4-mavzu: Yozma muloqot Reja: Yozma muloqot va uning xususiyatlari



Download 30,57 Kb.
bet3/4
Sana17.07.2022
Hajmi30,57 Kb.
#816087
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu. Yozma muloqot

Gaplarning xususiyatlari:

  1. Jipslashganlik - birdaniga bir fikr asosiy gʻoyani kuchaytirishga hissa qoʻshuvchi barcha qismlaridan tashkil topgan gap gapning jipsligi deb ataladi.

  2. Ulanish - gapning turli qismlari nomuvofiq soʽzlarsiz kelishadi. Gaplar mantiqiy ketma-ketlikda boʻlishi kerak.

  3. Xilma-xillik - bir turdagi fikr va gʻoya turli gaplarda ijodkorona ifoda etilishi mumkin.

Yozuvdagi aniqlik faqatgina soʽzlarning diqqat bilan tanlanishi va aniq gaplarni yozishga bogʻliq boʻlmaydi. Bu yana ehtiyotkorlik bilan tuzilgan abzatsni talab etadi. Soʽzlar gaplarga birikkandek, abzatsdagi gaplar ham mantiqiy ketma-ketlikka asoslanadi. Shunday qilib, abzats bir gapdan boshqasiga yo‘nalgani va bosqichma-bosqich rivojlangani sababli, abzats kimningdir fikrlash jarayoni boʻladi.
Abzatsning xususiyatlari:

  1. Jipslashganlik

  2. Ulanish

  3. Uzunlik

1.Jipslashganlik - gaplar kabi abzats ham jips boʻlishi kerak. Abzatsning mazmuni bir mavzu yoki gʻoyaga taalluqli boʻlishi kerak.
2.Ulanish - yaxshi abzats gapdan boshqasiga o‘tishi kerak. Har bir gap oldingisi bilan mantiqan bogʻlanishi kerak. Fikrlarning bir gapdan ikkinchisiga fikrlar harakati boʻlishi kerak.
3.Uzunlik - abzatsning uzunligi juda qisqa ham, juda uzun ham boʻlmasligi kerak. Abzats uzunligi uning mazmuniga bogʻliq boʻladi. Qisqa abzatslar xabarlar uchun mos boʻladi. Qisqa abzats oʻquvchiga hujjatlardagi tashkiliy rejaga rioya qilishga yordam beradi. Qoʻshimcha tarzda, qisqa abzatslar koʽzni jalb qiluvchi boʻladi. Odamlar tez-tez tanaffus boʻlishi tufayli ma’lumotlarni o‘qishni afzal koʻrishadi. Biroq, tanaffus juda tez boʻlishi kerak emas. Juda ham qisqa abzatslar guruhi yoqimsiz oʽzgaruvchan ta’sir koʻrsatadi.
1-topshiriq. Matnni o’qing. Klaster shakllantiring.
O’z-o’zingizni boshqarishni o’rganing
Iloji boricha ko’proq do’stlar orttiring, chunki bizning asosiy boyligimiz boshqalarga bog’liq bo’ladi. Hayotda ham siz do’stlar va dushmanlar orasida yashashingizga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham har kuni juda yaqin bo’lmasalar ham, tanish-bilish, oshna-og’ayni va qadrdonlar orttirishga intiling. Vaqt o’tishi bilan ular orasida juda ham yaqin do’stlar orttirishingiz mumkin bo’ladi.
Iloji boricha odobli, ahloq va kundalik turmushda boshqalarga (shu jumladan sizga ham) o’rnak bo’la oladigan insonlar bilan do’stlashing. Ularning ishonchli do’st yoki hamkor bo’la olishi sizning tadbirkorlik bilan bog’liq ishlaringizda juda katta ahamiyatga ega bo’ladi, chunki ular o’zlari olgan ta’lim-tarbiyaga va ruhiyatlariga mos ravishda o’ta insofli bo’lgan holatda ish yuritadilar. Iflos insonlar bilan kurashib, g’olib bo’lgandan ko’ra, ahloq-odobda o’rnak bo’la oladigan insonlar bilan kurashish ma’qulroqdir. Yaramas insonlar bilan kelishib bo’lmaydi, chunki ular hech qanday tartib va qonunlarni tan olishmaydi – shuning uchun ham bunday insonlar orasida haqiqiy do’stlik bo’lmaydi. G’irrom odamdan iloji boricha uzoqroq yurish kerak, chunki ulardan hech qachon hech qanday yaxshilik yoki yaxshi amal chiqmaydi.
O’zingiz haqingizda yaxshi yoki yomon gaplar gapirmaganligingiz ma’qul, chunki agar siz o’zingizni maqtasangiz, sizni maqtanchoqlikda ayblashadi, agar o’zingizni yomonlasangiz, tilyog’lamalikda ayblashadi. O’zingiz haqingizda gapirishingiz tinglovchilarni juda ham zeriktirib qo’yadi, chunki har bir tinglovchi o’zini eng aqlli inson deb biladi. Do’stlar orasida ham o’zingiz haqingizda gapirishdan tilingizni tiying – ko’pchilik orasida ma’ruza qilganingizda esa bu sizni juda ham kulgili ahvolga solib qo’yishi mumkin. Davradagilir haqida ham yaxshi yoki yomon gaplar gapirish tilyog’lamalikni yoki haqoratni anglatishi mumkinligini unutmang.
Ko’pchilik nazarida juda ham mehribon inson sifatida ko’rinishga intiling, chunki shuning o’zi ham do’stlar orttirishga imkon beradi. Mehribonlik ko’rsatish juda ham arzon turadi, ammo u juda yuqori baholanadi. Xurmat qilganni va mehribonlik ko’rsatgan insonni boshqalar ham xurmat qilishadi. Boshqalar bilan dushmanlik qilishga intilmang, chunki dushmanning bittasi ham ko’p hisoblanadi. Ba’zilar ba’zi birovlarni nima uchundir ko’ra olmaydilar, tez-tez janjal-suron ko’taradilar va boshqalarni haqoratlaydilar hamda nega bundayligini bilmaydilar ham. Ammo bu holat ruhiyatga kirib olsa, uni yo’qotish juda qiyin bo’ladi. Agar shunday ahvol yuz bersa, vaqtni o’tkazmasdan, ruhiyatingizni ijobiy ma’noda davolashga harakat qiling.
Barchaga kerakli inson bo’lishga harakat qiling, buning ikki yo’li bor – biri, ishlaringizda muvaffaqiyatga erishish, barchaga kerakli bo’lgan hunar sohibi bo’lish, ikkinchisi, boshqalarga imkon boricha ko’mak berish. O’z egallagan joyiga munosib bo’lgan odamga har doim ham talab bo’ladi. Shuning uchun insonga mansab emas, balki, mansabga inson ko’proq mos bo’lgani ma’qul. Ba’zilarni ular egallagan mansab bezasa, ba’zilar mansabni bezatadilar. Chunki bu mansab xuddi shunday aqlli va bilimli insonlar uchun mos bo’ladi.
Hech qachon boshqa birovlarni yomonlamang, chunki bu ish ko’pchilikka yoqmaydi. Kimdir birovni yomonlar ekan, bu bilan o’z kamchiliklarini yashirishga harakat qilib, buning telbalik ekanini anglamaydi. Shuning uchun ham ko’pchilik bunday odam bilan aloqani uzishga harakat qiladi.
Ahmoqlik qilgan ahmoq emas, balki buni yashira olmagan ahmoqdir. Iloji boricha barcha kamchiliklaringizni yashirishga harakat qiling, chunki hamma ham xato qiladi. Ammo aqllilar o’z xatolarini yashiradilar, tentaklar esa bu bilan maqtanadilar. Sizning insonlar orasida yaxshi nom orttirishingiz ko’proq sizning sukunatingizga bog’liq bo’ladi. Gunohkor ekansiz, endi ehtiyot bo’ling, eng yaqin do’stlaringizga ham bu gunohlaringizni va xatolaringizni oshkor qilmang.
Shikoyat qilishga shoshilmang – oldin yaxshilab o’ylab ko’ring, chunki shikoyat qilish sizga achinish yoki siz bilan birlik hissini uyg’otmaydi, balki ko’proq yomon hissiyotlar uyg’otib, dushmanlar sonini ko’paytiradi. Ba’zilar o’tmishda bo’lib o’tgan ishlar uchun yordam olish yoki achinish hissini uyg’otish maqsadida shikoyat qilib, kelajakda o’zlari uchun turli xil muammolar hosil qiladilar. Aqlli inson boshqalar oldida o’zini hafa qilgan insonlar haqida ham, o’z xatolari haqida ham gapirmaydi. Ammo u boshqalar uchun maqtov so’zlari gapirishni hech qachon unutmaydi. Bu bilan u do’stlarni asrab, dushmanlar yo’liga g’ov qo’yadi.
Har qanday ishni boshlashdan avval, shart-sharoitni yaxshilab o’rganish kerak. Bu ishni ayniqsa, rejalashtirilgan ishning muvaffaqiyati aniq bo’lmagan xollarda amalga oshirish juda ham muhim. Ishni boshlash uchun rozilik berish yoki undan voz kechishni iloji boricha orqaga surib, yaxshilab fikrlab olishga etarli vaqt topish kerak bo’ladi. Shunda to’g’ri qaror qabul qilish uchun kerakli bo’lgan turli xil ma’lumotlar topish va o’ylab olish uchun etarlicha vaqt topish mumkin bo’ladi. Eng nozik joyingizni imkoniyat boricha yashirishga harakat qiling, chunki boshqalar (hamkorlar, hamkasblar yoki dushmanlar) kerakli paytda va kerakli joyda xuddi shu nozik tomoningizga tuzatib bo’lmas zarba berishlari mumkin. Shuning uchun og’riyotgan joyingizni hech kimsa bilmasin, shunda bu joyingizga zarba berish dushmanlarning xayoliga ham kelmaydi. Ishingizning eng katta foyda keltiradigan sifatini ham hech kim bilmagani ma’qul, aks xolda olayotgan foydangizdan yoki uning kattagina qismidan mahrum bo’lishingiz mumkin.
Suhbat qilish san’ati yaxshilab egallab oling, chunki suhbatdagina insonning asli kimligi ayon bo’ladi. Xat yozayotganingizda o’ylash uchun ancha vaqt bo’ladi, ammo suhbat tezkorlik bilan fikrlashni talab qiladi. Suhbatda yoqimli bo’lish uchun hamsuhbatning ruhiyati va aqliga mos kelish kerak bo’ladi. Ammo suhbatda juda ehtiyot bo’lish kerak bo’ladi, chunki gap aytish oson, uning uchun javob berish va isbotlash esa qiyin. Gapirgan gap – otilgan o’q deb bejiz aytmaganlar! Mayda-chuyda narsalar haqida gapirib turib, o’zingiz uchun muhim bo’lgan ma’lumot olish uchun imkoniyat qidiring. Suhbat davomida tez- tez to’xtab qoladigan odamni ishontirish oson. Bu esa suhbatda yutib chiqish imkonini yaratadi. Suhbatda chiroyli so’zlardan ko’ra, aql bilan ish ko’rish muhimroq bo’ladi.
Har bir xodisa ketidan nima kelishi mumkinligi haqida fikrlab oling. Ertaga, indinga va bir necha kundan so’ng nimalar bo’lishi mumkinligini bilib olishga harakat qiling. Agar shunday qilsangiz, og’ir yo’qotishlardan o’zingizni himoya qilgan bo’lasiz. To’g’ri yo’ldan adashmaslik uchun butun umringiz davomida o’ylab ish qiling.
Ahmoqlardan uzoqroq yuring, chunki sizning kimligingizni atrofingizdagi insonlar va oshna-og’aynilaringizga qiyos qilib, bilib olishadi. Muvaffaqiyatga erishish uchun omadli va hayotda nimagadir erishgan insonlarga yaqin yuring. Juda ham muvaffaqiyatli va omadli bo’lsangiz, ko’proq o’rtacha insonlar bilan muloqot qilganingiz ma’qul. Shunda ko’pchilik orasida obru-e’tiboringiz va xurmatingiz oshadi.
Ishonishga shoshmang va tez sevib qolmang. Agar turli xil insonlarga tezda ishonib qolsangiz, keyinchalik afsus-nadomatlar qilishingiz mumkin. Yoddan chiqarmang – nafaqat so’zlar bilan, balki qandaydir ishlar va amallar bilan ham aldaydilar. Do’st tanlashga shoshilmang, chunki insonni uning do’stlariga qiyoslab, muomala qiladilar. Aqlli inson nodonlar bilan muloqot qilmaydi. Har qanday do’st sinovlarda tekshiriladi. Tasodifiy do’st yaxshi do’st bo’lolmaydi, sinalgan do’st eng yaxshi do’st hisoblanadi. Do’stlik dardni engillashtiradi va qiyinchiliklarni kamaytiradi. Yaxshi do’st bo’ladiganlar juda kam, ammo do’st tanlashni bilmaydiganlar uchun do’stlar undan ham kam bo’ladi. Do’st topishdan ko’ra, uni yo’qotish osonroq - shuning uchun do’stlarni iloji boricha asrab-avaylang.
Doimo o’zingiz uchun zahira qoldiring, chunki bu g’alabani ta’minlashning asosidir. Barcha narsangizni, kuchingizni va imkoniyatingizni birdaniga ishlatib yubormang. To’liq g’alabaga erishishda zahira katta ahamiyatga ega, chunki uni shart-sharoitga mos ravishda aql bilan kerakli vaqtda va kerakli joyda ishlatish mumkin.
Hech nimasi qolmagan va barcha holatda ham hech nima yo’qotmaydiganlar bilan aloqa qilmang va ular bilan kurashmang, chunki ular barcha narsalarini allalachon yo’qotganlari uchun, har qanday ishga ham qodir bo’ladilar, ular uchun hech qanday tartib-qoida bo’lmaydi. Ularda ma’naviy tayanchlar va insof-odob tushunchalari yo’qolgani tufayli, umuminsoniy qadriyatlar ham batamom yo’qoladi va sizning ham ular bilan aloqa qilganligingiz uchun omma oldidagi obru-e’tiboringizga putur tegadi. Kurashga kirishishdan avval raqibingizni chamalang va agar uning mavqei siz bilan teng bo’lsagina, u bilan bellashishingiz mumkin («shohning dushmani shoh, gadoniki esa gado» - deb bejiz aytmaganlar).
Maslahat so’rashdan tortinmang, chunki bu sizni kamsitmaydi, balki sizga nisbatan e’tiborni orttiradi. Maslahatga quloq solish va shunga mos ravishda harakat qilish aql etukligidan nishona beradi. Yuqori mansabdagilar bilan juda ham yaqin bo’lish xavfli, pastdagilar bilan juda ham yaqin bo’lish esa obruga putur etkazishi mumkin. Hech qachon yolg’on gapirmang, ammo haqiqatni ham to’liq gapirmang, chunki haqiqat bilan juda extiyot bo’lib muomala qilish kerak. Bir marta aldasangiz, sizning rostgo’y inson sifatidagi ta’rifingizga tuzatib bo’lmas dog’ tushadi. Aldanganni sodda odam deb bilishadi, ammo aldoqchini esa firibgarga chiqarib qo’yishadi. Barcha haqiqatni ham gapirib bo’lmaydi, ba’zi haqiqatlarni o’zingizning foydangiz uchun bildirmaganingiz ma’qul bo’lsa, ba’zilarni esa boshqa insonlar foydasi uchun aytmaganligingiz ma’qul. Mansab tashqi ko’rinishga zeb beradi, ammo bu shaxsning ichki ma’naviy holatiga juda ham kam ta’sir qiladi. Taqdir ba’zi insonlarga katta mansablar berib, ular qalbining kamchiliklarini yo’qotishga harakat qiladi deyish ham mumkin. Mansab egalarining tasavvuri juda ham ilgarilab, o’z imkoniyatlari doirasidan ko’ra ko’proq narsalarga erishishga intiladi va bu bilan tuzoqqa tushib qolishadi («tekinga o’rgansa baliq, qarmoqqa ilinishi aniq» - deb bejiz aytmaganlar). O’jar bo’lmang, chunki barcha kaltafahmlar o’jar, o’jarlar esa kaltafahm bo’ladilar. Tortishuvda o’jar bo’lsangiz, foydadan ko’ra ko’proq zarar ko’rasiz, haqiqatning tagiga etolmaysiz hamda ko’pchilik orasida tarbiya ko’rmagan inson sifatida tanilasiz. O’jarlik fikr yuritishingiz tavsifi emas, balki istak-hoxishlaringizga intilishda sizning irodangiz tavsifi bo’lishi kerak. Sizni juda ham maqtaydiganlar va sizga tilyog’lamalik qiladiganlarga ishonmang. Ba’zilar maqtov va yaltoqlik bilan maqtovga o’ch bo’lgan mansabdorlar pijiga kirib oladilar. Vaqt o’tishi bilan, ishonchga kirib olib, ularga katta zarar keltiradilar. Haqiqiy xurmat burch hisoblanadi, yolg’ondakam xurmat esa firibgarlikning bir ko’rinishidir xolos. Tilyog’lama insonlar sizning yaxshi tomonlaringizni ko’pirtirib, bu bilan faqatgina o’z manfaatlarini ko’zlaydilar. Birovning manfaatlarini himoyalayman deb, o’z manfaatlariga erishmoqchi bo’lgan ayyor insonlardan juda ham ehtiyot bo’lish kerak. Ular bir karra aqlli bo’lsa, siz ularndan ikki karra aqlliroq bo’lishga harakat qiling. Agar ularning qarmog’iga ilinib qolsangiz, kimnidir foydasi deb, o’zingizga katta zarar etkazib qo’yishingiz mumkin. Dono inson barchadagi yaxshi hislatlarga ahamiyat beradi va yaxshi amal qilish qanchalik qiyinligini ham anglaydi. Aqlsiz inson esa hech kimda biror bir yaxshi hislatni ko’rmay, faqatgina ulardagi yomonliklarni ko’radi, xolos.
O’zingizning kimligingizni, qanday inson ekanligingizni, qanday kamchilik va afzalliklaringiz borligini yaxshi bilib oling. Chunki sizning obru-e’tiborli bo’lib, hayotdagi ezgu maqsadlaringizga erishishingiz xuddi shularga bog’liq bo’ladi. Laqma, yolg’onchi, engiltabiat va firibgar insonlar bilan aloqa qilmang – ular siz bilan juda ham yaqin bo’lib qolganlarida juda ham xavfli bo’lib qoladilar. Bunday insonlarni bilmaganlarning o’zi ham laqma hisoblanadi, ammo bilib turib, ular bilan aloqa qilganlar esa kaltafahm deb hisoblanadilar.
Hurmat qozonishning eng yaxshi yo’li – yaxshi amallar bilan shug’ullanishdir. Savob amallar qilganingizda ular bilan maqtansangiz, hurmatingizga putur yetishi mumkin. Haqiqatni ochiq aytish juda xavfli, ammo vijdonli inson haqiqatni aytmasdan jim tura olmaydi. Shuning uchun haqiqatni aytishda uni boshqacha tarzda, misollar vositasida bildirgan ma’qul. Chunki bunda haqiqatni bilishi kerak bo’lgan kimsalarning ko’ngliga ozor yetmaydi va uni aytish ham katta xavf tug’dirmaydi. Yolg’onchi kimsa sifatida nom qozonmang. Undan ko’ra ehtiyotkor inson sifatida taniling. Ko’rinishdan sodda bo’lishga harakat qiling, ammo laqma bo’lmang. Sinchkov bo’ling, ammo ayyor bo’lmang. Iloji boricha atrofdagi insonlar sizni ikkiyuzlamachi emas, balki aql-farosatli inson sifatida tanisinlar. Ishonuvchan va soddadil insonlarni yaxshi ko’radilar, ammo ko’pincha ularni aldashga harakat qiladilar. Eng oliy ayyorlik – ayyorlikni yashirishdir, chunki buni yolg’onchilik bilan tenglashtiradilar. Agar sher bo’la olmasangiz, tulki terisini yopinib yurganingiz ma’qul. Vaqtida yon bossangiz, yutishga imkon topasiz. Agar kuchingiz etmasa, aql-farosat bilan harakat qiling. Kuchdan ko’ra chaqqonlik ijobiy natijaga olib kelishi osonroq. Ko’pincha aqllilar kuchlilarni engadilar. Buning teskarisi juda kam kuzatilgan. Boshqalardan juda ham ajralib turishga harakat qilmang, chunki birinchidan, ko’pchilik buni to’g’ri qabul qilmaydi va ikkinchidan, bu holat o’zingizni noqulay holatga solib qo’yadi. Atrofdagi insonlardan juda ham katta farq qilsangiz, sizdan do’stlaringiz ham yuz o’girishi mumkin. Chiroyli va aqlli so’zlar gapiraman deb, atrofingizdagilarni hafa qilib qo’ymang. Siz bittasiz, dushmanlaringiz esa ko’pchilik - ularga biror bir nimani uqtirganingizcha, ular sizni osongina engadilar. Barcha ig’vogarlarni yomon ko’rgani bilan, ko’pincha ularni gapga solib, o’z qiziqishlarini qondiradilar. Ammo ularnga bo’lgan nafrat esa hech qachon kamaymaydi.
Yarim bajarilgan ishni hech qachon ko’rsatmang – ish tugagandan so’ng uni chiroyli qilib ko’rsatganingiz ma’qul. Aks xolda birinchi bor ko’rilgan chala ish barchaning xotirasiga muhrlanib qoladi. Iloji boricha kechirimli bo’ling. Juda ham zarur bo’lmaguncha, o’zingizni oqlashga harakat qilmang, chunki juda ham berilib o’zini oqlash jinoyat qilganlik nishonasi deb tushuniladi. Oldindan kechirim so’rash – o’z- o’zini ayblashdir. Haqligingizni bildirish uchun oldindan o’zingizni oqlab, o’zingizga nisbatan shubha uyg’otasiz va qilmagan ishingiz uchun ham sizni nohaq ayblashlari mumkin. Faqat o’zingiz uchungina emas, balki boshqalar uchun ham yashashga harakat qiling. Faqat o’zi uchun yashaydiganlar barcha narsa o’zlariniki bo’lishini istab, do’stlardan ajrab qoladilar. Ammo faqatgina boshqalar uchun yashaydiganlar ham bo’ladi - ular mustaqil hayot kechira olmaydilar. Esingizdan chiqmasin, begonalar sizdan foyda chiqqani uchungina sizga yaqin bo’lishga harakat qiladilar. Shuning uchun yaxshilikni avvalo o’z do’stlaringiz va yaqinlaringizga qiling.
Yaxshilikni ham oz-ozdan, tez-tez va aql bilan qiling. Sizga bo’lgan minnatdorchilik doimiy bo’lishiga va tugamasligiga harakat qiling. Agar yaxshilik qilish imkoniyatidan mahrum bo’lsangiz, do’stlaringiz ham buni ko’rib, sizdan uzoqlasha boshlaydilar. Do’stlarni yo’qotib qo’ymaslik uchun ular to’lay olmaydigan qarzlarni so’rab o’tirmang, aks xolda do’stlaringizdan tezda ajrab qolasiz. Istalgan odam dushman bo’lib qolishi mumkin, ammo har kim ham do’st bo’la olmaydi. Eng ashaddiy dushmanlar eski do’stlardan chiqadi, chunki ular sizning nozik tomonlaringizni juda yaxshi bilishadi. Dushmanlik qilishning oldini oling va uni yaxshi tomonga o’zgartirishga harakat qiling. Qasos olishga emas, balki hafagarchiliklarning oldini olishga intilgan ma’qul. Eng yaxshisi – raqobatchi bo’lishi mumkin bo’lganlarni o’z tomoningizga og’dira olishingizdir. Ularni minnatdorchilik bildirishga majbur qilib, dushmanchilikka imkon qoldirmaganingiz ma’qul.

Download 30,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish