4-mavzu: korxona-tadbirkorlikning tashkiliy ko’rinishi. Reja korxona tushunchasi va uning belgilari


Aktsiyadorlik jamiyatlari va tadbirkorlikning boshqa shakllari



Download 159,78 Kb.
bet10/25
Sana28.06.2022
Hajmi159,78 Kb.
#715449
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
4-маъруза

Aktsiyadorlik jamiyatlari va tadbirkorlikning boshqa shakllari.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi tijorat tashkilotlaridan biri aktsiyadorlar jamiyati hisoblanadi. “Fuqarolik Kodeksining 64-moddasiga muvofiq “Ustav fondi muayyan aktsiyalar soniga bo’lingan jamiyat aktsiyadorlar jamiyati hisoblanadi. Aktsiyadorlar jamiyatining ishtirokchilari (aktsiyadorlar) uning majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zarar uchun o’zlariga qarashli aktsiyalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar.
Aktsiyalar haqini batamom to’lamagan aktsiyadorlar aktsiyadorlar jamiyatining majburiyatlari bo’yicha o’zlariga qarashli aktsiyalar qiymatining to’lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo’ladilar.
Aktsiyadorlar jamiyatining firma nomida jamiyatning nomi hamda bu jamiyat aktsiyadorlik jamiyati ekanligi o’z ifodasini topishi kerak.
Aktsiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq turda bo’lishi mumkin. Ochiq aktsiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aktsiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aktsiyadori bo’lishi lozim.
Ishtirokchilari o’zlariga qarashli aktsiyalarni boshqa aktsiyadorlarning roziligisiz o’zga shaxslarga berishlari mumkin bo’lgan aktsiyadorlar jamiyati ochiq aktsiyadorlar jamiyati hisoblanadi. Bunday aktsiyadorlar jamiyati o’zi chiqaradigan aktsiyalarga qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladigan shartlar asosida ochiq obuna o’tkazishga va ularni erkin sotishga haqli. Ochiq aktsiyadorlar jamiyatining aktsiyalari ochiq savdo orqali, qimmatli qog’ozlar bozoriga kirib borishi uchun hech qanday cheklashlarsiz sotiladi.
Ochiq aktsiyadorlar jamiyati har yili yillik hisobot, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobvarag’ini barcha tanishib chiqishi uchun e`lon qilishi lozim.
Aktsiyalari faqat o’zining muassislari orasida yoki oldindan belgilab qo’yiladigan boshqa shaxslar doirasida taqsimlanadigan aktsiyadorlar jamiyati yopiq aktsiyadorlar jamiyati hisoblanadi.
Bunday jamiyat o’zi chiqaradigan aktsiyalarga ochiq obuna o’tkazishga yoki ularni sotib olish uchun cheklanmagan doiradagi shaxslarga boshqacha tarzda tavsiya etishga haqli emas. Yopiq aktsiyadorlar jamiyatida aktsiyalar qimmatli qog’ozlar bozorida erkin sotuvga qo’yilmaydi yoki jamiyat ustaviga ko’ra, cheklashlarga ega bo’ladi.
Yopiq aktsiyadorlar jamiyati ishtirokchilarining soni ellik nafardan oshmasligi kerak. Bu son belgilangan miqdordan oshib ketgan holda u olti oy ichida ochiq aktsiyadorlar jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tamom bo’lganidan keyin esa, agar aktsiyadorlar soni belgilangan darajagacha kamaymasa, sud tartibida tugatilishi lozim.
Aktsiyadorlar jamiyati sarmoyalar birlashmasi bo’lib, u aktsiya chiqarish orqali ta`minlanadi. Aktsiya – mulk egaligini tasdiqlovchi hujjat. U fond birjasida kotirovka qilinadi va bir shaxsdan ikkinchi shaxsga erkin o’tadi. Hissadorlarning jamiyat majburiyatlari bo’yicha javobgarligi ularning aktsiya sotib olishga yo’naltirilgan mablag’lari summasi darajasida bo’ladi. Jamiyatning mulkiy majburiyatlari bo’yicha mas`uliyat jamiyatning o’ziga yuklanadi.
Aktsiyadorlar jamiyati biznesni yuritishning eng demokratik shakli hisoblanadi. Chunki, aktsiyalarni ochiq savdoda sotib olgan har qanday shaxs mulk egasi bo’lishi mumkin.
Aktsiyalar xillari va turlari (toifalari) bo’yicha farqlanadi. Aktsiyalarning xillari: egasi yozilgan, egasi yozilmagan. Aktsiyalarning turlari (toifalari): imtiyozli, oddiy.
Aktsiyada ko’rsatilgan va jamiyat aktsiyadorlarining reyestriga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsgina egasi yozilgan aktsiyaning sohibi bo’lmish aktsiyador deb e`tirof etiladi.
Egasi yozilmagan aktsiyani saqlovchi shu aktsiyaning egasidir. Egasi yozilmagan aktsiyalar jamiyat aktsiyadorlarining reyestriga kiritilmagan holda boshqa shaxslarga mulk qilib beriladi.
Oddiy (odatdagi) aktsiyalar ovoz beruvchi bo’lib, ularning egalariga dividendlar olish, jamiyatning umumiy yig’ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Aktsiya egalariga dividendlarni, shuningdek aktsiyadorlik jamiyati tugatilganda aktsiyalarga qo’yilgan mablag’larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aktsiyalar imtiyozli aktsiyalar hisoblanadi. Imtiyozli aktsiyalar ularning egalariga, korxona foyda ko’rish-ko’rmasligidan qat`i nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Yopiq aktsiyadorlik jamiyatining aktsiyalari faqat egasi yoziladigan aktsiyalar bo’lishi mumkin, ularni boshqa shaxsga o’tkazish tartibi ustavda belgilab qo’yiladi.
Yopiq aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyadorlarga aktsiyalar o’rniga ularning nominal qiymatiga teng summada sertifikatlar berishi mumkin.
Tadbirkorlik sub`ektlari o’zaro uyushgan holda ishlab chiqarish kooperativlari tuzishlari mumkin. «Fuqarolik Kodeksi»ning 69-moddasiga muvofiq “Fuqarolarning shaxsiy ishtirok etish hamda a`zolarning (ishtirokchilarning) mulk bilan qo’shiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo’jalik faoliyatini olib borish uchun a`zolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi ishlab chiqarish kooperativi hisoblanadi. Ishlab chiqarish kooperativining a`zolari kooperativning majburiyatlari bo’yicha qonunda va kooperativ ustavida nazarda tutilgan miqdorlarda va tartibda javobgar bo’ladilar.
Kooperativning firma nomi kooperativning nomini, shuningdek ishlab chiqarish kooperativi degan so’zlarni o’z ichiga olgan bo’lishi lozim”.
Tadbirkorlik faoliyatini unitar korxona shaklida ham tashkil etish mumkin. “Fuqarolik Kodeksi”ning 70-moddasiga muvofiq “O’ziga biriktirib qo’yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi.
Unitar korxonaning mol-mulki bo’linmasdir va u qo’shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo’yicha, shu jumladan, korxona xodimlari o’rtasida ham taqsimlanishi mumkin emas.
Unitar korxonaning mol-mulki unga xo’jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida tegishlidir. Unitar korxonaning firma nomida uning mol-mulki egasi ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Unitar korxonani boshqarish organi uning rahbari bo’lib, bu rahbar mulkdor tomonidan yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi hamda ularga hisob beradi.
Unitar korxona o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.
Unitar korxona o’z mol-mulki egasining majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydi”.
Tadbirkorlarni o’z tadbirkorliklarini boshlashlaridan oldin eng muhim hal qilinishi lozim bo’lgan ishlardan biri bozorni tanlashdir. Ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlar bozorini oldindan bilish va iste`molchilar to’g’risida ma`lumotlarga ega bo’lish talab etiladi. Har qanday sharoitda ham mahsulot yoki xizmatlarni ishlab chiqarishdan oldin ularni xaridorini aniq bilish muhimdir. Tadbirkor har doim xatar (risk) bilan ish ko’radi va har qanday kutilmagan vaziyatga tayyor turadi, shunday bo’lsada baribir aniq ishlab chiqilgan biznes-rejalar asosida ishlash talab etiladi. Masalan, tadbirkor tomonidan arzon deb tasavvur qilingan, ammo ma`naviy jihatdan eskirgan maishiy-texnika jihozlarini Toshkent shahrida sotishni ma`qul deb bo’lmaydi yoki Yaponiya avtomobilsozlik kompaniyalari tomonidan taqdim etilayotgan gibrid-avtomashinalarni Osiyo bozorlariga taklif etish hozirgi kunda omadsizlikka yuz tutishi mumkin. Shunnigdek bozorni tanlashda xaridorlarni dunyoqarashi va didi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Toshkent shaxrining Oloy bozorida sotilayotgan mahsulotlar bilan Qo’yliq bozorida sotilayotgan mahsulotlar va u Yerdagi xaridorlar o’rtasida farq ancha sezilarlidir.
Demak, tadbirkorlarni nuqtai-nazaridan bozor bu – tovar va xizmatlarini sotish imkoniyatiga ega bo’lgan hududdir. Tanlangan bozorni qanchalik samaradorligi esa tovar va xizmatlarni sifati va xaridorlarning moliyaviy imkoniyatlarga va to’g’ri tanlangan mahsulotlarga bog’liqdir. Agar bozor talab va taklif o’zaro duch keladigan hodisa sifatida qaralsa tadbirkor uchun talab va taklif o’rtasida muvozanatni saqlab turi shva imkoniyat darajasida ustunlikni saqlab turish choralari ko’rilishi lozim. Biznes nuqtai nazaridan bozor bu – hamma odamlar geografik hududdan tashqarida bo’lgan holda tovar yoki xizmatga muhtojlar va tovarni sotib olishni xohlaydilar. Har bir korxona insonlarga qaysidir tipdagi tovarni yoki xizmatni sotishga asoslanganlar. Salohiyatli xaridorni tadbirkor nuqtai-nazaridan quyidagicha tasavvur qilishimiz mumkin:
1. Qandaydir tovar yoki xizmatga ehtiyoji bor yoki sotib olishni xohlagan insonlar.
2. Qandaydir tovar yoki xizmatni sotib olishga qurbi Yetgan insonlar.
3. Qandaydir tovar yoki xizmatni sotib olishni xohlagan insonlar.
Tadbirkor bozorga chiqishi bilan, balki undan oldinroq raqobatchilari haqida ham qayg’urmog’i maqsadga muvofiqdir. Agar raqobatchilar siz bilan birga bir bozorga xizmat ko’rsatayotgan bo’lasalar, unda boshqa korxonalar ish olib borish imkoniyatiga ega bo’lishi mumkinligini o’rganib chiqish kerak. Yana tovar yoki xizmat raqobatchining tovar yoki xizmatidan qanchalik farq qilish kerakligini aniqlash kerak.
Tadbirkor bozor sharoitida salohiyatli xaridorlar haqida nimalarni bilishi kerak? Ushbu savolga tadbirkorlikni o’z zimmasiga olgan har bir tadbirokr javob bare olishi lozim. Xaridorlarni turli jihatlarini inobatgaolgan holda o’rganish lozim, jumladan: Bozor uni xaridorlarning mazmuniy guruhlariga qarab bo’lish yo’li bilan yoki xaridorlarning quyidagi tavsiflariga muvofiq ajratish mumkin:
• jinsi;
• oilaviy ahvoli;
• kasbi;
• daromadi;
turar joyi;
• bu keltirilgan tavsiflarning o’zgarish jarayoni.
Xaridorlarning xohishlarini bilish orqali bozorni segmentatsiya qilish yo’li bilan tadbirkorning qaysi tovar yoki xizmatlarga ehtiyoji borligini aniqlash oson kechadi. Xaridorlarning qayerda xarid qilishlarini bilish esa tadbirkor u yoki bu bozor segmentiga asoslangan holda xaridorlarning aniq shu damda qayerda xarid qilayotganini va boshqa korxonaning tovar/xizmatlarini xarid qilishga qaysi omillar sabab bo’layotganini aniqlashi kerak. Xaridorlar qachon xarid qilishlarini bilish tadbirkor xaridorlarning qachon o’z xaridlarini qilishadi (har kuni, har hafta, har oyda, har yilda yoki fasllarda) degan savolga javobni bilishi korxonaga qaysi narsalar korxonaning ish vaqtida kerakligi, reklama kampaniyalarini o’tkazish, qancha miqdordagi tovar u yoki bu yilda kerak bo’lishini aniqlashda yordam beradi. xaridorlarning qanday xarid qilishlarini bilish, xaridorlar o’z xaridlari uchun qay yo’l orqali haq to’lashlarini tadbirkor bilgan holda, tadbirkor sotuvda kredit siyosatini ishlab chiqishi, ya`ni korxonasining mahsulotiga baho belgilash siyosatini olib borishi mumkin.
Xaridorlarni shunchalik o’rganish lozim bo’lsa tadbirkor uchun avvalo Ushbu ma`lumotlarni qayerdan va qanday usulda topish muhimdir. Ma`lumotlarni olishni hozirgi juda ko’plab yo’llari mavjud jumladan, savdo uyushmalari (nashrlar), savdo palatalari, hukumat muassasalari (tuman savdo boshqarmalarining amaldorlari), gazeta va jurnallar, yakka tadqiqotlar. Shuningdek hozirgi kunda eng optimal hisoblangan Internet imkoniyatlaridan samarali foydalinish maqsadga muvofiqdir. Bu tadbirkor uchun ham qualy ham eng arzon vosistalardan biri sanaladi.
O’z tovarlari va xizmatlari uchun marketing dasturlarini tushunish va ishlab chiqish mahorati kichik korxonalar egalari uchun eng katta ehtiyojlardan biridir. Kichik korxonaning muvaffaqiyati o’z tovarlari va xizmatlaridan mamnun bo’lgan xaridorlar miqdorining ko’payishi layoqatiga asoslanadi. Hozirgi marketing dasturlari “bozor kontseptsiyasi” va korxona egasini xaridorlarning ehtiyojlarini aniqlashga, qondirishga va ko’zatib borishga, pirovard natijada foyda olishga o’z kuch-g’ayratlarini jamlashga majbur qiladigan korxona faoliyat ko’rsatishining qoidalari atrofiga quriladi. Marketing kontseptsiyasi biznes uchun xaridorning muhimligi to’g’risidagi qoidaga asoslanadi va quyidagilarni tasdiqlaydi: (a) korxonaning barcha siyosati va faoliyati xaridorning ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak, shuningdek, (b) foyda keltiradigan sotish hajmiga erishish sotish hajmini maksimal darajaga ko’tarishga nisbatan korxonaning maqbul siyosati hisoblanadi.
Bozorni tanlash shunchalik muhim ahamiyatga ega bo’lsa tadbirkor bozorni tadbiq qilishni ham bilishi lozimdir. Xo’sh tadbirkor uchun bozorni tadbiq qilish nimani anglatadi? Bu savolga juda ko’plab tadbirokr va iqtisodchi olimlar o’z fikrlarini bildirishgan. Jumladan, bozor funktsiyalarini bajarishda bozor haqida ma`lumot bo’lishi kerak. Ko’pincha mavjud va (yoki) bo’lajak xaridorlarga taklif qilinadigan anketaga asoslangan uncha katta bo’lmagan bozor tadqiqoti dasturi qoniqmaslik sohasidagi muammolarni ochib berishi mumkin, ular oson tuzatilishi mumkin (yoki bu muammolar va qoniqmaslikka javoban bozorda muvaffaqiyatli sotiladigan tovarlar yoki xizmatlar ishlab chiqilishi mumkin).
Bozor tadqiqotlari sotish hajmi va rentabellik darajasiga ta`sir ko’rsatuvchi tamoyillarni aniqlab berishi kerak. Muammolarni va ochiladigan imkoniyatlarni, ular paydo bo’ladigan birinchi bosqichda, identifikatsiyalash maqsadida aholi tarkibidagi, huquqiy maydondagi o’zgarishlar, mahalliy iqtisodiy vaziyat ko’zatib borilishi kerak. Raqiblarning faoliyatini ham ko’zatib borish zarur; raqiblar bozordagi sizning ulushingizga daxl qilishi yoki uni tark etishi mumkin. Masalan, raqiblarning strategiyasini bilish juda foydalidir (ya`ni, ular siz va boshqalar bilan qanday raqobat qiladi).
Bozor kontseptsiyasini qo’llagan holda kichik korxona quyidagilarga majburdir:
a. O’z xaridorlarining talablarini aniqlash (bozor tadqiqoti);
b. O’zining raqobatdagi afzalliklarini tahlil qilish (marketing strategiyasi);
c. O’zi ishtirok etishi uchun aniq bozorlarni aniqlash (maqsadli marketing);
d. Bu ehtiyojlarni qanday qilib qondirish mumkinligini aniqlash (aralash marketing yoki marketing tarkibi).
Tadbirkor bozorni tadqiq qilish bilan birga bozor strategiyasini ham hamohang tarzda o’zi kashf etib boradi. Marketing strategiyasi xaridorlar guruhlarini (maqsadli bozorlarni) aniqlashni o’z ichiga oladi, ularga kichik korxona yirikroq raqiblariga nisbatan yaxshiroq xizmat ko’rsatishi, o’z mahsuloti assortimentini, unga narxlarni, taqsimlash yo’llarini, mazkur aniq bozor bo’linmasiga tovarlar va xizmatlarni Yetkazib berish (aralash marketing bilan boshqarish) bo’yicha kuch-g’ayratlarni moslashtirish mumkin. Pirovardida bu strategiya hozircha bozor tomonidan qondirilmayotgan hamda potentsial hajm va rentabellik bilan xarakterlanadigan xaridorlarning ehtiyojlarini qondirishga intilishi va real qondirishi kerak. Yaxshi strategiya shuni nazarda tutadiki, kichik korxona barcha kishilarning hamma ehtiyojlarini qondira olmaydi va shu sababli bozorni, maqsadli bozorda o’z salohiyatini ko’rsatish uchun o’z imkoniyatlarin tahlil qilish kerak.
Tadbirkor xaridorgir mahsulot va xizmatlarni aniqlab uni ishlab chiqarishni maqsad qilsa, uni ishlab chiqarish uchun aniq joyni tanlay bilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonaning joylashish o’rnini tanlash – kichik korxonaning muvaffaqiyatga erishishi yoki inqirozga uchrashi nuqtai nazaridan birn necha hayotiy muhim omillardan biridir. Ko’p hollarda tadbirkor korxona tuzish uchun bo’sh deb belgilangan yaqin joydan narisiga qaramaydi. Muvaffaqiyat imkoniyatini oshirish uchun joylashish o’rnini tanlash muammosini puxta o’rganish va o’ylash muhimdir. Ta`kidlash zarurki, yaxshi joylashish o’rnini tanlash o’rtacha ishlovchi korxonaning hayotini ta`minlashi mumkin, yomon joylashish esa hatto yaxshi boshqarilayotgan korxonaga ham inqiroz hukmini chiqarishi mumkin.
Joylashish o’rnini tahlil qilish korxonaning butun ishi davomida uzluksiz jarayon bo’lishi kerak. Demografik vaziyatning o’zgarishi, xaridorlarning xarid moyilliklarining o’zgarishi, kishilar va yuklarni tashishning yangi usullari paydo bo’lishi, aholi punktlari o’sishining yangi yo’nalishlari kabi omillar mavjud joylashish o’rnining yaroqligiga noxush ta`sir ko’rsatishi mumkin. Korxonaning joylashish o’rnini tanlashda ikki asosiy omil mavjud:
1. Aniq jamoani (aholi punktini) tanlash haqida qaror qabul qilish;
2. Tanlangan jamoa doirasida joyni tanlash haqida qaror qabul qilish.
Korxonaning joylashish o’rnini to’g’ri tanlash boshqalarga qaraganda ayrim korxonalar uchun o’ta muhimdir. Chakana savdo va xizmat ko’rsatish koxonalari uchun to’g’ri joylashish o’ta muhim omildir. Tayyor kiyimlar magazinlarining, kimyoviy tozalash xizmatlarining va avtoyoqilg’i shoxobchalarining yashovchanligi ko’p jihatdan ular yonidan o’tuvchi mijozlar va xaridorlar oqimiga bog’liq bo’ladi. Bu xildagi korxonalar yuqori foyda olishlari uchun xaridorlar bilan bir qatorda o’z tovarlari/xizmatlariga ega bo’lishlari kerak.
Chakana savdo va xizmat ko’rsatish sohasidagi boshqa xil korxonalar, shuningdek ulgurji savdo korxonalari uchush joylashish o’rni xaridorlarni va mijozlarni jalb qilish nuqtai nazarida muhim emas. Mebel, maishiy texnika sotuvchi chakana magazinlar xaridorlarni o’ziga shunday ham tortaveradi; buxgalteriya hisoboti vasoliqqa tortish sohalarida maslahat beruvchi kompaniyalar, shuningdek, ulgurji savdo korxonalari “oyoq Yetmagan so’qmoqlardan” tashqarida bo’lishlari va bunda yuqori foyda topishlari mumkin. Xaridorlarning o’zlari bu korxonalar taklif qilayotgan tovarlar yoki xizmatlarni izlab bir qancha vaqtini o’tkazadilar.
Ishlab chiqarish korxonalari, qurilish firmalari va ayrim xizmat ko’rsatish korxonalari o’zlarining qulay joylashish o’rni tufayli xaridorlarni jalb qilishdan umuman manfaatdor emaslar. Bu xildagi kompaniyalar o’z mijozlarini shaxsiy savdo-sotiqlar vositasida yohud reklama orqali topadilar. Bunday korxonalarning joylashgan o’rnini tanlash tegishli joyda turishning narxi, atrof-muhitga ta`siri yoki xom ashyo Yetkazib berishga qarab amalga oshiriladi. Iqtisodiyotning holati, demografik vaziyat, shuningdek, raqobat bunda hisobga olinishi kerak bo’lgan muhim omillardir. Bu omillarni hisobga olish istiqbolli shahar yoki posyolkani tanlashga imkon beradi.
Demak, korxona joyini tanlashda, avvalo eng qulay joyni tanlash lozim ekan. Mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish va sotish uchun qulayliklar sifatida ko’plab omillarni keltirish mumkin. Bozorga yaqin bo’lish. Bozorga yaqin bo’lish xarajatlarni kamaytirish va mahsulot sotilishini tezlashtirish imkonini beradi. Bu har tomonlama mijzlarga ham qulayliklar yaratadi. Masalan, cheka, shahardan uzoq hududlarda kiyim-kechak ishlab chiqarish bilan shug’ullanish tadbirkorga ko’proq qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Chunki shahar infratuzilmasidan yiroq va asosiy xaridorlardan yiroqda joylashish xarajatlarni oshishiga va samaradorlikni pasayishiga sabab bo’ladi. Ammo tadbirkor faqatgina o’zini arzon ishchi kuchi bilan yupatish imkoniyatiga ega bo’ladi, garchi ishchilar saviyasi unchalik yuqori bo’lmasa ham..
Demografik vaziyat tadbirkorlar o’zlarining xaridorlari (mijozlari) bo’ladigan kishilar doirasini aniqlashlari kerak. Bunda tadbirkor ishlab chiqaradigan mahsult va xaridorlarning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashi kabi omillarni inobatga olish lozim. Masalan, agar tadbirkor DVD disklari emasl, balki ko’proq musiqiy kompakt-disklar sotuvchi magazin ochishga e`tibor qaratsa, o’smirlar va kattaroq yoshdagi yoshlar qayerda zichroq yashashini bilish kerak, chunki aynan ular musiqa bilan ko’proq qiziqishadi. Demografik vaziyatga tegishli mana boshqa savollar: bu hududda hayot qay darajada barqaror? Aholining muntazam migratsiyasi ko’zatiladimi (ketish, kelish, har ikki tomonga harakat)? Aholi soni o’smoqdami yoki kamaymoqdami? Agar hudud jadal o’sayotgan bo’lsa, bunda yosh oilalar sonining ko’payishini kutish mumkin. Bu omillarning barchasi korxonaning joylashish o’rnini tanlashda hisobga olinishi kerak.
Raqobatdoshlikda tadbirkor o’z raqiblarini bilishi lozim. Ularning kuchli va kuchsiz tomonlari haqidagi ma`lumotlarni to’plab, tadbirkor atrofida qancha raqib borligini va ular qayerda joylashganligini bilish kerak. Tadbirkor qolaversa, keyingi ikki yil ichida o’zinikiga o’xshagan qancha ko’p korxona ochilganligi va yopilganligini aniqlashi zarur. Boshqacha, ammo unikining o’rnini bosishi mumkin bo’lgan tovarlar ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko’rsatuvchi bilvosita raqiblar xususidagi masalani ham o’rganish lozim.
Yirik savdo markazlariga yaqin joylashish xizmat ko’rsatuvchi korxonalar uchun eng maqbuldir. Biroq radiotele ustaxonalar, kimyoviy tozalash muassasalari, amaliyotchi vrach-dantistlar, poyabzal ustaxonalari yoki tijorat bolalar bog’chalari uchun yuqori ijara haqi olinadigan joylarda joylashish zarurati yo’q. Mijozlarning o’zlari ularni izlab topishga va yaxshi xizmatdan bahramand bo’lish uchun olisroqqa borishga tayyordirlar, chunki bu korxonalar ma`lum darajada ochilgan yo’llardan chetda bo’lishi mumkin. Ammo hatto xizmat ko’rsatuvchi firmalar o’rtasida ham qanday joy yaxshiligi haqida turli fikrlar mavjud. Masalan, ekspress-ximchistkaning gastronom va dorixona bilan yonma-yon joylashuvi maqbul yondashuv bo’la oladi. Biroq vrach-dantist uchun bu joy maqbul bo’lmasligi mumkin, unga uning oldidan o’tuvchi piyodalarning katta oqimi va ekspress-ximchistka korxonasi singari savdo markazining kirish-chiqish joyi bilan qulay qo’shnichilik (bu uning muvaffaqiyatini ta`minlagan) zarur emas.
Ishlab chiqarish korxonalarining joylashuvi uchun qulay joylar chakana va ulgurji savdo, xizmat ko’rsatuvchi firmalar uchun maqbul kelgan joydan farqlanadi. Agar siz ishlab chiqarish korxonasini ochish imkoniyatini ko’rib chiqmoqchi bo’lsangiz, transport infratuzilmasini va xom ashyo Yetkazib berish manbalari o’rtasidagi masofani o’rganing. Xaridorlarning yaqinligi, tegishli quvvatlarning mavjudligi va zonalashtirish haqidagi hujjatlarning amal qilishi – bular boshqa muhim omillardir. Korxonaning joylashish o’rnini tanlashda umumiy va aniq omillarni o’rganish jarayonida yaxshisi joriy holatlarga emas, balki kelajak istiqbolga yo’nalish olish kerak.
Jahon xo’jaligining jadal rivojlanib borayotgan bir sharoitida ishlab chiqarish korxonalariga joy tanlashda xorij tajribasidan kelib bir qator xulosalarga kelish mumkin.
Ishlab chiqarish korxonalari hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda rivojlanayotgan va qashshoq davlatlar tomon ko’chib o’tmoqda. Bu siljish natijasida rivojlangan davlatlar asoan axborot tizimi bilan ishlashga ko’proq e`tibor berishmoqda. Bu har tomonlama o’z foydasini bermoqda, jumladan, tabiiy resurslarga yaqinroq borish, arzon ishchi kuchiga ega bo’lish, arzon xizmatlardan foydlanish va bozorni kengaytirish kabi.masalan, Buyuk Britaniya aviakompaniyalari vaa bir qator ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, avtomobilsozlik korxonalarining bir qator bo’limlarini asosan Hindistonda joylashganligi ularga bir qator imkoniyatlar yaratmoqda. Hindistonda kompyuter texnologiyalarning yaxshi rivojlanganligi, ishchi kuchining Qirollikka nisbatan ancha arzonligi, ishchi kuchining til bilishdagi muammolarning yo’qligi, bu shunnigdek Hindiston aholisiga ham ancha foydali hisoblanadi, chunki ular tomonidan taklif etiladigan ish haqi va ishlash sharoiti ancha qulay hisoblanadi.
Ayni vaqtda, tadbirkorik faoliyatini amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik subektlari, ya`ni tadbirkorlik tashkilotlarini tuziladi.
Xususiy tadbirkor o’z faoliyaida yollanma mehnatdan foydalansa, u yuridik shaxs hisoblanadi va tadbirkorlikni O’zbekiston Respublikasining «Korxonalar to’g’risida»gi, «Tadbirkorlik to’g’risida»gi Qonunlari va boshqa me`yoriy hujjatlar asosida amalga oshirishi zarur.
Qishloq xo’jaligida xususiy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi, «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»gi Qonunlarida o’z ifodasini topgan.
Fermer xo’jaligi o’ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan Yer maydonlaridan foydalangan holda mahsulot Yetishtiruvchi, qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi, Fermer xo’jaligi a`zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi subektdir.
Fermer xo’jaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar fermer xo’jaligi a`zosi hisoblanmaydi.
Tadbirkorlikni tashkiliy-huquqiy shakllari tizimida xo’jalik shirkatlari va jamiyatlarining har xil turlari Yetakchi o’rinda tutadi.
Xo’jalik shirkati umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir nechta shaxsning birlashuvidir.
Xo’jalik jamiyati tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir shaxs yoki bir nechta shaxsning mulklarini birlashtirish yo’li bilan tashkil qilinadigan korxonadir.
Ishtirokchilarning shirkat nomidan o’zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq tadbirkorlik faoliyati Bilan birgalikda shug’ullanadigan va shirkatning majburiyatlari bo’yicha o’zlariga tegishli barcha mulk bilan javobgar shirkat to’liq shirkatdir. Ishtirokchilarning bir qismi shirkat faoliyati bilan bog’liq zarar uchun qo’shilgan summa yoki badallar chegarasida tavakkal qiladigan va shirkat amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati kommandit shirkat deb ataladi.
Xususiy tadbirkorlik deb, jimoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatining yuritilishi tushuniladi:

  1. Yuridik shaxs tashkil qilmasdan;

  1. Mustaqil ravishda, ishchilarni yollash huquqisiz;

  2. Tadbirkorga tegishli mulk asosida, shuningdek mulkka egalik qilish va mulkdan foydalanishning boshqa huquqiga asosan.


Download 159,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish