4-mavzu. Til va terminologiya mashg’ulot rejasi



Download 329,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana06.07.2022
Hajmi329,36 Kb.
#743998
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-MAVZU



4-MAVZU. TIL VA TERMINOLOGIYA 
Mashg’ulot rejasi: 
1. O‘zbek terminologiyasining taraqqiyot bosqichlari.
2. Tilning lug‘at tarkibi.
3. O‘zbek leksikografiyasi.
4. Umumiy va maxsus lug‘atlar.
5. Akademik, ommabop va o‘quv lug‘atlari.
6. Sohaviy lug‘atlarda terminlar.
1. O‘zbek terminologiyasining taraqqiyot bosqichlari.
Termin grekcha terminus so ‘zidan olingan bo ‘lib, “chek, chegara” degan 
ma’noni bildiriadi. U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga 
xos so‘z hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va tterminlar 
majmui degan ma’nolarni anglatadi. Termin so ‘zi o ‘rnida ba’zan atama, istiloh so 
‘zlarini ishlatish hollari uchrab turadi. Ammo bu to ‘g ‘ri emas. Atama termin 
so’ziga nisbatan tor tashunchani ifodalaydi. Istiloh so’zi esa arabchadir. 
Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri 
bo‘lib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lug‘aviy qatlamlaridagi o‘rni va 
vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash imkonini 
beradi. Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning 
muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan, 
nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi. 
A.Reformatskiy terminga ta’rif berar ekan, “... terminlar – bu maxsus so‘zlardir” 
degan xulosaga keladi. A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan 
so‘zlarni “maxsus leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi. 1. Maxsus 
leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi. 2. Maxsus leksika tarkibiga 
terminlardan 
tashqari 
professionalizmlar 
ham 
kiradi. 
Termin 
bilan 
professionalizmlar o‘rtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, 
qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va 
qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, professionalizm esa 


biror kasb, mutaxassislik, ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, 
tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”. 
H.Jamolxonov: “Terminlar fan-texnika, adabiyot, san`at va boshqa sohlarga oid 
ixtisoslashgan, qo‘llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni 
ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to‘rtburchak, 
kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda); qofiya, turoq, vazn 
(adabiyotshunoslikda) kabi . 
Ma’lumki, terminologiya masalalari ilmiy-texnik ishlab chiqarish, kasbhunar, 
har xil tarmoqlar leksikasi, ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga tegishli so‘z va 
iboralarni qamrab oladi, bu tushunchalar tarixi xalq hayoti, uning moddiy va 
ma’naviy jihatlari bilan bog‘liq hamda ularning barchasini tadqiq qilish, tilning 
mulkiga aylantirish hozirgi davr tilshunosligi oldida turgan, kechiktirib bo‘lmas 
tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir. 
O‘zbek tili tarmoqlar terminologiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan dastlabki 
tadqiqot 1955-yilda himoya qilingan N.Mamatovning “O‘zbek paxtachilik 
terminologiyasi” nomli ishidir. Ishda paxtachilik bilan bog‘liq atamalar taraqqiyoti, 
ularning tasnifi, atamalarning so‘z, so‘z birikmalaridan farqli jihatlari, atamaning 
ta’rifi, O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlanish tarixi va u bilan bog‘liq holda 
yangi atamalarning paydo bo‘lishi, o‘zbek paxtachiligi atamashunosligining 
boyishida ichki va tashqi manbalarning hal qiluvchi mavqei atroflicha tahlil 
etilgan. Keyinchalik H.Jamolxonovning “O‘zbek botanika terminologiyasining 
tarkib topishi va rivojlanish tarixidan” (nomzodi … diss. 1968), 
M.Asomuddinovaning “O‘zbek tilida kiyim-kechak va uning qismlarining 
nomlari” (nomzodi … diss. 1970), T.Nugmanovning “O’zbek tilida polizchilik 
terminlari” (nom. diss. 1971), M.Bo’ranovning “Terminы jivotnovodstva v 
uzbekskix govorax Karakalpakii: Avtoref. dis…. kand. filol. nauk. (1972), 
M.Ramazanovning 
“Iz 
istorii 
formirovaniya 

razvitiya 
uzbekskie 
matematicheskoy terminologii: Avtoref. dis. ... kand. filol. nauk. (1973), 
T.Xodjamberdievning “Jivotnovodcheskaya leksika uzbekskogo yazika: Avtoref. 
dis. ... kand. filol. nauk. (1975), S.Azizovning “Leksiko-grammaticheskoe 


issledovanie muzikalnoy terminologii uzbekskogo yazika: Avtoref. dis. … kand. 
filol. nauk. (1981), A.Qosimovning “Farmatsevticheskaya terminologiya v 
sovremennom uzbekskom yazike: Avtoref. dis. … kand. fil. nauk. (1982), 
Z.Xusainovaning “Nazvaniya svadebnix obryadov i tseremoniy v uzbekskom 
yazike: Avtoref. diss. ... kand. filol. nauk. (1983), N.Ikramovaning “Uzbekskaya 
kulinarnaya leksika: Avtoref. dis. ... kand. filol. nauk. (1983), A.Madvaliyevning 
“Uzbekskaya ximicheskaya terminologiya i voprosi eyo normalizatsii: Avtoref. 
dis. … kand. filol. nauk. (1986), R.Doniyorovning “Texnicheskaya terminologiya 
uzbekskogo yazika: Avtoref. dis. … dokt. filol. nauk. (1988),1 I.Pardayevaning 
“O‘zbek tilining zargarlik terminologiyasi: Filol. fanlari nomzodi … dis.(1994), 
Z.Mirxoliqovning “O‘zbek tilida baliq nomlarining lug‘aviy-ma’noviy va 
grammatik xususiyatlari: Filol. fanlari nomzodi … dis. (1991), M.Saidovaning 
“Namangan shevalaridagi qarindoshlik terminlarining leksik-semantik tahlili: Filol. 
fanlari nomzodi ... dis. (1995), A.To`raxojaevaning “Mustaqillik sharoitida o`zbek 
tili ijtimoiy-siyosiy leksikasining taraqqiyoti” (nom. diss. 2012) kabilarni kiritish 
mumkin.
O‘zbek tilshunosligida ham terminlarni o‘rganish borasida yangi qadamlar 
qo‘yildi, ya’ni ilmiy terminologiyaga oid, kasb-hunarga oid, o‘zbek tili leksikasiga 
oid tadqiqotlar, shuningdek, entsiklopediya, izohli lug‘atlar birinketin maydonga 
keldi.

Download 329,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish