchasi metodologik niyatlarning rang-barangligidan dalolat beradi. Nazariy-ehtimoliy fikr yuritish uslubini qabul qilish hozirgi zamon metodologiyasida ustuvor ahamiyatga ega. Mazkur uslub nuqtai nazaridan, tasodif va muqobillik g’oyasini e`tirof etmaydigan tafakkur sodda tafakkur hisoblanadi.
Hozirgi zamon metodologiyasida empirik va nazariyni eksplikaciya qilish muammosi har doimgidek keskin bo’lib qolmoqda. İlmiy bilish nazariyasining rivojlanishi nazariy apparatda o’zgarishlar empiriyaning bevosita ta`sirisiz ham sodir bo’lishini ko’rsatdi. Buning ustiga, nazariyalar empirik tadqiqotlarga turtki berishi, ularga nimani qidirish, kuzatish va qayd etish lozimligini ko’rsatishi mumkin. Bu esa, o’z navbatida, tadqiqotning empirik darajasi doim ham birlamchi bo’lavermasligini, uning birlamchiligi va asosligi ilmiy bilim rivojlanishining zarur yoki majburiy belgisi hisoblanmasligini ko’rsatadi.
Ammo, bilishning nazariy va empirik darajalarini hissiy hamda oqilonalikni o’zaro nisbatga keltirish mumkinmi, degan masala ham bir xilda ijobiy hal qilinmaydi. Nazariy darajani dunyoni tushunishning faqat oqilona (aqliy) usuliga bog’lab bo’lmaydi, xuddi shuningdek, empirik darajani ham dunyoni tushunishning faqat hissiy usullariga bog’lash mumkin emas, chunki bilishning ikkala darajasida ham tafakkur va sezgilar mavjud. Hissiy va oqilonalikning o’zaro ta`siri, birligi bilishning ikkala darajasida har xil ko’lamda mavjud bo’ladi. Hissiy qabullash ma`lumotlarini tavsiflash, kuzatish natijalarini qayd etish, ya`ni empirik darajaga taalluqli barcha narsalarga sof hissiy faoliyat, deb qarash mumkin emas. U nazariy jihatdan asoslangan ma`lum tilga, muayyan kategoriyalar, tushuncha va tamoyillarga muhtoj bo’ladi. Nazariy darajada natijalarga faqat oqilona faoliyat bilangina erishilmaydi. Chizmalar, grafik va sxemalarni idrok etish hissiy faoliyat bilan bog’liq. Bunda tasavvur jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham nazariy-fikr yuritish (oqilona) va hissiy-empirik (sensitiv) kategoriyalarni almashtirishni to’g’ri deb bo’lmaydi.
G.X. fon Vrigt taklif qilgan yondashuv gumanitar va tabiiy ilmiy bilim metodologiyasini farqlash muammosini hal qilishda tashlangan muhim qadam bo’ldi. Fan falsafasida mavjud an`analar–Aristotelь va Galiley an`analaridan foydalanib, u birinchi an`anani teleonomiya bilan, ikkinchi an`anani esa kauzallik bilan bog’lashni taklif qiladi. Bunda teleonomiya va teleonom narsalar tushunish effektini, kauzallik va kauzal narsalar esa tushuntirish effektini yuzaga keltiradi. Shunisi muhimki, teleonom narsalar gumanitar fanlar bilan, kauzal narsalar esa tabiiy fanlar bilan bog’lanadi. İkkala holda ham nomos – qonun amal qiladi, ammo nomik (qonun bilan belgilangan) munosabatlar har xil namoyon bo’ladi. Kauzal tushuntirish, odatda, o’tmishga ishora qiladi. Kauzal tushuntirishlarda sabab omili bilan oqibat omili o’rtasida nomik aloqa mavjud bo’ladi. Oddiy holda bu etarli darajada belgilanganlik nisbatidir.
Teleologik tushuntirishlar kelajakka ishora qiladi. Kauzal tushuntirishdan farqli o’laroq, nomik aloqaning mavjudligi teleologik tushuntirishga nisbatan murakkab tarzda, ya`ni bilvosita kiritilgan. Masalan, «U poezdga etib olish uchun yuguryapti», deganda biz bu odam ayni holda poezd o’rnidan qo’zg’algunicha stanciyaga etib olish uchun yugurishni zarur va, balki, etarli deb hisoblashini ko’rsatamiz. Uning bu fikri yanglish bo’lib chiqishi mumkin. Ammo, bundan qat`i nazar, uning harakatiga biz bergan izoh to’g’ri bo’lishi mumkin3.
Teleologik mulohazalar doimo maqsadni e`tirof etish bilan bog’liq bo’lgan. Binobarin, gumanitar bilim metodologiyasining teleonomligi sodir bo’layotgan hodisalarni shunchaki qayd etishni emas, balki aks ettirish jarayonining maqsad va yo’nalishini, uning ma`lum pirovard tuzilishini nazarda tutadi. Mazkur yondashuvdan kelib chiqadigan bo’lsak, hatto tarix maqsadga ega emas deb e`tirof etgan taqdirimizda ham, tarixni tushunish niyatida aks ettirishi unga shu maqsadni yuklaydi. U hamisha «Nima uchun?» degan savolga javob topishga harakat qiladi. Shuning uchun ham gumanitar bilish nazariyasi inson bilan o’lchanadi, u inson faoliyatining maqsadi va ma`nolarini o’z ichiga olish mo’ljali bilan quriladi, deb xulosa chiqarish mumkin. İnson o’z istaklari, intilishlari va «erkin irodasi» bilan ilmiy bilish metodologiyasining zarur hamda yo’naltiruvchi tarkibiy qismiga aylanadi. Zotan, borliqning pirovard sababi–causa finalis–hamisha maqsad bilan bog’liq bo’lgan.
İlmiy bilim chinligi isbotlangan bilimdir. Fikrlarning chinligini ta`minlamoq uchun ikki asosiy shartga rioya qilish lozim bo’ladi:

          1. Bilimlarning chinligi olamni tug’ri aks ettirishni talab qiladi. Olam turli-tuman jarayonlar. narsa va xodisalardan iborat. Undagi narsa va xodisalar uzaro bir-birlaridan kanchalik farklanmasinlar. Birgalikda bir butunlikni, yaxlit olamni tashkil etadilar. Olamdagi narsa va xodisalar uzaro bir-birlari bilan aloqadorlikda mavjuddirlar. Demak, olamni urganmoq narsa va xodisalarning moxiyatini anglamoq uchun narsa va xodisalar urtasidagi eng umumiy universal aloqalorliklarni urganmoq lozim. Olamni tug’ri aks ettirish unda uzluksiz tarzda kechadigan xarakat, uzgarish, taraqqiyotni anglashni, narsa va xodisalarni uzgarish jarayonida anglashni talab qiladi.

          2. Bilimlarning chinligi tafakkur qonunlariga amal qilishni talab etadi.

Mantiqiy fikrlash deganda tafakkur qonunlariga amal qilish nazar da tutiladi.
Mantiq qonunlarida fikrlar orasidagi oddiy, eng umumiy, zaruriy, takrorlanuvchan aloqadorliklar aks etadi. Formal mantiq qonunlari tafakkurlash konunlari deb yuritiladi.
Mantiq qonunlari fikrni bayon etish, fikr, muloxazalarning chinligini ta`minlash, rostni yolgondan ajratish imkonini beradi.
Tafakkur qonunlari fikrlashning eng umumiy, universal qonunlari xisoblanadi. Formal mantik qonunlari fakat tafakkurda amal qiladigan xususiy qonunlar bulib, ular olam xaqida ilgari xosil qilingan bilimlar asosida yangi bilimlarni keltirib chikarish uchun qullanadi.
Mantiq qonunlari fanga qadimdan ma`lum bulgan. Mantiq qonunlari tarkibiga
1). ayniyat
2). ziddiyatsizlik
3). uchinchisi istisno
4). etarli asos konunlari kiradi.
Tafakkur qonunlaridan ayniyag, ziddiyatsizlik, uchinchisi istisno qonuni Yunon faylasufi Aristotelь tomonidan asoslab berilgan.
Tafakkurning turtinchi etarli asos konuni XVIII asr nemis faylasufi. matematigi Leybnic Gotfrid Vilьgelьm (1646-1716) tomonidan kashf etilgan.
Ayniyat qonuni.
Ayniyat lotincha ZexJdentitalus- aynan, uxshash ma`nolariii bildiradi.
Ayniyat predmet, xodisalardagi uxshashlik umumiy tomonlarmning fikrdagi ifodasi. Olam turli-tuman kurinishlarga eta, undagi narsa va xodisalar uzaro qancha farqlanmasinlar, ular muayyai umumiylikka eta. Umumiylik tufayli inson narsa va xodisalarni anglaydi, uzaro bir-biridan farqlaydi. Ayniyat narsa va xodisalardagi uxshashlik umumiylikni ifodalaydi. Ayniyat qonuni olam, undagi narsa va xodisalar hakida aniq, ravshan fikr yuritishni talab qiladi.
Olamdagi barcha narsa va xodisalar doimo xarakatda buladi, uzgaradi, rivojlanadi. Lekin narsalar qanchalik uzgarishda bulmasin, ma`lum vaqt mobaynida o’z kurinishi. mazmuni, asosiy xossa-xususiyatlarini saqlab qoladi. Bu xol narsa va xodisalardagi nisbiy barqarorlikda namoyan buladi. Nisbiy barqarorlik fikrdagi aynanlikda - aniqlikda ifodalanadi. Fikrdagi aniqlik, ravonlnk tug’ri fikr yuritish chin bilimlarni xosil qilishning dastlabki shartidir.
Format mantiqda fikrlar orasidagi ayniyat munosabati «A - Adir», «A bulmagan narsa - A emasdir» formulalari yordamida ifodalanadi.
Narsa va xodisalar urtasidagi uxshashlik, umumiylik aynanlik ifodasidir. Aynanlik, uxshashlik insonning olam hakidagi bilimlarida tushunchalarda, muxokamalarda, xulosalarda aks etadi.
İlmiy izlanishlarda ayniyat qonuni muhim o’rin tutadi. Fanlarda aynanlik, uxshashlik o’ziga xos ifodalanadi. Aynanlik, ilmiy ijodda turli yullar bilan ifodachanishi mumkin.

              1. Fan mazmunini aks ettiradigan eng umumiy tushunchalar - termin na kategoriyalarda. Xar bir fan mazmuni tayanch tushunchalar vositasida ifodalanadi. M; sinus, kosinus, urush, davlat, gapning bosh bulaklari, ma`naviyat, maьrifat va x.k.

              2. Narsa va xodisalardagi uxshashlik ilmda aynan uxshashlikni ifodalaydigan tushunchalarda aks etadi. Matematika: tenglik, ekvivalentlik, algoritm. Xozirgi zamon uzbek tilida: sinonim-ma`nodosh suzlar.

İlmiy izlanish narsa va xodisalarniig ichki qonuniyatlarini ochishga qaratilgan. Tadqiqotchi ilmiy izlanish olib borar ekan, shu narsani unutmasligi lozimki, tatqiqot ob`ekti qanchalik uzgarishga uchramasin, u uzining asosiy xususiyatlarini, ichki aloqa va munosabatlarini saqlab qoladi. Aynan ana shu barqaror tomonlar, xususiyatlar, aloqa va munosabatlar urganilayotgan ob`ektning bir butunligini, yaxlitligini ifodalaydi va uni chuqur urganish, ob`ektga xos bulgan qonuniyatlarni ochishga yordam beradi. Narsa va xodisalarniig moxiyatini ilmiy tadqik etishda tadqiqotchi ikki narsaga uz e`tiborini qaratishi lozim buladi:
Birinchidan, narsa va xodisalarni chuqur anglamoq uchun uni boshqa narsa va xodisalardan fikran ajratib urganish va ikkinchidan, bu ob`ektning boshka narsa va xodisalar bilan aloqalarini xisobga olgan xolda urganish.
Ayniyat qonuniga kura, tafakkurla narsa va xodisalarning sifat muayyanligi, muximligi, doimiyligi, barqaror aloqa va munosabatlari uz ifodasini topadi.
İlmiy izlanish tadqikot ob`ekti xaqida chin bilimlar xosil qilish uchun shu ob`ekt xaqidagi fikrlarni muloxaza qilishni muxokama yuritishni talab kiladi. Lekin muxokama, munozara ayniyat qonunining muxim talabiga buysunmog’i lozim. Bunda, avvalo muxokama asosini ya`ni qaysi muammo ustida muxokama yuritilayotganiii aniklab olish lozim buladi. Ayniyat qonun i ga rioya kilmaslik fikriy noaniqlikka chalkashlikka olib kelishi mumkin. Ayniyat qonuniniig buzilishi
a) tushunchalarni uzgartirib kuyishida
b) tezisni uzgartirib kuyishda namoyon buladi.
Qonun bir ma`noni anglatadigan fikrlarni turli fikrlar deb bilmaslikni va aksincha narsa xaqidagi turli ma`nodagi fikrlarni bir xil deb bilmaslikni talab qiladi.
Xar qanday tushuncha muayyan xajm va mazmunga ega buladi. Ayniyat qonuniniig talabi: - tushunchaning xajmi va mazmunini uzgartirish mumkin emas. Buning ma`nosi shuki, muxokama jarayonida u yoki bu tushunchani ishlatishla noaniqlikka, chalkashlikka yul quymaslik kerak.
Ayniyat - qonuni fikrdagi:
a) aniqlikni
b) nisbiy muayyanlikni
v) barqarorlikni ifodalaydi.
Xar bir tadqiqotchiga quyiladigan talab fikrlashga aniqlikka erishish, uz fikrini aniq-ravshan bayon eta olish.
Ziddiyatsizlik KONUN.
Ziddiyatsizlik qonuni Zexcontradictionis suzidan olingai. Bu qonun Aristotelь tomonidan kashf qilingan. U «Metafizika» asarida uzaro zid fikrlar bir vaqtning uzida chin bulishi mumkin emas. Aynan bir xossa xususiyatni aynan bir nisbatda, aynan bir vaqtning uzida aynan bir narsa ham taluqli xam taluqli emas deb fikr yuritish mumkin emas, deydi.
Ma`lumki, olamdagi narsa va xodisalar muayyan xislatlarga ega. Olam shunday tuzilganki, aynan bir narsaning uzi aynan bir sharoitda, ayni bir vaqtda maьlum bir xususiyatga xam ega bulish, xam ega bulmasligi mumkin emas. Mana shu ob`ektiv xolat formal mantikning ziddiyatsizlik qonunida o’z ifodasini topadi. Qonunga kura ayni bir narsa xaqida, ayni bir nisbatda, ayni bir vaqtning uzida aytilgan ikki qarama-qarshi fikr birdaniga chin bulish mumkin emas.
Ziddiyatsizlik konuni:

                    1. Fikr birligi, vaqt birligi, ob`ekt birligi, munosabat birligini talab kiladi.

                    2. Bir vaqtning uzida, bir masala yoki fikrga nisbatan ikki zid fikrning bulishi mumkin emas. Lekin turli ma`noda, turli vaqt birligida, turli nisbatda ikki zid fikr mavjud bulishi mumkin.

                    3. Bu qonun biron-bir savolga yo «xa», yo «yo’q» tarzida javob berishini talab qiladi.

Tafakkurdagi ziddiyag turli ko’rinishlarda namoyon bulishi mumkin:

  1. A emas. Fikrlarning tug’ridan-tug’ri karama-qarshiligi.

  2. Mantiqiy ziddiyat karama-qarshiliklarsiz cham ifodalanishi mumkin. Bunda biron-bir narsa xaqidagi fikr boshqa bir fikr bilan inkor etilishi mumkin.

3. Mantiqiy ziddiyatlar bilish soxasidagi yoki ijtimoiy soxadagi asoslarilan kelib chikishi mumkin.
Ziddiyatsizlik qonuni fakat fikrdagi ziddiyatni bartaraf etishga qaratilgan. Ziddiyatsizlik qonuni bizning barcha fikrlarimizda amal qiladi.
İlmiy bilishda bu qonun:

  • urganilayotgan ob`ekt xaqidagi bilim eskirgan va almashtirilishi, kayta tadqiq etilishi lozim bulgan paytda;

  • ob`ektni atroflicha urganish zarurati kelib chiqqan sharoitda amal qiladi.

Ziddiyatsizlik qonuni ilmiy ijodda turlicha namoyon bulishi mumkin:
a) Fanlar mazmunida. Masalan; musbat - manfiy, zarra - antizarra, xarakat - sokinlik, adolagli - adolatsiz, barqarorlik - beqarorlik va x.k.
b) U yoki bu soxada avval kabul kilingan fikrni tajriba, eksperimental dalillar asosida yangi fikrni ilgari surish orkali inkor etish tarzida. Ziddiyatsizlik qonunidan Urinli foydalanish ilmiy muammoni tug’ri aniklash, uni rat qilish yullarini ishlab chiqishda muxim axamiyatga ega
Uchiichisi istisno qonuni.
Bu qonun ziddiyatsizlik qonunin bevosita davomi bo’lib, o’zaro bir-birini tamomila inkor etuvchi fikrlarga nisbatan qullaniladi. Bu qonun xam Aristotelь tomonidan asoslab berilgan. Bu qonunning mazmuni: bir-biriga zil bulgan fikrlardan birining chinligi xamisha ikkinchisining xatoligini keltirib chikarali, uchinchisining bo’lishi mumkin emas (uchinchisi istisno qonuni).
İlmiy tadkiqotda undan foydalanish uchun opponentning fikrlarini inkor etishning yazi etmaydi. Bunda muayyan mavzu yuzasidan uz nuqtai-nazarnni bayon qilishning mantiqiy usullaridan foydalana bilish, o’z fikrini dalilarga tyangan xolda asoslay olish talab etiladi. Buning uchun mantik qonunlarini bilishdan tashqari tadqiqot ob`ektini, u xakda ilgari surilgan ilmiy g’oyalarni chukur bilish, ularni ilmiy tankidiy taxlil kila olish qobiliyati talab etiladi.
Etarli asos qonuni.
Etarli asos qonuni nemis olimi Leybnic tomonidan kashf kilingan bulsa-da u xaqidagi dastlabki fikrlarni antik davr faylasuflari Levkip (er.av. 500-450). Demokrit (er.av. 460-370)lar bayon etgan.
Qonunning moxiyati: xar qanday chin fikr etarli darajala asoslangan bulmog’i lozim.
Mantiqiy asoslanganlik fikrlarning izchilligi, xilma-xilligi, bir fikrning boshqasidan kelib chikishi tarzida namoyon buladi.
Tabiatda, jamiyatda xar bir narsa xodisa o’z-o’zidan xech kanday sababsiz shundayicha vujudga kelmaydi. Bu ob`ektiv olam qonuniyati bulib xisoblanadi. Rus olimi M.Lomonosov «Matematik qimyo elementlari» asarida xech narsa etarli asossiz shakllanmaydi degan edi. İsbotlanish mantiqiy tafakkurni o’ziga xos xususiyati bulib xisoblanadi. Odatda biron-bir narsa xakida fikr yo chin, yo yolgon bulishi mumkin.
Fan mazmunini tashkil etuvchi xaqiqatlar etarli darajada asoslangan fikrlardir. Shuning uchun xam fan uzaro bir-biri bilan bog’liq asoslangan fikrlar maxsulidir. Asoslangan ilmiy bilimlar, qonuniyatlar, tamoyillar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyotida uz ifodasini topadi.



Download 50,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish