4-mavzu. Motiv va motivasiya va hissiyotning namoyon bo‘lishi. Reja



Download 237,6 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/26
Sana14.05.2023
Hajmi237,6 Kb.
#938607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
4-ma`ruza

shaxsiy mohiyat 
haqida so`z yuritamiz. Yetakchi motiv faoliyat maydoniga tushib 
qolgan yuqori sub`ektiv ahamiyatga ega bo`lgan jism, harakat yoki hodisa kechinmasidir. Shuni 
ta`kidlash muhimki, bunda faqat yetakchi motiv mohiyat hosil qiluvchi vazifasini bajaradi. 


Qisqacha, 
motivlar 
va 
shaxs aloqasi 
muammosida to`xtalamiz. Inson motivlari sohasi 
tomonidan shaxs ko`lami va uning fe`l-atvori aniqlanadi. 
Odatda, motivlaming zinapoyali munosabatlari to`laqonli anglanmaydi. Ular motivlar 
kelishmovchiligi yuzaga keladigan vaziyatlarda oydinlashadi. Juda ko`p holatlarda hayot turli 
motivlami to`qnashtirib, insondan ulaming birini: moddiy manfaatdorlik yoki ishga bo`lgan 
qiziqish, shaxsiy muhofaza yoki g`urur va h.k.lami tanlashga majbur qiladi. 
Endi 
motivlar rivoji 
kabi muhim masalani ko`rib chiqamiz. Bu masala, avvalo, shaxs 
tarbiyasi va o`zini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Faoliyat tahlilida harakatning tabiiy yo`nalishi quyidagicha bo`ladi: ehtiyojdan motivga, 
so`ngra maqsad va harakat tomon), Voqeiy faoliyatda esa muntazam ravishda teskari jarayon 
ro`y beradi: faoliyat davomida yangi motivlar va ehtiyojlar shakllanib boradi. 
Faoliyat nazariyasida motivning maqsad tomon harakat mexanizmi yoki maqsadning 
motivga aylanish mexanizmi mavjud. Ushbu mexanizmning mohiyati shundan iboratki, 
qandaydir motiv tomonidan erishishga harakat qilinadigan maqsad vaqt o`tishi bilan o`zi 
mustaqil holatda undovchi kuchga ega bo`ladi, ya`ni, maqsadning o`zi motivga aylanadi. Maktab 
hayotidan bir misol keltiramiz. O`quvchi ma`lum fan bilan unga o`zining sevimli ustozi bilan 
muloqotda bo`lish zavqli bo`lgani uchun shug`ullanadi. Lekin asta-sekin ushbu fanga qiziqish 
chuqurlashib boradi, va o`quvchi uni bo`lajak mutaxassislik sifatida ham tanlashi mumkin. 
Shunday qilib, motiv maqsadga aylandi. SHuni ta`kidlash lozimki, maqsadning motivga 
aylanishi ijobiy hissiyotlar to`planganidagina yuz berishi mumkin, masalan, hammaga ma`lumki, 
faqat jazo berish va majburiy ravishda ishga nisbatan qiziqish yoki muhabbat uyg`otish mumkin 
emas. 
Motiv va motivatsiya 
Inson xulq-atvorida funksional jihatdan 
tavsifi 
bog`liq bo`lgan 
qo`zg`atuvchi va boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson xulq- atvoridagi 
qo`zg`atuvchi holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo`llaniladigan tushunchalar orasida 
motivatsiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo`lib hisoblanadi. 
«Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga ega. 
«Motivatsiya» so`zi hozirgi zamon psixologiyasida xulq-atvorni determinatsiyalovchi omillardir. 
Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, intilishlar va boshqa ko`pchilik) tizimini 
belgilovchi va xulq-atvor faolligini ma`lum darajada tutib turuvchi, rag`batlantiruvchi jarayon 
xususiyati sifatida ikkilangan ma`noda qo`Uaniladi. Biz motivatsiya tushunchasini birinchi 
ma`noda qo`llaymiz. Shunday qilib, 
motivatsiyani 
inson xulq-atvori, uning kelib chiqishi, 
yo`nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo`lgan sabablar 
yig`indisi sifatida belgilash mumkin. 
Xulq-atvorning paydo bo`lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo`nalganlik va ko`zlangan 
maqsadga erishilgandan so`ng yakunlanishi, kelajakdagi voqealarga moyillik, alohida olingan 
xulq-atvor aktining mutanosibligi va mazmun jihatidan yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi 
tomonlari motivatsion jihatdan tushuntirishni talab etadi. 
«Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday mohiyatga 
ega?» va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivatsiyaga muvofiq amalga oshiriladi. 
Xulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi mumkin. 
Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang`ich va yakuniy holatlari sifatida sub`ekt xulq-
atvorining psixologik xossalari, ikkinchisida - tashqi va faoliyat sharoitlari namoyon bo`ladi. 
Birinchi vaziyatda 
motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar 
va h.k.lar, ikkinchisida 
esa - yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan 
rag`batlar 
haqida so`z yuritiladi. Ba`zan inson 
xulq-atvorini ichdan belgilab beradigan barcha omillar 
shaxs dispozitsiyalari 
deb ataladi. U 
holda muvofiq ravishda dispozitsion va vaziyatli motivatsiyalar haqida xulq-atvorni 
detenninatsiyalashning ichki va tashqi analoglari sifatida so`z yuritiladi. Shuning uchun 
insonning istalgan harakati ikki tomonlama: dispozitsion va vaziyatli determinatsiya sifatida 
ko`rib o`tiladi. 
Dispozitsiyalar o`z mohiyatiga ko`ra motivlardir. 
Motiv 
motivatsiyadan farqli o`laroq, - bu 
xulq-atvor sub`ektining o`ziga tegishli bo`lgan, uning ma`lum harakatlari amalga oshirishga 


ichkaridan undovchi barqaror shaxsiy xossasi. Motivni, shuningdek, umumlashtirilgan 
ko`rinishda ko`pchilik dispozitsiyalami ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin. 
Mavjud bo`lgan dispozitsiyalardan eng muhimi 
ehtiyojlar 
tushunchasi hisoblanadi. Ehtiyoj 
deb, inson yoki hayvonning ma`lum sharoitlarda ularga normal yashash va rivojlanishi uchun 
yetishmovchilik holatiga aytiladi. Ehtiyoj shaxs holati sifatida muntazam ravishda insondagi 
organizm (shaxs) uchun yetishmovchilik bilan bog`liq bo`lgan qoniqmaslik hissi bilan bog`liq 
Inson ehtiyojlarining asosiy xususiyatlariga qondirish kuchi, paydo bo`lishining davriyligi 
va usuli kiradi. Shaxsning ahamiyatli ehtiyoji, uning jisga bog`liq mazmuni, ya`ni, ushbu 
ehtiyojni qondira oladigan moddiy va ma`naviy madaniyat ob`ektlarining yig`indisidir. 
Ehtiyojdan keyingi motivatsion ahamiyatga ega bo`lgan tushuncha - bu 
maqsad. 
Maqsad 
deb, faoliyat bilan bog`liq bo`lgan, dolzarb ehtiyoji qondiruvchi bevosita anglanuvchi natijaga 
aytiladi. Psixologik jihatdan maqsad ongning motivatsiyali qo`zg`atuvchi mazmuni, u inson 
tomonidan faoliyatining bevosita va yaqin kutilayotgan natijasi sifatida idrok qilinadi. 
Ко`rib chiqilgan motivatsiyali hosilalardan dispozitsiyalar (motivlar), ehtiyojlar va 
maqsadlar inson motivatsion sohasining asosiy tashkil etuvchilari bo`lib hisoblanadi. 
Shaxsning motivatsion sohasini rivojlanganlik nuqtai nazaridan kenglik, egiluvchanlik va 
ierarxiyalashtirish ko`rsatkichlari bo`yicha baholash mumkin. Motivatsion sohaning 
kengligi 
deyilganda, darajalaming har birida keltirilgan dispozitsiyalar, ehtiyoj va maqsadlar kabi 
motivatsion omillaming sifat jihatidan turli-tumanligi tushuniladi. Odamda turli xil motivlar, 
ehtiyoj va maqsadlar qanchalik ko`p bo`lsa, uning motivatsion sohasi ham shunchalik 
rivojlangan hisoblanadi. 
Motivatsion sohaning 
egiluvchanligi 
motivatsiya jarayonini quyidagicha xarakterlaydi: 
yuqori darajadagi motivatsion maylning qondirilishi uchun quyi darajadagi turli xil motivatsion 
mayllar qanchalik ko`proq qo`llanilgan holatda motivatsion soha ham shunchalik darajada 
egiluvchan bo`ladi. Masalan, bir individ uchun bilim olishga bo`lgan ehtiyoj faqat televidenie, 
radio va kino hisobiga qondirilsa, boshqasi uchun huddi shunday ehtiyojni qondirish vositasi 
turli kitoblar, davriy matbuot, odamlar bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi holatda motivatsion 
soha egiluvchanroq bo`lib sanaladi. 
Ierarxiyalashtirilganlik 
- bu alohida olingan motivatsion sohasidagi har bir tuzilish 
darajasining xususiyati. Bir xil dispozitsiyalar (motivlar, maqsadlar) boshqalaridan kuchliroq 
bo`lib tez-tez hosil bo`lib turadi; boshqalari kuchsizroq bo`ladi, va kamroq dolzarblashtiriladi. 
Ma`lum darajadagi motivatsion hosilalamingdolzarblashtirish kuchi va chastotasidagi farqlar 
qanchalik ko`p bo`lsa, motivatsion sohaning ierarxiyalanganligi ham shunchalik yuqori bo`ladi. 
Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlardan tashqari, inson xulq-atvori qo`zg`atuvchilari sifatida, 
shuningdek, qiziqishlar, muammolar, tilak va maqsadlar ham ko`rib chiqiladi. Qiziqish deb, 
bilish xususiyatiga ega bo`lgan, to`g`ridan-to`g`ri bir xil, ayni damda dolzarb bo`lgan ehtiyoj 
bilan bog`lanmagan, alohida motivatsion holatga aytiladi. Muammo ma`lum maqsadga 
erishishga yo`naltirilgan harakatni bajarishda organizm yengib o`tishi zarur bo`lgan to`siqlarga 
duch kelganida paydo bo`ladi. 
Tilaklar 
va 
maqsadlar - 
bu darhol yuz beradigan va ko`pincha bir-
birini almashtirib turadigan, harakat bajarish sharoitlarining o`zgarishlariga javob beradigan 
motivatsion sub`ektiv holat. 
Inson xulq-atvori motivatsiyasi ongli va ongsiz bo`lishi mumkin. Bu inson xulq-atvorini 
boshqaruvchi ba`zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan anglanishini, boshqalarining esa 
anglanmasligini bildiradi.
Shunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo`lishi mumkin. Shaxs 
yo`nalganligi shakllanishidagi asosiy o`rinni anglangan motivlar egallaydi. 

Download 237,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish