4-mavzu: korxona-tadbirkorlikning tashkiliy ko’rinishi. Reja korxona tushunchasi va uning belgilari



Download 159,78 Kb.
bet5/25
Sana28.06.2022
Hajmi159,78 Kb.
#715449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
4-маъруза

Faoliyat maqsadlariga ko’ra:

  1. foyda olishni maqsad qilib kuygan tijoratchi;

  1. foyda olish emas, balki ijtimoiy samarani - xomiylik, xayriyalik, beg’araz yordamni maqsad qilib qo’ygan tijoratchi bo’lmagan.

Tayyor mahsulotning maqsadlariga ko’ra:

  1. ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar;

  1. iste`mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar.

Texnologik umumiyligiga ko’ra:

  1. ishlab chiqarishda kimyoviy jarayonlarning ustunligi asosidagi;

  1. ishlab chiqarishda mexaniq jarayonlarning ustunligi asosidagi.

Yil davomida ishlash muddatiga ko’ra:

  1. mavsumiy:

  1. yil bo’yi faoliyat yurituvchi.

Ixtisoslashuv darajasiga ko’ra:

  1. ixtisoslashgan;

  1. universal;

  2. aralash.

Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o’rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi.
Xususiy korxona
O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi «Xususiy korxona to’g’risida»gi Qonunining 3-bandiga muvofiq «Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e`tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik sub`ektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
Xususiy korxona o’z mulkida alohida mol-mulkka ega bo’ladi, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da`vogar va javobgar bo’lishi mumkin.
Xususiy korxona o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki Yetarli bo’lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo’ladi».
Xususiy korxona to’liq firma nomiga ega bo’lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo’lishga haqli. Xususiy korxonaning to’liq firma nomi uning to’liq nomini va "xususiy korxona" degan co’zlarni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Xususiy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va "xususiy korxona" degan so’zlarni yoki "XK" abbreviaturasini o’z ichiga olishi kerak.
Xususiy korxona yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, muhrga, banklarda hisob-kitob schyotiga ega bo’ladi. U o’z filiallari, sho’`ba korxonalari va vakolatxonalarini tashkil etish huquqiga ega.
Xususiy korxona mulkdor tomonidan, uning tegishli mol-mulki negizida tuziladi. Mulkdor xususiy korxonaning:

  1. ustavini tasdiqlaydi;

  1. korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi;

  2. korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko’radi, uning manfaatlarini ifodalaydi;

  3. xususiy korxonaning pul mablag’larini hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi;

  4. shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi;

  5. banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi.

Xususiy korxona mulkini asosiy va aylanma mablag’lar, shuningdek, qiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa pul-moddiy boyliklar tashkil qiladi.
Xususiy korxona o’z mahsulotini (ishlarni, xizmatlarni), ishlab chiqarish chiqitlarini mustaqil yoki shartnoma asosida belgilangan narxlar va tariflar bo’yicha sotish huquqiga ega.
Korxona egasining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplangandan, soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langandan, shuningdek, kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan so’ng qoladigan daromadi (foydasi) uning o’z xohishiga ko’ra tasarruf etiladi.
Xususiy korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar, ularda firma belgisi yoki ishlab chiqaruvchining familiyasi, buyumning nomi yoki ramzi va boshqa zarur ma`lumotlar ko’rsatilib, albatta markirovka qilinishi kerak.
Xususiy korxonalar xodimlarni tomonlarning huquq va majburiyatlari ko’rsatilib yozma shaklda tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) bo’yicha yollaydilar. Ular O’zbekiston Respublikasining mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishga, ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilashga, mehnat xavfsizligi, sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilinishini ta`minlashga majburdir.
Yollanib ishlayotgan shaxslar mehnatiga shartnoma yoki kontraktda ko’rsatib o’tilgan haq miqdori davlat tomonidan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo’lishi mumkin emas.
Xususiy korxonalar o’z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonunga muvofiq assotsiatsiyalarga (uyushmalarga) va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin.

Download 159,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish