4-mavzu: Murakkab qo’shma gap. Murakkab sintaktik butunlik Tayanch tushunchalar


Bularning birinchisi anaforik, ikkinchisi kataforik vositalar deb ham yuritiladi



Download 20,34 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2022
Hajmi20,34 Kb.
#598741
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu ma\'ruza HO`AT

Bularning birinchisi anaforik, ikkinchisi kataforik vositalar deb ham yuritiladi.
Anaforik vositalarga murakkab sintaktik butunlik qismlari orasida yuzaga keluvchi quyidagi lisoniy hodisalar kiradi: 1. Almashish. 2. Takror. 3. Tushish. 4. Muvofiqlashish.
Almashish. Almashish hodisasi tilning barcha sath birliklari orasida kuzatiladi:
1. Fonetik almashish. Bu hodisa mantiqiy urg‘u yordamida yuzaga keladi. Mantiqiy urg‘u asosida sintaktik butunlik qismlarining ohang jihatdan turlicha shakllanishi ularning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlaydi.
2. Grammatik almashish (fe’l zamoni shakllarining, gap bo‘laklari tartibining almashishi). Til birligi sifatidagi fe’lda zamon ma’nosini ifodalovchi turli grammatik shakllar bir paradigmani hosil etadi va nutqda pradigma a’zolaridan birini ikkinchisi bilan almashtirish mumkin bo‘ladi. Masalan: Men poezdda jo‘nayapman// Men poezdda jo‘nayman.
Gap bo‘laklari tartibining o‘zgarishi ko‘pincha bu bo‘laklarning sintaktik o‘rnini va gapning umumiy mazmunini o‘zgartirmaydi. Masalan: -Yo‘qot uni o‘zing bilgan joyda. (T.Malik. «Shaytanat») // -Uni o‘zing bilgan joyda yo‘qot.
3. Leksik almashish. Leksik almashish: a) olmoshlar; b) sinonimlar; v) mavzu jihatidan yaqin so‘zlar; g) o‘rin va payt ma’nosidagi so‘zlar yordamida amalga oshiriladi.
Olmoshlar predmet, belgi, miqdor kabilarga ishora qilish bilan birga matn qismlarini bog‘lash vazifasini ham bajaradi. Bu vaqtda matnning birinchi qismida qatnashgan ot, sifat, son o‘rnida keyingi gapda olmosh qo‘llanadi va bu almashuv matn qismlarini bir butunlik ichida birlashtirishga xizmat qiladi. Masalan: Zohid bu yolg‘onni tavakkal qilib aytdi. Uning farazicha, to‘yga shaharning barcha puldorlari kelishgan. (T.Malik. «Shaytanat»)
Bu mikromatndagi gaplarning sintaktik aloqasi birinchi gap tarkibida kelgan atoqli otning (Zohid) keyingi gapda qo‘llangan olmosh (uning) bilan almashinishi orqali yuzaga chiqadi.
Takror. Murakkab sintaktik butunlik qismlarini bog‘lashda oldingi gapdagi biror til birligining keyingi gapda takrorlanishi ham muhim o‘rin tutadi. Masalan: -Siz aytasiz-u, men yo‘q deymanmi... Lekin... -Ha, senda ham Hamdamda ham ana shu «lekin»lar ko‘p. Onalaring senlarni ana shu «lekin»lar ustiga tuqqan. –Bo‘pti, «lekin-pekin»siz bajaraman, -dedi Zohid yana kulimsirab. –Yo‘q, endi «lekin»ining ichingda qolmasin, ayt, men bilay. (T.Malik. «Shaytanat»)
Ushbu nutq parchasidagi «lekin» so‘zining takrori 5 ta gapni semantik-sintaktik jihatdan bog‘lashga yordam bergan.

Download 20,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish