4-mavzu. Ta’lim muassasasi menejmentida tashkil etish vazifasi. Ta’lim muassasasi ichki nazorati mavzu rejasi



Download 386,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.07.2022
Hajmi386,5 Kb.
#826560
1   2   3
Bog'liq
4 mavzu

2.
 
Maktabning ish yuritish qog‘ozlari 
Umumiy o‘rta ta’lim faoliyatini hujjatlar asosida boshqarish O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish yuritish qog‘ozlariga doir ta’lim 
to‘g‘risidagi ko‘rgazmasiga muvofiq olib boriladi. Bu ko‘rgazma hujjatlar 
maktabga kelib tushishi va maktabning o‘zida tuzilishidan boshlab to arxivga 
topshirilguniga qadar maktab ish yuritish qog‘ozlariga doir tartiblar, me’yoriy 
hujjatlar va tavsiyalarda bayon qilingan bo‘ladi.
 
Maktab ma’muriyati qayd etish daftari orqali vaqti-vaqti bilan kirish va chiqish 
hujjatlarining ijrosi qanday olib borilayotganligini tekshirib turadi. Hujjatlarning 
o‘z vaqtida yuritilishi hamda ularning saqlanishi javobgarligi maktab direktori va 
mas’ul xodim zimmasiga yuklanadi. Maktablarda ish yuritish qog‘ozlarining 
to‘g‘ri yuritilishini xalq ta’limi bo‘limlari nazorat qiladilar. 
Moliya-xo‘jalik hujjatlari.
Moliya-xo‘jalik hujjatlariga: maktabning texnik 
pasporti, maxsus saqlanishdagi inventar qaydnomasi, tashkilot zaruriyati uchun 
sarf qilingan materiallar qaydnomasi kiradi. 
3. Ta’lim muassasalari ishlarini rejalashtirish. Pedagogik kengash
Maktab ishlarini rejalashtirish va yo‘naltirish O‘zbekiston Respublikasining 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
 
Maktab ishlarini rejalashtirish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga 
oshirishning asosi bo‘lib, u quyidagicha ustuvor yo‘nalishlarda ko‘rsatilgan: 
1.
Ta’limning uzluksizligini ta’minlash. 


59
2.
Pedagogik, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish. 
3.
Ta’lim jarayonini mazmunan himoya qilish. 
4.
Ma’naviy-axloqiy va ma’rifiy ishlar. 
5.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar. 
6.
Ta’lim tizimini boshqarish. 
7.
Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish. 
8.
Ta’lim tizimini moliyalash. 
9.
Moddiy-texnika ta’minoti. 
10.
Ta’lim tizimining yaxlit axborot maydonini vujudga keltirish. 
11.
Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish. 
12.
Ta’lim sohasidagi ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlash. 
13.
Fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish. 
14.
Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish. 
15.
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasining xalqaro hamkorligi. 
Ta’lim muassasasini “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq uning rahbari 
boshqaradi. Maktabni direktor boshqaradi. 
Pedagogik kengash maktab direktori qoshidagi maslahat organi bo‘lib, maktabning 
o‘quv-tarbiya ishlarini muhokama qilish uchun tuziladi. Pedagoglar kengashi 
maktab rahbarlarining maktab oldida turgan vazifalarini amalga oshirishga yordam 
beradigan tashkilotdir. 
Pedagoglar kengashi maktabda mustahkam birikkan pedagoglar jamoasini 
yaratishga, maktab ishida yagona bir uslub, bir xil ta’lim tarbiyaviy talablarni 
ishlab chiqishga yordam beradi. 
Pedagoglar kengashi o‘z ishini maktab direktori rahbarligida kasaba uyushmasi, 
ota-onalar qo‘mitasi bilan birga olib boradi. 
Pedagoglar kengashiga maktab direktori, o‘quv, ma’naviyat va ma’rifat ishlari 
bo‘yicha direktor o‘rinbosari, tarbiyachilar, barcha o‘qituvchilar, kutubxonachi


60
maktab vrachi, «Kamolot» yoshlar tashkilotining rahbari va ota-onalar 
qo‘mitasining raisi a’zo bo‘lib kiradi. 
Pedagoglar kengashining kotibligiga o‘qituvchilardan biri butun o‘quv yiliga 
saylab qo‘yiladi. 
Kengash majlislari direktor tomonidan har oyda kamida bir marta chaqiriladi. 
Zarur bo‘lganda direktor pedagogik kengashning navbatdan tashqari majlisini 
chaqirishga haqlidir. Pedagogik kengashning qarori pedagogik kengash 
a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashgandagina qonuniy hisoblanadi. Ovozlar 
teng bo‘lganda raisning ovozi hal qiluvchi kuchga ega bo‘ladi. 
Pedagogik kengash a’zolarining huquq va vazifalari. Pedagogik kengashning 
hamma a’zolari hal qiluvchi ovozga egadirlar. Har bir kengash a’zosi maktabning 
ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilashga qaratilgan masalalarni o‘z tashabbusi bilan 
pedagogik kengash muhokamasiga qo‘ya oladi. Pedagogik kengash qarori direktor 
tomonidan tasdiqlanadi va u hamma a’zolar uchun majburiydir. 
Pedagogik kengash O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi nizomiga muvofiq 
maktabning faoliyatiga taalluqli juda ko‘plab muhim masalalar bilan shug‘ullanadi. 
Pedagogik kengashning ishi bir yilga yoki yarim yilga mo‘ljallab rejalashtiriladi. 

Download 386,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish