4-mavzu: korxona-tadbirkorlikning tashkiliy ko’rinishi. Reja korxona tushunchasi va uning belgilari


Xususiy tadbirkorlikni ro’yxatdan o’tkazish xususiyatlari



Download 159,78 Kb.
bet11/25
Sana28.06.2022
Hajmi159,78 Kb.
#715449
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
4-маъруза

Xususiy tadbirkorlikni ro’yxatdan o’tkazish xususiyatlari.

  1. Ro’yxatdan o’tkazish tuman, shahar, hokimiyatlari tomonidan bir vaqtning o’zida soliq tashkilotlari ham hisobga olish tamoyili bo’yicha amalga oshiriladi;

  1. Ro’yxatdan o’tkazganlik to’g’risidagi qaror ro’yxatdan o’tkazuvchi tashkilot tomonidan jismoniy shaxs kerakli hujjatlar Bilan birgalikda ariza topshirgan paytdan 3 kundan kechiktirmay qabul qilinadi. Agar, murojaat etuvchi rad javobini asossiz deb hisoblasa, u bu qaror ustudian sudga shikoyat qilish huquqiga ega;

  2. Muhr va tamg’ani tayyorlashni rasmiylashtirishga ichki ishlar tashkilotidan ruhsat olish va tegishli davlat tashkilotlarida hisobga qo’yishning umumiy muddati zarur hujjatlar Bilan birgalikda ariza topshirilgan vaqtdan boshlab 8 ish kunidan oshmasligi kerak;

  3. Jismoniy shaxsga ariza ko’rsatilgan vaqtga ro’yxatdan o’tkazganligi to’g’risida guvohnoma bank yoki aholidan to’lovlarni qabul qiladigan boshqa kredit tashkiloti orqali ro’yxatdan o’tkazish uchun to’lov to’langanligi to’g’risidagi hujjat taqdim etilgandan keyin beriladi (Ushbu guvohnoma xususiy tadbirkorlarga bankda hisobraqam ochishda, muhrni va boshqa rekvizitlarni tayyorlashda, muhandislik kommunikatsiyalariga bog’lanishda (gaz tarmog’i, energiya ta`minoti, suvdan foydalanish, issiqlik ta`minoti, kanalizatsiya va h.k.)) ruhsat olishda asos bo’ladi;

  4. Ro’yxatdan o’tgandan keyin xususiy tadbirkor bankka murojaat qilishi shart va amaldagi qonunchilik asosida alohida faoliyat turi Bilan shug’ullanish uchun litsenziya olish haqida vakolatli davlat tashkilotiga murojaat qilishi lozim.

Davlat ro’yxatidan o’tish uchun xususiy tadbirkor ro’yxatdan o’tkazuvchi tashkilotga quyidagilarni taqdim etadi:

  1. O’rnatilgan shakldagi ariza;

  1. Pasport;

  2. Rasm;

  3. Ro’yxatdan o’tkazish yig’imining to’langanligi to’g’risidagi hujjat;

  4. Muhr va tamg’a izi tushirilgan uch nusxadagi namuna kartochkasi.

Korxonani tashkil etish quyidagi bir qator bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1. Korxonani tashkil etish uchun ta`sichilar majlisini o’tkazish;
2. Ta`sis hujjatlarini tayyorlash;
3. Bankda muvaqqat raqam ochib, ro’yxatdan o’tkazish vaqtida ustav fondining bir qismi unga qo’yiladi;
4. Aktsiyalarni sotishni tashkil etish, ta`sis majlisini chaqirish (AJ uchun);
5. Identifikatsiya qilish va korxonaga firma nomini berish;
6. Korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun yig’im to’lash;
7. Hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazuvchi tashkilotga taqdim etish;
8. Muhrni tayyorlash O’zbekiston Respublikasi IIVning tegishli tashkilotlarida oshirish;
9. Bank hisob raqamini ochish;
10. Alohida faoliyat turlarini amalga oshirish uchun zarur litsenziya olish;
11. Tegishli tashkilotlarda xonalardan foydalanish va muhandislik kommunikatsiyalariga bog’lanish uchun ruxsat olish;
12. Moliyaviy-buxgalteriya hujjatlarini sotib olish va buxgalteriya hisob kitoblarini ochish, aktsiya va obligatsiyalarni emissiya qilish va sotish (AJ uchun ommaviy obuna asosida).
Xususiy tadbirkorlikning afzallik jihatlari:

  1. xususiy tadbirkorlik Bilan shug’ullanish uchun ruhsat olish xo’jalik shirkatlariga keyin, nisbatan soddalashtirilgan: xusuiy tadbirkor davlat ro’yxatidan o’tganidan keyin, yuridik shaxs tashkil qilmay faoliyat yuritishi mumkin. Bunda xususiy tadbirkor bankda hisob ochishi va o’z hamkorlari bilan naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirishi mumkin;

  1. soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi qo’llaniladi: masalan, faqat yagona soliq to’lovi asosida soliq to’lanishi yoki oylik stavka asosida to’lanib, uning miqdori faoliyat turi bo’yicha aniqlanadi va turli hududlarda turlicha bo’lishi mumkin.

Xususiy tadbirkorlikning zaif jihatlari:

  1. kreditlash imkoniyatlarining cheklanganligi;

  1. o’zining bor mulki bilan javobgarligi;

  2. faoliyatni kengaytirish va rivojlantirishning imkoniyatlari cheklanganligi yoxud bu tashkliy-huquqiy o’zgarishlarga olib kelishi.

Mas`uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas`uliyatli jamiyatlar to’јrisidagi qonun hujjatlari «Mas`uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas`uliyatli jamiyatlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Download 159,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish