4-mavzu. Ta’lim muassasasi menejmentida tashkil etish vazifasi. Ta’lim muassasasi ichki nazorati mavzu rejasi



Download 386,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana20.07.2022
Hajmi386,5 Kb.
#826560
1   2   3
Bog'liq
4 mavzu

4. Maktabda uslubiy ishlar 
Maktab uslubiy ishlari ta’lim-tarbiya ishlarining sifatini oshiruvchi eng 
muhim 
vositalardan 
biridir. Uslubiy 
ishlarning 
maqsadi o‘qituvchilarning 
g‘oyaviy-siyosiy-ijtimoiy faoliyat darajasini va zamonaviy pedagogik texnologiya, 
axborot texnologiyasi va pedagogik mahoratni oshirib borishdan iborat.
 
Pedagogik kengash faoliyati bilan maktabdagi uslubiy ishlar birgalikda olib 
boriladi. Uslubiy birlashmalarga pedagogik kengashda faqat ko‘rgazmalar beriladi. 
Uslubiy birlashmalar majlislarida belgilangan masalani chuqurroq o‘rganib, zarur 
tavsiyalar ishlab chiqiladi va kundalik ish faoliyatiga tatbiq qilinadi. 


61
Maktabdagi 
uslubiy 
ishlar 
maktabning 
umumiy 
rejasida 
va 
predmet 
o‘qituvchilarining, birlashma raislarining ish rejasida ifodalanadi. Bu rejada 
quyidagilar aks etishi mumkin: 
1.
o‘quv yilining 1- va 2-yarmida sinflar bo‘yicha o‘tkaziladigan ochiq darslar 
mavzusi; 
2.
har oy mobaynida o‘qituvchilar kuzatadigan darslar; 
3.
ushbu fan metodikasiga oid ma’ruzalar matni; 
4.
o‘qituvchilarga beriladigan ayrim topshiriqlar mavzulari; 
5.
nazorat ishlarini o‘tkazish va tahlil qilish
6.
o‘qituvchilarning daftarlari, sinf hujjatlarini o‘rganib chiqish; 
7.
o‘qituvchilar kuzatgan darslar tahlilini tinglash va boshqalar. 
Uslubiy ishlarga maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 
umumiy rahbarlik qiladi va kuzatib boradi. Har bir maktabda metodika xonalari 
tashkil qilinib, unda turli predmetlarning metodikasiga oid matnlar, yangi 
adabiyotlar, ilg‘or o‘qituvchilar va sinf rahbarlarining ish tajribalari yoritilgan 
matnlar saqlanadi. 
Maktabning ota-onalar bilan olib boradigan ishlari «Ta’lim to‘g‘risida»gi 
Qonun bilan mustahkamlangan bo‘lib, maktab ma’muriyati o‘qituvchi va sinf 
rahbarlarining eng yaxshi ishlarini hisobga olib borishi, lozim topilsa, ushbu ishni 
viloyat, respublika pedagogik o‘qishlariga tavsiya qilishi kerak. Bu bilan ilg‘or 
pedagogik tajribalar keng ommalashtiriladi, o‘qituvchilar o‘z ustlarida unumli 
ishlashga, samarali usullarni qidirib topishga ilhomlantiriladi. 
Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish 
Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi”ning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib, maktab va o‘qituvchilarning 
ta’lim-tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va 
yoyish, o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish ishlarini yaxshilashda, yangi 
pedagogik texnologiyani rivojlantirish va ijodiy qo‘llashda katta ahamiyatga ega. 
Eng yaxshi tajribani o‘rganish, umumlashtirish va targ‘ib etish «O‘zbekiston 
Respublikasi oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar»da 


62
(Toshkent, 1998 yil, 1-qism), «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
ta’lim to‘g‘risidagi qarorlari»da o‘z aksini topgan. Pedagoglar tajribasini o‘rganish 
va yoyish hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylandi. SHu sababli 
o‘qituvchilar va xalq ta’limi sohasida ishlovchi boshqa xodimlarning bu masalani 
to‘la tushunib olishi, nazariy jihatdan anglashi, barcha ko‘rinishdagi maktab va 
o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasini o‘rganish va umumlashtirish ishini to‘g‘ri 
uyushtirish yo‘llarini belgilash talablari tamomila qonuniy bir voqelikdir. 
Shuni aytib o‘tish kerakki, ayrim o‘qituvchilar va xalq ta’limi sohasida ishlovchi 
xodimlar ilg‘or tajribani o‘rganishni, noan’anaviy darslarni uyushtirishni haligacha 
noto‘g‘ri tushunib kelmoqdalar. 
Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganishning maqsad va ob’ektlari 
Tajribani o‘rganish va umumlashtirishga kirishishdan avval bu ishdan kuzatilgan 
maqsadni aniq - ravshan bilib olib va nimalarni o‘rganish kerakligini belgilab 
chiqish va quyidagilarga amal qilish kerak: Ilg‘or pedagoglarning ijodiy ishini 
o‘rganish juda muhimdir. Ularning amalda sinalgan qimmatli metodlari va 
usullaridan «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»ni ro‘yobga chiqarishda, asosiy 
muammolarni hal qilishda va uslubiy ko‘rsatmalar va maslahatlar berishda 
foydalanish zarur. 
Adabiyot, ona tili, tarix, biologiya darslarida va boshqa fanlarni o‘qitishda, 
o‘quvchilarni g‘oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalashda hosil qilingan ilg‘or 
tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar 
kollejlarida qo‘llash juda muhimdir. Birinchi sinf bolalariga savod o‘rgatishda 
analitik tovush metodini qo‘llab yaxshi natijalarga erishayotgan va boshlang‘ich 
sinflarda bolalarda o‘qish, chiroyli yozishni namunali tarzda mustahkamlayotgan 
mohir pedagoglarni aniqlab, ularning tajribalarini o‘rganishga alohida e’tibor 
berish kerak. Eng yaxshi tajribalarni o‘rganishda ma’lum bir o‘qituvchining butun 
ish tartibi, ya’ni darslarga tayyorlanishini, yangi bilimlarni o‘quvchilarga sifatli 
etkazish usullarini, sinfni qay darajada faollashtira olayotganligi, bolalarning 
bilimlarini qay darajada mustahkamlash usullarini, o‘tilgan darslarni takrorlash 
metodlari va hokazolarni yoritish muhimdir.


63
Pedagog faoliyatidagi bolalarning mustaqil bilish jarayonini o‘ziga xos yo‘lga 
qo‘yish tajribalarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratish zarur. 
Eng yaxshi tajribalarni ommalashtirishning boshqa turlari ham bo‘lib, ular
quyidagilardir: 

davomli va qisqa muddatli seminarlar

o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari tomonidan o‘qituvchilar uchun 
kurslar tashkil qilish va eng yaxshi pedagoglarni lektor sifatida jalb etish; 

hudud, viloyat va respublika matbuotidan, shuningdek, radio, televideniedan 
unumli foydalanish. Viloyat va respublikamizdagi eng yaxshi tajribalarni 
o‘rganish ishi xalq ta’limi bo‘limlari, maxsus institutlar, kasaba uyushmalari 
va h.k. tomonidan 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 386,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish